Ismoil Juijoniy inson umrini to ‘rt davrga bo'ladi:
Birinchi davr — tug'ilish, o'sish va parvarishlash bosqichi
bo'lib, 15—16 yoshgacha bo'lgan inson umrini o'z ichiga oladi.
Ikkinchi davr — yoshlik va yetuklik bosqichi bo'lib, 30
yoshgacha bo'lgan inson umrini o'z ichiga oladi. Bundan keyin
jismonan o'sish va ulg'ayish boshlanadi. Ba’zilarda o'sish va
ulg'ayish 35—40 yoshgacha davom etishi mumkin. Xuddi shu
ning uchun 35—40 yoshgacha inson umrini yoshlik davri desa
ham bo'ladi.
Uchinchi davr — mo'ysafidlik bosqichi. Bu davrda inson 60
yoshgacha bo'lgan yoshlik quwatidan bahra olib yashashi m um
kin bo'ladi.
T o 'rtin ch i davr — kishi um rining qarilik davri bo'lib,
bunda quvvatining susayish holati
kuzatiladi va bu jarayon
inson um rining oxirigacha davom etadi. Qarilikning fazilati
shundaki, b a ’z ilar 60 yosh yashaydi, b a ’zilar esa yana
o'spirinlik, yoshlik va mo'ysafidlik yillari qancha davom etgan
bo'lsa, o'shanga teng keladigan vaqtgacha yashab, 120 yoshga
kirishi m um kin1.
Inson m a’naviy va ruhiy qiyofasiga
uning ochiq havoda
bo'lishi, olov va tuproqdan foydalanishi, har xil oziq-ovqat-
lardan tanovul qilishi, ichishi, kulishi, xursandchilik qilishi,
aziyat chekishi, harakatda bo'lishi kabi tashqi sabablar ta ’sir
etadi. Ushbu tashqi sabablar odam a ’zolarini yemiruvchi ichki
sabablarga yordam beradi. Ismoil Juijoniy
tabobat ichki quw at
tengligini saqlab turish, odam a ’zolarining holatini yaxshilash
uchun yordam beradigan tashqi quw atdir, deydi.
Ismoil Juijoniy inson aqlini har tomonlama ulug'laydi.
Uning
tushuntirishicha, ilm isbot va tafakkur yordamida hosil bo'ladi.
Ilmlar ikki xil: nazariy va amaliy bo'ladi. Nazariy ilmlarga ada-
biyot, mantiq, riyoziyot kirsa, amaliy ilmlar o'z
qamroviga
mexanika, tikuvchilik va boshqa qo'l bilan bajariladigan ishlar,
xususan, hunarmandchilikni qamrab oladi. Tibbiyot ilmi esa,
ham nazariy, ham amaliy ilmlarni o'zida mujassamlashtiradi.
Musulmon allomalarining inson to'g'risidagi fikr-mulohaza-
www.ziyouz.com kutubxonasi
larini yanada rivojlantirishda, uni yangi bosqichga ko‘tarishda
o'rta asrning buyuk tabiatshunos olimi, faylasufi va shoiri Um ar
Hayyomning1 xizmatlari beqiyos bo'ldi.
Umar Hayyom insonni baxt-saodatli qilish yo'llarini izlaydi.
Amaldorlar bilan oddiy fuqaro turmush tarzini solishtirdi. Uning
fikriga ko'ra, inson baxt-saodatli bo'lishi uchun, eng aw alo,
bir burda noni, o'ziga yarasha uy-joyi bo'lm og'i darkor. Eng
muhimi, na u birovga qul, na birov unga qul bo'lmasligi, o'z
ixtiyori o'zining qo'lida, ,erkin yashashi zarur2. Boshqacha ayt
ganda, baxt-saodatli bo'lib yashashning, eng muhim sharti,
tobelikdan, qaramlikdan qutilish, deb biladi.
Inson tobelikdan,
qaramlikdan qancha tez qutilsa, o'z erki, o 'z ixtiyori o'zining
qo'lida bo'lsa, behuda tashvishlarga, g'am-g'ussalarga ko'milib
ketmaydi, balki tinch, osoyishta, xotirjam yashaydi, hayotdan
ko'proq lazzat oladi.
Umar Hayyomning fikriga ko'ra, inson baxt-saodatli bo'lib
yashamog'i uchun, aw alo, ularning
farovon turmush qurish
haqidagi azaliy orzu-istaklarini ro'yobga chiqarish yo'llarini izlab
topmoq lozim. O 'z navbatida kishilar turmush tarzidan turli
tash v ish larn i, ayniqsa, g 'a m -g 'u ssa , ran j-alam , sitam va
zo'ravonlik kabi g'ayriinsoniy illatlarni surib chiqarmoq darkor.
Xuddi shuning uchun ham, o'rta asrning m ashhur musulmon
allomasi, kishilar turm ush tarzidagi g'ayriinsoniy m unosabat
lar,
chunonchi, yaxshi, dono kishilaming ham m adan xarob
yashashining sabablarini qidiradi3. Hayotda yaxshi, xoksor odam
lar bir chetda qolib, o'g'ri, m uttaham kimsalar farovon yasha-
yotgani, davr-u davron surayotganini к о 'rib qattiq afsuslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: