2.*CHOTQOL DAVLAT BIOSFERA QO`RIQXONASI. Mazkur qo`riqxona
Toshkent violyati hududidagi Chotqol tizmasining janubiy-g’arbiy qismida dengiz sathidan
1000—3200 metr balandlikda joylashgan. 1947 yilda tashkil etilgan. . Toshkent violyati
hokimiyati tasarrufida. Qo`riqxona hududida hayvonlarning 152 turi uchraydi, shundan 16 turi
O`zbekiston Respublikasi va TMXI Qizil kitobiga kiritilgan; - o`simliklarning 700 turi, shundan
13 turi O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Maydoni -35724 ga shundan,
o`rmonlar 6586 ga, dalalar 7047 ga, hovuzlar 81 ga ni tashkil kiladi. Qo`rikxona Toshkent vilo-
yati hududida Chotqol tizmasining g’arbiy qismida joylashgan. Qo`rikxonaning maksadi
G’arbiy Tyan’-Shyanning tog’li ekotizimlarini saqlash va atrof-muhit holatining ekologik
monitoringidan iborat. Chotqol qo`rikxonasi florasi 1168 turga ega bo`lib, mintaqa uchun xosdir.
Bu erda Qo`riqxoka uchun endem bo`lgan 6 tur usadi. Qo`riqxona o`simliklarining 28 turi
O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Bu erda 44 turdagi sut emizuvchi, 230 dan
ortiq turdagi qush, 16 turdagi sudralib yuruvchi va 2 turdagi suvda va quruqlikda yashovchi, 3
mingdan ortiq turdagi umurtkasizlar yashaydi. O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga bir
turdagi ilon, 10 turdagi qush va uch turdagi sut emizuvchi kirgan. TMXRM Qizil kitobiga
yo`qolib ketish xavfi ostida ilvirs (Uncia uncia), ko`k cyg’yp (Marmota menzbieri), o`rmon
sonyasi (Dryomys nitedula), ko`rshapalaklar - kichik va katta takaburunlar (Rhinolophus
ferrumequinum, Rh. hipposideros) va uch rangli tun-shapalak (Myotis emarginatus);
qushlardan: tasqara (Aegypius manachus), kuyqa (Falco naumani), qora kaptar (Columba
eversmanni), oqqanot qizilishton (Dendrocopos leucopterus) kiritilgan. Qo`riqxona hududiy
ma`muriy organ - Toshkent viloyati hokimligiga bo`ysunadi. YUNESKO MAB Dasturi
Xalqaro Muvofiklashtiruv kengashining 9-qurultoyida unga biosfera maqomi berildi. 1993 yilda
belgilangan tartibda xalqaro biosfera rezervatlari tarmog’iga kiritilgan, lekin uning talablariga
javob bermaydi. Maqomini takomillashtirish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. 53 yil davomida
ko`riqxona muhofaza etiladigan hudud maqomida tabiiy muhitning bir qismi, keng tarqalgan yoki
noyob landshaft shakllari yoki o`simlik va hayvonlar genetik resurslarini saklash joylari sifatida
tabiatni muhofaza qilish, ilm-fan va ekologik ta`lim uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan tabiiy
komplekslar (er, er osti boyliklari, suv, flora va fauna)ni muhofaza qilishga xizmat qilib kelmoqda
Qo`riqxona hududida quruq dashtdan tashqari mevali o`rmonlar, archazorlar, al’p
o`tloqlari kabi landshafg mintaqalari mavjud. Bu erda 600 dan ortiq o`t, 40 ga yaqin daraxt va
buta o`simlik turlari uchraydi. Qo`riqxonaning deyarli yarmi archazorlardan iborat. Bundan
tashqari pista, Kavkaz shamshodi, zirk, irg’ay va boshqa o`simlik turlari o`sadi.. Toshli va qoyali
joylarda kiyik yashaydi. Chotqol qo`riqxonasining eng qimmatli hayvonlaridan biri — menzbir
sug’uridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |