A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha ta‘lim fakulteti pedagogika-psixologiya kafedrasi


Huquqiy tarbiyani amalga oshirishning yo‘l va vositalari



Download 6,33 Mb.
bet62/178
Sana02.04.2022
Hajmi6,33 Mb.
#524342
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   178
Bog'liq
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

4. Huquqiy tarbiyani amalga oshirishning yo‘l va vositalari. Davlat

ramzidan pedagogik maqsadlarda foydalanish, ta‘lim va tarbiya jarayonida ularning ahamiyatini o‘quvchilarga tushuntirish, ularning hulq atvoriga chuqur ta‘sir etadi. Hozirgi vaqtda davlat ramzidan foydalangan holda o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish alohida muhim masalalardan bo‘lib turibdi. Hayotga qadam qo‘yuvchi har bir o‘smir o‘z Respublikasining qomusini bilishi, unga amal qilishi kerak. O‘quvchi va yoshlarda O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi, gerbi va bayrog‘iga nisbatan chuqur hurmatni tarbiyalash ishlarimizning uzviy qismini tashkil etadi. Huquqiy tarbiyani muvaffaqiyatli hal etish uchun har bir maktab, kollej, litsey o‘z o‘quvchi va talabalariga davlat ramzlarining tub moxiyatini ochib ko‘rsatishlari va ular haqidagi Nizomlarni puxta o‘rganishlarini tashkil etishlari zarur. Davlat hokimiyatining ramzlari o‘zining mohiyati jihatidan huquq bilan bog‘liq bo‘lib, muhim tarbiyaviy mazmunga ega. O‘zbekiston Davlat gerbi, bayrog‘i, madhiyasi mamlakatimizdagi barcha millat va еlatlar birligi, do‘stligi va


qardoshligining ramzlari hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, davlat ramzlari juda boy, siyosiy-ma‘naviy davlat tushunchalariga egadir.

Ularning mazmunlari bilan o‘quvchi va yoshlarni tanishtirish pedagogik jamoalarning muhim burchidir. O‘quvchi va yoshlar o‘rtasida olib boriladigan ta‘lim-tarbiya ishlarida faqat Davlat ramzlaridangina foydalanib qolmay, balki o‘quvchilar tashkilotlarining ramzl arini ham o‘rganishga e‘tibor berish kerak. Bunday mashg‘ulotlar ko‘pincha sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda amalga oshiriladi.


Davlat ramzlarini o‘rganishni pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilsa, u o‘quvchilarning huquqiy va ahloqiy xis-tuyg‘ulariga, vatanparvarlik qarashlariga yaxshi ta‘sir ko‘rsatadi. Bu borada o‘quvchilar bilan olib


boriladigan jamoa tarbiyaviy ishlarining imkoniyatlari beqiyosdir. Davlat


Gerbi, bayrog‘i, madhiyasi hamda o‘quvchilar tashkilotlari ramzlarining ahloqiy, siyosiy, huquqiy mazmuni haqida uyushtirilgan xilma-xil


munozara va suhbatlar, shubxasiz, samarali natija beradi. Bunday tadbirlar o‘rtasida o‘quvchilarda fuqarolik sifatlarini tarkib topishiga yordam beradi. Davlat ramzlari faqat ta‘sirchan tarbiyaviy vosita bo‘lmay, balki ta‘limiy jihatdan ham muhim omillardandir.


O‘quvchilar Davlat gerbi va bayrog‘ining tasviri, Davlat madhiyasining matni bilan tanishadilar. Ularda davlat hokimiyati ramzlariga hurmat xis-tuyg‘usi qaror topadi. Umuman, davlat ramzlarini o‘rganishda o‘quvchilarning yosh hususiyatlari, albatta, hisobga olinishi, mavjud darslik, usuliy qo‘llanmalariga, qoida va nizomlarga to‘la amal qilinishi kerak. Davlat gerbi va madhiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qomusi hamda o‘quvchilar tashkilotlarining ramzlari bilan olib boriladigan pedagogik ishlari samaradorligi huquqiy tarbiyaga bevosita bog‘liq ekanligini unutmaslik kerak.


Hukumat qarorlarida maktablar, Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari yosh avlodni har tomonlama еtuk va barkamol qilib tarbiyalashga da‘vat etilganlar. O‘zbekiston fuqarosi o‘z vatanini sevishi, xalqiga cheksiz sadoqatli bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasisning qonun va qoidalarini, ramzlarini yaxshi bilishi va ularga chuqur xurmat bilan munosabatda bo‘lishi shart. O‘quv chi va talabalarda ana shu xis-tuyg‘ularni tarbiyalash muqaddas vazifadir.


Ahloq, odob qoidalarining buzilishi, tarbiyasi "qiyin" deb ataluvchi o‘smirlarga еtarlicha pedagogik ta‘sir ko‘rsatmasligimiz natijasida kelib chiqadi. O‘miriing bunday noahloqiy harakati oila, maktabda huquqiy tarbiya sohasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bilan harakterlanadi. Ko‘cha-ko‘ydagi muhit ham o‘smirning shakllanishida katta ahamiyatga ega. Ko‘pincha odob me‘yoridan chetga chiqqan o‘smirlarning xulq-atvorini izohlashda, uning o‘tish davrida bir muncha tez jismoniy rivojlanishi va nerv tizimining kuchli kamoloti kabi omillarga kam e‘tibor beriladi.


Organizmdagi fiziologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq ravishda o‘smirning harakterida faollik, tashabbuskorlik kuchayadi. U o‘zidagi kuch-qudratni jismoniy imkoniyatlari darajasida ishlatishda ba‘zan me‘yorni unitib qo‘yadi. Xaddan tashqari beboshlik, tarbiyaviy ta‘sirning еtarli


emasligi intizom va jamoat tartibini buzishga sabab bo‘ladi, bezorilik, shumlik va shunga o‘xshash ko‘ngilsiz hodisalarni keltirib chiqaradi.

O‘smirlar, odatda, turli tuman ijobiy va salbiy ta‘sirlarga tez beriluvchan bo‘lishadi, sezgirlik va ta‘sirchanlik ular harakterining shakllanishiga yordam beradi. Bu yoshda paydo bo‘lgan taassurot uzoq vaqt uning hayot yo‘lini belgilashi mumkin. O‘smirlar ko‘pincha o‘z shaxsiy idealini izlashda va unga o‘xshashga harakat qilishadi. Bu ideal o‘zlari bilgan tan igan odam yoki adabiy qaxramon qiyofasida namoyon bo‘ladi.


O‘smirlarda o‘ziga ortiqcha baho berish kuchli bo‘ladi, Ular o‘zlarini tutish, muomala, xatti-harakatlarida kattalardek bo‘lishga intilishadi. Kattalarni ularning "mustaqilligini" cheklab qo‘yishga qaratilgan har qanday urinishlariga nisbatan juda sezgir bo‘ladilar. Odatda 14-15 yoshlarda iroda shakllana boshlaydi. Bunday yoshda o‘smirlar o‘zlarini ma‘lum darajada shakllangan shaxs sifatida anglab, kuchli irodali shaxslarni namuna qilib olib, o‘zlarida ularni fazilatlarini rivojlantirishga intilishadi.


Shaxsning mavjud bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zini ko‘rsata bilishining asosiy belgisi muomala hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlar oqsab qolgan maktablarda o‘smirga ko‘cha-ko‘ydagi guruhlarning tasiri sezilarli iz qoldira boshlaydi.


Ko‘chadagi muomalani boshqarish ancha mushkuldir. U ko‘pincha soxta o‘rtoqchilik va yuzaki "qahramonlik" shakllarini olishi mumkin.


O‘smirlarda o‘yinqaroqlik mayli kuchli bo‘ladi. Hayotning o‘zi ular uchun o‘yindek tuyuladi. Ular uchun o‘yin qoidalari xulq-atvor andozasi bo‘lib qoladi va ularning xatti-harakatlarida o‘z aksini topadi. O‘smirlar o‘z xatti - harakatlarini to‘g‘ri baholay olish me‘yorini unutib qo‘yadilar. Buning oqibatida bezorilik, beboshlik, hayvonlarga azob berish singari qiliqlar uning uchun oddiy holat bo‘lib qoladi va ularda berahmlik, birovning boshiga tushgan kulfatga befarq qarash, loqaydlik hususiyatlari paydo bo‘ladi. Shaxsning voyaga etishi g‘oyat murakkab davr hisoblanadi. Bu jarayon qiyinchilik bilan kechadi. Ko‘nikib qolgan ayrim odatlardan voz kechishga to‘g‘ri keladi.


Oiladagi va maktabdagi nazoratning bo‘shligi natijasida huquqiy tarbiya ham susayadi. Shu davrda o‘smirning yangicha xayot sharoitlarga ko‘nikishiga ko‘z-quloq bo‘lib turilmasa, huquqiy tarbiyadan chetga chiqish xavfi kelib chiqadi. Huquqiy tarbiyaning еtarli darajada shakllanmaganligi, bolada ma‘suliyat tuyg‘usining еtarlicha rivojlanmaganligida, oilaga va jamiyatga nisbatan o‘z burchini bilmaslik yoki tan olmaslik kabi urinishlarida ko‘rinadi.


Ba‘zi oilalarda o‘smirni arzanda qilib o‘stirish, qo‘lini sovuq suvga urdirmaslik kabi odatlar vaziyatga tanqidiy baho bera olmaslikka olib keladi.


Odatda o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Bu yoshda o‘smirlar sodir etilgan jinoyatning xavflilik darajasini anglab еtgan bo‘ladilar va sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlikka tortilishi mumkin ekanligini biladilar.Biroq ta‘qiqlangan va jamiyat uchun xavfli jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik o‘n to‘rt yoshdan boshlab


belgilangan qasddan yoki ehtiyotsizlikdan odam o‘ldirish, badanga qasddan tan jaroxat еtkazib, kishi sog‘lig‘iga zarar еtkazish, nomusiga tegish, bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘rilik ashaddiy bezorilik, davlat mulkini yoki fuqarolarning shaxsiy mulklarini qasddan nobud qilish yoki zarar еtkazish natijasida og‘ir oqibatlar kelib chiqishi, ashaddiy bezorilik, o‘q otar qurollar, o‘q-dorilar yoki portlovchi moddalarni, poyezdni halokatga olib kelishi kabi jinoyatlari uchun o‘n to‘rt yoshdan jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

Axloqi buzilgan o‘quvchilar bilan dastlabki ishlar, avvalo - xalq ta‘limi bo‘limlari, jamoalari tomonidan olib boriladi. Bunda o‘zlari otaliqqa olgan notinch oilalarga imkoniyatlari darajasida yordam berish ko‘zda tutiladi. Umumiy majburiy ta‘limga jalb qilish, kuni uzaytirilgan guruppalarga joylashtirish, otaliqa olishga tayinlash, ota-onalarning huquq va burchlari to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazish, notinch oilalarni yig‘ilishlarda muhokama qilish, ota-onalar burchining qanday bajarilayotganligi haqidagi ma‘lumotlarni sudlariga


jo‘natish kabi choralar jinoyatni oldini olish tadbirlariga kiradi.


Tajriba voyaga еtmaganlar o‘rtasida huquq tarbiyasini olib borishda oilaviy axborotni barcha vositalaridan (matbuot, radio televideniye) yagona reja bo‘yicha foydlanishi zarurligini ko‘rsatmoqda. O‘quvchilarning huquqiy


tarbiyasi maktabda ham yagona reja asosida olib borilmog‘i uchun pedagoglar ota-onalar uchun huquqiy mavzuli targ‘ibotlar, savol-javob


kechalarini tashkil etish, tarbiya usullari va bolalarni kuzatib borish haqida ota-onalar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazishni hozirgi kun talablari darajasiga ko‘tarishlari kerak. Ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ibot qilish o‘quvchilarning o‘zlashtirishini ko‘taribgina qolmasdan, balki ularni maktabdan tashqaridagi xulqning yaxshilanishiga yordam beradi. Xalqimiz o‘z-o‘zini anglab borayotgan hozirgi davrda maktab o‘quvchilarining maktabdan tashqaridagi xulqiga ta‘sir etish imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi, bolalar tashkilotlari faoliyatida qat‘iy bir maqsadga qaratilganlik oshdi, dam olishni tashkil etish yaxshilandi.


Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning yangi shakllari qo‘llana boshlandi. Yoshlar o‘rtasida huquqiy tarbiya ishlarini


tashkil etish va sodir etiladigan huquqbuzarlikni oldini olish borasidagi pedagogik faoliyatini yanada kuchaytirish uchun fikrimizcha quyidagilarni amalga oshirish kerak:


1.Umumiy ta‘lim maktablarida huquqiy bilimlarni targ‘ib qiladigan xonalar tashkil qilishga alohida ahamiyat berish;


2.Barcha maktablarning sud, prokratura, advokatura, birinchi navbatda esa voyaga еtmaganlar inspeksiyasi va voyaga еtmaganlar ishlari bilan


shug‘ullanuvchi komissiyalar bilan aloqasi mustahkamlanishi kerak;


3. Doimiy ravishda yaxshi tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va ularni
hayotga keng tatbiq qilish.

To‘plangan bilimlardan, pedagogik tajribalardan oqilona foydalanish, d a v l a t i mi z q o n u n l a r i v a q o i d a l a r i g a mu n t a z a m r i o ya q i l i s h k o ‘n i k ma l a r i n i singdirish huquqiy tarbiyaning samarali amalga oshirish garovidir





Download 6,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish