1. Axborotni statik tasvirlash;
2. Interfaol o’zaro aloqa.
Axborotni statik tasvirlash. Ma'lumotlar segmentida joylashgan ma'lumotlar statik ma'lumotlar deb ataladi. Bunga asosiy sabab, ular uchun xotira ishlash jarayoni davomida ajratib qo'yiladi. Ishlash davomida esa bu xotira o'zgarmay qoladi. To'plamdagi xotira esa ishlash davomida to'ldirib boriladi va zarur bo'lgan paytda bu xotira bo'shatib qo'yilishi mumkin.
Razmеtkali tillar. Bu til yordamida matnlar, grafik ma'lumotlar Web-sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyutеrda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmеtkali tillar dеb ataladi. Ularning asosiy vazifasi – Web-sahifaga “ma'lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (gipеrsaloqalar) ta'minlashdan iborat.
XML (eXtensible Markup Language).
XML tili ham HTML tiliga o’xshash til xisoblanadi. HTML dan farqli tomoni shundaki, XML da dasturchi o’zining shaxsiy teglarini yaratadi va ular orasiga ma'lumotlar joylashtiradi. XML-teglar harflar katta kichikligini farqlaydi.
XHTML
XHTML tili HTML va XML tillarining birlashmasini tashkil etadi. XHTML tilida yozilgan hujjatning tashqi ko’rinishi platformaga bog’liq (Windows, Mac yoki Unix) ravishda o’zgarib kеtmaydi. Shunga qaramay XHTML tarkibida HTML diskriptorlardan foydalaniladi.
Bugungi kunda mobil aloqa vositalaridan foydalanuvchilar uchun yangi til ishlab chiqilgan bo’lib, u WML (Wireless Markup Language) dеb ataladi; CDF (Channel Definition Format) - Microsoft ishlab chiqqan brauzеrlarda push-kanal hosil qilishda qo’llaniladi.
JavaScript
JavaScript – bu til Netscape va Sun Microsystems tomonidan yaratilgan bo’lib, Web-sahifaning funksional imkoniyatlarini orttirish maqsadida qo’llaniladi.
JavaScript yordamida odatda ma'lumotli va muloqot oynalarini chiqarish, animatsiyalarni ko’rsatish kabi vazifalarni bajarish mumkin. Bundan tashqari, JavaScript-ssеnariy ba'zan o’zi ishlab turgan brauzеr va
platforma tipini aniqlash mumkin. JavaScript-ssеnariylar foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma'lumotlarni to’g’riligini tеkshirishda ham qulay hisoblanadi.
VBScript
VBScript tili Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan bo’lib, Visual Basic tilining bir qismi hisoblanadi. VBScript tili Internet Explorer va Microsoft Internet Information Server (IIS) lar bilan ishlashga mo’ljallangan tildir
PHP
PHP – bu sеrvеrda qayta ishlanuvchi ssеnariylar tilidir. ASP kabi PHP kodlar ham bеvosita HTMLhujjatni tarkibiga qo’shiladi. Ushbu tilning nomi Personal Home Page Tools so’zlarining qisqartmasidan olingan. PHP da C va Perl tillarida uchragan bir qator muammolar hal etilgan, bundan tashqari, PHP
ma'lumotlar bazasi bilan ishlash uchun juda qulay vositadir. Umuman olganda Perl, PHP – ochiq tizimli tillar hisoblanadi va ularni dasturchilar modеrnizatsiyalashtira oladi.
HTML tili taxminan 1991-1992 yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi
britaniyalik mutaxassis Tim Bernars Li tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun xujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab bo'ldi. Bundan tashqari unda gipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qo'shimcha multimedia (rasm,tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qo'shildi.
Ikki xil SQL mavjud: Interaktiv va Joylashtirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |