A. N. Samadov, O. S. Jumanov


Xushbo‘ylantirilgan  vinolar



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

Xushbo‘ylantirilgan  vinolar.  Spirt,  qand,  hamda  vinoga  yoqimli 
ta‟m  va  xushbo„y  hid  beruvchi  o„tlar  va  ildizlarning  shirasi  qo„shib 
tayyorlangan  vinolar  xushbo„ylantirilgan  vinolar  deb  ataladi.  Oq,  pushti, 
qizil vermut shu guruhning namunasidir. Vermut damlamasi limon po„sti, 
koriandr, erman, qoraqand guli, shirin bodom,  moychechak, arruvon guli, 
malina,  qaynatilgan  mayiz  va  h.k.solib  tayyorlanadi.  Bu  vinolar  o„tkir 
(spirti  18%,  qandi  10%)  va  desert  (spirti  16%,  qandi  16%)  bo„lishi 
mumkin.  
Tarkibida  karbonat  kislotasi  bo‗lgan  (gazlangan)  vinolar.  Bularga 
Sovet shampan vinosi, vijillaydigan va gazli vinolar kiradi. Sovet shampan 
vinosi uzumning alohida qimmatli navidan ishlab chiqariladi. shampanskiy 
ishlab  chiqarishning  alohida  xususiyati  shundan  iboratki,  vino  maxsus 
rezervuarlardan  karbonat  kislotasining  gazi  bilan  to„yintirish  uchun 
ikkinchi marta achitiladi. shampan vinosi eng noziq buketli, ta‟mi yoqimli, 
xushbo„y, hidi o„ziga xos va karbonat kislotasi gazi bilan kuchli to„yingan 


100 
 
bo„lib,  tarkibidagi  spirt  -  10,5-12,5%  bo„ladi.  Tayyorlanish  usuliga  va 
tarkibidagi qandga ko„ra “Sovet shampan vinosi”  quyidagi nomlar ishlab 
bilan chiqariladi.  
Yetiltirilgan  “Sovet  shampani”:  bryut  (qandi  0,3%  gacha),  eng 
nordon  (0,8  dan  1,3gacha);  nordon  (3,0  dan  3,5%  gacha);  yarim  nordon 
(qandi  5  dan  5,5%  gacha)  turlari  chiqariladi.  Yetiltirilgan  turga  “Sovet 
shampani”ning butilkalarda ikkinchi marta achitilgani va shu butilkalarda 
kamida  3  yil  saqlanganlari  kiradi.  Oddiy  “Sovet  shampani”:  eng  nordon 
(qandi 0,8 -1,3%), nordon (3 -3,5%), yarim nordon (5-5,5%), yarim shirin 
(8-8,5%) va shirin (10-10,5%) larga bo„linadi.  
Vijillaydigan  vinolar  ham  achitish  vaqtida  katta  bosimda  karbonat 
kislotasi  bilan  to„yintirish  yo„li,  bilan  tayyorlanadi.  Biroq,  ularning 
tayyorlanish 
texnologiyasi 
shampan 
vinolarining 
tayyorlanish 
texnologiyasidan  farq  qiladi.  Vijillaydigan  vinolarga:  “Tsimlyanskoe 
igristoe”, “Sevastopolskoe igristoe”, “Muskatnoe igristoe” vinolari kiradi. 
Ularning tarkibida 11-13% spirt va 5-12% qand bo„ladi.  
Vijillaydigan (karbonat kislota bilan gazlangan) vinolar. Bu vinolar 
karbonat  kislotasi  gazi  bilan  sun‟iy  (saturatsiya)  yo„l  bilan  to„yintiriladi. 
Ularga aralashtirilgan karbonat kislotasi gazi tez uchib ketadi. Tarkibida 9 
dan  12%  gacha  spirt,  3  dan  8%  gacha  qand  bo„ladi.  Bunday  vinolarga: 
“Mashuk”,  “Krimskoe  shipuchee”,  “Benderskoe  shipuchee”  va  boshqalar 
kiradi. Uzum vinolarining sifatiga rangi, ta‟mi, hidi, xushbo„yligi, tiniqligi 
va  boshqa  shuningdek  organoleptik  ko„rsatkichlarga  asoslanib  baho 
beriladi.  
Tarkibidagi  spirt,  qand,  kislotalar,  ekstrakt,  oshlovchi  va  boshqa 
moddalar laboratoriya usuli bilan aniqlanadi. Yaxshi sifatli vinolar begona 
qo„shimchalarsiz,  cho„kindi  va  quyqasiz  bo„ladi.  Naviga  ko„ra  ularning 
ta‟mi  yoqimli  va  ma‟lum  darajada  xushbo„y  bo„lishi  kerak.  O„tkirligi 
belgilangan  me‟yordan  past,  xira,  quyqali,  begona  ta‟m  va  hidi  hamda 
boshqa nuqsonlari bo„lgan vinolar savdoga chiqarilmaydi.  
Uzum  vinolari  200  l  sig„imli  toza,  emandan  yasalgan  va 
bug„latilgan  bochkalarga  0,375;  0,5;  0,8  va  1  l  sig„imi
 
butilkalarga 
quyiladi.  shampan  vinosi  0,8  va  0,4  l  sig„imli
 
butilkalarda  chiqariladi. 


101 
 
Uzum  vinolarini  quruq,  toza  harorati  8-15°C  va  nisbiy  namligi  70-75% 
bo„lgan xonalarda yotqizilgan holda saqlash tavsiya etiladi.  
Konyak  yangi  uzilgan  oq  uzum  vinosini  haydash  yo„li  bilan 
olinadigan  konyak  spirtidan  tayyorlanadi.  Olingan  uzum  spirti  emandan 
yasalgan bochkalarga quyiladi va unda uzoq muddat saqlanadi. Spirtining 
sifati va eman bochkalarda  saqlanish  muddatiga ko„ra  konyak ikki turga: 
oddiy hamda markali konyaklarga bo„linadi.  
Uch  yildan  besh  yilgacha  yetiltirilgan  konyaklar  oddiy  konyaklar 
deyiladi. Ularga 3 yil yetiltirilgan “Uch yulduzli”, 4 yil yetiltirilgan “To„rt 
yulduzli”  va  5  yil  yetiltirilgan  “Besh  yulduzli”  konyaklar  kiradi.  Konyak 
etiketkasidagi  har  bir  yulduz  konyak  spirtining  eman  bochkalarda  bir  yil 
yetiltirilganini bildiradi. Oddiy konyaklar tarkibida 40 - 42% spirt va 1,5% 
qand bo„ladi. Markali konyaklar 6 yildan ortiq yetiltiriladi. Ularga 6-7 yil 
yetiltirilgan KV (ya‟ni etilgan konyak); 8-10 yil yetiltirilgan KVVK ( ya‟ni 
yuqori sifatli yetiltirilgan); 
10 yildan ortiq yetiltirilgan KS ( ya‟ni eski, ko„p yillik) konyaklari 
kiradi.  10  yildan  ortiq  yetiltirilgan  OS  (  ya‟ni  juda  eski)  konyaklarga: 
“yubileyniy”,  “Armeniya”,  “Dvin”  va  “Erevan”  nomli  konyaklar  kiradi. 
Markali konyaklarning o„tkirligi 42-57%, tarkibida 0,7% qand bo„ladi.  
Kollektsiyali  konyaklar  -  yuqori  sifatli,  eman(dub)  bochkalarda  5 
yildan  ortiq  qayta  yetiltirilgan  konyaklar  bo„lib,  o„tkirligi  42-57%  dir. 
Turli  mamlakatlarda  ishlab  chiqarilgan  konyaklar  ta‟mining  xislatlari  bir 
xilda  bo„lmaydi.  Masalan,  Armaniston  konyaklari  buketining  alohida 
to„laligi,  o„ziga  xos  kuchli  vanil  hidi  va  yuqori  sifati  bilan  ajralib  turadi. 
Bu  konyaklar  bizning  mamlakatimizdagina  emas,  balki  chet  ellarda  ham 
mashhurdir.  Gruziyaning  “Eniseli”,  “Gremi”,  “Vartsixe”  “Tbilisi”  va 
boshqa  konyaklari  nafis  noziq  buketga  ega  bo„lib,  ta‟mi  boshqa 
respublikalarda  ishlab  chiqarilayotgan  konyaklarga  ko„ra  ancha  engildir. 
Konyak sifatiga baho berishda uning ta‟mi, xushbo„yligi, buketi, tiniqligi 
asos qilib olinadi. Konyak ham vinolar kabi joylanadi va saqlanadi 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish