O'QUV MATERIALLAR
1)
|
Ma'ruza mashg'ulotlari
|
2)
|
Amaliy, seminar, laboratoriya mashg'ulotlari
|
II.
|
MUSTAQIL TA'LIM MASHG'ULOTLARI
|
1)
|
Mustaqil ta'lim mavzularini o'zlashtirish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar
|
III.
|
GLOSSARIY
|
IV.
|
ILOVALAR
|
1)
|
Fan dasturi
|
2)
|
Ishchi fan dastur
|
3)
|
Tarqatma materiallar
|
4)
|
Testlar
|
5)
|
Baholash mezonlari
|
6)
|
Boshqa ma'lumotlar (fan bo'yicha boshqa materiallar mavjud bo'lsa keltiriladi)
|
7)
|
O'UMning elektron variant (CD yoki DVD diskda)
|
1-mavzu KIRISH, HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI TO'G'RISIDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHGA DOIR MASALALAR
Reja:
Kirish, HFX haqida asosiy tushunchalar.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani maqsadi va vazifalari.
Hayot faoliyati xavfsizligi tushunchasi o'zaro bog'liq bo'lgan masalalar.
4.Hayot faoliyati xavfsizligi huquqiy asoslari.
5.Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ”Mudofaa va xavfsizlik” haqida berilgan tushunchalar.
Tayanch iboralar: HFX haqida asosiy tushunchalar, hayot faoliyati xavfsizligi fani vazifalari,faoliyat jarayoni modeli.
Aholining sog'lom bo'lib o'sishi va uzoq umr korishini ta'minlash jamiyatni siyosiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy maqsadidir. Davlat g'amxo'rligi aholi sog'ligini saqlash, turli xil xavf-xatardan himoyalash vasog'liqni mustahkamlashning eng ishonchli garovidir.
Inson mehnati va bu mehnat jarayonida uning xavfsizligini ta'minlash har bir jamiyatning ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lmog'i lozim. BMT tomonidan qabul qilingan «Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasida» hayot, erkinlik, mehnat va daxlsizlik masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani -mehnat xavfsizligini chuqur o'rganish, bilish, tashviqot qilish va odamlarni xavf-xatardan himoya qilish masalalari asosida tarbiyalaydi. Buning ilmiy zamini esa ishlab chiqarishda shikastlanish, kasbiy kasalliklar, yong'in va halokatlar sabablarini har tomonlama tahlil qilish, mehnat jarayonida qo'llaniladigan asbob- anjomlarning xavfsizlik va zararlilik darajasini o'rganish, og'ir hamda sermehnat ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishni ko'zda tutuvchi texnologik jarayonlarni baholashdir.
Hayot faoliyati xavfsizligi tushunchasi uchta o'zaro bog'liq bo'lgan masalalarni hal etadi:
Xavflarni birday deb hisoblash, ya'ni ularning qiyofasiga qarab koordinator va miqdoriy xususiyatlarini o'rganish.
Sarf -harajatlari va foydasini solishtirish asosida xavflardan himoya
qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |