Populyatsiyaning jins tuzilmasi. Populyatsiyaning jins tuzilmasi turli yoshdagi
guruhlardagi erkak va urg’ochi individlarning son jihatdan nisbatidir. Populyatsiyadagi jinslar
nisbati, birinchidan, jinsiy xromasomalarning qo`shilishi bilan, ya`ni genetik qonuniyatlarga
bog’liq bo`lsa, ikkinchidan, ma`lum darajada tashqi muhitga ham ta`sir etishi mumkin.
Populyatsiyaning evolyutsiyasi uchun urg’ochi organizmlarning soni muhim ahamiyatga ega.
Masalan, odamlar populyatsiyasining potentsial o`sishi o`smir va qariyalarga nisbatan 15
yoshdan 35 yoshgacha bo`lgan ayollar hisobiga to`g’ri keladi. Populyatsiyadagi individlarning
nobud bo`lishi, jinslar nisbati amaliy ahamiyatga ega. Bu hol ko`proq sutemizuvchi hayvonlar
uchun tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |