A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti


Iqtidorli kurashchilarni tarbiyalashda bolalar va o’smirlar sport maktablarining ahamiyati



Download 1,01 Mb.
bet3/11
Sana14.07.2022
Hajmi1,01 Mb.
#793917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BOLALAR VA O\'SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA KURASH USULLARINI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O\'RGATISH

Iqtidorli kurashchilarni tarbiyalashda bolalar va o’smirlar sport maktablarining ahamiyati

Jahon sport nazariyasi hamda amaliyotida yuqori cho’qqilarga erishish bolalar hamda o’smirlar orasida iqtidorli yoshlarni tanlab olib, ularni tarbiyalab yetishtirishdek murakkab pedagogik jarayon hisoblanadi. Bunday jihatlar muhitida 30-yillarda ilk bor shakllangan va ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’siri natijasida sport turlari bo’yicha maxsus sport maktablari, sport-internat maktablari tashkil qilingan. Bunday sport maktablarining ijobiy mexnat samaralari tezda namoyon bo’ldi va ular sobiq Ittifoq jarayonida mukammalashib, o’z istiqbollarini ta’minladi. Natijada ularning yaxshi ishlab chiqilgan Nizomlari hozirgi mustaqillik sharoitlarida o’z kuchi va mohiyatini yo’kotmadi.
O’zbekistonda o’tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim-tarbiya sohalaridagi tub islohotlar o’quvchi-yoshlarni sportga jalb etish, ularni kasb-hunarga yo’llash, ijtimoiy mehnat va mudofaa ishlariga layoqatli qilib yetishtirish muammolarini qo’ymokda. Bunday ulkan va ulug’vor vazifalarni amalga oshirishda eng avvalo umumta’lim maktablari, kollej, litsey, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari tomonidan olib borilayotgan turli madaniy va sport tadbirlari muxim ahamiyatga ega. CHunki bu tadbirlarda bolalar va o’smirlarning qobiliyati, qizikish va ixloslari sinovdan o’tkaziladi.
Soha olimlarining ilmiy tadqiqotlarida bolalar va o’smirlarning jismoniy tayyorgarligi, ularni sport orqalirivojlantirish, iqtidorli bolalarni tanlab sportga jalb etish kabi tajriba keng mazmun topganligi e’tiborga loyiqdir. Ularning ta’kidlashlaricha, bolalarni sportga jalb etish, mahoratli kurashchilarni tayyorlash va ularning halqaro sport maydonlarida samarali qatnashishini ta’minlayli. Eng muhimi esa, o’quvchi-yoshlarning jismoniy jihatdan barkamol o’sishi ta’lim-tarbiyada, o’zlashtirish bo’yicha yukori natijalarga erishishda, qolaversa, jamiyatimizning qonunlari, tartib-qoidalarini buzishning oldi olinishida muhim rol uynaydi.
Sport maktablarining turlari va ularningnizomlarixaqida tushunchalar
Yuqorida ta’kidlanganidek O’zbekistonda sport tur­lari bo’yicha turli xil maxsus sport maktablari faoliyat ko’rsatib kelmokda va ularning o’z sohalari, ixtisosliklariga qarab Nizomlari mavjud.
Bolalar va o’smirlar sport maktablari haqidagi nizomlar ularning ish faoliyatini tartibga soluvchi va doimiy ravishda muvofiqlashtiruvchi rasmiy hamda huquqiy hujjatdir. Ular Respublika xukumati, sport tashkilot­lari hamda mutasaddi vazirliklar, tashkilotlarning Qarorlari, yo’l-yo’riqlari asosida to’ldirilib, boyitib boriladi.
Nizomlarda asosan sport maktablarining maqsad va vazifalari, tarkibiy tuzilishi, kurashchilarni tanlab olish, sinovdan o’tkazish, murabbiylarning vazifaaari, moddiy-texnik va xo’jalik ishlarini boshqarish kabi sohalar bayon qilingan.
O’zbekistonda sport maktablari, i bilim yurtlarini tuzish hamda ularni boshqarishning qatьiy tartib va qoidalari mukammal ishlab chiqilgan.
Sport maktablari faoliyatlarini to’la aks ettiruvchi talab va qoidalar ularning nizomlarida batafsil bayon qilingan.
Nizomlarga ko’ra, bolalar va o’smirlar sport maktab­lari va olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari, sport qo’mitalari, jamiyatlari va Xalq ta’limi vazirligi tizimida tashkil qilingan. Ular quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Davlat sport qo’mitalari, tizimidagi oliy sport mahorati maktablari va olimpiya bilim yurtlari.
2. Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi bolalar va o’smir­lar sport maktablari, sport turlari bo’yicha Ixtisoslash­tirilgan maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari.
3. Kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya-sport jamiyati va boshqa sport jamiyatlari tarkibidagi sport maktablari.
Sport maktablari va bilim yurtlarini moddiy-texnik ta’minlash hamda boshqarish tartiblari mas’ul idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Nizomga ko’ra, sport maktablari, bilim yurtlari faoliyati asosan direktor tomonidan boshqariladi. Unda pedagogik kengash hal qiluvchi organ hisoblanadi.
Pedagogik /murabbiylar/ kengashda tarbiyaviy ishlar, sportchi-o’quvchilarni tanlab olish, o’quv-sport mashrulot-larini tashkil qilish, musobaqalarga tayyorgarliq musobaqa natijalari, murabbiylarning faoliyatlari, ota-onalar bilan aloqadorliq moliyaviy-xo’jalik va boshqa ko’pgina masalalar muhokama qilinadi.
Bolalar va o’smirlar sport maktablari, asosan, ixtisoslashgan /fakat bir tur/ va kompleks /ko’p turlar/ shaklida bo’ladi.
Ma’lumki, Respublikada futbol, kurash, voleybol va boshqa sport turlari bo’yicha juda ko’p sport maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari tashkil qilingan.
1993 yil martda O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi Res­publikada ommaviy futbolni rivojlantirish to’g’risida qaror qabul qildi. Bu, o’z navbatida, barcha viloyatlar, tumanlar markazlarida futbol maktab-internatlar tash­kil qilish, ularning faoliyatlarini boshqarish va moddiy-texnik ta’minlashga alohida e’tibor berishni taqozo qiladi.
Uzoq yillar davomida Toshkent, Samarkand, Andijon, CHirchik shaharlarida sport internatlari (hozir ular olimpiya o’rinbosarlari kollejlari) faoliyat ko’rsatib keldi va Respublika terma jamoalari uchun ko’p mingli iqtidorli kurashchilar tayyorlab berdi. Ularning orasida yuzlab halqaro sport musobaqalarining sovrindorlari bor.
O’zbekiston mustaqilligi sharoitida yangidan futbol, kurash, tennis, karate va boshqa sport turlari bo’yicha maxsus klublar tashkil etilgan, ularda turli yoshdagi bolalar shug’ullanmokda. Bu klublar, asosan, sport maktabi vazifasini bajarmokda.


    1. Download 1,01 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish