A. N. Samadov, O. S. Jumanov


O‘simlik  moylarining  turlari



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

O‘simlik  moylarining  turlari.  Kungaboqar  moyi  tarkibida  27-35% 
yog„  bo„lgan  kungaboqar  urug„ini  presslash  yoki  ekstraktsiya  qilish  yo„li 
bilan  olinadi.  O„simlik  moylari  ichida  kungaboqar  moyi  etakchi  o„rin 
egallaydi. Tozalash darajasiga qarab o„simlik moyi rafinatsiya qilinmagan, 
gidratatsiya qilingan va rafinatsiyalangan  moylarga  bo„linadi. Rafinatsiya 
qilinmagan kungaboqar  moyi qovurilgan uruqqa  xos  tabiiy ta‟m va hidli, 
shaffof sariq rangda bo„lib, uch navga - oliy, 1- va 2-navlarga bo„linadi.  
Gidratatsiya  qilingan  kungaboqar  moyi  birmuncha  ochroq  rangli 
bo„lib,  u  1-  va  2-navlarga  bo„linadi.  Rafinatsiyalangan  kungaboqar  moyi 
navlarga bo„linmaydi. U neytralizatsiyalanib, dezodoratsiya qilinmagan va 
neytralizatsiyalanib dezodoratsiyalangan bo„ladi.  
Paxta  moyi  tarkibida  17  dan  27%  gacha  yog„  bo„lgan  chigitdan 


157 
 
presslash yoki ekstraktsiya qilish yo„li bilan olinadi. Presslash yo„li bilan 
olingan xom paxta moyi qizg„ish-qoramtir rangli va yoqimsiz, taxir ta‟mli 
bo„ladi.  Bunday  holda  u  oziq-ovqatga  yaroqsiz  bo„ladi,  shu  sababli  u 
albatta tozalanadi.  
Tozalanganlik  darajasiga  ko„ra  paxta  moyi  rafinatsiyalanmagan  va 
rafinatsiyalangan 
(neytralizatsiyalanib 
dezodoratsiya 
qilingan 
va 
neytralizatsiyalanib,  dezodoratsiya  qilinmagan)  bo„ladi.  Sifat  jihatdan 
paxta  moyi oliy, 1- va 2- navlarga bo„linadi. Oziq-ovqat uchun faqat oliy 
va  1-navli  rafinatsiyalangan  moy  ishlatiladi;  u  shaffof  och  sariq  rangli, 
yoqimli ta‟m va hidli bo„ladi.  
Zaytun moyi zaytun daraxtining mevalaridan sovuq usulda presslash 
yo„li bilan olinadi. Bu mevalar tarkibida 55% gacha yog„ bo„ladi. Zaytun 
moyi  ham  yaxshi  o„simlik  moylaridan  hisoblanadi.  Bu  moy 
rafinatsiyalanmagan  holda  chiqariladi;  tovar  navlariga  bo„linmaydi. 
Zaytun  moyi  shaffof,  sariq  rangli,  loyqasiz,  tabiiy  ta‟m  va  hidli  bo„lishi 
kerak.  
Gorchitsa  moyi  tarkibida  30-38%  gacha  yog„  bo„lgan  gorchitsa 
urug„idan sovuq yoki issiq usulda quruq holida va nisbatan past haroratda 
presslash  yo„li  bilan  olinadi.  Kunjarasidan  gorchitsa  kukuni  tayyorlash 
uchun foydalaniladi. Gorchitsa moyi rafinatsiya qilinmaydi. Sifat jihatidan 
oliy  va  1-navli  bo„ladi.  Ikkala  navdagi  moy  ham  sarg„ish  tilla  rangli, 
yoqimli ta‟m va hidlidir.  
Soya  moyi  oldindan  tozalab  ishlangan  va  tarkibida  14-25%  yog„ 
bo„lgan  soya  urug„idan  presslash  yoki  ekstraktsiya  qilish  yo„li  bilan 
olinadi.  Tozalash  darajasiga  qarab,  soya  moyi  rafinatsiyalanmagan, 
gidratatsiya 
qilinib 
rafinatsiyalangan 
(neytralizatsiyalangan 
va 
neytralizatsiyalanib 
dezodoratsiya 
qilingan) 
turlarga 
bo„linadi. 
Rafinatsiyalanmay  gidratatsiya  qilingan  moylar  sifat  jihatidan  1-  va  2-
navlarga  bo„linadi.  Rafinatsiyalanmagan  2-navli  soya  moyi  ovqatga 
ishlatilmaydi.  Rafinatsiyalangan  moyning  rangi  -  poxol  tusli  sarg„ish, 
rafinatsiyalanmagan moyniki - to„q sariq bo„ladi.  
Kokos moyi - quritilgan va maydalangan kokos palmasi yong„og„ini 
issiq  usulda  presslash  yo„li  bilan  olinadi.  Kokos  yong„og„ining  tarkibida 


158 
 
75%  gacha  moy  bo„ladi.  Margarin  ishlab  chiqarishda  foydalaniladi, 
shuningdek  o„zini  bevosita  ovqatga  ham  ishlatilaveradi.  Faqat 
rafinatsiyalanib  (albatta  dezodoratsiya  qilinib  ham)  ishlab  chiqariladi; 
navlarga  ajratilmaydi.  Uy  haroratida  oq  rangli,  yumshoq  konsistentsiyali, 
yoqimli ta‟m va hidli bo„ladi.  
Er yong‗oq moyi  tarkibida 35-60%  gacha  moy bo„lgan er yong„oq 
(araxis) urug„ini sovuq yoki issiq usulda presslash yoki ekstraktsiya qilish 
yo„li bilan olinadi. yong„oqlarning avvalo po„sti tozalanadi, aks holda moy 
sifatsiz  bo„lib  qoladi.  Tozalanish  usuliga  qarab,  er  yong„oq  moyi 
rafinatsiyalanmagan 
va 
rafinatsiyalangan 
(neytralizatsiyalanib 
dezodoratsiya  qilinmagan  va  neytralizatsiyalanib  dezodoratsiya  qilingan) 
holda ishlab chiqariladi. Rafinatsiyalanmagan er  yong„oq  moyi oliy va 1-
navli bo„ladi: yoqimli, tabiiy ta‟m va hidga ega bo„ladi. Rafinatsiyalangan 
moy  navlariga  ajratilmaydi;  yoqimli  hid  va  ta‟mli,  biroz  bilinadigan  och 
sariq  rangli  bo„ladi.  Issiq  usulda  presslangan  va  ekstraktsiya  qilingan 
moylar  oziq-ovqatga  ishlatilmaydi,  ulardan  faqat  texnikaviy  maqsadlarda 
foydalaniladi.  
Kunjut moyi moyning eng ko„p tarqalgan turlaridan hisoblanadi. Bu 
moy  kunjut  urug„idan  presslash  va  kamdan-  kam  hollarda  ekstraktsiya 
qilish yo„li bilan olinadi. Kunjut urug„i tarkibida 60% gacha yog„ bo„ladi. 
Sovuq  usulda  presslash  yo„li  bilan  olingan  moyi  oziq-ovqat  uchun 
ishlatiladi;  u  och  sariq  rangli  va  yoqimli  ta‟mli  bo„lib,  sifat  jihatidan 
zaytun  moyidan  qolishmaydi.  Issiq  usulda  presslash  yo„li  bilan  olingan 
kunjut  moyi  to„q  sariq  rangli,  o„tkir  achishtiruvchi  ta‟mli,  hidi  esa  uncha 
yoqimli bo„lmaydi Ekstraktsiya qilish yo„li bilan olingan moyning hidi va 
ta‟mi umuman yoqimsiz bo„ladi; undan faqat texnikaviy maqsadlardagina 
foydalaniladi. Kunjut moyi ikki xil: rafinatsiyalanmagan (1-va 2-navli) va 
rafinatsiyalangan (navlarga ajratilmagan) holda chiqariladi.  
Makkajo‗xori  moyi  -  dumbul  makkajo„xorini  presslash  yoki 
ekstraktsiya  qilish  yo„li  bilan  olinadi.  Dumbul  makkajo„xorida  yog„  30% 
dan  ortiq  bo„ladi.  Makkajo„xori  moyi  qandolat  mahsulotlari  ishlab 
chiqarishda  va  bevosita  ovqatga  ishlatiladi.  Ovqatga  ishlatiladigan 
makkajo„xori moyi to„la rafinatsiyalanadi; navlarga ajratilmaydi. Bu moy 


159 
 
rangsiz, hidsiz va quyqasiz, ta‟mi yoqimli bo„ladi.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish