Faoliyat ob’yektlari bo’yicha ham ta’lim vositalari ikkiga bo’linadi:
Material ta’lim vositalari. Bu o’quv qo’llanmalari, darsliklar, jadvallar, maketlar, modellar, o’quv-texnik vositalar, mebel, o’quvlaboratoriya qurilmalari, ko’rgazmali vositalar bo’lishi mumkin. Ideal ta’lim vositalari – bular pedagog va o’quvchilar yangi bilimlarni egallashda qo’llaydigan vositalar: chizmalar, sxemalar, diagrammalar, tasviriy, san’at, nutq, xat va boshqalar. Ideal vositalar – bu «fikrlar haqidagi fikrlar»: o’qituvchi ularni o’rgatish uchun belgilangan shaklda ko’rsatishi zarur. Masalan, materializatsiya – abstrakt simvollar tarzida ko’rsatiladigan vosita(grafiklar, jadvallar, chizmalar), verbalizatsiya – nutq bayoni tarzida ko’rsatiladigan vosita(tahlil, muhokama qilish, dalil keltirish). Material va ideal vosita bir-birini to’ldiradi. Material vosita qiziqish va diqqatni uyg’otish, amaliy harakatlarni amalga oishirish bilan bog’liq bo’lsa, ideal vositalar – mantiqiy muhokama. Materialni tushunti-rish, nutq madaniyati, yod olish bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |