Qabul qildi: Xolboyev Z
Mavzu:Baxmal tumani miqyosida turizm sohasini rivojlantirish
Reja:
1.O’zbekistonda Turizm sohasi va uni rivojlantirish
2.Baxmal tumanida turizmni rivojlantirish omillari va yo’nalishlari 3.Baxmal tumanidagi muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar
O’zbekistonda Turizm sohasi va uni rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga quyidagi vakolatlarni berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:
Muvofiqlashtiruvchi kengashga joylardagi salohiyatli hududlarni o‘rganish asosida turizm infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish hududlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritish;
turizm infratuzilma obyektlarini joylashtirish uchun salohiyatli hududlarda rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil etish;
turizm sohasiga investitsiyalar jalb etish bo‘yicha investorlar bilan muzokaralar olib borish, ular bilan investitsiyaviy kelishuv va shartnomalarni imzolash, shuningdek, investorlar tomonidan loyihani amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlar qabul qilingan holda ularga yer uchastkalarini o‘rnatilgan tartibda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali taqdim etish masalasini ko‘tarish.
2020-yil 1-yanvardan boshlab 1-ilovaga muvofiq mamlakatlarning fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish va avtomagistral yo‘llari bo‘ylab turizm xizmatlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi Andijon viloyatining Xonobod shahridan Surxondaryo viloyatining Termiz shahriga bog‘langan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq shahrigacha “O‘zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridorini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.Shu kabi bir qancha lohiyalar shular jumlasidandir.