1. To‘rt mashina o‘g‘it yubоrdik // fеrmеrlarga vaqtida taqsimlansin. Ushbu gapda // belgisi o’rnida qanday tinish belgisi qo’yiladi.
A) nuqta B) tire C) ikki nuqta D)nuqtali
vergul
2. Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sut-u tuz hurmati,
Erkin o‘g‘lingman, qabul et,
O'zbegim, jon o'zbegim.
Ushbu parchada nechta sodda gap ishtirok etgan?
A) 2 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 4 ta
3. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud emas?
A) Nodirjon o‘yinga alaxsib ketganidan kech kirganini bilmay qoldi.
B) Rovon yo‘llar qarshimizda turibdi mushtoq.
C) Qassob go‘shtning lahim joylarini kesib, suyaklarini alohida sotish uchun terib qo‘ydi.
D) Bu masalaga boshqacha yondoshish mumkin emas.
4. Bunday gaplar kesimining eng muhim belgisi — uning tarkibida egalik qo'shimchasining yo'qligidir. Bu gaplar shaxssiz emas, harakatni mantiqan kimdir bajaradi, lekin uni gapda ifodalab bo’lmaydi.
Ushbu qoidaga mos keladigan javobni belgilang.
A) Bu yerda o‘rtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak.
B) Yerdan binafsha-yu maysalar bosh ko‘tarmoqda.
C) Mehmonlar hamma bilan quchoqlashib ko'rishdilar.
D) Rovon yo‘llar qarshimizda turibdi mushtoq.
5. O'zbekistonda 21-martda Navro'z bayrami shod-xurramlik bilan nishonlanadi.
Ushbu gapda qaysi gap bo’lagi mavjud emas?
A) aniqlovchi B) to’ldiruvchi C) hol D) ega
6. Quyidagi qaysi javobda ajratilgan ega ishtirok etgan?
A) Insonni ehtiros emas, uning buyuk bisoti – aqli, tafakkuri boshqarishi kerak.
B) Turnalar arg‘imchog‘i g‘ira-shira osmon ortiga – bulutlar bag‘riga singiydi.
C) Ona tilim, sen borsan, shaksiz, Bulbul kuyin she’rga solaman
D) Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog‘ing tabarruk.
7. Ritorik so’roq gapni toping.
A) Farmon bibining uylari shumi?
B)
Siz qayerdan, mehmon?
C) Shunday go’zal vatan bormi dunyoda?
D) Sen mening gapinga quloq solgin?
8. Ergash so’zning bosh so’zga boshqaruv yo’li bilan bog’langanini ko’rsating.
A) asosiy qoida, bog’lanmagan tushunchalar
B) ishning boshalanishi, haqiqatning quroli
C) ekishga tayyor,
bolaligimdan yodgorlik
D) maktab biqini, zavq bilan o’qimoq
9. Qaysi gap tarkibida ismlarning munosabat shakli bilan shakldosh bo‘la oladigan fe’l yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan?
A) Yomonga yo‘liqsang, “yov keldi” qilar
B) Daraxtni yer ko‘kartiradi, odamni –yel
C) Bir tishlam non gadosi bo‘lib, birovning eshigiga borgan vaqtlarim bo‘ldi
D) Kapalakning izidan quvib yurgan bolakaylar tinchib, uy-uylariga kirib ketishdi
10. Kesimlari sodda tub so‘zlar bilan ifodalangan bog‘lovchisiz qo‘shma gapni aniqlang.
A) Otalar so‘zi- aqlning ko‘zi.
B) Rostgo‘y odamning bitta ojizligi bo‘ladi: uni aldash oson.
C) Har qanday donolikning cheki bor, nodonlik esa chegara bilmaydi.
D) Suv keldi- cho‘llarda hayot boshlandi
11. Qaysi gapdagi yasama sifat tarkibidagi sifat yasovchi qo‘shimcha ot yasovchi qo‘shimcha bilan shakldoshlik hosil qilmaydi?
A)Bog‘dan yumshoq,
namxush xazon hidi koltarilib, uning xayollarini tollin oy olib ketardi.
B)Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish uchun xalq mafkuraviy jihatdan qurollangan bo’lishi kerak.
C )O’ymakor gullari bilinmaydigan darajada o'chgan, eski eshikka kiramiz.
D)Bu o’lkada iqlim iliq, suv mo’l, yer unumdor, quyosh nuri ko’p.
12. Har bir inson o’z muallimi va ustozini e’zozlashi, shogirdlik burchi va sadoqatini ado qilishi shartdir.
Ushbu gapda uyushgan bo‘laklar qaysi gap bo‘laklariga nisbatan hokim qism vazifasini bajargan?
A) ega, aniqlovchi
B) ega, to‘ldiruvchi
C) ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi
D) aniqlovchi, to‘ldiruvchi
13. Jahonda nimaiki oq, unga ona suti timsol; nimaiki jo‘shqin, unga ham ona mehri timsol; nimaiki chidamli, sabr-toqatli, unga ham ona irodasi timsol; kimki pok muhabbat da’vo qilsa, onaning pok qalbi timsol.
Berilgan gapda nechta bitishuvli birikma mavjud?
A) 2 B) 4 C) 3 D) 5
14. Ma’naviyat - ihsonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, irodasini baquvvat qiladigan, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuchdir.
Ushbu gap tarkibida nechta so‘z sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajargan?
A) 8 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 5 ta
15. Quyidagi qaysi gapda metafora asosida ma’nosi ko‘chgan so‘z ega vazifasida kelgan?
A) Qozonning qulog‘i qiyshayib qolgan ekan.
B) Rentgen apparati natijalarini kutyapmiz.
C) Stol oyog‘i pishiq yog‘ochdan qilingan.
D) Bosh omon bo‘lsa, do‘ppi topiladi.
16. Vatan! Taqdiringning toshi bemiqdor, Aytgin, fido bo’lay qaysi bir toshga?
(Usmon Azim)
Ushbu she’riy parchada nechta sodda yasama so‘z qatnashgan?
A) 3 B) 1 C) 4 D) 2
17. - Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, opa, - dedi Kamol astoydil kuyinib, - sha’ningizga, dog‘ tushiradigan bunaqa ishlarga izn bermang.
Ushbu gapda qatnashgan fe’llar haqida berilgan noto‘gri hukm(lar)ni toping.
1) gapda qatnashgan fe’llar kesim, hol, aniqlovchi vazifalarini bajargan;
2) kesim vazifasini bajargan aniq nisbatdagi fe’l 2 o‘rinda qatnashgan;
3) gapda qatnashgan bitta fe’l uchta so‘zni bevosita o‘ziga tobelantirgan;
4) gapda qatnashgan fe’lning sifatdosh shakli sifatlovchi aniqlovchiga nisbatan tobe bo‘lak vazifasini bajargan
A) 3tasi B) 4tasi C) 1tasi D) 2tasi
18. Qaysi gapda kompozitsiya va affiksatsiya usuli bilan yasalgan sifatlar yasama so‘zga tobelangan?
A)Ko‘z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg‘itib o’ynayotgan polvonlar ketmasdi. B)Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi pishmagan qovunga o‘xshaydi.
C)Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi.
D)Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari hammaning ko‘nglidagi gina-adovatga barham berdi.
19. “Kuntug‘mish” dostonida Gurkiboy nimalarga podsholaming “Ko‘ngli ketar doyim” deb ta’rif beradi?
A) oltin va kumushga B)
suluv qizlarga
C) boj va zakotga D) taxt va tojga
20. Berilgan gapdagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar sonini aniqlang.
Ertangi kunimiz bundan ham go‘zal bo‘ladi. Ulg‘ayayotgan dilbandlarimizning ko‘zi chaqnoqligi, dili yayroqligi qanday yaxshi! Aytmasam bo‘lmas: mening yuragim shunda toshib nimalardir deyishga, quruq qog‘ozga nimalarnidir yozmoqqa undaydi.
A) 10 ta B) 7 ta C) 9 ta D) 8 ta
21. Novator yozuvchini aniqlang.
A)T.Murod B)A.Oripov
C)Tompson D)Ekzyuperi
22. Bodom qovoq, oq tomoq, yuzi lo‘ppi bo‘lgan suluv qiz tasviri qaysi asarda uchraydi?
A) “Yulduzlar afsonasi” (X.Saloh)
B) “Sariq devni minib” (X. To‘xtaboyev)
C) “Dunyoning ishlari” (O‘. Hoshimov)
D) “Mehrobdan chayon” (A.Qodiriy)
23. Quyidagi qiyoslanishlarni o‘zaro muvofiqlashtiring?
1)a kalxatdan qo‘rqqan jo‘jaday;
2)c uchta jo‘ja bilan jonini hovuchlab o‘tirgan;
3)b qo‘ndoqdan
ajragan kakku bolasiday;
4)d mavridsiz laylaklar ichra bemahal g‘urrak
a) “Muzqaymoq” ; b) “Shum bola” ;
d) “Mehrobdan chayon” ; c) “Urushning so‘nggi qurboni”
A) 1-b 2-c 3-a 4-d B) 1-a 2-b 3-c 4-d
C) 1-a 2-c 3-b 4-d D) 1-b 2-a 3-c 4-d
24.”…….. o‘n yoshida «o‘zbekcha, forschaga tom savodli” bo‘lganligini yodga oladi. Ya’ni bu ikki tilda o‘qib, yozib, fikrlay olish iqtidoriga ega bo‘lgan. Shu boisdan bo‘lsa kerak, o‘n yoshidan Qo‘qondagi madrasalardan birida o‘qiy boshlaydi.
A)Hamza B) Cho’lpon C)A. Avloniy D)Shuhrat
25. O‘choqdan chiqqan zangori tutun osmonga o‘rlab, tevarak- atrofga ko‘rpadek yoyilar edi»
Ushbu parcha qaysi asardan keltirilgan?
A)”Do’nan” B”Uloqda” C)”Shum bola” D)”Sariq devni minib”
26. “…….Ko'cha bugun jonlangan”……… Ushbu parcha qaysi asar boshlanmasidan keltirilgan?
A)”Fonarchi ota”
B)”Bolaning ko'ngli poshsho”
C)”Uloqda”
D)”Do’nan”
27. Berilgan qaysi asarlar E.A’zamovning asarlari sanaladi?
A )“Yozning yolg'iz yodgori”, “Ko'ngil ozodadir”
B)“Javob”, “Otoyining tug'ilgan kuni”
C)“Galatepaga qaytish”, “Bir toychoqning xuni”
D)“Otoyining tug'ilgan kuni”, “Bir toychoqning xuni”
28. O‘z she’rida lirik qahramon ruhiyatidagi g‘ashlikni "botguvchi", "sizlatguvchi", "chekkuvchi", "tekkuvchi" "g'ajiguvchi", "achiguvchi" singari sifatlashlar bilan bergan ijodkor kim?
A) Abdulla Oripov B) Asqad Muxtor
C) Erkin Vohidov D) Mirtemir
29. ”Ajab zamona”, “Kajdor zamona”, “Dar mazammati zamona” satiralari muallifi ldm?
A) Zavqiy B) Maxmur
C) Furqat D) Muqimiy
30. Qaysi javobda Nodar Dumbadzening qissalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1) "Qishloq bolalari"; 2) "Oq bayroqlar";
3) "Quyosh kechasi"; 4) "Men, buvim, Iliko va Illarion"; 5) "Quyoshni ko'ryapman";
6) "Abadiyat qonuni"; 7) "Kukaracha"
A) 2, 4, 7 B) 1, 4, 7
C) 2, 3, 4, 6, 7 D) 1, 4, 5