Stoiklar etikasi
Stoiklar,
ayniqsa,
Seneka,
falsafaning etikaga
bag‘ishlangan
sohasiga katta e’tibor qaratishgan. Seneka so‘nggi stoiklarga tegishli
bo‘lgan, am m o uning qarashlari oldingi davr stoitsizm iga ham mos
keladi. Uningcha, falsafa qalb osoyishtaligini, hayotning bir tartibda
bo‘lishini ta ’minlab, xulq-atvom i boshqaradi, nima qilish keragu,
nimadan tiyilish keraklgini k o ‘rsatadi, odam lar faoliyatini boshqaruvchi
kuch sifatida namoyon b o ‘ladi, muayyan holatlarda ularni hayot
to ‘lqinlarga uloqtirib yuboradi. Uningsiz ishonch va jaso rat y o ‘q:
hayotda har dam da k o ‘p narsalar bo‘lib turadi, u narsalarga bizning
236 C opleston F. H istory o f philosophy. V o l.l. - N e w Y ork-L ondon-T oronto-Sydney-
A uckland, 2003. P.429-432.
238
m oslashgim izga to ‘g ‘ri keladi; ana shunday vaziyatda faplsafaga
m urojaat qilamiz, undan m adad kutamiz.
Falsafa, asosan, xulq-atvor bilan shug‘ullanadi. Hayotning maqsadi,
baxtga erishishning ishonchli vositasi - yaxshlik qilishda, y a ’ni
hayotning
tabiat jarayonlari
bilan
birdam ligida,
kishilar
xatti-
harakatlarining tabiat qonunlariga mos kelishida yoki kishilar irodasining
ilohiy irodaga to 'g 'ri kelishidadir. Stoiklar asosiy tezisi: “Tabiat bilan
birdam likda yashash” . Inson uchun o ‘zining xatti-harakatlarini olam
qonuniyatlariga b o ‘ysundirish, kishi o ‘zining xulq-atvorini o bzligiga va
o ‘z
qarashlari
talablariga
bo'ysundirishining
zarurligi
shundaki,
olam ning o ‘zi tabiiy qonuniyatlariga boysunadi, Qadimgi stoiklar tabiat
(Fisk) so ‘zi ostida kishi amal qilishi kerak b o ig a n qonunlarni, borliqni
tushunishgan. X risipp davridan boshlab esa tabiatni antropologik nuqtai
nazardan tahlil qilish ustuvor b o ‘lgan.
Tabiat bilan birdam lik haqidagi stoiklar konsepsiyasi kiniklar
konsepsivasidan farq qiladi. Ular uchun Diogen qarashlari nam una
b o ‘lgan. Kiniklar uchun tabiat odam zotning boshlang‘ich nuqtasi va
instinktlari edi, ular uchun tabiat bilan b o g ‘liq qarashlar kishilik jam iyati
va sivilizatsiyasini inkor qilish degani edi. Bu inkor odobsiz xulq-atvorda
o ‘zini tasdiqlagandek b o ‘lar edi. Stoiklar uchun tabiat qonunlariga
b o ‘ysunib yashash bu - olamning ilk faolligi yoki logos b o ‘yicha
yashash degani; bu prinsipga insonning joni ham b o ‘ysunadi. Bunga
e ’tiborini qaratib,Plutarx Xrisippni har doim etik qarashlarini olam ning
tuzilishi va qonuniyatlaridan boshlaydi, deb yozadi.
Shunday qilib, stoiklarga k o ‘ra, insonning Yaratgan irodasiga to ‘liq
b o ‘ysunishi - etik maqsaddir.
Stoiklar inson ongi, xulq-atvorining instinktlarga munosabati
m asalasini ham m uhokam a etishadi. Ular fikricha, asosiy instinkt bu -
tabiat hayvonlarga in’om etgan instinkt boTib, u jonzodning o ‘z-o ‘zini
saqlab qolishiga y o ‘naltirilgandir. Stoiklar uchun bu instinktga amal
qilish
hayvonlam ing
o ‘z-o ‘zini
rivojlantirishi
va
o ‘z-o ‘zini
barkam ollashtirishiga teng b o ‘lgan. Insonga esa aql berilgan boTib, u
hayvonat dunyosi ustidan hukm ronlik qiladi; aql bilan yashash tabiat
bilan birdam likda b o ‘lishni taqozo etadi. Shuning uchun ham, Zenon
fikiricha, hayotning oliy maqsadi bu - tabiatga mos b o ‘lish - yaxshilik
qilishdir, chunki tabiat yaxshlik qilish bilan yashashga undaydi. Shu
orqali biz tabiatdagi mavjud narsalarni tajribalarim iz orqali bilam iz va
bizning tabiatim iz ham umum olam qism i ekanligini anglaymiz.
239
Shuning uchun oliy m aqsad - o ‘z tabiatingga, xohishingga k o ‘ra
emas, balki unversum bilan m uvofiqlikda yashash, unga to ‘g ‘ri
kelm aydigan narsalam i qilm aslik va aql bilan ish qilish, to ‘g ‘ri y o ‘l
tutish kerak. Bu - ham m a narsalarning boshlanishi va tartiblanishi
qoidasi, u Z evsga ham tegishlidir.
Laeretlik Diogen stoiklar qarashlariga fikr bildirib, yaxshilikka
qaratilgan hayot bu — tabiat bilan birdamlikdir, bu esa, to ‘g ‘ri fikr bilan
yashashdir, degan. Negaki, barcha narsalar tabiatga zarur ravishda
bo ‘ysunadi, degan stoiklam ing qarashi
savol keltirib chiqaradi:
kishilarga tabiatga b o ‘ysunish kerak deyishdan nim a naf. agarda odam
avvaldan tabiatga bo‘ysunib kelgan b o ‘lsa? Stoiklar unga shunday javob
berishgan: insonlar ongli mavjudotdir, shuning uchun ular tabiat
qonunlariga bo‘ysunishadi, ularga bu qonunlarni bilish huquqi berilgan
va shuning uchun ham insonlar tabiatga ongli ravishda b o ‘ysunishadi.
Bundan axloqiy ta ’lim otning bosh maqsadi kelib chiqadi: inson o'zining
ichki holatini o ‘zgartirish huquqiga egadir (bu, albatta, determ inistik
pozitsiyadan chekinishdir, amm o determ inistlar hech qachon o'zlarim ng
qarashlarida izchil b o ‘lishmagan, stoiklar bundan istisno emas).
Bundan kelib chiqadiki, hech bir harakatga nisbatan qat’iy tarzda u
yaxshi yoki yom on deb baho bera olm aym iz —determ inizm erkin axloqiy
m as’uliyatga y o ‘l qo ‘ymaydi. M onistik nuqtai nazardan qaraydigan
bo‘lsak, yom onlik bu-oddiy yom onlik va doim iy cheksizlikdan kelib
chiqib yondashsak, bu to ‘g ‘ri va yaxshidir. Stoiklar, garchi nazariy
nuqtai nazardan b o ‘lsa-da, to ‘g ‘rimas harakatlar b o ‘lmaydi, degan
qarashga ega b o ‘lishgan. M asalan, Zenon kannibalizm , insest nikohni,
bir jinslar o ‘rtasidagi aloqalam i yom onlik deb hisoblamagan. U, albatta,
bunday
harakatlam i
m a’qullam oqchi
bo'Im agan,lekin
jism oniy
harakatlam i indifferen deb bilib, asl axloqiy yom onlikni inson orzu-
istaklari v a xohish-intilishlarida deb hisoblagan. K leanf taqdir y o ‘lidan
borish kerak deb, quyidagi fikrni aytadi: “agar mening taqdirim ga
yom onlik qilish bitilgan b o ‘lsa, unda men bu y o ‘ldan ham yura berishim
kerak” . Shunga o ‘xshash qarashni biz Senekaning fikrlarida ham
uchratamiz: “Intiluvchilarga taqdir y o ‘l k o ‘rsatadi, xohlam ayotganlam i
majbur etadi”.
Xullas, am aliyot ta ’sirida stoiklam ing qatiy determinizmdan voz
kechishiga to ‘g‘ri keldi, y a’ni donishm and deb taqdir y o ‘lidan ongli
ravishda yuradigan kishilarni aytish mumkin (bu yuqorida aytilgan
fikrdan kelib chiqiladi). Odobga y o ‘naltirlgan etikasiga ko‘ra, stoiklar
inson ichki tabiatini, taqdir voqealariga nisbatan b o ‘lgan munosobatini
240
o ‘zgartirish,
uning
qiyinchliklariga
bardosh
berish
va
taqdirni
o ‘zgartirishni
emas,
taqdirga
b o ‘ysunish
erkinligiga
egaligini
ta ’kidlashadi.
Undan tashqari, stoiklar o ‘zining qadriyatlar tizim ini yaratgan
bo‘lib, unga koLra, donishm and kishi oiiy qadriyatJarga intilishi va
pastlaridan yiroqroq boMishi kerak. Ammo amaliy hayotda hech bir
determ inistik tizim toMaligicha izchil boMmaydi, bunga hayratlanish
kerak emas, negaki, erkinlik aynan haqiqat boMib, nazariyaga to 'g ‘ri
kelm asa ham, u reallikdir. Stoiklarga ko ‘ra, yaxshilik qiluvchilar o ‘z-
o'zidan toMa m a’noda yaxshidir, yaxshilik hisoblanm agan narsa
yaxshilik ham yom onlik ham emas, u qandaydir indifferent narsadir.
Yaxshilik qilish - u kelishilgan ko‘ngil bilan belgilanadigan holat boMib,
u qo ‘rquv, umid yo boshqa tashqi ta ’sir kuchida emas, balki o ‘z-o‘zidan
mavjuddir.
Yaxshilkkka boMgan aynan o ‘shanday qarash, y a'n i yaxshilik qilgan
kishi kelgusi hayotida yaxshlik ko'radi, yom onlik qilgan kishi esa,
jazolanadi, degan qarash X risippning piatonchilar ustidan kulishiga olib
keldi. Ammo indifferentlik sohasini k o ‘rib chiqib, stoiklar shuni tan
olishdiki, tom m a’noda b a'zi narsalardan qochish va b a’zi narsalarga
intilish kerak. Bu nazariyaga qarshi boMsa-da, am aliyot uchun to 'g 'ri edi;
iekin u, shubhasiz, stoiklarning doktrinasidan kelib chiqqan boMib, unga
k o 'ra yaxshi yoMdan borish b u - ta b ia tg a b o ‘ysunishdan iboratdir237.
Stoitsizm davrida axloq masalasi falsafaning asosiy m asalasi boMib
qolgan edi. Bunda baxt-saodat inson faoliyati va intilishlarining oliy
rnaqsadiga aylanadi. Zenon fikricha, baxt-saodat va m aqsad -
“ m uvofiqlashtirilgan” hayot. Bunda Zenon m antiqiy kelishuvni, y a’ni
hamfikrlikni,
shuningdek,
his-tuyg‘ularim iz,
xohishlarim izning
fikrlarimiz bilan m uvofiqligini nazarda tutadi.
Kleanf, oliy n e’mat bu - “tabiat bilan kelishuvga erishish”, deb
ta ’kidlaydi.
Dunyoda amal qilib, uni boshqaradigan, har bir m avjudot turmushi
tarzini va xulq-atvorini belgilab beradigan qonun bu — logos. Insonning
rivoj topgan aqli xudo aqliga aynandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |