A qodiriy nomidag jizzax davlat pedagogika instituti biologiya va uni o



Download 5,19 Mb.
bet11/144
Sana27.03.2022
Hajmi5,19 Mb.
#512548
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   144
Bog'liq
Эсанқулова Д. Алмаматова З. hayot faoliyat xavfsizligi

Sarosimaning oldini olish.
Sarosima - bir guruh odamlarni qamrab oluvchi qo'rquv tuyg'usi, u esa atrofdagilarga o'tib, boshqorolmaydigan jarayonga aylanib ketadi. Insonlarda bo'lib o'tayotgan voqealarni hayajonlilik bilan o'zlashtiradi, o'z harakatlari uchun javobgarlik pasayadi. Inson o'z harakatlarini aql bilan baholab ololmaydi va yuzaga kelgan hodisani to'qri anglab olmaydi. Shu vaqtida agar bittasi "qochdik" deb qolsa, barcha odamlar ko'r-ko'rona unga ergashib, falokat joyidan qochib ketadi.
Sarosima paydo bo'lishiga ishonchsizlik va mavridida axborotni yo'qligi ham sabab bo'ladi. Bu kamchilik darhol, mish-mish gaplar va "guvohlar"ni hikoyalari bilan to'ldiriladi.
Tabiiy ofatlarni, falokatlarni, avariyalar oqibatlarini bartaraf etish tajribasi ko'rsatadiki - bu bexabarlik natijadan tashqari, ekstremal holatlaridagi harakatlariga insonlarni tayyorgarligi etarli darajada emasligi, ruhiy chiniqishni yo'qligi sabab bo'ladi.
Sarosima paydo bo'lishiga insonlarni butun diqqat - e'tiborini berib kutmoqligi, bexabarlik, ancha vaqt davomida faoliyat ko'rsatmaslik, haddan tashqari charchoqligi - sabab bo'lishi mumkin. Yuqori emotsional ta'sirchanlik va faol tasavvurligi, ta'sirchanligini hatti-harakatini kuchaytiradi. Bu holat ko'proq xavf kutilmagan va to'satdan boshlangan vaqtida hosil bo'ladi.
Sarosima va qo'rquvni paydo bo'lishiga tartib-intizom va hamjixatlik, rahbariyatni susayishi, boshqarishni yo'qotish, odamlar orasidagi ishonchsizlik, o'zaro munosabatlarni yomonligi, jamoani ajralganligi sabab bo'lishi mumkin. Har qanday vaziyatta dastlabki shaxsiy qo'rquv,quruq qo'rquviga- sarosimaga zamin yaratadi. Sarosimaga bosgan jamoa, kollektiv alomatlarini yo'qotadi. Sarosimaga nimani qarshi qo'yish mumkin.
Vaximaga qarshi kurashda eng yaxshi vositalardan biri bo'lgan voqea to'g'risida aqoliga aniq, ishonarli va etarlicha to'liq axborot berish, o'zini tutish qoidalarni eslatish va vaqti-vaqti bilan ko'rilayotgan choralar to'g'risida axborot berib turish lozim.
Agar sarosima paydo bo'lgan bo'lsachi? Nima qilish kerak? Unga darhol barham berish kerak. Imkon darajasida tezroq, sarosima tarqalib ketmasdan oldin, tezda oldini olish kerak.
Buning uchun birinchi navbatda, odamlarni chalg'itib, qisqa vaqt davomida, qo'rquv manbaidan uzoqlashtiriladi. Insonlarga qo'rquvdan bir daqiqaga o'ziga kelishiga imkon berish va olomonni boshqarishni o'ziga olishiga harakat qilish kerak. Sarosimachilarni "yo'l boshchi"dan, sovuqqon, aql-idrok bilan ish tutadigan insonga diqqat-etiborini yo'naltirish lozim. Bu erda irodali insonlardan biri baland va qat'iy ovoz bilan buyruq berishi kerak.
Buni uddalay olgandan so'ng darhol barchalarni xavf bilan kurashishga jalb etish lozim. Odatda, birinchi qo'rquv o'tganda, o'z aybini sezgandek, ko'pchilik odamlarda yuqori darajadagi faollik kuzatiladi. Shu holatdan foydalanib, har biriga aniq vazifa berib, barchalarini qutqaruv ishlariga tortish maqsadga to'g'ri keladi.
Agar sarosima ko'pchilik odamlarni qamrab olgan bo'lsa, ularni mayda guruhlarga bo'lish tavsiya etiladi, chunki kichik guruh bilan uddalamoq osonroq.
Yana bir muhim jihat - tabiiy ofat yoki falokat sodir bo'lgan joydagi mahalliy ma'muriyatni, deputatlarni va boshqa rahbarlarni hamda hurmatga ega bo'lgan insonlar aholi bilan doimo muloqot qilib turishlari lozim.
Burch va ma'suliyat tuyg'usini o'stirish, tarbiyalash va ardoqlash lozim. U hammasiga berilmagan, hammasi ham unga ega bo'lmaydi. Faqat haqiqiy vatanparvarlarga, o'z xalqiga so'zda emas, amalda vafodor, o'z mardligini shovqin-suronsiz, har kundagi ish bo'lganday, amalda oshirib yurgan insonlarga berilgan va bunday insonlar ko'p yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o'z Vataniga muhabbat va sadoqat hissini singdirish kerak.
Nazorat savollari:

  1. Inson faoliyatininhg asosiy turlari haqida ma'lumot bering?.

  2. Charshash profilaktikasi haqida tushuncha bering?


Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish