A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan ma



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/150
Sana30.12.2021
Hajmi0,9 Mb.
#87931
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   150
Bog'liq
Ekologiya.maruza

J.Detri atmosferaning ifloslanish sabablarini 4 guruhga bo`lishni taklif etadi: 
1. Tabiiy yo`l bilan ifloslanish (mineral, o`simlik, hayvon va mikroorganizmlar ta`sirida). 
2. Sanoat tarmoqlari, transport va turar joylarni isitishda foydalaniladigan yoqilg’ilar orqali 
ifloslanish. 
3. Sanoat chiqindilari orkali ifloslanish. 
4. Sanoat chiqindilari va maishiy-xo`jalik chiqindilarini yoqish orkali ifloslanish. 
Tabiiy yul bilan ifloslanish atmosfera tarkibida me`yordan ortiq bo`lsa, katta halokat ro`y 
berishi mumkin. Ammo transport, sanoat va boshqalarning chiqindilari tabiiy yo`l bilan 
ifloslanishga qaraganda anchagina xavflidir. Texnik taraqqiyot natijasida yonilg’i resurslari Er va 
okeanni sayoz erlaridan ko`plab olinmoqda va ishlatilmoqda. Oqibatda turli yoqilg’i 
mahsulotlarining qoldiqlari havoga qo`shilib uni buzmoqda (1 tonna benzin yonishi natijasida 60 
kg is gazi (SO) havoga ko`tariladi va aralashadi). 
Sanoat ob`yektlari va issiqlik elektr stantsiyalarida yoqilg’ining to`liq yonmasligi oqibatida 
turli miqdorda zaharli gazlar havoga chikib, ba`zilari esa er yuzasiga tushganda, boshqalari 
atmosfera qatlamlarida uzoq vaqtgacha saqlanishi mumkin. Masalan, "Elektrositi de Frans" 
issiqlik elektr stantsiya kompaniyasi har oyda 51 ming tonna ko`mir yoqadi; oqibatda har kuni 
havoga 33 tonna sul’fat angidrid gazi va 250 tonna kul chiqadi. 
Neft bilan ishlaydigan issiklik elektr stantsiyalari havoga kul chiqarmaydi. Ammo ko`mir 
ishlatadigan stantsiyaga qaraganda 3 barobar ko`p sul’fat angidrid gazi ajratib chiqaradi. Sanoat 
tarmoqlari havoga turli zaharli modda va gazlar chiqarishi bilan bir qatorda atmosferadan juda 
katta miqdorda kislorod yutadi. Masalan, 1 tonna cho`yanni rudadan ajratib olish uchun 150 m
3

1 tonna po`lat olish uchun 35-70 m
3
, 1 tonna ammiak olish uchun 500 m
3
 va 1 tonna atsetelin 
olish uchun 3600 m
3
 kislorod ketadi. Po`lat eritib olish uchun kislorodga bo`lgan talab keyingn 
yillarda 2,6 marta, domna pechlarida 4,2 marta oshdi. 
Kishi sog’ligi uchun chang, qurum, kul va boshqalar zararlidir. YOqilg’i to`la yonmasligi, 
sifatining pastligi va tutunni tutib qoladigan uskunalarning sust ishlashi natijasida havodagi turli 
birikmalar sekin-asta yer yuziga tushadi. 1952 yili Londonda 1 hafta davom etgan iflos tuman 
natijasida 4000 kishi, keyinchalik (3 oy mobaynida) yana bir necha ming kishi nobud bo`lgan. 
1962 yil dekabr oyida bu shaharda qurumdan 750 kishi o`lgan. Tsement zavodlari atmosferani 
ko`plab ifloslaydi. Tsement changlari uzoq-uzoq joylargacha tarqalishi mumkin. Hozirgi vaqtda 
zavodlarga chang zarrachalarini tutib qoladigan uskunalar o`rnatilib, millionlab tonna qurilish 
materiallarini tejab qolinmoqda. Keyingi vaqtlarda kimyo sanoatining qoldiqlari atmosfera 
havosini ko`plab ifloslamoqda. Kimyo sanoat tarmoqlaridan chiqqan zaharli gaz va birikmalar 
havoga aralashib, zaharli gazlar miqdorini oshirib yubormoqda. Oqibatda kimyo zavodlari va 
kombinatlariga yaqin bo`lgan erlarda fauna, floralar zarar ko`rmoqda va ba`zi o`simliklar 
butunlay nobud bo`lmoqda. Natijada bunday joylarda tabiiy landshaft o`z xususiyatini yo`kotib, 
o`zgacha tus olmoqda. Havo tarkibidagi karbonat angidrid, is gazi, azot, xlor. fosfor, fenol, ftor 
va boshqalarning ko`p miqdorda bo`lishi inson salomatligiga ta`sir etmay qolmaydi. Natijada, 
ko`pgina kishilar astma, rak kabi kasalliklarga duchor bo`lishadi. 
Bioximik olim eyri Geygan-Smit 1950 yili atmosferada ozonning turli azotli birikmasi 
nihoyatda xavfli ekanligini aniqladi. Ozon kimyoviy reaktsiyaga juda tez kirishib o`simlik 
barglaridagi xlorofil turlarini buzadi, rezina va ip gazlamalarini emiradi. Azotli birikmalar esa 
ko`z, o`pka kasalliklariga olib keladi va havoda ko`lansa hid tarqatadi. Kimyoviy birikma va 
qurumlar tarixiy va arxitektura yodgorliklarini ham buzmoqda. Venetsiya, Sankt-Peterburg, 
Kyol’n, Milan, London va boshqalar kabi qadimiy shaharlar ko`chalaridagi nodir yodgorliklar va 
haykallar emirilmoqda yoki korroziyaga uchramoqda. 
Atmosferaning ifloslanishida transport vositalarining roli katta, avtomashina, samolyot va 
boshqalar katta miqdorda kislorod ishlatadi. Masalan, Amerika-Yevropa orasida uchadigan 
birgina super reaktiv layner 8 soat ichida 50 tonna kislorod sarf qiladi. SHuncha miqdordagi 
kislorodni 25-50 ming gektar erdagi o`rmon 8 soatda etkazib beradi. Transport turlari inson 


salomatligi uchun zararli bo`lgan karbonat angidrid, is gazidan tashkari turli birikmalar ham 
chiqaradi. Avtotransportdan chiqadigan mayda zarralar, jumladan, avtomobil’ pokrishkasidan 
chiqadigan rezina zarralari nafas olish uchun, umuman hayot uchun xavflidir (birgina avtomobil’ 
pokrishkasi emirilishi natijasida 1 yilda 10 kg changsimon rezina zarrasini havoga aralashtiradi). 
Atmosfera va tabiiy muhitning ifloslanishida radioaktiv moddalarning ta`siri juda xavflidir. 
Radioaktiv moddalarni sun`iy ravishda er yuzasida tarqalishi asosan ikkinchi jahon urushidan 
keyin boshlandi. Atmosferada, suv osti va quruqlikda turli kuchga ega bo`lgan ko`plab atom, 
vodorod, neytron bombalari portlatib sinab ko`rildi. Oqibatda atmosferaga radioaktiv moddalar 
tarkaldi. Birgina atom bombasini portlatish natijasida 200 dan ortiq turli radioativ moddalar 
paydo bo`ladi, ba`zilari esa radioaktiv zanjirlarni hosil etib, bir elementdan ikkinchisiga o`tadi. 
Portlatish natijasida atmosferaga ko`tarilgan radioaktiv moddalarning yirik zarralari quruq chang 
holatida yoki yog’in sochinga qo`shilib bir necha soat mobaynida erga qaytib tushishi mumkin. 
Ularning radioaktiv ta`siri juda kuchli. Juda mayda radioaktiv moddalar esa atmosferaning 
yuqori qatlamlarigacha ko`tarilib, bir necha minglab kilometr masofann ifloslashi mumkin. 
Hozirgi vaqtda bunday zaharli moddalarni baland tog’larda, Antarktida muzliklarida ham 
uchratish mumkin. SHunday qilib, Atmosferaning ifloslanishi xalq xo`jaligiga katta iqtisodiy 
zarar etkazadi. 
A) Atmosferaning ifloslanishi tufayli materiallar emiriladi va korroziyaga uchraydi. 
B) SHaharlarda, ayniqsa sanoatlashgan joylardagi iflos havo korxona asbob-uskunalarining 
foydalanish muddatining 1,5 barobar kamaytiradi. 
V) Atmosferaning ifloslanishi natijasida ko`pgina kasalliklar vujudga kelmoqda (kishilar 
jismoniy va ruhiy kasalliklarga uchramoqda). 
G) Havo ifloslanishi qishloq xo`jalik madaniylariga katta zarar ko`rsatmoqda. 
D) Havo ifloslanishidan achchiq tutundan transportlarnpng harakati qiyinlashib, ko`p 
xalokatlar (samolyot) ro`y bermoqda. 
E) Atmosferaning  ifloslanishi yarim o`tkazgichlar, aniq asboblar, vaktsina va 
antibiotiklarni ishlab chiqarishni qiyinlashtirib yubormoqda. 
J) Zavod va fabrikalardan qimmatbaho moddalar bekorga atmosferaga chiqib ketmoqda. 
Z) Atmosferanpng ifloslanishi natijasida geografik qobiqning tabiiy holatida o`zgarish yuz 
bermoqda. 
O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi ma`lumoti bo`yicha 
(2004 yil) Respublika havosiga qo`shilayotgan turli iflos moddalarning ko`p qismi quyidagi 
korxonalar zimmasiga tushmoqda: "O`zneftgaz" (318185 tonna), O`zR energetika vazirligi 
(256145 tonna), Olmaliq tog’ metallurgiya kombinati (107409 tonna), O`zR qurilish materiallar 
davlat kontserni (34797 tonna), Kommunal xizmat vazirligi (26159 tonna), O`zkimyosanoat 
Assosiatsiyasi (24293 tonna) va Qizilqumoltin kontserni (20901 tonna). 
1996 yilda Respublika sanoat korxonalaridan chiqqan va havoga qo`shilgan chiqindilar 
viloyatlar bo`yicha quyidagicha taqsimlanadi. 
Toshkent viloyati  
 
300 ming tonna 
qashqadaryo viloyati   
214000 tonna 
Farg’ona viloyati  
 
99000 tonna 
Buxoro viloyati  
 
57000 tonna 
Navoiy viloyati  
 
47000 tonna 
Havoni eng ko`p ifloslovchi shaharlarga: Angren (111000 tonna), Olmaliq (105000 tonna), 
qarshi, Fargona, Navoiylar kiradi. Havoga qo`shilgan zararli moddalarning yarmisi uglerod 
oksidiga, 13% - karbonat angidrid, 14% - oltingugurt II- oksidi, 9% - azot oksidlari, 8% - qattiq 
moddalar, faqatgina 4% - o`ziga xos zaharli murakkab birikmalarga to`g’ri keladi. Havoga 
ko`tarilgan oltingugurt oksidi turli jarayonlar ta`sirida sul’fat kislotasiga aylanib yog’in bilan er 
yuzasiga tushadi. Bunday jarayonni Olmaliqdan 50 km uzoqda joylashgan Chotqol biosfera 
qo`riqxonasida kuzatilgan. Tarkibida turli metallar to`plami, oyna-shisha qoldiqlari bo`lgan 
qishloq xo`jaligida foydalanilmay, zavod atrofida to`planib qolgan chiqindilar kundan kunga 
ko`payib bormoqda. 



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish