A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha ta‘lim fakulteti pedagogika-psixologiya kafedrasi


-mavzu: O‘quvchilarning fuqarolik va huquqiy tarbiyasi



Download 6,33 Mb.
bet59/178
Sana02.04.2022
Hajmi6,33 Mb.
#524342
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   178
Bog'liq
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

16-mavzu: O‘quvchilarning fuqarolik va huquqiy tarbiyasi.
REJA:

  • Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalari.




  • O‘quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berishda davlat ramzlaridan foydalanish.




  • Huquqiy tarbiyaning mazmuni, maqsad va vazifalari.

  • Huquqiy tarbiyani amalga oshirishning yo‘l va vositalari.



Tayancha so‘z va iboralar: fuqarolik, fuqarolik tarbiyasi, fuqarolik madaniyati, fuqarolik masuliyati, davlat ramzlari, Vatanga sodiqlik.


1. Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalari.

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllangan milliy istiqlol g‘oyalari fuqarolarni Respublika Konstitusiyasida e‘tirof etilgan insonparvarlik, demokratik, huquqiy davlat va huquqiy jamiyatni barpo etishdek ezgu maqsad atrofida birlashtirishga xizmat qiladi. Har bir fuqaroning ijtimoiy - siyosiy, huquqiy faolligini yuzaga keltirish, fuqarolik (huquqiy) madaniyatini qaror toptirish - fuqarolik (huquqiy) jamiyatning asosan talabi sanaladi.


Davrning ushbu o‘ta dolzarb talabi mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qabul qilingan qator qonun va qarorlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov asarlari mazmunida o‘zining yorqin ifodasini topdi. Aholi o‘rtasida milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini targ‘ib etdi, ijtimoiy tarbiyaning samarali, izchil tizimini yaratish, jamiyatda fuqarolik (huquqiy) madaniyatni shakllantirish muammolarining ijobiy hal еtilishi jamiyat ijtimoiy hayoti uchun muhim ahamiyatga egadir.


Ijtimoiy hayotda fuqarolik madaniyatining shakllanishi uchun zarur shart - sharoitlarni vujudga keltirish: bir tomondan, jamiyat manfaatlari uchun; ikkinchi tomondan; shaxs (fuqaro) manfaatlari, shuningdek, jamiyat hamda fuqaroning birgalikdagi manfaatlariga to‘la mos keladi. Shu sababli Respublika mustaqilligi sharoitida ijtimoiy ta‘lim-tarbiyani tashkil etish mazmunini tubdan yangilash zaruriyati yuzaga keldi. Ijtimoiy tarbiyani keng ko‘lamda (kompleks) tarzda tashkil etish bugungi kunning da‘vati va talabi bo‘lib qolmoqda. Mazkur talabni ijobiy hal etish oila > ta‘lim muassasalari > jamoatchilik > davlat > jamiyat belgiligini yaratish asosida amadga oshiriladi.


O‘z fuqarolariga ega bo‘lish har bir davlatning zarur va muhim belgisi sanaladi. Fuqarolarning mavjudligi sababli davlat mavhum tushuncha bo‘lmay, muayyan mexanizmga, jonli sifatida maydoniga chiqadi. Huquqiy o‘rni qonun yo‘li bilan kafolatlangan shaxsning davlat ichkarisida yoki tashqarisida bo‘lishidan qat‘iy nazar, ma‘lum bir davlatga qarashliligi holatiga fuqarolik deyiladi. Shunday huquqga ega shaxs fuqaro deb ataladi. O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan tegishli qoidalarga belgilangan huquqlardan foydalana oladi, qonunlarda ko‘rsatib o‘tilgan burchlarni bajaradi.


Demak, "fuqarolik o‘z davlatiga nisbatan huquq va burchlar bilan bog‘langan, huquqiy va ahloqiy me‘yorlarga ongli rioya etishni, mehnat va jamoada faollikni, ma‘naviy еtuklikni nazarda tutadi".
Fuqarolikning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar:



        • muayyan davlat jamiyat a‘zosi ekanligini his etish, shaxs taqdiri davlat va jamiyat hayoti bilan uzviy chambarchas bog‘liq ekanligini tushunib etish;




      • xalq, davlat oldidagi fuqarolik huquq va burchlarini qonunchilik asosida bilish, ularga so‘zsiz, qat‘iy amal qilish;




      • o‘z xalqi, davlati o‘tmishiga hurmat tuyg‘usini qaror toptirish, shaxsiy manfaatlardan Respublika manfaatlarini ustun qo‘ya bilish, xalq vatan ravnaqi, istiqboli uchun kurashishga tayyorlik, yurt tinchligaini himoya qilish, asrab avaylash;




  • davlat ramzlariga cheksiz muhabbatni qaror toptirish, ular muhofazasi uchun tayyorlik, davlat ramzlarining millat, xalq or-nomusi, sha‘ni, qadr-qimmati ekanligini anglash;




    • ijtimoiy-siyosiy onglik, ijtimoiy faollik, davlatning ichki va xalqaro siyosati qoidalarini tushunish va idrok qilish;




    • milliy va umuminsoniy ahloq hamda huquq me‘yorlarining

buzilishiga nisbatan murosasiz kurash.


Jamiyat tomonidan qonunchilik yo‘li bilan belgilangan talab fuqaro xulqini baholash, xatti-harakatlar mohiyatini tahlil qilish uchun mezon bo‘lib xizmat qiladi. Ana shu talablarga muvofiq fuqaroning xulq-atvoridagi ayrim ko‘rinishlar, harakatlar, odatlar ma‘qullanadi yoki qoralanadi.


O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining maqsadi erkin, demokratik, insonparvar, huhuqiy davlat va jamiyat qurishdir.


Bu jamiyatni bunyod etish jarayoni yangi ijtimoiy fuqarolik tarbiyasining vazifalarini murakkablashtiradi. Chunki demokratik huquqiy jamiyat barpo еtilishining muvaffaqiyati fuqaroning ijtimoiy-siyosiy onglilik darajasiga,


fuqarolik fazilatlarining qaror topganligiga,ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlariga bog‘liq.


Fuqarolikning ijtimoiy asosi yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, unda fuqarolarning shaxsiy manfaati jamiyat manfaati bilan qo‘shilib, uyg‘unlashib ketadi.


Milliy va umuminsoniy qadriyatlar g‘oyalari, demokratik talablar hamda ahloqiy-huquqiy me‘yorlarga muvofiq faoliyat yuritish ijtimoiy fuqarolik munosabatlarining muhim qoidasiga aylanadi.


Fuqarolik tarbiyasining maqsadi-fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglash orqali o‘quvchilarga yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, vatan jamiyat uchun fidoiy insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.


Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi:


1) yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo‘lgan

ahloqiy va huquqiy me‘yorlarga rioya etishga o‘rgatib borish;



  • o‘quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to‘g‘risida ma‘lumotlar

berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko‘nikma va malakalar hosil qilish;





  • o‘quvchilarda davlat ramzlariga hurmat va muhabbatni qaror




toptirish, Respublika Prezidenti sha‘ni,

or- nomusini

himoya




qilishga

tayyorlik

hissini shakllantirish;







4)

o‘quvchilarda

xalq

o‘tmishi,

milliy

qadriyatlarga




nisbatan




muhabbat

tuyg‘usini

uyg‘otish, ulardan g‘ururlanish,

faxrlanish




va iftixor hislarini oshirish;













5)

Vatan,

xalq

va

millat

ishiga

sodiqlik,o‘z

manfaatlarini




yurt manfaatlari bilan uyg‘unlashtira olishga erishish,

fidoiy fuqaroni




tarbiyalab voyaga еtkazish;
















  • Vatan, yurt ozodligi va mustaqilligini e‘zozlovchi, ardoqlovchi, uni himoya qilishga tayyor fuqaroni tarbiyalash ishiga keng jamoatchilik e‘tiborini jalb etish.

    • O‘quvchilar fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda shaxsning davlat

Konstitusiyasida ko‘rsatilgan huquqlaridan foydalanish hamda burchlarini bajarilishi xususida ma‘lumotlar berish, ularda ijtimoiy faoliyatni tashkil etishda huquqlardan foydalanish va burchlarini bajarish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni hosil qilish maqsadga muvofiqdir .


Respublika bosh qonunida shaxsning quyidagi huquqlari kafolatlanadi:


yashash huquqi, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, ayblanayotgan shaxs

ishining sudda qonuniy tartibda, oshkora

ko‘rib

chiqilishi,

har

kim o‘z

sha‘ni va obro‘siga qilinadigan tajovuzlardan,

shaxsiy




hayotga

aralashishdan himoyalanish

va turar joy dahlsizligi, Respublika hududida

bir joydan ikkinchi joyga

ko‘chish,

O‘zbekiston

Respublikasiga

kelishi

va undan chiqib

ketish,

fikrlash,

so‘z

va e‘tiqod

erkinlig i,

vijdon

erkinligi,

davlat

ishlarini

boshqarishda

bevosita

yoki

o‘z

vakillari

orqali ishtirok

etish,

qonuniy mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlarda

ishtirok

etish, kasaba uyushmalarida, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat

birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish, saylash va saylanish, mulkdor bo‘lish, mehnat qilish, erkin kasb tanlash, dam olish, qariganda yoki mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan





mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta‘minot olish, tibbiy

xizmatdan

foydalanish,

bilim olish,

ilmiy

va texnikaviy ijod

erkinligi,

o‘quvchilarga

huquqlari

borasidagi bilimlarni berish

bilan birga

fuqarolarning burchlari

nimalardan

iborat ekanligi haqida ma‘lumot berish, bu borada o‘quvchilarda

nazariy

va amaliy

ko‘nikmalarni

hosil qilish ko‘zlangan

maqsadga




erishishda

muvaffaqiyat

omili

bo‘ladi. Fuqarolarni burchlari quyidagilardan iboratdir:




  • fuqarolar Konstitusiya va qonunlarga rioya etishga boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha‘ni, qadr -qimmatini xurmat qilishga majburdir.




    • fuqaro O‘zbekiston xalqining tarixiy ma‘naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdir;

  • fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar;




    • fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘inlarni to‘lashga majburdirlar;

O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi


har bir fuqarosining burchidir.


1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish