A n V a r c h o r iy e V



Download 20,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/392
Sana21.06.2022
Hajmi20,64 Mb.
#688876
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   392
Bog'liq
Anvar Choriyev. Inson falsafasi (1-kitob)

Boyqobilov B.
Hayratul Ahror. Toshkent, 1997.
2 Hazrati Xoja Ubaydullo Ahror.
Risolai volidiya. Zahriddin Muhammad Bobur 
taijimasi. Toshkent, 1991.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xoja Ahror Valiyning fikriga muvofiq, inson barkamollikka erishmog'i 
uchun o'z biiimlarini uzluksiz oshirib bormog'i zarur. Uzluksiz 
bilim olishning eng muhim yo'li — mustaqil o'qib-o'iganishdir, 
ya’ni chinakam musulmon bo'lishni istovchi har bir fuqaro 
mustaqil mutolaa qilish malakasiga ega bo'lmog'i zarur. Uning tu­
shuntirishicha, egallagan bilim, ilm odamlaiga foydasi tegishi kerak. 
Ilm, bilimni mol-mulk orttirish uchun xizmat qildiruvchi kimsa- 
lardan uzoq yurishni maslahat beradi.
Xoja Ahror o'zining «Fiqarot Ahroriya» risolasida qayd qili- 
shicha, inson qalbi, ko'ngli Tangri muhabbatidan boshqa barcha 
his-tuyg‘ulardan xalos bo'lganidagina, boshqacha aytganda, inson 
Xudodan boshqa barcha narsalami unutishga erishsa, ana o'shanda 
uning ko'ziga Tangridan boshqa hech narsa ko'rinmay qoladi.
Xullas, Xoja Ahror o'zining turli-tuman asarlari, hikmatomuz 
pand-u nasihatlari bilan Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq 
G'ijduvoniy, Bohouddin Naqshband asos solgan naqshbandiya 
ta’limotini umuminsoniy qadriyat darajasiga olib chiqqanligi uchun 
Abdurahmon Jomiy uni «Ka’bai Maqsud» deb atagan bo'lsa, 
Alisher Navoiy tariqat «Qutbi», Mirzo Bobur «Hazrati Xoja 
Ubaydulloh», deb ulug'ladi. Chex olimi Feliks Tauer uni «Turkis- 
tonning yorug' mash’ali», deb atadi.
Naqshbandiya ta’limotini yanada rivojlantirishga munosib hissa 
qo'shgan musulmon faylasuflaridan biri Abdurahmon Jomiydir1. 
Abdurahmon Jomiy XV asming ikkinchi yarmida Xuroson, Mo­
varounnahr va boshqa hududlarda naqshbandiya ta’limotining yirik 
arboblaridan biri, deb tan olinar edi. Xuddi shuning uchun 
ham Xurosonda shayxulislom maqomiga ko'tarildi. Uning inson 
to'g'risidagi qarashlari «Yusuf va Zulayho», «Layli va Majnun», 
«Salomon va Absol», «Bahoriston», «Lavhalar», «Sharqi Ruboi- 
yot», «Iskandar aqlnomasi», «Lug'at ul-asror», «Haft avrang»

Naqshbandiya ta’limotining yirik arbobi — Abdurahmon Jomiy 1414-yilda 
Nishopur yaqinidagi Jom shahrida tug‘ ildi. Boshlang‘ ich ma’lumotni otasidan 
oldi. Hirot madrasalaridan birida va Samarqanddagi Ulug‘bek madrasalarida saboq 
oldi. Zamonasining yetuk allomalari Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, AJi 
Qushchilarning ma’ruzalarini tinglash baxtiga muyassar bo‘ldi. Tasawufning yirik 
namoyandasi darajasiga ko'tarildi. Xusayn Boyqaro, Alisher Navoiy, Xoja Ahror- 
lar bilan do‘st-u birodar, maslakdosh bo‘ ldi va 1492-yilda Hirotda vafot etdi. 
Mashhur rus sharqshunos olimi Ye.E.Bertelsning «Jomiy» monografiyasida e’tirof 
etilishicha, o‘zidan arab tili, adabiyotshunoslik, ilohiyot, tasawufga doir 52 ta 
asarni meros qilib qoldirdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


kabi asarlarida bayon etilgan. Uning fikriga muvofiq, insonni 
Xudo yaratgan. Insonning yaratilish jarayonini tushuntirishda 
Jomiy neoplatonizm (yangi platonizm) pozitsiyasida turadi. 
Boshqacha aytganimizda, Platonning emanatsiya nazariyasini 
qo‘ llab-quwatlaydi.
Jomiy o'zining «Lavoyiq» («Lavhalar») va «Sharqi Ruboi- 
yot» asarlarida olamdagi barcha narsalar (jumladan, inson ham) 
bosqichma-bosqich Xudodan emanatsiya yo‘li bilan kelib chiqqan- 
ligi to‘g‘risidagi qarashlarini bayon etgan. Xususan, olamning 
Xudodan kelib chiqqan besh asosiy bosqichini aniqlab beradi. 
Emanatsiyaning beshinchi bosqichida awalgi bosqichlar birla- 
shib, ya’ni ruh bilan moddiylik qo‘shilib, bir-biriga singib ketib, 
yagona borliqni tashkil etadi.
Abdurahmon Jomiy 
0
‘zining «Bahoriston» asarida1 Sa’diy 
Sheroziyning inson to‘g‘risidagi qarashlarini davom ettirib, in­
sonning insoniyligini ifodalovchi mezonlar tizimini yaratishga 
urinib ko‘radi. Uning fikricha, ana shunday mezonlardan biri 
saxovatdir. Xurosonlik mutafakkirning ta’kidlashicha, saxovat, eng 
awalo, saxiylikda, qo‘li ochiqlikda yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Saxovat qandaydir bir shart, talab, shuhrat orttirish yoki obro‘- 
e’tibor izidan quvish evaziga bo'lmasligi zarur. Bunday saxovat, 
turgan gapki, saxovat emas, balki savdogarlik bo‘ladi.
Saxiy dema saxovatga,
Biror talab qo *ysa gar odam.
Saxiylikmas bu savdogarlik,
Bunda yo'qdir sharaf va karam.
Saxovatdan kimning maqsadi —
Agar bo'lsa, shuhrat, ovoza.
Ahli karam shahrida unga,
Har doimo berkdir darvoza.1
Saxovatning mazmun va mohiyatiga putur yetkazadigan illat
— ta’ma, umidvorlikdir.
Abdurahmon Jomiyning tushuntirishicha, insonning insoniy­
ligini ifodalovchi muhim mezonlardan yana biri shukronalikdir. 
Buni, Jomiyning qahramoni yantoqfurush chol timsolida ko‘rish
1 Jomiyning «Bahoriston* asari turk, hind, lotin, nemis, ingliz, fransuz, 
o‘zbek, rus, ozor, urdu, panjob, pushtu, chex tillariga taijima qilingan. Asami 
ilk bor o‘zbek tiliga Ogahiy tarjima qilgan.


Download 20,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish