A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institute”Boshlangich ta’lim nazariyasi va metodikasi ” yo’nalishi II- bosqich magistranti Abdullayeva Durdonaning
A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institute”Boshlangich ta’lim nazariyasi va metodikasi ” yo’nalishi II- bosqich magistranti Abdullayeva Durdonaning “2021-2022- o’quv yili uchun magistratura talabasining kalendar ish rejasi” yuzasidan 2022-yil yanvar oyida bajargan ishlar hisoboti
A.Qodiriy nomidagi JDPI “Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va metodikasi” yo’nalishi II- bosqich magistranti Abdullayeva Durdonaning 2021-2022-o`quv yili uchun magistratura talabasining kalendar ish rejasi yuzasidan yanvar bajargan ishlari bo’yicha HISOBOTI Kalendar ish rejaga muvofiq yanvar oyida o’zimizing kafedra ish faoliyati, o’quv va ilmiy ishlarini tashkil etish jarayonlari bilan tanishib chiqishimiz kerak ekan. Bu ish biz uchun juda ma’qul ishlardan bo’ldi chunki yangi jihozlangan shinam yorug’ va ko’plab qulayliklarga ega bo’lgan xonalar, kafedra ish yuritish tizimi, kadrlar saviyasi, kafedramiz talabalari erishgan yutuqlar haqida ma’lumotlar oldik. O’quv jarayonidagi kamchiliklar, yutuqlarni tahlil qilib chiqdim. O’quv jarayoni davlat ta’lim standarti va malaka talablari, o’quv rejalari va fan dasturlari asosida tashkil qilinmoqda deb ayta olish mumkin. Magistraturada o’quv jarayoni davomida professor, dotsent, fan doktori kabi malakali kadrlar magistratura talabalariga ilmiy amaliy mavzular , o’quv seminarlar, muammoli ma’ruzalar tashkil etmoqdalar. Ilmiy tadqiqot ishlarini dastur va tasdiqlangan kalendar ish rejamiz asosida olib bormoqdamiz. Tanlangan magistrlik dessertatsiyasi chuqur ilmiy izlanishlar olib bormoqdamiz. Dars mashg’ulotlaridan so’ng ko’proq vaqtimizni kutubxonada tadqiqot mavzumizga doir ilmiy maqolalar, maruzalar matni, kitoblar hamda internet ma’lumotlaridan kerakli ma’lumotlarni to’plamoqdamiz. Magistratura mutaxxassisligi bo’yicha biz ilmiy pedagogik mahoratni egallashni, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy pedagogik faoliyat olib borishning mazmuni, tartibini o’zlashtirmoqdamiz. Bu vaqt mobaynida bir qancha maqolalar chiqardim. Yanvar oyining 26-sanasidan boshlab 2- ta mutaxassislik va 1 ta ijtimoiy fanlardan yakuniy nazoratlarni onlayn shaklda a’lo baholarga topshirdim.
Magistrant:______________D. Abdullayeva
A.Qodiriy nomidagi JDPI “Boshlang`ich ta’lim nazariyasi va metodikasi” yo`nalishi II- bosqich magistranti Abdullayeva Durdonaning 2021-2022-o`quv yili uchun magistratura talabasining kalendar ish rejasi yuzasidan fevral oyida bajargan ishlari hisoboti
A.Qodiriy nomidagi JDPI “Boshlangich ta’lim nazariyasi va amaliyoti” yo’nalishi II- bosqich magistranti Abdullayeva Durdonaning 2021-2022-o’quv yili uchun magistratura talabasining kalendar ish rejasi yuzasidan fevral oyida bajargan ishlari bo’yicha HISOBOTI Rejaga ko`ra magistrlik dessertatsiyasiga oid manbalarni ilmiy rahbarim bilan tahlil qildim, mavzuga doir uslubiy adabiyotlar to’pladik va ularni o’rganib chiqdim.Ilmiy rahbarim va uslubiy adabiyotlar va o’rganilganlardan kelib chiqqan holda dissertatsiya mavzusining tahminiy rejasini tuzdik.
Ushbu vaqt mobaynida kalendar va shaxsiy ish rejamda belgilangan “Boshlangich ta’lim nazariyasi va metodikasi” kafedrasi professor o’qituvchilarining darslarini kuzatdim, ish rejasida o’tilishi rejalashtirilgan amaliy mashg’ulotlarni kuzatdim va pedagogik tajribamni boyitdim. 2022 yil 31 yanvardan 2022-yil 28-maygacha, Pedagogik amaliyotga chiqdik hamda fevral oyida amaliyotimizni boshladik. Amaliyot davomida kafedra mudiri Jumanazarova Nargiza opa har bir Magistrlarni kafedradagi fan o`qituvchilarga biriktirdi. "Boshlangich ta’lim nazariyasi va metodikasi" kafedrasi o'qituvchilarini seminar va ma’ruza mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish, dars ishlanmalar, ma’ruza matnlari, o’quv qo’llanma, testlar, taqdimotlar tayyorlash bo’yicha maslahatlar oldim va ularning ish tajribalarini o’rgandim.
Magistrant:____________D. Abdullayeva