Alisher Navoyi.
Muhbub ul-qulub. Toshkent, 1983, 78-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
pishadi. U kishi qalbini shubhalardan tozalaydi, ko'ngliga ham,
ko‘ziga ham ravshanlik yetkazadi. Qattiq non yeb turgan qanoatli
darvish, yuz turli noz-ne’matlar bilan ovqatlanadigan ta’magir
shohdan ming marta ustundir.
Alisher Navoiyning fikriga muvofiq, fuqarolar odob-u axlo-
qini shakllantirishda yurt kezar savdogarlaming xizmatlari katta
bo‘lmog‘i
lozim.
Ular
nafaqat
tijorat
ishlari
bilan
shug'ullanishlari, balki dunyo donishmandlarini ham izlab topish-
lari, ulaming oqilona suhbatlaridan bahramand bo‘lishlari, eng
yaxshi insoniy fazilatlarini, xislatlarini, urf-odatlarini ham o‘z
yurtlariga olib kelmoqlari darkor. Shoir turmushning turli qiy-
inchiliklariga mardona bardosh berib, o'z umrini uzoq va omonsiz
xavf-xatar, iztirob, ranj, uqubatlarga tashlab, halol rizq topgan
savdogarni olqishlaydi. Lekin musofirlik, safar iztiroblari va
tashvishlarini tortmasdan, muayyan manzilda turg'un va osoy-
ishta yashab, tayyor molni arzon olib, qimmat sotuvchilami
Navoiy tijorat ahli deb atashdan saqlanadi.
Shunday qilib, Alisher Navoiy asarlarida insonning ruhiy-
ma’naviy kamolotga yetish jarayoni har tomonlama tahlil etildi.
Bunday murakkab jarayon tahlilida sharqona fikrlash madaniya
tida keng tarqalgan zohiriylik va botiniylikning o'zaro aloqador-
ligidan ustalik bilan foydalandi. Shuning uchun Navoiy asarlari
zohiriy va botiniy mazmunga egaligi bilan ajralib turadi. Chu
nonchi, «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» idostonlari
o'zining ichki botiniy mazmuniga ko'ra, insonning barkamollik
darajasiga ko'tarilishining badiiy ifodasidir. Farhod va Majnun —
Olloh husniga oshiq bo'lgan darvish suratidir, insonning ha
qiqatga erishish jarayonining badiiy shakldagi ifodasidir.
Alisher Navoiy asarlarida foydalanilgan turli rivoyatlar, naqllar
— zohiriy bir libos edi. Aslida insonning ruhiy-ma’naviy kamolotga
yetish jarayonini kuylash — shoirning asosiy maqsadi edi. Navoiy
tarannum etgan ishq-muhabbat tasawufiy mazmunga ega bo'lib,
insonning ongi va faoliyatida bo'ladigan sifatiy o'zgarishlarni
Olloh nuri chig'irig'ida ko'rish, ushbu jarayonni qalb ko'zi
bilan mushohada qilishning ifodasidir. Farhod, Shirin, Layli,
Majnunlar murakkab yo'lni bosib o'tib, haqiqatga yetib kelgan
orif kishilar timsolidir.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko'rinib turibdiki, musul-
www.ziyouz.com kutubxonasi
шоп ijodkorlari asarlarining o'ziga xos eng muhim xususiyati —
uning ko‘p ma’noliligidir. Aniqroq qilib aytganimizda, Sharq
tafakkurida ko'p ma’nolilik — matnning zohiriy va botiniy ma’noga
ega ekanligidir. Sharq mutafakkirlari ko'p ma’nolilik yordamida
o'zlarining olam va odam to'g'risidagi, ayniqsa, barkamol inson
to'g'risidagi qarashlarini johil, nodon kimsalar, hokim-u amal-
dorlardan pinhon saqlaganlar. O'z fikr-mulohazalarini turli hay
vonlar va qushlar tilida rivoyatlar, naqllar yordamida bayon
etganlar. Tashqi tomondan (zohiran) sayoz, yuzaki bo'lib
ko'ringan bunday asarlar, ichki tomondan (botinan) katta
mazmun va ma’noga ega bo'ladi.
Naqshbandiya ta’limotida nafaqat sharqona musulmon axloqi-
ga xos, balki umuminsoniy axloq talablari asosida faoliyat
ko'rsatayotgan barkamol insonning tashqi va ichki qiyofasining
go'zalligini turli bo'yoqlar yordamida tasvirlashga alohida e’tibor
berildi: Ma’lumki, insonning o'ziga xos eng muhim xususiyat
laridan biri — u hamisha go'zallik tomon talpinib yashaydi.
Go'zallikdan lazzat olishga shoshiladi. Shuning uchun ham in
son bisotidagi go'zallik tomon intilish his-tuyg'usini ta’riflash
o'rta asr musulmon falsafasining, adabiyotining asosiy mavzu-
laridan biri edi. Shoirlar, yozuvchilar bunday his-tuyg'uni
ta’riflashda o'zlarining jozibali so'zlari bilan fidoyilik ko'rsatgan
bo'lsalar, musawirlar bunday his-tuyg'uni tavsiflashda turli
ranglardan foydalandilar.
Musulmon falsafasida mo'yqalam sehri bilan go'zallik, na-
fosat olamida mo'jiza yaratganlardan biri Kamoliddin Behzoddir1.
Sharqning mashhur musawiri ijodining bosh mavzusi — inson
ning quvonchlari va tashvishlarini, uning ijtimoiy qiyofasini
tasvirlashga qaratilgan. Ayniqsa, portret janrida yaratilgan asarlari
hajm jihatidan Yevropa musawirlarinikidan kichikroq va uslub
Kamoliddin Behzod 1445-yilda Hirotda hunarmand oilasida tavallud topdi.
Ota-onasidan juda erta ajraldi. Uni bolaligidayoq Hirotning mashhur musawiri
Amir Ruhillo (Mirak Naqqosh) o‘z tarbiyasiga oldi. Hirotdagi Nigoriston san’at
dargohida naqqoshlik va miniatyura sirlarini o‘rgandi. Tez orada zamonasining
mashhur musawiri bo‘ lib tanildi. 1487-yilda Sulton Husayn Boyqaro saroyidagi
kutubxonaga boshchilik qildi. 1507-yildan e’tiboran Hirotda Shayboniyxon saroyida
ishladi. 1522-yilda shoh Ismoil Safaviyning Tabrizdagi kutubxonasiga boshliq bo4di.
1537-yilda Hirotda olamdan o‘tdi. 0 ‘zidan o‘ttizdan ortiq asami meros qilib
qoldirdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
jihatidan sharqona miniatyura san’atiga tegishli bo‘lsada, maz
mun jihatidan har qanday asar bilan raqobatlasha olar edi.
Portret janri nihoyatda murakkab bo‘lib, musawirdan inson
tanasining anatomik qonuniyatlarini har tomonlama bilishni talab
etadi. Bu borada Behzodning mahorati zamonasining an’analaridan
ancha ilgarilab ketganiga guvoh bo'lamiz. Shuning uchun ham,
u yaratgan portretlar o‘z zamonasi kishilari haqida, ulami
ijtimoiy qiyofasi xususida bizga ishonchli ma’lumotlar beradi.
Chunonchi, «Alisher Navoiy», «Sulton Husayn Boyqaro»,
«Muhammad Shayboniyxon», «Abdurahmon Jomiy», ayniqsa,
«Amir Temur» va boshqa portretlar musawiming kamolot
cho'qqisidan dalolat beradi.
Kamoliddin Behzod Sharqning buyuk hukmdori iste’dodli
sarkarda Amir Temur qiyofasini tasvirlashga katta e’tibor qarat-
di. «Sohibqiron Amir Temurning bog‘dagi qabul marosimi»da
Behzod Amir Temur qiyofasini shunday tasvirlaydi: Amir
Temurning o‘ng tomonida yaqin kishilari, chap tomonida qabul
marosimiga kelgan turli mamlakat elchilari o'zlarining milliy
kiyimlarida sohibqironga ta’zim qilib turibdilar. Amirlar, amirzo-
dalar, saroy amaldorlari, xizmatkorlar orasida ushbu tantanaga
ishtirok etish uchun kelgan arablar, hindlar, harbiylar va boshqa
millatga mansub kishilar ham ko‘zga tashlanadi.
Behzod sohibqiron Amir Temur ijtimoiy qiyofasini tasvir-
lash bilan cheklanib qolgani yo'q. Balki uning o'g'illari, nabi-
ralari, temuriy shahzodalar haqida ham miniatyuralar chizgan.
Bunday holatni «Ov» deb nomlangan miniatyurasida yaqqol
ko'rish mumkin. O'sha ov manzarasi tasvirlangan miniatyurada
sohibqironning nabirasi Mirzo Ulug'bekning o'g'illari, shahzo
dalar Abdulatif va Abdulaziz bilan tabiat qo'yniga qilgan sayo-
hati katta ilhom bilan tasvirlangan1.
Kamoliddin Behzod insonning ruhiy-ma’naviy olami bilan
uning tashqi qiyofasi orasidagi o'zaro aloqadorlikni tasvirlashga
alohida e’tibor bergan. Bunday holatni uning «Sulton Husayn
Boyqaro» asarida aniqroq ko'rish mumkin. Asarda shohning tiz
cho'kib o'tirgan holati tasvirlangan. Awalo shuni ta’kidlash joizki,
shohning liboslari gavdasiga mos. Chunonchi, boshidagi shohona
Ushbu miniatyura hozir Vashingtondagi Frir galereyasida saqlanmoqda (Xalq
so‘zi, 2000, 23-noyabr).
www.ziyouz.com kutubxonasi
salla, egnidagi turli naqshlar bilan to'ldirilgan libos, bir-biriga
mos tushgan. 0 ‘sha shohona libosning yelka va ko‘krak oldi
naqshlarida, o‘sha zamonning naqqoshlik san’ati o‘z aksini top-
ganligini darhol payqash mumkin.
Husayn Boyqaro ruhiy-ma’naviy olamining o‘ziga xos xu
susiyatlari, xususan, uning didining balandligi, nozik tabiatli
inson ekanligi uning qo‘l harakatlarida o'z ifodasini topgan.
Boyqaroning kipriklari, qoshlari, barmoqlarining holatidan tabiiy-
ijtimoiy muhitda sodir bo'layotgan o'zgarishlarni ilg'ab olish
mumkin. Ana shu aloqadorlik asarda o'ta ustakorlik bilan tasvir
langan. Xuddi shuning uchun ham Husayn Boyqaroning port-
retdagi chehrasidan uning go'zallikka intilishi, odamlarga yaxshi
lik istashi sezilib turibdi. Bir ibora bilan aytganda, «Sulton
Husayn Boyqaro» portreti yordamida Kamoliddin Behzod o'z
zamonasi hukmdorining quvonchlari va tashvishlari haqida aniq
ma’lumot berishga harakat qiladi.
Kamoliddin Behzod asarlarida kishilarni tabiat manzaralaridan
zavq olishi, ovdagi holatlari, jang voqealarini ham tasvirlashga
alohida e’tibor berilgan. Xuddi shuning uchun ham Amir Temur
saroyida bir necha bor qabul marosimlariga ishtirok etgan ispan
elchisi Klavixo de Gonsales o'z kundaligida qayd etganidek,
«Jang voqealari», «Ov manzaralari», «Oshiq-ma’shuqlar
uchrashuvlari» qabulxona devorlarida ham o'z aksini topgan edi.
Kamoliddin Behzod o'zi yashab ijod qilgan ijtimoiy muhit-
ni, zamonasida yuz berayotgan voqealar tafsilotini, odamlar
ijtimoiy qiyofasida sodir bo'layotgan o'zgarishlarni yuksak ma-
horat bilan tasvirlagan. Uning asarlarida o'z mehnati bilan za
mon tashvishlarini yelkasida ko'tarib turgan sodda, beg'ubor
oddiy odamlar qiyofasi tasvirlangan. Bunday holatni uning
«Zanjirband sher», «Samarqanddagi masjid qurilishida», «Doro
va cho'ponlar» kompozitsiyalaridan, Sa’diy, Navoiy, Nizomiy,
Jomiy, Dehlaviy va boshqa adiblarning asarlariga ishlangan il-
lyustratsiyalardan darrov ilg'ab olish mumkin.
Behzod qalbida tug'yon urib turgan his-tuyg'ulami, ayniqsa,
jamiyat hayotida, odamlar xulq-atvori, xatti-harakatida mavjud
bo'lgan salbiy holatlar, g'ayriinsoniy qiliqlardan nafratlanish
tuyg'usini uning asarlarida tasvirlangan qiyofalar, basharalardan
ilg'ab olish uncha ham qiyin emas.
Shunday qilib, Kamoliddin Behzod Sharq san’at maktablari
faoliyatini, o'sha maktablarda yaratilgan san’at uslublarini ma’lum
www.ziyouz.com kutubxonasi
bir sistemaga solib, yaxlit bir butun Sharq miniatyura makta-
bini yaratdi.
Zamonasidagi o'zgarishlar, ayniqsa, insonning ruhiy-ma’naviy
qiyofasida sodir bo'layotgan o'zgarishlarning real holatini o'z
asarlarida tasvirlab, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga munosib
hissa qo'shdi. Shuning uchun ham Sharqning mashhur tarixchisi
Xondamir o'zining «Habib us-siyar» solnomasida Behzodni afso-
naviy musawir Moniyga tenglashtirib, uni «Moniyi Soniy» («Ik
kinchi Moniy») deb ta’riflagan.
Shunday qilib, tasawuf o'rta asr musulmon falsafasining
eng yirik yutug'i bo'lib, insonning ruhiy-ma’naviy kamoloti
to'g'risidagi ta’limotdir. Bu ta’limot musulmon falsafasi va ax-
loqi zaminida vujudga keldi. Lekin musulmon falsafasi va axloqi
yutuqlari bilan chegaralanib qolgani yo'q, balki jahon ilm-fani
yutuqlariga tayandi. Xususan, Hind, Xitoy, Eron, Turon va
Yunon madaniyati xazinasidan bahramand bo'ldi. O'z navba
tida, musulmon madaniyati, xususan, falsafasiga yangi ma’no,
yangi mazmun ato etdi. Uni demokratlashtirdi. Nafs, mol-u
dunyo, ta’ma va shahvoniy hirs qurbonlariga, shon-shuhrat,
mansab va amal shaydolariga, ikkiyuzlamachi, riyokor taqvo-
dorlarga shafqatsiz zarba bo'ldi.
Tasawuf har qanday aqidaparastlikdan ustun turadigan
ta’limotdir. Aqidaparastlik, mazhabparastlik insonning ruhiy-
ma’naviy olamini toraytiradi, zaiflashtiradi. Tasawuf ta’limotining
bilimdoni, professor Najmiddin Kornilov ta’kidlaganidek, in
sonni muayyan bir sxolastik tushunchalar kishaniga solib qo'yadi1.
Xuddi shuning uchun ham tasawuf mazhablari orasida sodir
bo'lgan turli bahs, munozaralarni ma’nosiz, behuda qilingan
sa’y-harakatlardir, deb qaraydi. Musulmonlami ushbu haqiqatni
anglab olishga va yagona sunniylik g'oyalari atrofida birlashishga
da’vat etadi. Tasawuf gumanizmining umumjahon ma’naviy
madaniyatining tarkibiy qismiga aylanib ketishining asosida ham
xuddi shu haqiqat yotadi.
Tasawufning jahon ma’naviy madaniyati xazinasiga qo'shgan
eng muhim hissalaridan biri — uning taqlidchilik, zohirbinlik-
ning jaholat ekanligini isbotlab berganidir.
Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: |