15.1 -rasm. Mehmonhonalarda turistlarga ma’lumot beruvchi punktlarni
yaratish
Piyoda yurishga mo‘ljallangan zonalarni tashkil qilish va takomillashtirish. Namoyish obyektlarning ko‘rsatkichlariga QR-kodlarini o‘rnatish kabi vazifalarni bajaradi.
Yuqoridagilarni amalga oshirishni yosh kadrlar zimmasiga yuklab, ularning shaharga bo‘lgan munosabatlarini mustahkamlashiga va shahar rivojiga o‘z hissasini qo‘shishiga ko‘maklashish (yoshlarga o‘z vataniga bo‘lgan mehrni uyg‘otish va shakllantirish, shahar ravnaqi va farovonligiga nisbatan kelajak avlodning munosabatini mustahkamlash maksadida).
Buxoroga tashrif buyuruvchi sayyohlarning mustaqil tarzda sayohat qilishlari uchun qo‘shimchà qulayliklar yaratilgani sababli, shaharning turistik obro‘i oshishi;
Domino effekti, ya’ni, bir sayyohning ijobiy bahosi mamlakatga tashrif buyuruvchilar soninè tabiiy hamda tizimli ravishda oshiradi;
Shaharning turistik infotuzilmasi sifati sezilarli darajada oshadi vashaharning jozibadorligi ma’lum miqdorda oshadi;
15.4. Navoiy viloyatining tabiiy-geografik o‘rni
Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan va amalda joriy etilgan “2017-
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi” hozirgi sharoitda yaratuvchanlik ruhida shijoat bilan
143
mehnat qilayotgan Navoiy halqining istiqboldagi samarali faoliyatida dasturi amal bo‘lib hizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2016- yil 4- noyabr Navoiy viloyatiga saylovoldi uchrashuvida viloyatning tabiati o‘ziga xos rang-barang bo‘lib, shimoli-g‘arbiy qismida Qizilqum sahrosi cho‘llari, janubi-sharqiy qismida osmono‘par Nurota tog‘ tizmalari hamda Zarafshon daryosining o‘rta qismida boy va turfa xil dehqonchilik dalalari yastanib yotibdi deb ta’kidlab o‘tdilar. Zarafshon daryosi bilan birgalikda Aydarko‘l, Sho‘rko‘l, To‘dako‘l kabi ko‘plab yirik suv manbalari viloyat tabiatini yanada rang-barang bo‘lishiga hissa qo‘shmoqda.
Navoiy viloyati O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1992- yilda tashkil etilgan.
Maydoni- 110,99 ming kv.km. (10 937 435ga). Shundan: qishloq xo‘jaligi yerlari – 8873664 ga, jumladan ekin yerlari – 111 190 ga, sho‘rlangan yer maydoni - 20000 ga (17,9 %).
Turar joylar, tomorqa yerlari – 19 670 ga, avtomobil va temir yo‘llari – 22 274 ga, o‘rmon va daraxtzorlar – 1 263 193 ga, ijtimoiy obyekt va ko‘chalar – 7 632 ga, boshqa yerlar (daryolar, tepaliklar, sanoat hududi, elektr uzatish tarmoqlari va boshqalar)- 751002 ga.
Aholisi soni – 949,6 ming kishi.
Milliy tarkibi: o‘zbeklar – 87,7 % (826,4 ming), qozoqlar -3,9 % (36,7 ming), qoraqalpoqlar- 2,4 % (22,6 ming), tojiklar – 1,5 % (13,7 ming), ruslar -1,9 % (17,6 ming) va boshqalar –1,1 % (11,1 ming).
Chegaradosh-Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari, Qozog‘iston Respublikasi.
Viloyat ixtisoslashuvi – rangli metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari neft-gaz sanoati, oziq-ovqat va yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash,
Paxta: 2016- yil davlat buyurtmasi - 98,6 ming t. bajarilishi 106,3 ming t.107,8
%.
144
G‘alla: 2016 yil davlat buyurtmasi – 89,9 ming t. bajarilishi 90,1 ming t. 100,2
%.
Viloyatda 2 ta viloyat va 4 ta tumanlarga bo‘ysunuvchi shaharlar, 10 ta tumanlar, 47 ta shaharcha, 577 ta aholi yashash punktlari mavjud bo‘lib, ular – Karmana, Nurota, Xatirchi, Qiziltepa, Konimeh, Uchquduq, Tomdi, Navbahor tumanlaridir. Shuningdek yirik sanoat korxonalari negizida 2 ta yirik shahar Navoiy va Zarafshon shaharlari har tomonlama rivojlanib, obod hududga aylanib bormoqda.
Viloyatning respublika hayotida va iqtisodiyotidagi o‘rni beqiyos. Xususan, bugungi kunda respublikada ishlab chiqarilayotgan sementning 45 foizi, mineral o‘g‘itlarning 30 foizi, elektr energiyasining 16 foizi, sanoat mahsulotlarining 10 foizi viloyat hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mustaqillik yillarida birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida viloyatda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Yirik sanoat korxonalari, kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy obyektlar, ko‘p qavatli uy-joylar barpo etildi. Navoiy shahridagi O‘zbekiston, Mustaqillik, Istiqlol, Navoiy ko‘chalarining zamonaviy qiyofasi viloyatning bugungi taraqqiyoti ifodasidir.
Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, jumladan, eksport salohiyatini yuksaltirish borasidagi vazifalar aniq-ravshan belgilab berilgan va bu borada viloyatda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur yo‘nalishda "Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi o‘zining munosib o‘rniga ega. Bugungi kunda hududda 18 ta korxona samarali faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan 100 dan ortiq turdagi eksportbop, yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bu yerda 2017- yilning birinchi yarmida 88,7 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, Shndan 3,3 million AQSH dollari qiymatidagi mahsulotlar eksport qilindi. Korxonalarda ming nafarga yaqin yuqori malakali kadrlar, asosan mahalliy yoshlar ishlayotganligi aholi turmush farovonligiga xizmat qilayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |