A n t ik d a V r fa L sa fa si



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

Mantiqiy t a ’limoti.
Aristotel ijodining m uhim qirrasini uning 
m antiqqa oid qarashlari 
tashkil 
etadi. 
M antiqning fan sifatida 
shakllanishini haqli ravishda uning nomi bilan bogMashadi. Aristotel 
o ‘zigacha b o ‘lgan m antiqqa oid fikr-m ulohazalam i um um lashtirgan, 
tizim ga solgan holda ulam i izchil tarzda yoritdi ham da tafakkum ing 
mantiqiy shakl va qonuniyatlari, usullari haqida m ukam m al ta ’limotni -
mantiqni yaratdi. M antiqning vazifasi, Aristotel talqinida, izoh manbalari 
bo ‘ lib xizm at qilishga qodir b o ‘lgan elem entlarga aylanuvchi usullami 
o ‘rganish va k o ‘rsatishdan iborat. Aristotel o ‘zining asosiy m aqsadini 
to ‘g‘ri xulosa chiqarish san’ati haqida m a’lumot berishda deb tushunadi. 
Bu san ’at haqidagi ta ’limotni Aristotel “fan” deb ataydi. Lekin bu 
atamani Aristotel “ilm ning maxsus sohasini emas, balki keng m a’noda
190 Y o ‘ldoshev S. A rastu. - Т .: 0 ‘qituvchi, 1998. B.33.
191 Y o ‘ldoshev S., U sm onov М.. K arim ov R. Q adim gi va o 'rta asr G 'arb iy Y evrnpa 
falsafasi. - Т .: “ S harq”, 2003. B.90.
184


isbotlash shartlari, uning ko‘rinishlari, darajalari, umumiy qoidaiarini 
aniqlashga im kon beradigan tadqiqot sifatida q o ‘llaydi” 192.
Aristotel m antig‘i asos-e’tibori bilan xulosa chiqarish va isbotlash 
nazariyasidir. Ana shuning uchun boMsa kerak, Aristotel tafakkurning 
mantiqiy shakl va qonunlari haqidagi ilmni "A nalitika” (xulosa chiqarish 
haqidagi ta ’limot) va “Apodiktika” (isbotlash haqidagi ta ’lim ot)ga 
ajratdi. “A nalitikalar” asari aynan ana shu nazariyaning asoslarini bayon 
qiladi. Xususan, “Birinchi A nalitika”da sillogizm fikrni qurish shakli
“Ikkinchi A nalitika”da esa isbotlash usuli sifatida tadqiq qilinadi. Xulosa 
chiqarish va isbotlash ko‘proq analitik tatnoyillarga asoslanadil9j, va bu 
jihatdan 
olganda, 
A ristotelning 
mantiqiy 
ta ’limotini 
matem atik 
kategoriyalar va usullam i falsafiy talqin etish natijasida vujudga kelgan, 
deb hisoblash mum kin bo‘ladi.
Aristotel 
tafakkurning 
boshqa 
shakl, 
qonuniyatlari, 
usullari 
to ‘g ‘risida va, umuinan, turli falsafiy-m antiqiy m asalalarga oid k o ‘p 
asarlar yozib qoldirgan. Uning shogirdlari m utafakkirning m antiqqa oid 
asarlarini to ‘plab va tizim ga solib, unga “Organon” (bilim, fikrlash 
quroli) nomini berdilar. “Organon” A ristotelning bevosita tafakkur 
shakllari va qonunlari to ‘g ‘risidagi olti asarini o ‘z ichiga oladi: 1) 
“K ategoriya”lar asarida tushunchalar, ulam ing turlari, eng umumiy ilmiy 
tushunchalar — kategoriyalar, ulam ing ilmiy qiymati, tushunchalar bilan 
bo g ‘liq m antiqiy am allar bayon etiladi; 2) “Talqin haqida” deb 
nom lanuvchi asari hukm lar haqidagi ta ’limotni, xususan, ularning 
tuzilishi, turlari, ahamiyati, fikrlash jarayonida tutgan o ‘m i kabi 
m asalalar m uhokam asini o Lz ichiga oladi; 3) “Birinchi A nalitika” asarida 
mantiqiy tafakkurning eng m uhim shakli -- xulosa chiqarish, ayniqsa, 
deduktiv xulosa chiqarish (sillogizm), uning m antiqiy strukturasi va 
turlari m asalalari tadqiq etiladi; 4) “Ikkinchi A nalitika” asarida xulosa 
chiqarish bilan uzviy b o g ‘liq bo'lgan isbotlash, xususan, isbotlashning 
asoslari, tuzilishi, turlari, isbotlash qoidalari, ularni buzganda kelib 
chiqadigan m antiqiy xatolar kabi qator m asalalar izchil yoritilgan; 5) 
“T opika” kitobi fikrlash jarayonida foydalaniladigan turli m antiqiy 
kategoriyalar, ayniqsa, ehtimoliy bilim lam i tahlil etuvchi usullar, y o ‘l- 
y o ‘riqlam i, xususan, dialektik usullam i tahlil etishga b ag ‘ishlangan; 6) 
“Sofistik raddiyalar haqida” asarida m uhokam a yuritish jarayonida
192 Л уканин P.K. О рган он А ристотеля. —М.: Н аука, 1980. С .6.
191 
Shuning uchun ham b o 'ls a kerak, A ristotel bu lerm indan hum xulosa chiqarish
to ‘g :risidagi ta ’liinotni. ham asosiy m antiqiy asarini nom lash uchun foydalangan.
185


vujudga keladigan turli noto‘g ‘ri xulosalar, ularning sabablari, turlari, 
zarari va ularni aniqlash ham da to ‘g ‘rilash y o ‘llari haqida so ‘z yuritiladi.
Aristotel “Organon”i mantiq m uam m olarini tizimli ravishda bayon 
qilgan, m antiqqa fan maqomini berishga olib kelgan fundamental asar 
bo ‘lib, uning o ‘zagini sillogizm nazariyasi tashkil etadi. Hozirgi formal 
m antiqning asosiy tushunchalari, qonunlari, prinsiplari ilk bor aynan 
Aristotel tom onidan shakllantirilgan, ta ’ri flangan va tavsiflangan.
Aristotelning “O rganon”iga kirmagan boshqa asarlari ham, ayniqsa, 
uch kitobi: “Jon haqida”, “Fizika”, “R itorika” m antiq ilmining turli 
m asalalariga oid fikrlarga boy. Aristotelning eng muhim falsafiy asari -
“M etafizika”da ham m antiqning asosiy elementlari, shu jum ladan, 
tafakkur qonunlari xususida fikr yuritiladi. Aristotel k ash f etgan v a 
izohlab bergan tafakkurning uch mantiqiy qonuni: 1) ayniyat; 2) 
nozidlik; 3) uchinchisi istisno qonuni haqidagi m ulohazalar aynan ana 
shu “M etafizika” asarida bayon etilgan. Yana shuni alohida ta ’kidlash 
zarurki, Aristotel bu asarida “tafakkur shakllari v a qonunlarini ularning 
tildagi (nutqiy) ifodalari” 194 bilan bog‘lab tadqiq etgan. “A n alitik alaf’da 
esa tilni maxsus tadqiqot obyektiga aylantirdi va unda tilning ichki 
tuzilishi sifatida tahlil qilgan narsasi m antiqan to 'g 'ri xulosalash 
(sillogizmlar, dalil-isbotlar) bo ‘ld i195.
Aristotel m antig‘i haqida k o ‘p yozilgan, uning turlicha talqinlari 
mavjud. A na shulardan biri F.K oplstonga tegishli bo ‘lib, u e ’tiborini 
A ristotelning tafakkur, fikrlash jarayonini fazilat sifatida olib qarashi, 
boshqa fazilatlar, xususan, axloqiy fazilatlar bilan bog‘liqligida talqin 
qilishiga qaratadi. Keling, uning yondashuviga nazar solaylik. Fikrlash- 
m ulohaza qilish topqirliksiz mavjud bo‘la olmaydi, ammo birinchisini 
ikkinchisiga taqqoslab b o ‘lmaydi, chunki fikr-m ulohaza qilish - bu 
fazilat. B oshqacha aytganda, m ulohaza qilish - m aqsadga erishish 
y o ‘llaridagi topqirlik; am mo u har qanday m aqsad uchun emas, faqat 
insonga haqiqiy yaxshilik olib keladigan m aqsad y o ‘lidagi topqirlilikdan 
iborat. Ayni paytda, u bizga to ‘g ‘ri m aqsad qo‘yishga yordam beradigan 
fazilat, shuning uchun ham m ulohaza qilish m a’naviy fazilatlarsiz 
mum kin emas. Aristotel inson to‘g ‘ri ishlar qila olishini yoki yaxshi 
fazilarlarga ega bo ‘lmay turib, qonunga muvofiq ishlar qilishi mumkin 
em asligini yaxshi tushunar edi. Bizlar, odatda, insonning yaxshi 
ekanligini uning ishlariga qarab baho beramiz, buning uchun fikr- 
m ulohaza qilish talab qilinadi. Aristotel fikricha, “tabiiy” ezguliklar
194 А хм анов A.C. Л оги ческие учения А ристотеля. -М .: 1960. - С .74.
195 S hirbe G., Gilje N. The history o f philosophy. Polity press, 2002. C.131.
186


(m asalan, bola m ehribon b o ‘lm asdan turib, tabiatan ja su r b o ‘lishi 
m um kin) bir-biridan alohida-alohida m avjud bo ‘lishi m um kin, lekin 
m a’naviy fazilat to ‘la m a’noda inson qalbi bilan birlikda b o ‘lislii kerak, 
buning uchun fikr-m ulohaza qilish talab etiladi196.

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish