Umumiy ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi
Ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar 261845,9 ming.so‘mni tashkil etadi
15.2-rasm. Olingan daromadlarning umumiy hajmi
Bu rasmdan ko‘rinib turibdiki, 2009- yilda turistlarning tashrif buyurishi eng katta ko‘rsatkichga teng. 2017- yilda jami 111460 turist tashrif qilgan, Shulardan 77717 kishi (69,7 %) xorijiy turistlar va 33743 (30.3%) mahalliy turstlar bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich 1995- yilga nisbatdan 1,7 marta o‘sgan.
Shunday qilib xulosa qilishimi mumkinki, Buxoro viloyatida turizm sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlanib kelmoqda.
15.2. Buxoroda turizm infratuzilmasining tahlili
Dunyo turizmidagi o‘sish O‘zbekiston Respublikasi turizmidagi o‘sishga ham ta'sir etdi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlaboq, O‘zbekiston dunyo turizm bozoriga dadil qadamlar bilan kirib borib, jahon turizmidagi o‘z o‘rnini egallamoqda.
135
Respublikamizda xorijiy turistlarga asosan madaniy-tanishuv turlari taklif qilinmoqda. Ularning davomida tarixiy, arxitektura, diniy obidalar va ziyoratgohlar bilan tanishtiriladi, mahalliy aholining turmush tarzi va madaniyati ko‘rsatiladi. Bunday turlar davomida asosan Samarqand, Buxoro va Xivadagi obyektlarga tashrif buuriladi. Respublikamizda hammasi bo‘lib 30 ga yaqin turlar taklif etiladiki, ularning ichida Toshkent va Farg‘ona vodiysida amalga oshiriluvchi ko‘ngilochar, sarguzasht, ov, dam olish – davolanish, tog‘-chang‘i va golf sporti bilan Shug‘ullanish turlari ham mavjud.
Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda qo‘lga kiritilgan yutuqlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, avvalo, o‘lkamizga tashrif buurayotgan xorijiy mehmonlar sonining oshibborayotganligini inobatga olish zarur bo‘ladi.
Ammo ushbu sohaning rivojlanishi uchun hali ko‘pgina salbiy omillar ham mavjuddir. Buxoroga yetib keluvchi turistik sayohatlarni o‘sishiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan ba’zi hollarni sanab o‘tish mumkin:
ko‘pgina mehmonxonalarda taomlarning zamonaviy talablarga javob bermasligi:
O‘zbekiston ichidagi Mehmonxona xizmatlari narxlarining asosiy raqobatchilariga nisbatan qimmatligi;
turistlarning esdalik uchun xarid etiladigan milliy suvenirlarimizning kamligi va nisbatan qimmatligi;
joriy infratuzilmani takomillashtirish va yangilarini yaratish uchun xususiy soha vakillarida mablag‘larning yetishmasligi;
targ‘ibot masalalariga yetarlicha e’tibor berilmaganligi tufayli xorijiy fuqarolarning aksariyatida O‘zbekiston tog‘risida ma’lumotning kamligi;
O‘zbekistondagi joriy narxlarning qimmatligidan tashqari, ba’zi hollarda, taklif etilayotgan tovar va xizmatlar sifatining shu narxga mos emasligi.
Buxoro hududidagi turistik infratuzilmani tahlil qiladigan bo‘lsak, u quyidagi ko‘rinishga ega
Aviartransport
136
Turstik mavsum paytida talab taklifdan oshib ketadi.Buxoro aeraportidan faqat Moskva, Sankt-Peterburg va Krasnodarga xalqaro aviareyslar amalga oshiriladi. Urgench aeraportidan Milan va Parijga reyslar mavjud.Shu bilan birga, Mamlaktning ichida shaharlar aro avia reyslar yo‘lga qo‘yilmagan, faqaitgina Toshkent orqali uchish mumkin.
Temir yo‘l transporti.
Buxorodan Samarqand va Toshkent shaharlariga kunduzgi va kechki poezdlar
bilan ulangan. Lekin temir yo‘l stantsiyasi Kogon shahrida joylashgan bo‘lib, Buxoro
markazidan 10 km uzoq.
Avtomobil' transporti
Avtobuslar, mikroavtobuslar va taksilar Samarqand, Xiva va Toshkent yo‘nalishida o‘z xizmatlarini asoson norasmiy ravishda taklif qiladilar. Avtobuslar aniq jadval asosida qatnamaydi. Shu uchun kelajakda ichki turizmni rivojrantirish uchun yo‘llarni hamda transport infratuzilmasini yaxshilash keràk.
Muzeylar
Buxoroda muzey ularning filiallari mavjud. (15.5-jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: |