A n t ik d a V r fa L sa fa si



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

Porjiriy
(232-301-304) - Plotindan 
keyingi 
yirik, 
iqtidorli 
neoplatonikdir. 262-263-yillarda Plotinga shogird bo'lgan. M ahsuldor 
yozuvchi, olim va faylasuf sifatida mashhur. “Aristotel kategoriyalariga 
m uqaddim a” (“B eshta ohang haqida” nomi bilan ham ataladi) asari 
Porfiriyning dunyoga m ashhur bo‘lishiga olib keldi. Bu asar juda k o ‘p 
m am lakatlarda tarqalgan, tarjim a qilingan. U nda Porfiriy tushunchaning 
belgilari (jins, tur, tafovut, shaxsiy va tasodifiy belgilar) to ‘g ‘risida 
m uhokam a yuritadi. Shuningdek, Porfiriy kosm ologiya va astrologiyaga 
oid asarlar ham yozgan. X ristianlikka qarshi bitilgan polem ik usulda 
bitilgan ishlari ham bor. Porfiriy Platon va Aristotelning m antiqiy 
ta’limotlarini talqin qilgan, izohlagan yirik neoplatonchi m antiqshunos 
hisoblanadi. Amaliy falsafaga oid yozgan kitoblari ham bor. U larda 
siyosiy fozillik, affektlardan forig‘lanish, fazilatlar to ‘g‘risida fikr 
yuritadi.
Porfiriy 
amaliy 
m istikaga 
katta 
aham iyat 
bergan. 
Ilohiy 
A vgustinning guvohlik berishicha, Porfiriyning "Jonning yuqorilashi” 
traktati b o ‘lgan, unda m utafakkir ikkita y o ‘l: faylasuflar uchun bo'lgan 
so f aqliy m ushohada y o ‘li va olomon uchun treurgiya y o ‘li (xudolarga 
ta’sir o ‘tkazish usuli) to ‘g ‘risidagi ta ’limot mavjudligini ta ’kidlaydi.
Suriya maktabi —
IV asrdagi neoplatonizm ning y o ‘nalishlaridan biri. 
Uning asoschilaridan biri Porfiriyning shogirdi 
Yamvlix
edi. U quyi 
Suriyaning X alkida shahrida tug'ilib, ijod etgan. R im da ustozi 
Porfiriydan ta ’lim olgan. K eyinchalik Suriyadagi Anam eyda falsafadan 
dars bergan. N eoplatonizm ni rivojlantirishda Plotindan ham ko‘proq 
am aliy m istika tomon og‘ishgan. Yam vlix yaratgan “Pifagor ta ’Iimotlari 
m ajm uasi” asaridan bizgacha bir qancha risolalari yetib kelgan: “Pifagor 
hayoti haqida”, “Um umiy m atem atika fani to 'g 'risid a ”, “N ikom ax 
m atem atikasiga kirish”, “ Falsafaga doir rna’lum otlar”, “A rifm etika 
teologum enlari” . Eng keyingi risolasida Yamvlix antik davr olim larining 
hech birida uchram aydigan dekadani - barcha sonlar to ‘g ‘risidagi 
pifagorchilar ta ’limotini rivojlantiradi. “M ajm ua”da sonlar, musiqa, 
geom etriya v a astronom iyaga oid bilimlar bayon qilingan. Yarnvlixning 
yo‘qolib ketgan traktatlari orasida Platonning “Tim ey”, “Fileb” , 
“Parm enid”, “Fedr” dialoglari, Aristotelning “Fizika”, “K ategoriyalar”, 
“Talqin to ‘g ‘risida”, “ Birinchi analitika" kitoblariga yozgan sharhlari bor 
deyiladi. Shuningdek, yo'qolgan asarlar qatorida “M ukam m al Xaldey 
ilohiyotshunosligi” ham b o ‘lib, u qadimgi greklarning kech ellinizm
252


davrida Sharq xalqlari dini va mistikasiga m unosabatning tipik 
k o ‘rinishini o ‘zida ifoda etardi.
Yam vlix Plotin ishlab chiqqan kategoriyalar: Yagona, Aql, Jon 
tushunchalari m azm unini boyitadi. Xususan. ‘‘Yagona” tushunchasini 
ikkita yagonaga ajratadi. Ulardan birinchisi, Plotinda bo‘lgani singari, 
har qanday borliq, har qanday bilish va har qanday nom lanishidan yuqori 
turadi. Ikkinchisi esa, keyingi barcha narsalam ing boshlang‘ich asosi 
bo'lib, uni nafaqat Yagona, balki Ezgu n e ’mat deb atashadi. Bunday 
farqlash keyingi triada shaklidagi qurilm alar uchun asos bo‘lib xizm at 
qiladi. Bunda kech platonizm ga xos sxolastika, sxem atizm yaqqol 
namoyon b o ‘ladi.
Yam vlixga ko‘ra, “so f aqllar" va “jo n ”- dunyo ustidagi xudolar. 
Ular o ‘n ikkita olam sohalari - yer, suv, havo, olov, yetti planeta va 
efirga nisbatan “boshqaruvchilik” vazifasini bajaradi. 12 ta osmon xudosi 
triadalar hosil qilib, ularning soni 36 ga yetadi, 10 ga ko'paytirilgandan 
keyin esa 360 bo‘ladi (bu qadimgi davrda yilning 360 ta kundan iborat 
degan tasavvurlariga m oslashtirilgan b o ‘lsa kerak).
Yamvlix yashagan davr nafaqat Suriyada, balki butun Rim 
im periyasida k o ‘pxudolik dinlarining xristianlikka qarshi eng oxirgi 
kurashi bilan xarakterlidir. Y am vlix qadimgi grek politeizm ini, Olimpni 
uning barcha xudolari bilan birga falsafada tiklashga urindi. Insonda 
tabiatni, Kosm osni idrok qilishga y o ‘naltirilgan qobiliyatni emas, balki 
xudolarga ishonish, ular bilan m uloqotni afzal deb bildi. Axloqiy va 
siyosiy fazilatlam i Yavm lix quyi bosqich deb tushundi. Eng oliy fazilat, 
uningcha, xudolar bilan birlashishdir. Yamvlix o ‘zining asosiy vazifasi 
deb teurgiya, mantiq, qurbonlik qilish va ibodatlarni bildi. U dinlardagi 
asosiy voqealarni turkum lashga intildi.
Prokl
(410-485) antik davr neoploatonizm i rivojini yakunlaydi. 
Bunday yakunlanish A finada — Anaksagor, Sokrat, sofistlar, Platon, 
Aristotel, Platon maktabi, Aristotel maktabi, Epikur, stoitsizm asoschisi 
Zenon faoliyat k o ‘rsatgan joyda am alga oshadi. Bu davr m istikaning 
kuchayish bilan ajralib turadi. Falsafani ilm ruhi tark etadi.
Prokl qarashlari Evklid “A soslari”, Platon asarlariga, xususan 
“Parm enid”, “T im ey”, “K ratil” dialoglariga sharhlarida bayon qilingan. 
Ulkan nazariy asari “Ilohiy elem entar ta ’lim ot” faylasufning butun 
neoplatonizm sistem asini qisqa holda bayon qiluvchi 211 ta tezisdan 
iborat 
asari 
b o ‘lib, 
unda “ Yagona”, 
“A ql”, 
“Jon”, 
“Kosm os” 
tushunchalari talqin etiladi, ilgari surgan tezislari m isollar yordam ida 
tushuntiriladi. “Platon ilohiyotchiligi” asarida Prokl Yagona v a uch


turdagi xudo: fikrlanadigan, fikrlaydigan va fikrlanuvchi-fikrlovchi xudo 
to ‘g ‘risidagi ta ’limotni bayon qiladi. Triadali qurish va bayon etish 
metodini Y avm lixga qaraganda izchilroq v a dadilroq ifodalaydi. Buning 
negizida predm et rivojlanishining triada ko ’rinishida sodir bo 'lishi 
g ‘oyasi yotadi. B archa hodisalar: xudolar, tirik mavjudotlar, kosm os va 
falsafa sohasidagilar, 
m ifologiya va m istikalar triada 
b o'yicha 
rivojlanadi.
Triadada Prokl uch holatni farqlaydi: birinchisi - o ‘zida b o ‘lish. 
B oshqacha nomi - sabab, b o ‘linmas birlik, mavjudlik, ota, potensiya. 
Ikkinchisi - o ‘zidan chiqish, boshqacha aytganda, o ‘z chegarasidan 
tashqariga em anatsiya-sabab sifatida ta ’sir etish. Bu birlikdan ko'plikka 
o ‘tish, b o ‘linishning boshlanishi, “ona” , “ energiya” dan iborat. Uchinchi 
jihati - “o 'z g a borlig‘idan” orqaga, o ‘ziga qaytish, tarqoqlik va 
k o ‘plikdan yana bo'Iinm aydigan birlikka ko‘tarilish. Shunday qilib, bu 
uchta holat “joyda b o ‘lish”, “chiqish” va “qaytish”dir.
Y agona haqidagi ta ’lim otda - triadaning 
birinchi 
b o 'g 'in i 
to ‘g ‘risidagi ta ’limotda Prokl Yam vlix ishlab chiqqan Yagonaning 
bo‘linishi to ‘g‘risidagi ta ’lim otga tayanadi. Yam viix singari, u ham 
so‘zsiz bilib b o ‘lmaydigan Yagonani boshqa Yagonadan farq qiladi. Bu 
boshqa borliq o 'z id a m uayyan ko'plikni m ujassam lantiradi, biroq u hech 
qanday sifatga ega bo‘lmagani uchun, Aqldan avval keladi, Aql va 
so ‘zsiz Y agona oralig‘ida mavjud b o ‘Iadi. Prokl bu bosqichni son deb 
ataydi, uning boshqacha nomi - borliq usti birligi (Yagonasi).
Yagonadan keyin keladigan Aql ham triada ko'rinishida b o ‘linadi: 
1) fikrlanadigan Aql yoki “o ‘z-o‘zida boMishlik”. Bu bosqichda Aql o ‘zi 
uchun predmet, yoki “borliq”.
Ikkinchi bosqichda Aql o ‘zidan chiqadi va o ‘z-o‘zini tafakkur qiladi. 
Bu intillektual aql, fikrlaydigan aql, y a’ni m a’noga ega “aql”.
Uchinchi bosqichda “ Aql” o ‘z-o‘ziga qaytadi, y a’ni borliq va 
tafakkur aynan bir xil bo ‘ladi. B oshqacha aytganda, bu - hayot o‘zidadir. 
Bu triadaning Gegel triadasidan farqi shundaki, G egelda uchinchisi 
sintez b o ‘lib, u avvalgi ikkitasini: tezis va antitezisni 
o‘zida 
m ujassam lashtiradi, ulardan yuqori turadi va progressni hosil qiladi. Oliy 
darajadagi xudo Proklda o ‘z-o‘zicha holida tushuntiriladi.
Triada prinsipini Prokl Jonga nisbatan ham q o ‘llaydi: ilohiy jon, 
dem on k o ‘rinishidagi jon, inson joni.
Prokl ta ’limoti neoplatonizm ning hukm ronligini saqlab qolishga, 
ayni paytda, uning rivojiga yakun yasashga bo'lgan urinish natijasidir. 
Prokl sistem asi xristianlikka qarshi tura olm as edi. Chunki xristianlik
254


im periyada, uning oxirgi ikki asrida hukm ron mafkua, davlat dini 
m aqom iga ega edi.
529-yili im perator Y ustinian dekreti bilan Afinadagi Platon 
Akadem iyasi yopiladi. Antik falsafa o‘zining m in g y illik umrini tugatadi.
Qadim gi A kadem iya Platonning so'nggi ta'lirnotlari tarqatilguncha, 
y a'n i kuchini y o 'q o ta borganga qadar faoliyat ko'rsatib turdi. Bu 
ta ’limotdan yuz o‘girgan faylasuf A kadem iyani 2 7 0 -2 4 1-yillarda 
boshqargan 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish