A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Matematika va informatika fakulteti Matematika o`qitish metodikasi yo`nalishi II kurs talabalari o`rtasida “Eng yaxshi kitobxon,, ko`rik tanlovi
A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Matematika va informatika fakulteti Matematika o`qitish metodikasi yo`nalishi II kurs talabalari o`rtasida “Eng yaxshi kitobxon,, ko`rik tanlovi
BAYONNOMASI
21.02.2021-yil Jizzax shahri
Raislik qildi: R.Bo`tayev – Fakultet MMIB dekan o`rinbosari.
Qatnashdilar: Fakultet murabbiylar kengashi raisi A. Otabekov, Umumiy matematika kafedrasi dotsenti v.b A. Shamshiyev, Matematika o`qitish metodikasi kafedrasi o`qituvchisi A.Ahatqulov, Matematika o`qitish metodikasi kafedrasi o`qituvchisi Isayev N, Guruh murabbiylari, 201-202-203-guruh talabalari .
Kuzatildi: 21-fevral kuni Matematika o’qitish metodikasi yo’nalishi talabalari o’rtasida “Mening 10 ta sevimli kitobim” shiori ostida “Eng yaxshi kitobxon” ko’rik tanlovi tadbiri bo’lib o’tdi.Tadbirni ochib berish uchun so’z 203-gurux raxbari Ergashev Jamshid hamda Fakultet MMIB dekan o’rin bosari R.Bo’tayevlarga berildi.Ustozlardan A. Shamshiyev va Xummamatova Kamola o’zlarining kitob xaqidagi ezgu fikrlarini talabalarga bildirib o’tdi.
Tadbir ishtirokchilari: Toshtemirov Shakarboy, Akaboyeva Gullola, Eshquvvatova Nilufar, Zafar, Ibragimova Sadina, O’ngarov Mirzaxmad, Isroilov Olimjon.
Hakamlar jamoasi: J.Ergashev., R.Bo’tayev., A.Ahatqulov., N.Isayev.
1-shart: Krassvord yechish sharti. Bu shartta talabalar o’qigan adabiyotlaridan berilgan savollar asosida krassvordni yechishdi va hakamlar tomonidan munosib baxolandi.Krassvordni yechishlari uchun 7 daqiqa vaqt ajratildi.
2-shart: Savol-javob sharti. Bu shartda hakamlar tomonidan o’qilgan adabiyotlar bo’yicha o’rtaga savollar tashlandi.Savollarda ishtirokchilar adabiyotlardan keltirilgan jumlalarni qaysi adabiyotga va qaysi adib ijodiga tegishli ekanligini topishlari kerak edi. Bu shartni bajarishlari uchun 30 daqiqa vaqt ajratildi.
3-shart: Badiy qism erkin mavzu: Bu shartda ishtirokchilar o’zlarining yod olgan she’rlarini, ashulla, aktyorlik mahoratlarini ko’rsatishlari kerak edi. Bu sharni bajarishlari uchun 25 daqiqa vaqt ajratildi.
Tadbir so’ngida o’qilgan adabiyotlar bo’yicha baxs-munozaralar va adabiyotlarning tarbiyaviy ahamiyati haqida tadbirda ishtirok etganlar o’zlarining xulosalarini bildirdi va o’zlariga kerakli xulosalrni oldi.
Tadbir ishtirokchilarini taqdirlash: Ushbu tadbirda g’oliblarni taqdirlash uchun Bo’tayev Ruslan va Ergashev Jamshid domlalarga so’z navbati berildi.
I O’rin.Faxrli 1-o’rinni egallaganligi uchun 201-guruh talabasi Olimova Latofat pul mukofoti,faxriy yorliq va estalik sovg’alar bilan munosib taqadirlandi.
II O’rin.Faxirli 2-o’rinni egallaganligi uchun Isroilov Olimjon faxriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan munosib taqdirlandi.
III O’rin. Faxirli 3-o’rinni egallaganligi uchun Ibragimova Sadina faxriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan munosib taqdirlandi.
Qolgan ishtirokchilar ham faxriy yorliq va estalik sovg’alar bilan taqdirlandi.
Tadbir tashkilotchilari Ergashev Abdulaziz va Kenjayev Muxriddin faol tashkilotchiligi uchun faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Ushu tadbirni bo’lib o’tishida o’zining katta hissasini qo’shgan 202-guruh rahbari Xummamatova Kamolaga tashakkurnoma berildi.
Fakultet dekani: A. Parmonov
Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o’rinbosari : R.Butayev