Suv toshqiniga qarshi qo'llaniladigan omillardan: daryolardagi suvni sarflanishini oshirish, ya'ni uni taqsimlash (daraxtzorlarga suv oqishiga qarshi erlarni kundalang qilib xaydash va boshqalar) hamda daryo sathlarini ko'tarish hisoblanadi.
Suv toshqini ofatidan xalqni o'z vaqtida ogoh qilish, xalqni, moddiy resurslarni va qishlok xo'jalik xayvonlarini havfsiz joyga evakuatsiya qilish eng muxim ishlardan xisoblanadi.
Evakuatsiyadan oldin har bir fuqro o'zi yashayotgan uyni xavfsiz holatda qoldirishi (gaz, suv, elektr tarmoklarini uchirish, kerakli ish qurollarini uylarning yuqori qavatlariga qo'yishlari, deraza va eshiklarni maxkamlab berkitishlari zarur) va o'zi bilan kerakli xujjatlarini, pullarni, hamda egulik ovqat va ichimlik suvlarini olishlari zarur.
Suv toshqinida qolgan odamlar turli xavfsirashlarga berilmas-liklari, ularga qalin kiyim, bosh-oyoq kiyim berish va ular suv oqimi bo'yicha past satxli qirg'oq tomon suzishlari kerak.
Suv toshqini paytida ma'lum qism odamlar (qutqaruv odamlari) shu falokat zonasida qolib, imkoni boricha qilinadigan ishlarni bajarishlari zarur. Ammo ular suv ostida qolgan ovqatlarni emasliklari, suv ichmasliklari kerak.
Yashash joylarida elektr jixozlaridan foydalanmasliklari kerak. Chunki elektr ta'minot simlari qo'llanilganda qisqa tutashuv bo'lishi natijasida yong'inlar chiqishiga olib keladi.
Shuni aytib o'tish kerakki suv toshqinida cho'kayotgan odamlarni qutqarish hammaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Suv toshqini o'tib bo'lgandan keyin fuqarolar o'zlarining doimiy yashash joylariga qaytib kelib, toshqin oqibatlarini bartaraf etish chora- tadbirlarini boshlab yuboradilar. Ular quyidagilardan iborat:
. Suv bosgan joylardagi suvni chiqarib tashlash;
. Uylarning erto'lalaridagi suvlarni chiqarib tashlash;
. Toshqin natijasida buzilgan joylarni: maishiy-energetik tar-moqlar
yo'llarini, qo'riqlarni va boshqalarni qayta tiklash;
4) . Qayta tiklab bo'lmaydigan inshoatlarni, uylarni yiqitish va ularni
tozalash;
5) . Ekinzorlarni suvdan tozalash.
Yukoridagi tadbirlar fuqarolar muhofazasi shtabi va uning tizimlari boshchiligida xalq ommasi ishtirokida amalga oshiriladi.
Er surilishi ofatidan saqlanishning ishonchli usuli, bu xalqni o'z vaqtida ogoh etish hisoblanadi. Ko'chki ehtimoli yuzaga kelganligi to'g'risidagi habarni olgach, elektr asboblarini, gaz va suv tarmog'ini o'chirib zudlik bilan evakuatsiyaga tayyor turish kerak. Evakuatsiya vaqtida o'zi bilan hujjatlar, qimmatli buyumlar, issiq kiyim va oziq-ovqat mahsulotlarini olish lozim.
Muhofaza tadbirlariga dengiz va daryo suvlari qirg'oqlarning namlanishi va yuvilishining oldini olish kiradi. Buning uchun ko'chish extimoli bor bo'lgan qirg'oqlarga beton plitalar yotqiziladi. Ег usti suvlarning ko'chuvchan jinslarga singilishining oldini olish uchun har xil qurilmalar yasab, ularni boshqa yo'nalishda oqizish, er yuzasidan filtratsiyani kamaytirish uchun uni nishablash, gil-beton, shlak, bitum, asfalt yotqizish lozim bo'ladi. Yopiq yoki ochiq zovurlar qaziladi, ulardan er osti va usti suvlarini yig'ish hamda ularni rel'efnining pastki qismlariga oqizish uchun foydalaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |