Biotik omillar. Biotik munosabatlar yoki biotik omillar deyilganda barcha tirik
organizmlarning yashash jarayonida o`zaro bir-biriga nisbatan ma`lum munosabatda bo`lishi
yoki ta`sir ko`rsatishi tushuniladi. Bu organizmlar o`z hayot jarayonlari davomida normal
yashash, hayot kechirish, urchish, tarqalish uchun tashqi muhit bilan ham ma`lum munosabatda
bo`ladi. Natijada organizm o`sadi, rivojlanadi, nasl qoldiradi va hayotining so`nggi bosqichida
halok bo`ladi. Shunday qilib, biotik omillar quyidagi hollarda: 1) o`simliklarning o`simliklarga;
2)o`simliklarning hayvonlarga; 3)hayvonlarning o`simliklarga; 4) hayvonlarning hayvonlarga; 5)
mikroorganizmlarning o`simlik va hayvonlarga; 6) o`simlik, hayvon va mikroorganizmlarning
o`zaro bir-biriga ta`sirida yaqqol namoyon bo`ladi. Bu xildagi ta`sirlar bilan birma-bir tanishib
chiqamiz.
O`simliklarning o`simliklarga ta`siri deyilganda bir turning ikkinchi turga ta`siri yoki bir
turga kiruvchi individlarning, populyatsiyalarning bir-biriga ko`rsatgan ta`siri tushuniladi.
Bunday ta`sir natijasida ular o`sadi, rivojlanadi, urug’meva (yoki spora) hosil qilib, kengroq
tarqaladi. Demak, avvalo har bir o`simlik yashash ucho`n kurashadi. Bunday kurash jarayonida
o`simliklar hayotida parazitlik (tekinxo`rlik), simbiozlik (o`zaro hamkorlik), neytrallik kabi
munosabatlar vujudga keladi.
O`simliklarning hayvonlarga ta`siri ba`zi zaharli o`simliklar va hasharotxo`r o`simliklar
misolida yaqqol namoyon bo`ladi. Tarkibida zaharli moddalar mavjud bo`lgan o`simliklar
(zaharli ayiqtovon, kampirchopon, qirqbo`g’im, kakra, bangidevona, mingdevona va hokazolar)
hamda 500 ga yaqin o`simliklar (rosyanka, aldrovanda, venerin pashshatutari, nepentes,
puzirchatka, sapratseniya)ning hayvonlar bilad oziqlanishi fanga ma`lum. Bunday o`simliklar
hasharotxo`r o`simliklar deb ataladi. Ular asosan botqoqli erlarda o`suvchi o`simliklardir.
Botqoqli erlarda azotli moddalar juda kam bo`lganligi uchun hasharotxo`r o`simliklar shu
moddalarga bo`lgan ehtiyojini ana shu erlarda yashovchi hasharotlar bilan oziqlanish orqali
qondiradi. Albatta buning uchun hasharotxo`r o`simliklar uzoq evolyutsiya davomida maxsus
moslanishlarga (hasharotlarni tutib hazm qiluvchi) egadirlar. Ularning tuklaridan fermentlar
(suyuqlik) ajraladi va bu suyuqliklar hasharotlarni parchalab, hazm bo`lishiga imkon beradi.
SHuningdek, ayrim hayvonlar (kanalar, termitlar, pashshalar, arilar va hokazo) uchun o`simlikn
lar ijara (in qurish) uchun ham muhim rol’ o`ynaydi. Hayvonlarning o`simliklarga ta`siri odatda
quyidagi hollarda namoyon bo`ladi. Masalan, ko`pgina xayvonlar o`simliklar bilan oziqlanganda
(tuproq nematodlari, mikrofitofaglar, makrofitofaglar) o`simliklarning spora, urug’ va
mevalarining tarqalishiga ta`sir ko`rsatadi. Ba`zi zararkunandalarning o`simliklar hayotiga salbiy
ta`sir ko`rsatishi ko`pchilikka ma`lum. Masalan, karam kapalagi, g’o`za qurti, meva, sabzavot
ekinlari, o`rmon daraxtlari, donli ekinlar zararkunandalari bunga yaqqol misoldir.
Hayvonlarning hayvonlarga ta`sirini yirtqich va o`lja o`rtasidagi munosabatda aniq
ko`rish mumkin. Shu o`rinda o`ljaning dushmandan himoyalanishiga intilishlarini aytish joizdir.
Bunday himoya aktiv yoki passiv ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Mikroorganizmlarning
o`simlik va hayvonlarga ta`siri ba`zi kasallik tug’diruvchi mikroblarning (patogen bakteriyalar,
viruslar va parazit zamburug’lar) o`simlik va hayvonlarda turli kasalliklarni keltirib chiqarishida
ko`rinadi. O`simlik, hayvon va mikroorganizmlarning o`zaro ta`siri avvalo ularning tuproqda
birgalikda yashashida seziladi. Natijada ular o`zaro murakkab munosabatlarda bo`ladilar.
Bunday munosabat ozuqa zanjiridagi biotik munosabatlarda yaqqol ko`rinadi.
Tirik organizmlar birgalikda yashar ekan ularning o`zaro turlicha biotik aloqalarda
bo`lishi ham tabiiydir. Bunday aloqalar natijasiga ko`ra u yoki bu organizm uchun ularning
foydali yoki zararli ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Agarda aloqalar ikki organizmdan
biriga foydali bo`lsa qo`shuv belgisi bilan, aksincha, zararli bo`lsa ayiruv belgisi bilan, har ikki
organizm uchun befarq bo`lsa nol’ bilan belgilanib biotik aloqalarni quyidagicha turkumlash
mumkin:
2- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |