manbai sifatida foydalaniladi. Ammoniy birikmalari, nitrit va nitratlar eritmalar tarzida organizm
tomonidan o`zlashtiriladi. Keyinchalik ulardan organik moddalar, birinchi navbatda,
aminokislotalar va ulardan murakkab oqsillar sintezlanadi. Hosil bo`lgan oqsillar o`simlikni
iste`mol qiladigan konsumentlarda qayta ishlanadi. Modda almashinishining mahsulotlari,
o`simlik va hayvonlarning qoldiqlari sifatida tuproqqa o`tgan organik moddalar mineral
moddalarga parchalanadi. Bunda ammonifikatsiyalovchi bakteriyalar guruhi organik
moddalardagi azotni ammoniy tuzlariga aylantiradi. Azot birikmalarining bir qismi daryolarga
borib tushadi va undan dengizlarga quyiladi. Okean va dengizlarda azot ammoniy tuzlari
shaklida uchraydi. Suvning yuza qatlamlarida azot miqdori quruqlikdan kelib qo`shilgan azot
miqdori hisobiga bir oz ko`proq bo`ladi. SHuningdek, atmosferadagi ammiakning erib tushishi
okeandagi o`simlik va hayvon qoldiqlarining parchalanishi hisobiga ortadi.
Azotning tabiatda aylanishiga inson juda katta ta`sir ko`rsatadi. Tabiatdagi azot sanoat
miqyosida fiksatsiya qilinadi. 1968 yili dunyo bo`yicha 20 mln. t azot fiksatsiya qilingan. Buning
ustiga dukkakdoshlar oilasining vakillari tomonidan ham uning birikma holga o`tishi hisobiga
yuqoridagi ko`rsatkich bir oz ortiqroq bo`ladi. Okeanlarga har yili 10 mln. t azot nitratlar
shaklida va 20 mln. t esa organik moddalar bilan oqib keladi. Tabiatda azotning aylanishini
muvozanatda saqlab turish uchun sun`iy ravishda denitrifikatsiya jarayonini tezlashtirish kerak.
Qishloq xo`jaligi o`simliklarining hosildorligini, hayvonlarning mahsuldorligini oshirishga
qaratilgan insonning faoliyati sun`iy ravishda atmosferada erkin azotni qaytarish muvozanatiga
qaratilgan bo`lishi kerak.
Biosferada suvning aylanishi eng muhim mexanizmlardan biri hisoblanadi. Quyosh
energiyasi ham havo massasining bir joydan ikkinchi joyga ko`chib yurishi vaqtida sayyorani
turli darajada qizdiradi. Atmosferada muhim davriy jarayonlar vujudga kelib, ular mavsumiy
marom xarakteriga ega. Er yuzidagi barcha jarayonlar bir-birlari bilan chambarchas bog’lanib
ketgan bo`lib, keng (global) doiradagi moddalar aylanishini vujudga keltiradi. Biologik doirada
moddalarning aylanishi hajm va tezlik kabi ko`rsatkichlar bilan tavsiflanadi. Biologik doiradagi
aylanishning hajmi ekosistemadagi tirik moddalar tarkibida uchrayotgan kimyoviy element-
larning miqdorini ifodalaydi. Uning tezligi esa tirik moddaning vaqt birligida hosil bo`layotgan
va parchalanayotgan mvqdorlaridir. Har qanday landshaftlar uchun biologik doiradagi aylanish
tezligini biomassaning yillik mutlaq va nisbiy o`sishlari hamda o`simliklarning mutlaq
qoldiqlarini hisobga olish usuli bilan aniqlash mumkin. Quruqlikda biologik doirada aylanish
tezligi bir necha yil va o`n yillarga teng bo`lsa, suvdagi ekosistemalar uchun bir necha kun va
haftalarga teng.
Har bir kimyoviy element uchun katta va kichik doiralarda ko`chib yurish tezligi
xarakterli. Atmosferada mavjud bo`lgan kislorod tirik moddalar orqali 2000 yilda, karbonat
angidrid 300 yilda o`tadi. Biosferaning barqarorlik holati birinchi navbatda tirik moddalarning
Quyosh energiyasini ma`lum tezlikda qabul qilishi va atomlarning biogen ko`chib yurishiga
bog’liq. SHunday qilib, Erdagi hayot tirik organizmlar tomonidan muvozanatda ushlab turiladi
va u cheksiz rivojlanish imkoniyatlariga ega. Hozirgi davrda inson bilan tabiat o`rtasidagi
munosabatlarning o`ziga xos xususiyatlari Biosferaning inson hayoti uchun zarur bo`lgan barcha
komponentlariga nihoyatda hushyorlik bilan qarash va hozirgi bosqichda insonning ularga
bo`lgan ta`siri qanday darajada namoyon bo`layotganligini e`tiborga olib ish ko`rish nihoyatda
dolzarb masaladir. Ushbu masalani chuqurroq tushunib olish uchun biosferaning inson hayoti
uchun zarur bo`lgan tiklanadigan va tiklanmaydigan eng muhim tabiiy resurslarini ko`rib
chiqamiz. Avvalo, biosferadagi tabiiy resurslar deyilganda qazilma boyliklar, iqlim, suv, tuproq,
o`simlik, hay-vonlar, shuningdek kosmik va atom resurslari va hokazolarni tushunmoq zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: