A. N. Norchayev, T. B. Sadikov, M. Z. Nurfayziyeva mintaqaviy turizm



Download 3,14 Mb.
bet49/90
Sana03.07.2022
Hajmi3,14 Mb.
#736251
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90
Tayanch iboralar. Toshkent turistik mintaqasi, Qirqqiz buloq, Zangiota, Ko‘l-

ota.



Savol va topshiriqlar



  1. Toshkent turistik mintaqasining turizmdagi o‘rni.




  1. Toshkent turistik mintaqasiga qaysi viloyatlar kiradi?

99
14-bob. SAMARQAND TURISTIK MINTAQASI




14.1. Samarqand viloyatining tabiiy-geografik o‘rni va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi

Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan va amalda joriy etilgan “2017-


2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” hozirgi sharoitda yaratuvchanlik ruhida shijoat bilan mehnat qilayotgan Samarqand halqining istiqboldagi samarali faoliyatida dasturi amal bo‘lib hizmat qilmoqda.


Respublikamizning sharqiy hududida joylashgan Samarqand viloyati o‘zining nafaqat go‘zal tabiati, qulay geografik joylaShuvi, balki tabiatan mehnat sevar va jonkuyar halqi bilan vatanimiz taraqqiyotiga ulkan hissasini qo‘shayotgan hududlardan biridir.


Samarqand viloyati 1938- yil 15- yanvarda tashkil topgan. Viloyat markazi Samarqand shahri. Samarqand viloyati sharqda Tojikiston Respublikasi, janubda Qashqadaryo viloyati, g‘arbda Navoiy viloyati, shimolda Jizzax viloyati bilan chegaradosh.


Hozirgi kunda Samarqand viloyatida 14 ta tuman (Jomboy, Bulung‘ur, Samarqand, Tayloq, Urgut, Oqdaryo, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon, Qo‘shrobot, Payariq, Pastdarg‘om, Narpay, Paxtachi), 2 ta shahar (Samarqand, Kattaqo‘rg‘on) mavjud bo‘lib, 2017- yilning yanvar holatiga aholi soni 3635,3 ming kishi tashkil etgan bo‘lib, maydoni 16,8 ming km2 ni tashkil qiladi. Samarqand viloyatining umumiy yer maydoni 431,7 ming gektar bo‘lib, Shndan 183 ming gektari sug‘oriladigan yerni, 248,8 ming gektari lalmi yerni tashkil qiladi.


Samarqand deganda, avvalo o‘zining buyuk tarixi va madaniyati bilan haqli ravishda Sharq gavhari, Yer yuzining sayqali deb nom olgan betakror va xosiyatli bir zaminni o‘zimizga tasavvur qilamiz. Samarqand nafaqat tarixiy madaniy shahar, balki dunyodagi nufuzli davlatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari tashrif buyuradigan, ko‘plab uchraShv va muloqotlar, anjumanlar bo‘lib o‘tadigan markazga aylanib bormoqda.


100

Viloyat hududida millatimiz va yurtimiz dovrug‘ini butun olamga taratgan bir ming ikki yuzdan ziyod tarixiy obidalarning mavjudligi viloyatda turizm sohasini jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishiga zamin yaratmoqda.
Jumladan, Registon maydoni, Shohi-zinda majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Bibixonim masjidi, Ulug‘bek rasadxonasi, Imom-Al-Buxoriy majmuasi va Mahdumi A’zam xonaqohi kabi tarixiy obidalar viloyatda turizm sohasini jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishiga zamin yaratmoqda.

Qolaversa, Kattaqo‘rg‘onlik hunarmandlar pishirgan SHarq shirinliklari mazasi og‘izdan ketmaydi. Cho‘pon tayog‘ini qo‘lidan qo‘ymay kelayotgan Nurobodning chorvadorlari sohaning rivojiga munosib hissa qo‘shib kelishmoqda.


Bulung‘ur, Jomboy, Tayloq hamda qadimiy va hamisha navqiron shaharning yashil belbog‘i hisoblangan Samarqand tumanlari bog‘larida etishtirilayotgan sarxil va shirin-shakar mevalar bugun nafaqat yurtimizda, balki jahonga mashhur. Bu hududlarda etishtirilayotgan mevalarning bir qismi toza-tabiiy holatda va qayta ishlanib, eksportga chiqarilmoqda. E’tiborga loyiq tomoni, aksariyat usta dehqonlar yerdan bir yilda uch martagacha hosil olayotgani, tomorqasida etishtirayotgan hosilni ro‘zg‘oridan orttirib, bozorga chiqarayapti va qo‘shimcha daromad olayapti.

Urgutlik tadbirkor va ishbilarmonlarning dovrug‘i azaldan ma’lum va mashhur. Ushbu tumanda sanoatning bir necha turi muttasil ravishda rivojlanib kelayotgani, bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham o‘z xaridorini topayotgani tahsinga sazovor.


Pastdarg‘om, Payariq, Paxtachi, Ishtixon, Oqdaryo va Narpay tumanlari viloyat qishloq xo‘jaligi yukini elkasiga olgan. Bu tumanlarda dehqon va fermerlar g‘alla, paxta, pilla va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishda yuqori hosildorlikka erishmoqdalar.


Dashtu dalalardan iborat Qo‘shrabot tumanida tug‘ilib o‘sgan kadrlar bugun mamlakatimiz xalq xo‘jaligining barcha jabhalari yuksalishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shayotgani e’tirofga sazavor.


Viloyatda 70 dan ziyod sayyohlik firmalari va bir yo‘la 4 ming nafardan ko‘proq mehmonlarni qabul qilish quvvatiga ega bo‘lgan 91 ta mehmonxona faoliyat

101
ko‘rsatmoqda. Shningdek, 6 ta ilmiy-tekshirish va loyihalash institutlari, 8 ta oliy o‘quv yurti mavjud.


Viloyatda sanoat, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, savdo, xizmat ko‘rsatish, san’at, sport kabi sohalar izchil rivojlanmoqda.


Viloyat respublikaning yirik sanoat markazlaridan biri bo‘lib, “Samarqand avtomobil zavodi”, “JV MAN Avto”, “UrgGazKarpet”, “Daka Teks”, “SamAntepGilam”, “Pulsar Grup”, “Siyob saxovati” kabi 3300 dan ortiq sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.


O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida Samarqand viloyati alohida o‘rin tutadi. Bu fikrning tasdig‘i sifatida albatta ko‘p-ko‘p misollar keltirish mumkin. Bu hakda gapirganda, avvalo, viloyat iqtisodiyoti 2010- yildan buyon 1,7 barobar o‘sganini ta’kidlash joiz.


Bugungi kunda jahondagi eng yuksak standartlar asosida jihozlangan Samarqand avtomobil zavodida o‘nlab turdagi mashinalar ishlab chiqarilmokda. Sh bilan birga, «British-Amerikan tabacco», «Sam Antep Gilam», «Amin Invest» qo‘shma korxonalari, «Sharq sanoati» xususiy konserni singari yirik ishlab chiqarish quvvatlari viloyat sanoati rivojiga muhim hissa qo‘shmokda.


Oxirgi besh yilda viloyatda 100 dan ortiq yangi qo‘shma va xorijiy korxonalar tashkil etilib, ayni paytda ularning soni 259 taga etgani quvonarlidir. Mazkur korxonalarda yiliga 2,5 trillion so‘mlik mahsulot tayyorlanmoqda.


Ma’lumki, mamlakat iqtisodiyoti yahlit iqtisodiy tizimni o‘zida ifodalab, izchil iqtisodiy o‘sish va makroiqtisodiy barqarorlik uning elementlari hisoblangan hududlarning muvozanatli rivojlanishiga mustahkam bog‘liqdir. Shunday hududlarda biri Samarqand viloyati hisoblanadi. Samarqand viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, tabiiy geografik joylaShuvi, ulkan tabiiy resurs salohiyati va unumdor yer resurslari bilan Respublikaning yetakchi hududlari orasida alohida o‘ringa egadir.


Keyingi yillarda viloyatda mahsulot ishlab chiqarish jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Viloyat kesimida yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish 2010- yilda 3974,4 mlrd. so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2016- yilda 14060,4 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. 2017- yilda 15554,0 mlrd. so‘mga yetkazish prognoz qilingan. 2010- yilda


102
yalpi hududiy mahsulot kishi boshiga 1244,0 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2016- yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 3886,6 ming so‘mni tashkil qilgan. 2017- yilgi prognoz ko‘rsatkichlar bo‘yicha 4319,2 ming so‘mga yetkazish ko‘zda tutilgan. (1-jadval).


Zamonaviy sharoitlarda rivojlangan mamlakatlarda kuzatilayotgan global moliyaviy inqiroz sharoitida ishsizlik muammosi nafaqat ijtimoiy muammolar, balki yalpi talabning pasayishi bilan bog‘liq iqtisodiy muammolarni ham keskinlaShuviga olib kelishi mumkin. Shning uchun ham joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda mahalliy homiyat organlari faoliyatining asosiy vektori, avvalo, aholining bandligini ta’minlash, ularning turmush farovonligini oshirishga yo‘naltirilmoqda.


Jadval ma’lumotlariga murojaat qiladigan bo‘lsak, band aholining 2010-yildagi soni 1229,9 ming kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 2016- yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 1485,1 ming kishini tashkil qilgan.

Viloyat iqtisodiyotining rivojlanishidagi asosiy tendensiya, yalpi hududiy mahsulot tarkibida xizmatlar sohasining rivojlanib borayotganligi hisoblanadi. Xususan, viloyatda 2010- yilda xizmat ko‘rsatish hajmi 1739,9 mlrd. so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2016- yilgacha ushbu tendensiyada barqaror o‘sish kuzatilib, ushbu ko‘rsatkich 6021,0 mlrd. so‘mga etgan. 2017- yilda esa 6489,9 mlrd. so‘mga prognoz qilingan. Bandlikni ta’minlash bilan bog‘liq strategik vazifa ijrosida viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlanib borayotganligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.


Viloyatning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari yillik o‘sish sur’atini tahlil qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston respublikasining hududlariga nisbatan o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori o‘sish sur’atlari kuzatilayotganligini ko‘rishimiz mumkin.


Viloyatda yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarishning yillik o‘sish sur’ati 2010- yilda 110,5 %ni, 2011- yilda 111,3 %ni tashkil yetib ushbu yillarda yuqori o‘sish sur’atlari kuzatilgan. 2016- yilda zaif o‘qish sur’ati kuzatilgan bo‘lsa, 2017- yilda YaIMning yillik o‘sish sur’ati 108,5 %ga prognoz qilingan.


103
14.1-jadval





Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish