OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
―Tasdiqlayman‖
O`quv ishlar bo`yicha prorektori
____________ prof. F. Juraqulov
2018 yil
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI
FANIDAN
ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
Ta‘lim sohasi:
Ta‘lim yo‘nalishi:
100000 – gumanitar
110000 – pedagogika
5110900 – pedagogika – psixologiya
Umumiy yuklamaning hajmi:______386_________________
Umumiy auditoriya soati: _______228________________
Ma‘ruza: ______________________90_______________
Seminar mashg‘uloti: _____________40_________________
Amaliy mashg‘ulot: ______________30_________________
Mustaqil ta‘lim: _________________158________________
Ushbu ishchi o‘quv Dasturi 5110900 Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi uchun ―Pedagogika nazariyasi va tarixi‖ faniga mo‘ljallangan bo‘lib,Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2018 yil 18.08 dagi 4-sonli majlis bayonnomasi bilan ma‘qullangan fan dasturi asosida tuzilgan.
Tuzuvchi:
___________
(imzo)
o‘qituvchi. А. Қаюмов
Ishchi o`quv dasturi ―Pedagogika va psixologiya‖ kafedrasining 2018 yil 27- avgustdagi yig‘ilishida muhokama qilindi va 1-raqamli bayonnomasi bilan tasdiqlandi.
1. Kirish.
Pedagogika oliy ta‘lim muassasalarining bakalavriat bosqichi uchun mо‗ljallangan ―Pedagogika nazariyasi va tarixi‖ fani dasturi Davlat ta‘lim standarti va na‘munaviy о‗quv reja asosida tuzilgan.
―Pedagogika nazariyasi va tarixi‖ fani dasturi pedagogikaning ikki mustaqil sohasini о‗zida mujassamlashtirgan: pedagogika nazariyasi va pedagogika tarixi.
―Pedagogika nazariyasi‖ kursi kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning tarkibiy qismlari, pedagogika fanining shakllanishi va rivojlanishi, maqsad va vazifalari, predmeti, ilmiy-tadqiqot metodlari, shaxs rivojlanishi va unga ta‘sir etuvchi omillar, yagona pedagogik jarayon va uning mohiyati, didaktika (ta‘lim nazariyasi), ta‘lim jarayoni qonuniyatlari va tamoyillari, ta‘lim mazmuni, ta‘lim metodlari va vositalari, ta‘limni tashkil etish shakllari, о‗quvchilarning bilim, kо‗nikma va malakalarini tashxis etish, tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati, qonuniyatlari, tamoyillari, tarbiyaning umumiy metodlari, tarbiya turlari mazmuni, mohiyati, maqsad va vazifalari, shakl, metod va vositalari, ta‘lim muassasalarini boshqarish, korrektsion pedagogika asoslarini о‗z ichiga qamrab oladi.
―Pedagogika tarixi‖ kursi pedagogikaning alohida sohasi sifatida pedagogik fikrlarning paydo bо‗lishi va rivojlanishini о‗rganish orqali yangi, istiqbolda hal etilishi lozim bо‗lgan vazifalarni belgilab beradi hamda uni hal etish strategiyalarini kо‗rsatib beradi. U eng qadimgi davrlardan О‗zbekiston Respublikasi mustaqilligi e‘lon qilingandan keyingi davrda pedagogik fikrlar va ta‘lim tizimining rivojlanishi hamda eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha jahon mamlakatlarida tarbiya, ta‘lim va pedagogik fikrlar rivojiga doir masalalarni о‗zida aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |