A n V a r c h o r iy e V


bet316/392
Sana26.02.2022
Hajmi
#466555
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   392
Bog'liq
Inson falsafasi

Гельвеций.
Истинный смысл системы природы. М., 1923, 47-bet.


Fransuz faylasufi Pol Anri Golbaxning1 fikriga ko‘ra, inson 
tabiatning bo'lagi, shuning uchun ham uning faoliyati tabiat 
qonunlariga bo'ysunadi. Bunday naturalistik nuqtayi nazarda tur­
gan faylasuf, insonning biri ikkinchisiga qarama-qarshi turgan, 
ikki mohiyatga ega bo'lgan diniy qarashlarini tanqid qiladi. 
Golbaxning tushuntirishicha, inson 
0
‘zining fikrlash madaniyati 
va ish bajarish qobiliyatlarining vujudga kelish sabablarini tushun­
tirib bera olmaganligi uchun ham «ma’naviylik», «jonning 
o'lmasligi» kabi tushunchalar paydo bo'ldi. Shuning uchun ham 
u, «Agar bizdan inson nima deb so'rashsa, biz darhol bu turli 
o'zgarishlarni his qilish, sinab ko'rish va fikrlash uchun tashkil 
qilingan moddiy mavjudotlar, deb javob berardik»2, deydi.
Golbaxning fikricha, inson — muhitning mahsuli. Chunon­
chi, insonni tabiat hech qachon johil qilmaydi, balki ijtimoiy 
vaziyat ta’sirida, u aqlli yoki nodon bo'ladi. Masalan, despo- 
tizm insonni fuqaro qilib emas, qul qilib shakllantiradi. Fran­
suz faylasufi muhit deganda, eng awalo, siyosiy vaziyatni, 
jamiyatda mavjud bo'lgan yuridik qonunlami tushunadi.
Agar qonunlar yaxshi bo'lsa, axloq ham yaxshi bo'ladi. 
Agar qonunlar axmoqona bo'lsa, turgan gapki, axloq ham 
ahmoqona bo'ladi. ShuniLj«uitmaslik zarurki, deb ta’kidlaydi 
mutafakkir, qonunni xalq emas, balki monarx yaratadi. Shuning 
uchun ham, qonunning ijodkori bo'lgan monarx ma’rifatli, 
insonparvar hukmdor bo'lmog'i lozim. O'sha ma’rifatli, inson­
parvar monarx o'zi yaratgan qonunlari bilan o'ziga tobe bo'lgan 
fuqarolami baxtiyor qiladi, degan fikr-mulohazalarni bayon etadi.
Inson borlig'i haqida Golbax qarashlarida ba’zan biri ikkin­
chisiga zid mulohazalar uchrab turadi. Chunonchi, uning fikriga 
asosan bir holatda insonning faoliyat ko'rsatishida turli tabiiy 
omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi deyilsa, boshqa bir 
holatda Gelvetsiy kabi shaxsning shakllanishida va rivojlanishida
Anri Golbax 1723-yilda Germaniyaning Edesxeym shahrida tavallud topgan. 
0 ‘n ikki yoshida Parijga kelgan Leyden universitetini tugatgan. Kimyogarlik kas- 
bini sirlarini mukammal o‘rgangan. Zamonasining buyuk allomalari Didro va 
Gelvetsiyning maslakdoshi bo‘ Igan. Din va cherkovni doimiy tanqid qilgan. 1789- 
yilda Parijda vafot etgan. Uning falsafiy, xususan, inson to‘g‘risidagi qarashlari 
«Tabiat sistemasi», «Avliyolar galereyasi», «Ijtimoiy sistema», «Tabiiy tarix», 
«Sog‘ lom fikr», «Universal axloq» asarlarida bayon etilgan.

Гольбах
. Избранные произведения. В двух томах. Том 1. М., 1963, 123-bet.


ijtimoiy muhit katta rol o'ynaydi, degan g‘oyani olg‘a suradi. 
Shunday ziddiyatli mulohazalar ta’sirida fikr yuritgan Golbax, 
odamlar faoliyat ko‘rsatishirting bosh determinanti foyda va man­
faat, degan tezisni olg'a suradi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, XVIII asr 
fransuz faylasuflarining inson to'g'risidagi qarashlarida, asosan, 
ikki tendensiya mavjud edi. Chunonchi, Volter, Russo, Konoares 
inson muammosini ma’rifatparvarlik nuqtayi nazaridan tahlil qi- 
lishsa, Kondelyak, Lametri, Gelvetsiy mexanistik, naturfilosofik 
pozitsiyadan turib tahlil etishar edilar. Boshqacha aytganimizda, 
ma’rifatparvar faylasuflarning inson to'g'risidagi qarashlari asosida 
insonparvarlik g'oyalari yotgan bo'lsa, mexanik-naturfilosofik fikr 
yurituvchi faylasuflarning inson to'g'risidagi fikr-mulohazalarining 
asosida olamning mexanik manzarasi yotar edi. Fransuz 
ma’rifatparvarlari inson to'g'risidagi qarashalarida ingliz faylasufi 
Jon Lokk an’analariga amal qilishsa, mexanik-naturfilosofik pozit- 
siyada turgan faylasuflar inson haqidagi qarashlarida Bekon, 
Dekart, Didro an’analariga asoslanadila^Xuddi shuning uchun 
ham, ularning inson to'g'risidagi fikr-mulohazalarida mexanizm, 
naturalizm elementlari chatishib, qo'shilib, qorilib ketgan edi.
Alohida ta’kidlab o'tish zarurki, inson shaxsining kamol 
topishida ijtimoiy muhit, ayniqsa, tarbiyaning roli haqidagi XVIII 
asr fransuz ma’rifatparvarlari bayon qilgan fikr-mulohazalar inson 
muammosi yechimi borasida olg'a tashlangan katta qadam edi.
Inson to'g'risidagi ingliz, fransuz faylasuflarining qarashlari 
Yevropaning boshqa mamlakatlarida keng tarqala boshladi. Endi­
likda inson muammosi nafaqat faylasuflar, balki adabiyot, san’at 
ahlining ham diqqat markazida bo'ldi. O'z manfaatini ko'zlovchi, 
xudbin kishi bilan umummanfaatini himoya qiluvchi chinakam 
inson o'rtasidagi to'qnashuv XVIII ”asr adabiyotining bosh 
mavzusi bo'ldi. Bunday holatni nemis vatanparvar yozuvchisi, 
faylasuf va dramaturg, tanqidchi va san’at nazariyotchisi Got- 
xold Efraym Lessing1 ijodida ko'rishimiz mumkin. Lessing o'zining 
«Odamzodni tarbiyalash» asarida ta’kidlashicha, har qanday diniy
1 Mashhur nemis faylasufi, ma’rifatparvari, yozuvchisi, tanqidchi Gotxold 
Efraym Lessing 1729-yilda Kamensda tug‘ilgan. 179 1-yilda Saksoniyada vafot etgan. 
Uning inson to‘g‘risidagi qarashlari «Odamzotni tarbiyalash» (1780-y.) asarida 
bayon etilgan.


qoidalar aql bilan yoritilmagan, uning qudratli tanqidiy 
chig‘irig‘idan o'tmagan bo‘lsa, bunday qoidalar irim-sirimdan 
boshqa narsa bo'lmaydi. Lekin har qanday dinning mazmuni aql 
va kishilarga muhabbat kabi umuminsoniy axloq ruhi bilan 
sug'orilganligi ham haqiqat ekanligini unutmaslik zarur, deb 
hisoblaydi.
Lessingning fikricha, inson hamyurtlariga foyda keltiradigan 
qanday kasbda — hunarmandchilikdami, dehqonchilikdami, sa- 
noatdami yoki savdogarchilikdami — mehnat qilmasin, bunday 
faoliyat chinakam olqishga sazovor bo'lmog'i lozim. Mulohaza- 
lilik, to'g'riso'zlik, mehnatsevarlik, oqko'ngillilik — Lessing asar- 
lari qahramonlarining insoniy fazilatlaridir.
XVIII 
asr nemis ma’rifatparvarlarining yangi qahramoni — 
«dunyoviy fuqaro» edi. Bunday kishi uchun atrofida sodir 
bo'layotgan voqealarga o'z manfaati qarichi bilan yondoshish 
yotdir. U har qanday tabaqa yoki turli e’tiqodga mansub kishi­
lar orasidan «yaxshi odamlarni qidiradi». Shuning uchun o'sha 
el va xalqparvar, jahongashta «dunyoviy fuqaro» — nemis 
ma’rifatparvarlarining sevimli qahramoniga aylandi.
Xudbin kishining shaxsiy manfaati bilan umummanfaat orasi­
dagi to'qnashuv G.Fildingning «Topib olingan Tom Jons tarixi» 
romanida ham o'z ifodasini topgan. Asar qahramonlari yasha­
yotgan tarixiy muhit shundan dalolat beradiki, bu yerda hokimi­
yat, boylik odamlarning ijtimoiy holatini boshqaradi. Kishilar 
taqdirini esa tasodif hal qiladi. Odamlarni bunday tasodif 
botqog'idan asta-sekin aql olib chiqadi. Turgan gapki, tasodif 
deganda, kundalik turmushdagi xususiylik tushuniladi. Boshqacha 
aytganimizda, o'z manfaatlari yo'lida o'zboshimchalik, tavakkal- 
chilik bilan harakat qilishi — tasodifiy holat ifodasidir. Shaxsiy 
manfaat yo'lida qilingan o'zboshimchalik, tavakkalchilik kabi 
holatlar — bir qutbda, aql, farosatga asoslangan ehtiyoj, umum- 
manfaatni ko'zlash, huquq va qonunga tayanish, hamma uchun 
bab-barobar bo'lgan adolat normalariga asoslanish kabi fazilatlar
— ikkinchi qutbda to'plana boradi. Qarama-qarshi qutblaming 
vujudga kelishi, albatta, kurashga olib keladi. Bunday kurashda, 
yuqorida eslatib o'tilganidek, aql tasodif ustidan g'olib chiqadi. 
Aqlning tasodif ustidan g'olib chiqishi — umummanfaatni himoya 
qiluvchi «chinakam inson»ning buyuk g'alabasi edi.


XVIII 
asr Yevropa sivilizatsiyasi tarixida ma’rifatparvarlik davri, 
deb yuritiladi. Chunki bu davr ilmiy bilimlari faqatgina bir 
guruh ilm-fan bilan shug‘ullanuvchi kishilarga ma’lum bo‘lib 
qolmasdan, balki aholining turli tabaqalari orasiga keng tarqala 
boshladi. Nafaqat diniy, balki dunyoviy bilimlar ham ilm 
maskanlari laboratoriyalari qobig'idan chiqib, omma orasida yoyila 
bordi. Ilm-fan yutuqlari nafaqat ilm ahli, balki adabiyot, san’at 
namoyandalari, ziyolilaming turli qatlamlari bahs-munozarala- 
riga sabab boia boshladi.
Ma’rifatparvarlik davrining o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, 
bu davrga kelib odamlar inson aqlining qudratiga, uning hali 
foyqiyoti jamiyatni iqtisodiy-ijtimoiy farovonlikka olib kelishiga bor- 
gan sari qo‘proq ishonch hosil qila boshladilar. Yuqorida eslatib 
o‘tganimizdek, bunday kayfiyat Yevropada XVII asrdayoq vujudga 
kelgan edi. XVIII asrda esa o‘rta asr sxolastikasini tanqid qilish, 
obro‘ va an’ana o‘miga aql-farosatni ulug‘lash har tomonlama avj 
ola boshladi. Xuddi shuning uchun ham, XVIII asr — Yevropada 
aql-tafakkurni ulug‘lash, erkinlik-hurlikning vujudga kelishi, fan 
va madaniyatning rivojlanish asri bo‘lib qoldi.
XVIII 
asrning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri: fan ama- 
liyotga yaqinlasha boshladi. XVII asrda Yevropa faylasuflari sxo- 
lastikani tanqid qilgan bo'lsalar, XVIII asrda metafizikani har 
tomonlama tanqid qila boshladilar. 0 ‘rta asr sxolastikasi o‘miga 
XVI—XVII asrlarda kirib kelgan metafizikani yo'qotib yuborishga 
harakat qildilar. Fanda Isaak Nyuton, falsafada Jon Lokk izidan 
borgan fransuz ma’rifatparvarlari metafizik sistema boimish 
Kartezianlikni1 ham qattiq tanqid qildilar. Kartezianlik tarafdor- 
larini turli abstrakt konstruksiyalarni ulug‘lashgan, tajriba va 
eksperimentga esa kam e’tibor berishgan, deb aybladilar. Lekin 
Yevropa ma’rifatparvarlari har qanday aqlni ulug'lashmas, faqat 
tajribaga asoslangan, turli diniy uydirmalardan xolis, erkin ilm 
tarafdori edilar.
Yuqorida 
ta ’kidlab 
o ‘tganimizdek, 
m a’rifatparvarlik 
g'oyalarining vatani Angliya edi. Chunki Angliyada jahonning 
boshqa mamlakatlaridan oldinroq ilm-fanga asoslangan ilg‘or
Kartezianlik Dekart va uning izdoshlari ta’limoti XVII—XVIII asrlarda Fran- 
siya va Gollandiyada keng tarqalgan edi.


ishlab chiqarish munosabatlari shakllana boshladi. Ma’rifatparvarlik 
g'oyalari tarix sahnasiga kirib kelayotgan angliyalik yangi mulk- 
dorlar tabaqasi manfaatiga mos bo‘lib tushdi.
XVIII 
asr Yevropa falsafasida inson, bir tomondan o‘zining 
xususiy manfaati uchun harakat qiluvchi mavjudot sifatida 
ta’riflangan bo'lsa, ikkinchi tomondan barcha kishilar tengligini 
himoya qiluvchi buyuk qudrat ekanligi rasman tan olindi. 
Shuningdek, XVIII asr Yevropa falsafasi o'sha davrning eng 
muhim ijtimoiy illati bo'lgan: faqat o'z manfaatini ko'zlab faoli­
yat ko'rsatuvchi xudbin, ichi qora kishi bilan aql va adolat 
bayroqdori bo'lmish oqko'ngil, el-yurt manfaati haqida bosh 
qotiruvchi elparvar inson o'rtasidagi kelishmovchiliklarni bar­
taraf etishga urindi.
XVIII 
asr Yevropa falsafiy tafakkurining o'ziga xos xususi­
yatlaridan yana biri inson ongi va faoliyatida bo'ladigan 
o'zgarishlarni umumiylik va ayrimlik, tasodif va zaruriyat 
chig'irig'idan o'tkazib tahlil etilganligi bilan xarakterlanadi. XVII 
asrda fransuz faylasuflari inson manfaatlariga qaratilgan indivi­
dual hulq-atvomi boshqarib turuvchi yagona kuch — tabiat deb 
tushuntirishgan bo'lsalar, nemis ma’rifatparvarlari ushbu muam- 
moga panteistik nuqtayi-nazardan yondashib, ya’ni «dunyoviy 
aql» ko'zi bilan qarab, inson ongida bo'ladigan o'zgarishlar 
axloqiy va huquqiy prinsiplar, normalar ta’sirida sodir bo'ladi, 
deb tushuntirdilar.
Shunday qilib, Yevropa ma’rifatparvarlari Renessans davri 
gumanizmini har tomonlama rivojlantirdilar. Inson nafaqat Xudo 
oldida, balki qonun oldida ham teng bo'lmog'i darkor. Inson 
insonning quli, cho'risi emas, birodari bo'lmog'i zarur. Aho- 
lining ayrim tabaqalari: zodagonlar, ruhoniylarga berilgan 
tabaqaviy imtiyozlami bekor qilish lozim, degan g'oyani olg'a 
surdilar. Barchaning huquqiy tengligini, qonun oldida barobar- 
ligini yoqlab chiqdilar.



Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish