Yolg‘onchilikning o ‘sib borishi bilan inson umri zavol topadi.
0
‘z navbatida, yolg‘onchilikning ortib borishi bilan yaxshilik
kamaya boradi. Yaxshilikning kamayib borishi nafaqat kishilar
umrini qisqartiradi, balki ular orasida turli mojarolar keltirib
chiqaradi.
Beruniy yolg'onchilikni turli guruhlarga ajratadi. Chunonchi,
ba’zi birovlar bilm asdan yolg'on xabar berishsa,
ayrim lar
o‘zlarining so‘zlarining yolg‘onligini bila turib noto‘g‘ri m a’lumot
beradilar. Yana allakimlar birovlarga yaxshi ko'rinish, o ‘z mar-
tabasini oshirish, xushomad qilib boylik orttirish, kimlargadir
o‘zini yaqin qilib ko‘rsatish, o'zini turli jinoyatlardan qutqa-
rish, kishilar o'rtasida nizo chiqarish uchun yolg'on gapiradilar.
Shuningdek, ayrim kishilar tarafkashlik, o ‘zi yoqtirmagan ki
shi, toifa yoki guruhni ataylab yomonlaydilar, o'zlarining ham-
tovoqlarini maqtab so'zlaydilar.
Abu Rayhon Beruniy axloqsiz, odobsiz
kishilarni qayta tar-
biyalash mumkin, deb hisoblaydi. Buning uchun o'sha axloqsiz,
odobsiz kishilarni, birinchi navbatda, nafsoniy hirs-havaslardan
tozalamoq, ularga odob-axloq normalarini o'rgatm oq lozim.
Boshqacha aytganimizda, Beruniyning fikriga asosan, axloqsiz,
odobsiz kishilar jamiyatdagi yaxshi
odamlarga ergashsalar qayta
tarbiya topadilar.
Abu Rayhon Beruniyning fikriga ko'ra, inson o'z mehnati
bilan ulug'dir. M ehnat yordamida inson o'z badanini turli illat-
lardan, xususan, dangasalikdan, yalqovlikdan, ishyoqmaslikdan
qutqaradi. Inson mehnatsiz shon-shavkatga, hech qanday mar-
tabaga erisha olmasligini qayta-qayta ta ’kidlaydi.
Yuqori martabaga
mehnatsiz, osongina erishgan kishi farog'at va rohat soyasida
yashaydi, yaxshi kiyinadi, ammo ulug'lik libosidan mahrum,
yalang'och bo'ladi.
Beruniy o'zining «Mineralogiya» asarida inson mehnatini og'ir
jismoniy va yengil mehnat turlariga bo'ladi. U binokor, ko'm ir
qazuvchi, hunarm and, ilm ahli mehnatini og'ir mehnat, deb
ataydi. Og'ir jismoniy mehnat qiluvchi, xususan, yer ostidagi
konlarda
ishlovchi, yer ostida gavhar qidiruvchilar mehnatini
jamiyat qadrlashi, ularga m a’lum imtiyozlar berishi lozim. Ay
niqsa, yerga ishlov berib, hammani yedirib-ichirib turgan deh-
www.ziyouz.com kutubxonasi
qonlarga alohida mehribonlik ko'rsatishi lozim, deb ta ’kidlaydi.
Ilm ahli mehnatini ta ’riflab, ilm olish o ‘ta mashaqqatli, lekin
jamiyat uchun eng kerakli mehnatdir,
jamiyat olimlar mehnatini
hamisha hurmat qilishi, qadrlashi zarur, deb hisoblaydi.
Abu Rayhon Beruniyning e ’tiro f etishicha, insonning qadr-
qimmati, jamiyatdagi o ‘rni mehnati bilan baholanm og'i darkor.
M ehnat har bir kishining kundalik ehtiyojiga aylanm og'i lo
zim. Har bir kishi o ‘z xohish-istagi bilan m ehnat qilmog‘i
kerak. Odamlarni majburiy m ehnat qildirish yo‘li bilan jamiyat
hech qachon yuksaklikka ko‘tarila olmaydi. Kishilar xohish-
istaklariga qarshi bo'lib, ularni majburan zo‘rlab ishlatishga
Beruniy o 'rta asr sharoitidayoq qarshi chiqqan ed i1.
M ehnat-
kash kishiga jabr-sitam o'tkazuvchi ishboshilarni bo'rilarga,
kalxatlarga o'xshatgan edi.
Abu Rayhon Beruniyning fikriga muvofiq, kishilam ing
madaniy saviyasi ortib borishi bilan jamiyat hayotining madaniy-
lashish darajasi ortib boradi. Insonning madaniy saviyasi qancha
baland bo'lsa uning shodlik, xursandchilikka, musiqaga bo'lgan
ehtiyoji ortib boraveradi. «Madaniylashgan kishilar ichidan nozik
(tabiatli) odamlar ko'ngil ochar (shodlik bag'ishlaydigan)joylarga
borib
turishni odat qildilar; bunday joylarga faqat nozik (tabi
atli) kishilar emas, balki boshqa, musiqaga yanada kuchliroq
tashna bo'lganlar ham ohang tinglash uchun boradilar... Ohanglar
esa ruhga (qalbga) tartibga tushirilgan, shaklga kiritilgan
bo'lgandagina kuchli ta ’sir qiladi: Chunki ruh (qalb) tartibga
kirgan narsani tezroq qabul qiladi...»2
Beruniy
tushuntirishicha, inson boshqa maxluqotlardan olamda
sodir bo'layotgan hodisa,voqealar sababini bila olish bilan ajralib
turadi. Olamda bo'layotgan o'zgarishlar sababini inson o'zining
sezgilari yordamida bilib oladi. Inson miyasida hosil bo'lgan
bilimlar tashqi olamning ifodasidir. Ushbu m a’lum otlar sezgi
organlarining bajargan ishi tufayli sodir bo'ladi. Agar sezgi
organlari bo'lmaganda olamning manzarasi haqida tasawurga ega
Do'stlaringiz bilan baham: