erishishi mumkin. Ana shunday buyuklikka ko‘tarilgan inson,
oliy ilohiy qudratdan tushgan nurni o‘zida aks ettirgan oynaga
o'xshaydi. Yoki Halloj tili bilan aytganda, «ilohiylik insoniylikda
o'zini namoyon qiladi». Shu bois
Hallojning tushuntirishicha,
yuzaki diniy e ’tiqodga ega bo'lgandan ko'ra, yoki muqaddas
Ka’ba nomiga zo'rm a-zo'raki e ’tiqod qilgandan ko'ra, har bir
kishi o 'z qalbi, yuragidagi e’tiqodga K a’ba deb qarashi zarur.
Yuzaki taqvodorlik o'rniga faqirlar, beva-bechoralarga madad
berish, ota-onaning hurmat-izzatini bajo keltirish haqiqiy in
soniy e’tiqod namunasidir. Xo'jako'rsinga uzundan uzoq namoz
o'qish, ro'za tutish, zakot berish, zeb-u ziynat ichida hajga
borish, amalda esa Ollohning yerdagi
bandalariga zulm qilish,
boylikka, m ol-u dunyoga hirs qo'yish, Xudo oldidagi riyokor-
likdan boshqa narsa emas.
Bunday erkin fikr-mulohazalarni Halloj islom qoidalarini
inkor qilish, yoki unga shubha bilan qarash m a’nosida bayon
qilmasdan, balki Ollohga bo'lgan cheksiz e’tiqodini namoyon
qilish maqsadida bayon qilgan.
M ansur Hallojning inson to'g'isidagi qarashlarining asosida
islom qoidalari yotgan bo'lsada, uning falsafiy ta ’limoti erkin
fikrlashga asoslangan edi. Chunki u bir tom ondan,
islomning
sunniylik ta ’limotidagi kreatsionizm, ya’ni Olloh, olam, inson
o'rtasida o'tib bo'lmaydigan jar — chegara qo'yadigan ta ’limotga
qarama-qarshi o'laroq, orif inson bilan Olloh o'rtasida yaqin
munosabat bo'lishi mumkinligi haqidagi g'oyani ilgari surgan
bo'lsa, ikkinchi tom ondan, Olloh oldida hammaning tengligi
to'g'risidagi Q ur’on ko'rsatmalariga ishora qilib, boylik to'plash,
Ollohning
bandalarini aldash, ularga zo'ravonlik qilish, jabr-
sitam o'tkazish, xo'jako'rsinga namozxon bo'lish, soxta taqvo
dorlik kabi riyokorliklarni qattiq qoraladi.
Hallojning bunday fikr-mulohazalari Arab xalifaligida erkin
fikrlashning avj olishiga turtki bo'ldi. Odamlarda erkin fikr yuri-
tishning shakllanishi esa Arab xalifaligida ijtimoiy norozilikning
kuchayishiga sabab bo'ldi va Halloj kofir, deb e’lon qilindi.
Xudo bilan insonning qo'shilish g'oyasini targ'ib qilgani, o'zini
ilohiylashtirib, «Xudoning quliman» deyish o'rniga, «Anal haq»,
ya’ni «Men Haqman» degani, Xudoni o'zi bilan tenglashtirga-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ni, Ka’baga hurmatsizlik qilgani, qarmatiylarni qo'llab-quw at-
lab, uni buzib tashlashga d a’vat etgani,
Arab xalifaligiga qarshi
bo'lgan zanjilar qo‘zg‘aloniga yordam ko‘rsatgani, haj ziyorati
o ‘miga dil Ka’basini ziyorat qilishning o'zi kifoya, degani uchun
musulmon qozilarining fatvosi bilan Hallojning qo‘llari, bo‘yni
chopib tashlandi. Tanasi to ‘rt nimta qilinib, qora moy sepib,
yoqib yuborildi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, uning qarash
larini iste’dodli shogirdi Abubakr Shibliy (859-964-y.) yanada
rivojlantirdi. O lz navbatida, Mansur
Halloj asos solgan erkin
fikr yuritish madaniyati o ‘rta asr musulmon faylasuflarining
inson to ‘g‘risidagi qarashlariga sezilarli ta ’sir ko‘rsatdi.
Erkin fikr yuritish, ya’ni xurfikrlilik g'oyalaridan ilhom lan-
gan o‘rta asr musulmon faylasuflari: Abu N asr Forobiy, Ab-
dullo Rudakiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ibn
Rushd inson borlig'i, xususan, uning tanasi bilan joni,
jismi
bilan uning insoniyligi, insoniyligi bilan u yashayotgan jam i
yat o'rtasidagi o 'zaro aloqadorlik, insonning insoniyligini
namoyon qiluvchi fazilatlar, xislatlar va ularning shakllanish
jarayoni muam m olarini nazariy jihatdan yechib berishga h a
rakat qildilar.
Jon va tananing o'zaro aloqadorligi muammolari haqida fikr
yuritgan Abu Nasr Forobiy
1
qadimgi yunon faylasufi Platon
ning jonning ko'chib yurishi haqidagi ta ’limotiga qarshi chiqdi.
O'zining «Masalalaming mohiyati» («Uyunul masail»)
risolasida
jon tanadan oldin mavjud bo'lmasligi, bir tanadan boshqa tanaga
ko'chib o 'ta olmasligi haqidagi g'oyani olg'a surdi.
Abu Nasr Forobiyning fikriga asosan, odamlarning tanasi
paydo bo'lishi bilan uni «oziqlantiruvchi quwat» vujudga keladi.
O'sha quwat yordamida inson tanasi hamisha oziqlanib turadi va
shu jarayonda insonda sezgi organlari paydo bo'ladi. Sezgi or
ganlari tufayli insonda his, tasaw ur, xotira birlashib,
xayol hosil
Do'stlaringiz bilan baham: