A n t ik d a V r fa L sa fa si



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

4 ta sabab t o ‘g ‘risidagi t a ’limot.
Aristotel o ‘zidan avvalgi 
m utafakkirlar ta ’limotlarini tahlil qilgani holda, ularda 4 ta sabab 
to ‘g ‘risidagi m ulohazalarning m avjudligini qayd etadi. Ular:
1. “M ateriya”, y a’ni tushunchaning amalga oshishi.
2. “Shakl” - m ateriyaning “im koniyat” holida mavjudligidan 
voqelikka aylanayotganida qabul qiladigan tushunchasi.
3. H arakat sababi.
4. M aqsad - xatti-harakat bilan taqozolanadigan sabab.
M asalan, uy qurilayotganida m ateriya - g ‘ishtlar, shakl - uyning 
o ‘zi, harakat sababi - arxitektor faoliyati, m aqsad - uyning biror narsaga 
m o ‘ljallab qurilishi.
Dastlabki harakatlantiruvchi kuch.
Dunyo, Aristotel fikricha, abadiy 
m avjud, demak, undagi harakat ham mangu. Bu holat harakatlantiruvchi 
kuch to ‘g ‘risida masaJaning qo'yilishiga olib keladi. Bu kuch - Xudo. 
Birinchi dvigatelsiz hech qanday kuchning paydo bo ‘lishi m um kin emas.
A ristotelning borliq to ‘g ‘risidagi ta ’limoti uning fizikaviy ta ’limoti 
va kosm ologiyasida aks etadi. Xususan, idealistik asos har ikkalasida 
nam oyon b o ‘lgan. Olim sifatida Aristotel qadimgi grek fizikasi, shu 
jum ladan, Empedokl fizikasi, ayniqsa, uning 4 ta sabab to ‘g ‘risidagi 
ta’limotiga suyangani holda, o ‘z fizikasini yaratgan. A naksagorning 
olamdagi m aqsadga m uvofiqlik to ‘g ‘risidagi tasaw u rlarig a qarshi 
chiqqan holda, uning tabiatdagi o'zgarishlam i m exanistik tarzda 
tushuntirishi, xususan, Quyosh va Oyning tutilishi haqidagi fikr- 
m ulohazalarini e ’tiro f etgan.
H arakat 
to ‘g ‘risidagi 
ta ’lim otida 
Aristotel 
m oddiylik 
va 
harakatchanlikning birligini ta ’kidlaydi. Uningcha, moddiy predm et 
harakatda bo'ladi va o ‘z navbatida, harakatlanuvchi narsa m oddiy 
predm etdan 
boshqa 
narsa 
b o ‘lishi 
m umkin 
emas. 
Aristotel 
“harakatlanuvchi” tushunchasini maxsus tadqiq etadi. Uning fikricha, bu 
tushunchaning negizini 2 ta narsa tashkil etadi: 1) harakat to ‘g ‘risidagi 
tushuncha; 2) harakatda b o ‘lgan narsa haqidagi tushuncha.
Aristotel o ‘zigacha b o ‘lgan tasavvurlardan kelib chiqib, harakatning 
4 ta turini farqlaydi: 1) kattalashish va kichrayish; 2) sifatiy o ‘zgarish; 3) 
paydo b o ‘lish va y o ‘qolish; 4) fazoda o ‘rin alm ashish ko'rinishidagi 
harakat. B ularning orasida qaysi biri asosiy, degan savolga fazodagi 
harakat, unga hech b ir harakat turini keltirib taqib bo'lm aydi, deb javob 
beradi. 
Uni 
quyidagicha 
tushuntiradi: 
predmet 
kattalashganda.
172


kengayganda unga qandaydir bir boshqa m odda yaqinlashib keladi va u 
bilan birlashib ketadi. Xuddi shuningdek, predmet kichrayganda undan 
qandaydir bir qism ini tashkil etuvchi modda uzoqlashadi va boshqa bir 
predm et m oddasiga aylanadi. Demak, kattalashish va kichrayish 
predm etining fazoda harakatianishini taqozo etadi. Xuddi shu hoi, 
Aristotel ta ’kidlashicha, sifatiy o ‘zgarishda ham, y a’ni boshqa narsaga 
aylanishda ham kuzatiladi. A gar predmetda sifat o ‘zgarishi sodir b o ‘lsa, 
buning sababi o ‘zgaruvchi predm etning boshqa predm et bilan birlashishi 
natijasidir, chunki o ‘zgarishni ana shu predm et keltirib chiqaradi. 
Birikishning sharti esa predm etlam ing fazoda yaqinlashishi hisoblanadi. 
Fazodagi harakat paydo b o ‘lish va y o ‘qolishning ham shartidir. Paydo 
b o ‘lish va y o ‘qolish “shakF’ning y o ‘q b o ‘lishini anglatm aydi, u abadiy 
m avjud. Sifatiy o ‘zgarishda predm etning tasodifiy xossalari o ‘zgaradi, 
paydo b o ‘lish va y o ‘qolishda esa jins va tur belgilari o ‘zgaradi. Fazodagi 
harakat mangu, uzluksiz b o ‘lgani uchun ham. boshqa turlarga qaragnda 
ustun turadi.
Jism ning fazodagi harakati 3 turli bo ‘ladi: 1) aylanm a harakat, 2) 
to ‘g ‘ri chiziqli harakat va 3) 1 va 2 harakatning q o ‘shilishi natijasidagi 
harakat.
B unda to ‘g ‘ri chiziqli harakat uzluksiz b o ‘lishi m um kin emas. Olam 
shar shaklidadir, uning radiusi esa chekli, oxiriga ega.
A ylanm a harakat boshqa turlarga qaraganda ancha mukammal, 
chunki u mangu va uzluksizdir. lkkinchidan, yaxlitlik aylanm a harakatda 
harakatsizligicha qoladi. Olam aynan ana shundaydir: u o ‘z m arkazida 
abadiy harakat qiladi, lekin bunda olam ning m arkazidan boshqa qismi 
harakatda b o ‘ladi. Uinchidan, aylanm a harakat tekis harakat hisoblanadi.
Aristotel fizikasi asos e’tibori bilan m iqdoriy asosga emas, sifatiy 
asosga tayanadi. 
U bir fizik hodisalarning boshqa hodisalarga 
o ‘zgarishini e ’tiro f etadi. Levkipp va Dem okrit qarashlariga qaraganda -
bu ancha asosli. U lar sifat o ‘zgarishlarini tan olmaganlar.
Aristotelga ko'ra, nim aning harakatianishi to ‘g ‘risidagi m asala ham 
m uhim dir. Uningcha, elem entlar harakatidagi farqlar ularning shakllari 
o ‘rtasidagi farqlar bilan belgilanmaydi. Ularning harakati o ‘rtasidagi 
tafovutlar egallab turgan joylariga b o g ‘liq. A ristotelning ta ’kidlashicha, 
agar jism o ‘ziga xos b o ‘lgan joyda turgan b o ‘lsa, harakatsiz b o ‘ladi. 
A gar tabiatan egallashi kerak b o ‘lgan joy d a turm asa, u harakatda b o ‘ladi, 
chunki o ‘zining tabiiy joyini egallashga intiladi. M isol keltiradi: Yer 
olam ning m arkazida turgani uchun (o‘z joyida turgani uchun) harakatda
173


b o ‘lmaydi. Agar tuproq uyimini tepaga qarab otsak, u harakatda bo‘ladi, 
y a’ni pastga, o ‘z joyiga intiladi.
Aristotel atom istlam ing qator fikrlarini inkor etadi. Uningcha, 
atom istlam ing atom lar shakllari sonsiz degan fikri xato, chunki unday 
b o ‘lsa, ularga xos xususiyatlarning ham soni cheksiz bo‘lar edi. Tajriba 
shuni k o ‘rsatadiki, harakatlar k o ‘p emas, demak, jism larda uchraydigan 
shakllar soni ham chekli.
Atom istlar atom larni o ‘zgarmas deb hisoblaydilar. Bu xato. Chunki 
predm etlar o ‘zaro ta ’sirda b o ‘lishi uchun atom larda ham o'zgarishlar 
b o ‘lib turishi kerak.
A tom lar o ‘z-o ‘zidan harakatlanadi degan fikr ham xato, atom 
bunday ta s a w u r qilinsa, unda 2 ta element: harakatlantiruvchi va 
harakatlanuvchi farq qilinishi kerak. Bu esa, atom b o ‘linmaydi, degan 
fikrga zid.
A tom istlar fikricha, atom lar o g ‘irlikka ega, shuning uchun ular 
dastlab, pastga qarab tusha boshlagan. B unda atom tezligi uning 
o g ‘irligiga, o g ‘irlik esa m iqdorga bog‘liq b o ‘lgan. Tushayotganda 
og ‘irroq bo ‘lgan atomlar, yengil atom lar bilan to ‘qnashib, ularni 
balandga k o ‘targan. Shu tariqa uyirmali harakat vujudga kelgan va u, o ‘z 
navbatida, dunyoni vujudga keltirgan. Bu gipoteza, Aristotel fikricha, 
b o ‘sh fazoning m avjud bo‘lishini taqozo etadi. B o ‘shliqning markazi 
b o ‘lm agani uchun, uning tepasi ham, pasti ham b o ‘lmaydi, demak, 
atom lar pastga qarab harakatlana olmaydi.

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish