A qodiriy nomidag jizzax davlat pedagogika instituti biologiya va uni o


Changlar va boshqa zaharli gazlardan himoyalanish



Download 5,19 Mb.
bet14/144
Sana27.03.2022
Hajmi5,19 Mb.
#512548
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   144
Bog'liq
Эсанқулова Д. Алмаматова З. hayot faoliyat xavfsizligi

Changlar va boshqa zaharli gazlardan himoyalanish. O'quv dargohlarida changning kelib chiqishini oldini olish maqsadida atrof-muhitni ko'kalamzorlashtirish, o'quv xonalari tozaligini ta'minlash, har kuni ho'llangan latta bilan changlarni tozalash, xonalarni shamollatish kabi choralar ko'riladi. Shamollatish o'quv xonalaridagi havoni keragicha almashtirishni ta'minlaydi va o'quvchilar uchun qulay sharoit yaratadi, ya'ni belgilangan haroratda namlik rejimi hosil bo'lib ortiqcha issiqlik, namlik chiqib ketadi, shuningdek xonada changlar, gazlar miqdori kamayadi.Tabiiy shamollatishda xonaga havo tabiiy kuchlar-gravitatsion-issiqlik va shamol bosimi ta'sirida kiradi va chiqib ketadi. Havoning filtrlanishi deganda, asosan deraza va eshiklardagi tirqishlar orqali tashqaridan havo kirishi natijasida tartibsiz ravishda tabiiy havo almashinuvi tushuniladi. Shamol bo'lganda filtrlanish kuchayadi. Sun'iy shamollatish maxsus uskunalar-ventilyatorlar yordamida amalga oshiriladi.
Havoni mo'tadillash sistemasi. Tashqi haroratdan qat'iy nazar, muhitning berilgan parametrlari (havoning harorati, namligi, tozaligi va harakat tezligi)ni bir xilda saqlab turadi. Havoni mo''tadillash sistemalaridagi asosiy qism markaziy namunaviy konditsionerdir. «Konditsioner-filtr- konditsioner»da yopiq siklda aylanib yuruvchi suv qatnashadi. Konditsionerning ho'llash kamerasida suvdan ko'p marta foydalanilganda suv bakteriyalar bilan ifloslanadi. Buning oqibatida mikroblar toza havoga o'tib ketishi mumkin. Shu sababli konditsionerdan foydalanayotganda suvini doim tozalab turish kerak.
Havoni isitish. Isitish sistemalari qishda havoni isitish uchun xizmat qiladi. Issiqlik berish turiga qarab bug'li, havoli va elektr isitish sistemalari farqlanadi. Suvli isitkichning afzalligi shundaki, u gigienik talablarni qanoatlantiradi, bunday asboblarda issiqlikni rostlab turish mumkin, ular uzoq vaqt xizmat qiladi. Narxining nisbatan qimmatligi issiq suv bo'lmaganda muzlab qolish ehtimoli uning kamchiligidir.
Shamollatish, havoni mo''tadillash va isitish tizimlarining yong'inga qarshi himoyalanish vositalari. Shamollatish qurilmasini qurish va undan foydalanish qoidalari buzilganda undan portlash va yong'in chiqishi hamda shunday qurilmalarning umumiy tarmog'i vazifasida birlashgan boshqa xonalarga alanga tarqalishi manbaiga aylanishi mumkin. Toza havo kiritadigan shamollatish qurilmalari yong'in jihatdan xavfsizroqdir, chunki ularda havo almashinganda yong'in va portlash jihatidan xavfli aralashmalar o'z-o'zidan chiqib ketadi. Shamollatish qurilmalari va havoni mo''tadillash sistemalarining yong'in hamda portlash jihatidan xavfsiz ishlashini ta'minlash uchun «Yong'inga qarshi talablar», «Loyihalashning asosiy qoidalari» va «Loyihalash me'yorlari»ga muvofiq yong'inning oldini olishga doir ko'rsatmalarga qat'iy amal qilish zarur.

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish