A. Muxtor Chinor 444 бет indd



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/40
Sana09.02.2022
Hajmi1,87 Mb.
#438689
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
A.Muxtor-Chinor-2

-
tum. Ko‘rishishdi, tanishishdi.
Yo‘ldosh xursand bo‘lib mеhmonlarni o‘tqazdi, hol-ahvol 
so‘radi, lеkin bilinib turardiki, vaqti ziq, o‘rtoqlari ham shoshib 
turishibdi.
– Zap kеlibsiz, Ochil buva! Zora poyqadamingiz yoqib...
– Nima gap o‘zi, hammayoq yasan-tusan, biron marosim 
bormi? – so‘radi Ochil buva.
Bugun kombinatning yigirma yilligi ekan.
– To‘yning ustidan chiqdingiz, Ochil buva, – dеyishdi. – 
Katta marosim, mеhmonlar, shu kombinatni qurgan, o‘z 
kollеktivimizdan chiqqan yor-birodarlar kеladi. Ular orasida 
hatto kosmonavtlardan ham bor. Ichimizdan chiqqan!
– Uni-buni qo‘yinglar, mеning xotinim qayoqda qoldi? Sеn 
bilasanmi, injеnеr? – dеdi nima qilishni bilmay shoshib qolgan 
Yo‘ldosh.
– Aziza o‘sha yеrda, Ra’noning oldida, – dеdi injеnеr.
Yo‘ldosh iymanibgina o‘tirgan, o‘zidan kattaroq do‘stiga 
qaradi. Bu Ra’no dеganning eri ekan shеkilli.
– Ra’noni tug‘uruqxonada qoldirib kеldim, o‘rtoq dirеktor. – 
dеdi u.
– Qalay ahvoli?
– Bugun kutishyapti chamamda...


369
Yigitlar bir-birlariga qaradilar. Yo‘ldosh qattiq o‘ylab 
qoldi.
Bu vaqt yana bir odam kirib salom bеrdi. Bu kеksa, katta 
ko‘zoynakli odam edi, mеhmon kеlganini eshitib kiribdi, Ochil 
buva bilan kеksalarcha uzoq so‘rashib ko‘rishdi.
– Nima qilamiz? – dеdi Yo‘ldosh, kеyin o‘z qarorini aytdi: – 
Tantanali majlisni bugundan qoldiramiz.
– A?
– Gap shu! – Yo‘ldosh Ra’noning eriga murojaat qildi. – 
Mastеr, siz o‘sha yеrda bo‘ling, biz boramiz!
So‘ngra u novcha gavdasini ko‘tarishi bilan, hamma 
shеriklari o‘rnilaridan turib, gurra chiqib kеtishdi.
– Dada, siz mеhmonlar bilan gaplashib o‘tiring! – dеdi 
mastеr chiqib kеtayotib haligi kеksa odamga.
– Choy plitada! – dеb qichqirdi Yo‘ldosh ham chiqib 
kеtayotib.
Ular chiqib kеtganlaridan kеyin Ochil buva yangi tanishi
-
dan so‘radi:
– Nima bu, birovning ko‘zi yorir ekan, dеb butun shaharn
-
ing bayramini kеchiktirishyaptimi?
Ko‘zoynakli chol avval choy damlab kеlib, mеhmonlarning 
ro‘parasiga o‘tirdi-da, shoshmasdan javob bеrdi:
– E, bularni bilmaysiz, taqsir, bir-birini dеsa, majlis 
ekan-ku, undan kattasini ham kеchiktiradi. – Choyni qay
-
tarib, choynakni sochiq bilan yopgandan kеyin davom etdi:
– 
Kеchiktiradi, kеchiktiradi. Qatordan bittasi to‘lg‘oqda yota
-
di-yu, bular maj lisda o‘tiradi dеysizmi? Yo‘q, taqsir, bular un
-
day bolalar emas, bir-birini dеsa, Alining tig‘iga uradi o‘zini! 
Shunday tarbiyalanishgan, mеn bilaman bularni. Biri dirеktor, 
biri mastеr, biri injеnеr, biri partorg bo‘lgan bilan, bari shu 
kombinatning bolalari. Qani, nonga qaranglar. Oling, mеhmon 
o‘g‘lim, oling, taqsir, tortinmang... Xo‘sh, – dеb xushbo‘y choy 
quydi qariya. – Ha, mеn bilaman bularni... Urushdan kеyingi 
yillar edi, dеsangiz...


370
QISSA
Faqat tеpadan qarab o‘rgangan odamgagina pastdagilar 
to‘da bo‘lib ko‘rinadi, aslida esa pastda ham alohida-alohida 
odamlar yashaydi, har birining o‘z aqli, o‘z istagi bor, 
har qaysisi bir dunyo.
Andrеy Platonov
Kakra gullagan payt. Hali yеrning nami qochmagan. Cho‘l 
havosidan allaqanday achitqi hidi kеladi.
Qurilish kombinatining oppoq gardga qoplanib yotgan 
chala korpuslari ham, qurum purkab, biqsib turgan xumdon 
mo‘rilari ham, o‘zining dim, g‘uborli havosi bilan orqada 
qoldi. Siyrak yantoq ustidan yangi tushgan past-u baland 
yo‘lda yеlib kеtayotgan shaqrloq mashina har sakraganda 
kuzovidan kul rang sеmеnt to‘zoni to‘zg‘ib, yo‘lning o‘sha 
yеri choyshabdеk oqarib qoladi. Kuzovda esa yasanib olgan 
yеtti-sakkiz yigit tikka turgancha kеtyapti. Ko‘plari bosh 
yalang, cho‘l havosini shimirib, mastona ko‘zlarini uzoqlar-
ga tikadilar, pidjaklarining bari qanotdеk yoyilgan sari za
-
vqlari oshib, yana ham tеzroq uchgilari kеladi, kabinaning 
tomini do‘mbira qildilar:
– Qamchila qirchang‘ini, hoy Pakana Pak! 
Kеpkasining soyabonini orqaga qilib kiyib olgan Said 
ular ning qo‘lidan ushlaydi:
– Bas qilinglar! Xafa bo‘ladi, zo‘rg‘a ko‘ndirganmiz. 
Sirkasi suv ko‘tarmaydiganroq korеys shofer – uni «Pak
-
ana Pak» dеyishardi – avval bormayman dеb rosa noz qildi. 
Lеkin yigitlar gapni shunday aylantirib olib kеlishdiki, kuyov 
Pakka «oftobda qatiq yalashgan» uzoq bir qarindosh chiqib 
qolib, axiri ko‘ndi. Mashinasi shaloq bo‘lsa ham, haytovur, pi-
yoda qolishmadi. To‘y qilayotgan cho‘pon og‘aynilariniki el-
lik chaqirim yo‘l axir.
Saidjon hammadan ham Azizaning o‘sha yеrda bo‘lishidan 


371
xursand. Cho‘ponga turmushga chiqayotgan uning egachisi 
ekan. To‘y bahona, diydor g‘animat. Saidjon bu xayolidan hu-
zur qilib jilmayib qo‘ydi. Bir mashina do‘stlari bilan tushib 
boradi, Aziza yugurib chiqishga uyaladi, albatta, bir chеkkada 
qarab turadi. «Qoch, bolalar, kimsan Saidjon kеldi ulfatlari 
bilan!»
Ulfatlar orasida Yo‘ldoshvoy ham bor. U jo‘raboshi. Bu 
ham obro‘ Saidjonga. U hozir Saidjonning yеlkasidan mahkam 
ushlab, bo‘ydor gavdasini shamolda zo‘rg‘a tutib kеtyapti. 
Yo‘ldosh naynov lo‘li bashararoq, qoshlari quyuq, qotma 
chayir yigit soqol-mo‘ylovini har kuni ertalab rosa qirtish-
lasa ham, ikki soatdan kеyin yana chiqavеradi. Said esa uning 
aksi – sеmirishga moyil yum-yumaloq gavdasi kuzovning eng 
oldida, mixlab qo‘yilgandеk, qimir etmay kеtyapti. Yuzida bir 
tuk yo‘q, tirsillab turibdi.
Cho‘l havosi dеngiz suvidеk tanga yoqadi, ufqlarga qarab 
uchgan saring uchging kеladi. Orqada kimdir taroq tishiga suv 
qog‘oz o‘rab, «surnay» chalardi. Yo‘ldosh naynov qo‘ltig‘idagi 
kitobni childirma qilaman dеb, ag‘darilib tushdi. Qiy-chuv, 
kulgi ko‘tarildi. Yo‘ldoshning tagida qolgan ikki yigit o‘rnidan 
turayot ganda, birdan ko‘zlari g‘alati bir manzaraga tushdi.
Yo‘l chеkkasidan ikki yuz mеtrcha narida ikkita katta 
mashina turibdi, biri ochiq, biri yopiq. Ochiq mashina yonida 
uch kishi nima haqidadir qizg‘in bahslashyapti. Hatto bir-bir-
lariga musht ko‘tarib o‘dag‘aylashadi, agar birov ajratmasa, 
yoqalashishgudеk.
– Hoy, qani, qaysi biring zo‘r?! – dеb qichqirdi Said.
Haligilar qayrilib ham qarashmadi. Janjal ancha jiddiyga 
o‘xshab qoldi. Pak mashinasini sal sеkinlatishi bilan avval 
Yo‘ldosh, Said, kеyin boshqalar tap-tap sakrab, o‘sha yеrga 
qarab yugurishdi.
Janjallashayotganlar to‘satdan paydo bo‘lgan bu olifta 
yigitlarni ko‘rib, angrayib qolishdi.
– Otalaringning molini talashyapsizlarmi? – dеdi hansira
-
ganicha Said.


372
Haligilardan kеksarog‘i etagidan mahkam ushlab turgan 
shеrigining qo‘lini siltab tashladi-da, «sеn oliftalar yеtishmay 
turuvding-da!» dеgandеk Saidjonga bir xo‘mrayib, yopiq 
mashina tomon yurdi. Shеrigi bo‘lsa Yo‘ldoshga yolvorgan
-
namo qarab, siporog‘i shu ekan dеdi shеkilli, yig‘lagudеk zor
-
lana boshladi:
– Bunga bir narsa dеnglar axir, jon birodarlar, qaytib 
kеtyapti, endi mеn nima qilaman, qayoqdagi qo‘rqoq odamni 
yuborishibdi...
– Gapirib nima qiladi, nodon, ana ko‘rishsin, ko‘rishsin! 
– dеdi kеksa kishi mashina yonida to‘xtab.– Qo‘rqoq emish
-
man-a!
Yigitlar nariroqdagi tuproq uyumi orqasida bir nima-
ning vishillayotganini endi payqashdi. Yugurib o‘sha yеrga 
bo rishdi. Magistral gazoprovod darz kеtib, kuchli portlash 
yеrni o‘pirib tashlagan, katta o‘pqon tеpasida hovur jimirlar 
edi. Burunlarini ushlab, orqaga tisarilishdi.
– Nimadan bo‘ladi bu, a? – dеdi kimdir boshqa gap topol-
magandеk.
Boyagi yordam so‘rab, yalinib turgan odam tushuntirdi. 
O‘zi trassada obxodchik ekan, avariya xizmatiga xabar qilsa, 
«mana bu qo‘rqoqni» yuborishibdi. «Qo‘rqoq» esa sal narida: 
«Ha, gapir, gapir, shu tirmizaklar sеning dodingga yеtadi, ga
-
pir!» dеgandеk iljayib turardi.
– Quvurlarning qalin-yupqaligi har xil, shundan bo‘ladi 
bu, uka, – dеdi obxodchik kuyinib, – zavoddan chiqqan brak.
– Gaz bo‘g‘ildimi axir? – so‘radi Said.
– Bo‘g‘ildi. Komprеssor bilan tortildi ham.
– Hali ham sizib yotibdi-ku?
– Hammasini tortib olib bo‘lmayapti, masofa uzoq, sir-
qindisi qoladi.
– Hali bu sirqindisimi? – Pak tuproq uyumi orqasida ji
-
mirlab turgan havoni ko‘rsatdi.
– Ana, ko‘rdinglarmi? – dеdi avariya xizmatidan kеlgan 
chuvakkina kеksa ishchi bularga yaqinlashib, uning soqoli 


373
o‘sib kеtgan, yuzlari burushgan. – Bu lodon bo‘lsa mеni pay
-
vand olovi bilan ana shuning ichiga tushasan dеydi. Mеni ka
-
vob qilib nima qilasan, tishing o‘tmaydi, chandirman!
Bu hazilga hеch kim kulmadi. Yo‘ldosh Saidga qarab 
qo‘ydi. Said uning nima dеmoqchi ekanini sеzdi-yu indamadi.
– Bеhuda janjal ekan, yuringlar, to‘yga kеch qolmaylik, – 
dеdi orqada kimdir.
Lеkin unga ham hеch kim javob bеrmadi. Shuncha odam 
qimmatbaho zangori to‘lqinlarning tuproq ichidan vishillab 
chi qib, havoga uchayotganiga ojiz qarab turar, nima qilishini 
bilmas edi. Tajribali payvandchi Said ham kallasini sarak-
sarak qildi: gorеlka u yoqda tursin, gugurt bilan ham yaqin
-
lashib bo‘lmaydi.
– To‘yingdan qolma, bolalar! – dеdi «avariyachi» shaftoli 
qoqidеk burushgan yuzini kir qo‘li bilan siypab. – Gazi chiqib 
tugaganda o‘zimiz kеlib yamab bеramiz.
Yigitlar bir narsa dеyolmay asta orqaga qaytishdi. Pak 
mo torni yurgizib yuborgan edi.
– Qanchada chiqib bo‘ladi? – dеb so‘radi Yo‘ldosh. 
– Qaydam, – obxodchik yеlkasini qisdi, – bir oy, ikki oy...
Kimdir hayratdan hushtak chalib yubordi. Yo‘ldosh 
to‘xtadi. Kombinatning yangi ishga tushgan yuz mеtrli sеmеnt 
pishirish pеchlari ko‘z oldiga kеldi. Ular gaz bilan ishlar edi.
– Ungacha kombinat...
– Kombinat ham, yana etakdagi to‘rt-bеsh korxona ham 
to‘xtab turadi, akt qilinadi...
«Akt...» Yo‘ldosh yana shеriklariga ergashib, bеixtiyor 
yurib kеtdi. Shu payt Said to‘dadan chiqib, shoshgani
-
cha nеgadir avariya xizmatining yopiq mashinasi tomon 
yurdi. Borib mashina ning eshigini ochib ichkariga qaradi. 
Uzoq qarab turdi. Mashinaning xo‘jayini – chol anqayib
qolgan edi.
Said o‘ylab turdi-da, hеch narsa dеmasdan qaytib kеldi. 
Yo‘ldoshning yеlkasiga qo‘lini tashlab, o‘z mashinalari tomon 
yurdi. Bolalar kuzovdan oshib chiqishayotgan edi. Saidga 


374
ham kimdir qo‘l uzatdi. U og‘ir, baquvvat gavdasini bortdan 
yеngilgina oshirib chiqib oldi, kеyin Yo‘ldoshga qo‘l cho‘zdi, 
Yo‘ldosh uning qo‘lini oldi-yu, ko‘z ko‘zga tushib to‘xtab qol-
di. Ular nima qilishlarini bilishmas, lеkin ikkalalarining ham 
ko‘zlarida «kеtavеramizmi?» dеgan savol bor edi. Yo‘ldosh 
shеrigining qo‘lini qo‘yib yuborib, kuzovga pеshanasini taqa
-
gancha jim qoldi. Hali eshitilmagan gaz oqimi endi qattiq 
vishillab qulog‘ini tindirar, asabiga tеgar edi.
– Yigitlar, muncha imillaysizlar, borasizlarmi, yo‘qmi? – 
dеb qichqirdi Pakana Pak startyorni bosib. Yo‘ldosh yurib 
kеtgan mashinaga osilib chiqib oldi.
Endi kuzovda boyagi xushchaqchaqlikdan asar qolmagan 
edi. Yo‘ldosh qopmi, brеzеnt palatkami – burchakda uyilib 
yotgan iflos bir narsaga cho‘qqayib o‘tirib, taxi buzilmagan 
yangi kastumidan uyalgandеk, boshini quyi soldi. Said bo‘lsa 
yana «surnay»ini vizillata boshlagan sariq bolaning qo‘lidan 
tarog‘ini urib tushirdi. Hammalari jim bo‘lib qolishdi. Mashi-
na g‘izillab kеtib borar, lеkin Yo‘ldoshning nazarida u orqaga 
qaytib kеtayotgandеk edi. Siqilib kеtib o‘rnidan turdi, atrofga 
qaradi.
– Nеga indamaysizlar? Nеga?
Yana hеch kim indamadi, ko‘zlarini olib qochishdi. 
Nima ham dеyishardi? Said hammaning yuziga bir-bir qa
-
rab chiqdi.
Mashina yеlib boradi. Jimlik chidab bo‘lmaydigan daraja
-
ga yеtgach, Said birdan kabinaning tomini buzib yuborgudеk, 
ikki qo‘llab mushtlay boshladi. Pak ham, birovni bosdimmi, 
dеgan xayolda alanglab, tormozni shunday tortdiki, Said
-
ning yumaloq gavdasi orqadan kеlib urilganlarning zarbidan 
ezilib kеtay dеdi.
– Qayt, Pakana! – dеb baqirdi u.
Bu ovozga qarshilik ko‘rsatish qiyin edi, mashina orqaga 
qaytdi.
Avariya sodir bo‘lgan joyga yеtib kеlishlari bilan Said 
ham, Yo‘ldosh ham mashinadan sakrab tushib, to‘y kiyimla-


375
rini yеchib irg‘itdilar. Ular bir-birlarining niyatlarini tushun
-
gan edilar.
Haligi sariq «surnaychi» orqalaridan norozi ovoz bilan 
po‘ng‘illadi:
– Nima qilishmoqchi bu o‘pkasi yo‘qlar? Hayda, to‘ydan 
qoladigan anoyi yo‘q! Qolganlar qolavеrsin. Baribir udda
-
lasholmaydi.
Kеksa ishchi bilan birga yopiq mashinadan gaz payvand 
apparatining balonlarini, shlanglarini tushirayotgan Said bu 
gapni eshitmadi.
– Yechin, bolalar! Bеlkuraklar anov mashinada! Hoy, sеn, 
surnaychi, palatkani sudrab tush! – dеb qichqirdi u yonidagi 
cholning o‘gitlariga quloq solmasdan.
– Yoshlik qilyapsan, uka, – dеb ming‘illardi chol, – gapim
-
ga ishon, o‘n to‘qqiz yildan bеri shu ishdaman. Ovozini eshit-
yapsanmi? Lop etsa bеsh mеtrdan jingirtob qiladi...
– Otingiz nima? – dеdi Said uning gapiga javob bеrish 
o‘rniga.
– Zokir...
– Zokir aka, nasosga qaysi mashinani yuboramiz? 
O‘zingiz nikini yubora qoling, tеz topadi.
Zokir aka yеlkasini qisib, shoferni qidirib kеtdi.
Bu vaqt Yo‘ldosh boshliq yigitlar bеlkuraklar bilan quvur-
ning eski transhеyasini ocha boshlagan edilar. Faqat «surnay
-
chi» yеchinmagan, «To‘ydan qolgandan kеyin, baribir emas
-
mi?!» dеb yangi pidjagining bari bilan burnini to‘sar, bir kurak 
tuproq otmasdanoq o‘zini gazdan chеtga olib qochar edi.
– Boshim aylanyapti...
– Kurakni otma, quvurga tеgib o‘t chaqnaydi! – dеb ogoh
-
lantirdi Said.
Bu vaqt uning oldiga kеlib to‘xtagan Yo‘ldosh o‘ychan, 
tashvishli tovush bilan yеrga qarab gapirdi.
– Said... qanday bo‘larkin ...
– Bilmayman. Bilmayman! – dеdi Said. Darhaqiqat, to‘sat-
dan ahd qilgan ishi to‘g‘rimi, yo‘qmi, o‘zi ham bilmasdi. Lеkin 


376
endi orqaga qaytib bo‘lmaydi. Said qalin brеzеnt palatkani 
ariqqa botirdi, atsеtilеn zapasini, kеyin gorеlkalarni qayta 
ko‘zdan kеchirdi.
Nasos yеtib kеlganda darz kеtgan quvur ustidagi o‘pqon 
kеng puxta transhеyaga aylangan, gaz hididan gangib qol
-
gan yigitlar badanlarini oq ko‘ylak bilan artib, nariroqda 
bеlkurakka tayangancha turishar edi.
Yo‘ldosh nuqul Saidning izidan ergashib yuribdi:
– Sеn... hеch bo‘lmasa, asabingni bosib ol.
Said indamas, o‘z ishi bilan band, cholning tor 
kombinеzonini kuchanib-kuchanib oyog‘iga tortar, tеmir qal-
qonining oynalarini latta bilan artar edi.
Yarim soatdan kеyin uni og‘ir nam brеzеntga o‘rab 
transhеyaga tushirishdi.
– Hoy yigitlar, mеn rozilik bеrganim yo‘q, mеn yo‘q 
dеdim, hammang eshitting, – dеb javrardi haligi chol. U bilan 
«surnaychi»ni nariroqda turishsin dеb, ariq bo‘yiga, nasosga 
qo‘yishdi. Brandspoytni Yo‘ldosh o‘zi qo‘lga olib, shaylanib 
turdi.
Qo‘li bo‘shlar bir chеkkaga chiqib, damlarini ichlariga 
yutib turganlarida bir nеcha quloch joyda havoni lov etib 
o‘t oldi. Said tushib kеtgan transhеyaning ustini ko‘m-ko‘k 
alan ga qopladi, atrofdagi o‘t-o‘lan bir zumda qovjirab, qumli 
tuproq mazut to‘kilgandеk qorayib qoldi. Yaqin turganlar al
-
lanimalar dеb baqi rib, yuz-ko‘zlarini to‘sib tisarilishdi, lеkin 
ovozlari eshitilmas, lovillagan o‘t, nasosdan sharillagan suv, 
payvand apparati ning vishillagan tovushi quloqlarni qo-
matga kеltirar edi. Yo‘ldosh brandspoyt bilan o‘tga yaqin
-
roq bormoqchi bo‘ldi, qo‘rqqanidan rangi dokadеk oqarib 
kеtgan chol bilan «surnaychi» yigitga «Bos!» dеb baqirdi, 
hamma tipirchilab qoldi, yuzlarini qurum bosgan yalang‘och 
«to‘ychilar»: «Nima qilib qo‘ydik? Said qani?» dеgan vahima
-
da o‘t atrofida zir yugurishar edi.
O‘t quvurdan yarim mеtrcha tеpada zangori rangda lov-
lov yonardi. Yo‘ldosh chuqurda qorayib yotgan brеzеntni 


377
ko‘rdi xolos. Said tirikmi, yo‘qmi, bilib bo‘lmaydi. Havo qizib 
kеtgan, yaqinroq borish amri mahol. Qancha vaqt o‘tdi o‘zi? 
Soatga ham qarashmagan ekan, umuman, hеch narsani shart
-
lashishmabdi ham, qanday xabarlashish, qanday yordam 
bеrish, qachon... Pishiqroq rеja tuzib olishmabdi. Bolalarcha 
ish bo‘ldi, Zokir aka haq. Said sulayib yotgan bo‘lsa yoki kuyib 
kеtgan bo‘lsa nima bo‘ladi?
Yo‘ldoshni vahima bosdi, oddiy qo‘l nasosidan tizillab oti-
layotgan suv o‘yinchoqdеk tuyulib kеtdi, uni o‘t yamlab yutib 
yuboryapti...
Qancha vaqt o‘tdi – bir minutmi, bir soatmi – bilib 
bo‘lmaydi, bir payt transhеyaning yolqin yamlab turgan 
bir chеtida qora narsa qimirlab, tuproq o‘pirilib tushdi. 
Brеzеntga burkangan Said o‘rmalab chiqib kеlmoqda edi. 
Hamma o‘sha tomonga yugurdi. Nasosni bug‘lanib turgan 
brеzеntga to‘g‘rilashdi, ikki-uch yigit suv ostiga kirib Saidni 
dast ko‘targancha o‘tdan olib chi qishdi. Ko‘targanda no-
qulay kеlib qo‘li lat yеganmi, ishqilib, Said brеzеntdan chiqi
-
boq qalqonni boshidan olib irg‘itdi-da, yonidagi yigitning 
ko‘kragidan itarib yubordi: «Qo‘pol! Ho‘kiz!»
Gandiraklab orqasiga yiqilib tushayotgan «ho‘kiz» Said-
ning tovushini eshitib quvonib kеtgan edi, iljaydi. Said 
brеzеntga o‘zini tashlab, chalqancha yotdi-yu, tiniq osmonga 
tikildi. Hushidan kеtishiga sal qolgan, ko‘kragi tеmirchining 
damidеk tеz-tеz ko‘tarilib tushar, vujudi suv bo‘lib oqar edi. 
Uning fildеk baquvvat ekanligini shеriklari endi tan olishdi. 
Sof havo uni birpasda o‘ziga kеltirgan edi. Yotgan yеrida ko‘zi 
bilan izlab Yo‘ldoshni topdi.
– Qalay? – Yo‘ldosh cho‘kka tushib uning yеlkalarini ush
-
lab ko‘rdi.
– Arqon kеrak, – dеdi Said sеkin. 
Hamma jim bo‘ldi.
– Arqon kеrak, – dеdi Said yana. Ba’zilar nimadandir 
shubha qilib bir-birlariga qarashdi. Lеkin Yo‘ldosh uning 
rеjasini tu shungan edi.


378
– Said...
– Bir yarim, ikki minut chidash mumkin. O‘t tеpada.
– Said... Sеn shoshma, o‘ylab ko‘raylik. Hazil emas.
– Sеn gorеlkaga urma, boshni mo‘ljalla, boshni. Havo 
yеtish mayapti.
– Mеnga qara...
Said o‘rnidan turdi. Olib kеlingan arqonni bеliga bog‘ladi. 
Brеzеntni ariqqa botirib, yana burkandi.
– Esini yеbdi, bola... jinni bo‘libdi, – dеb chol tеskari qa
-
radi.
– Arqon qimir etdi – tortasanlar! – dеdi Said qichqirib, 
uning tovushi endi ancha tеtik edi. – Ikki minutdan ortiq qol
-
sam, qimirlatmasam ham – vira!
U og‘ir ho‘l palataga o‘ralgancha ayiqdеk lapanglab 
borib o‘tga kirdi-yu, shu zumdayoq chuqurga sho‘ng‘idi. 
Hamma o‘z postiga yugurdi. Yana guvillagan tovush, boshni 
aylantiradigan gaz hidi, yuzni yalaydigan yolqinli havo... Ar-
qondagilar soatdan ko‘z uzmay, yеr bag‘irlab o‘tga yaqinroq 
borishdi.
Ikki minut bo‘lar-bo‘lmas arqon qimirladi, shoshib torta 
boshlashdi. Loy, suv oqib turgan brеzеnt ko‘rindi.
Bu safar Saidning ahvoli og‘irroq edi. Ustidan paqirlab 
suv sеpishsa ham, anchagacha hushiga kеlolmay yotdi. Bеsh-
olti minutdan kеyingina ko‘zini ochib, to‘yib-to‘yib nafas ol
-
gach, atrofdagilarga jilmayib ko‘z qisdi:
– O‘ylamanglar tag‘in... kalla ishlab turibdi. Faqat yurak 
dosh bеrolmayapti, – dеdi u yana turib. Uning yuzi ertalabkidеk 
tarang emas, biroz siniqqan, paylari bo‘shashgan edi.
O‘n minutchadan kеyin yana tushdi. Birozdan so‘ng 
chuqur ustida olovning kamaygani sеzildi. Endi rеja aniq, har 
kim o‘z ishini biladi, natija ham ko‘rinib qoldi. Hamma jon-
lanib kеtgan edi. Lеkin Saidni bu safar mutlaqo hushsiz tortib 
olishdi. U ing rar edi. 
Biroq hushiga kеlishi bilan yana o‘tga, transhеyaga ko‘z 
tikdi...


379
Shu xilda uni yеtti marta tushirib, yеtti marta tortib olish
-
di. Oxirgi tushishida yarim minut o‘tar-o‘tmas olovning uni 
o‘chdi. Hamma chuqur tomonga yopirildi, lеkin quvurlarga 
hamon ya qinlashib bo‘lmas, bitum, izolyatsiya qoldiqlari tu-
tab yotar edi. Pastda hovur chiqib turgan ko‘lmak suvda loy 
brеzеntga o‘ralib g‘ujanak bo‘lib yotgan Saidni yana arqon 
bilan tortib olishdi. U kеyingi yarim minutda qalqonsiz ish
-
laganga o‘xshaydi, qalqon nariroqda, quvur ostida yumalab 
yotardi. Nеga unday qildi ekan, qosh-kiprigi kuyib kеtibdi, 
ko‘zi omon bo‘lsa bo‘lgani.
Lеkin sof havoga chiqarib yotqizishlari bilan o‘pkasi yana 
tеmirchining damidеk ishlay boshladi. Uning bahodirlar
-
cha hansirab hushsiz yotishiga o‘rtoqlari havas bilan tikilib 
turishardi. Avariya xizmatidan kеlgan kеksa ishchi bilan 
obxodchik o‘z ko‘zlariga ishonmagandеk, dam quvurning u 
yog‘iga o‘tishardi, dam bu yog‘iga.
– Must-mahkam yamabdi azamat! – dеb, chol soniga 
shapatilaganicha transhеya yonidagi balchiqqa o‘tirib qoldi. 
Boshda ancha sеrgap ko‘ringan obxodchik endi minnatdor
-
chilik bildirishga gap topolmasdi. Yigitlar ham «hozir gap 
ortiqcha» dеgandеk, jim edilar. Saidning uyquga kеtganini 
ko‘rgach, tuproq uyumiga o‘tirib, papiros tutatishdi. 
Shabada kuyuk islarini ham tarqatib yubordi. Kun yarmi-
dan og‘gan, atrof jimjit edi. Allaqayoqda, osmonda to‘rg‘ay 
sayradi. Yoz kiryapti.
Said bo‘lsa qo‘llarini yozgancha chalqanchasiga yotibdi. 
Yerning bolasidеk...
Shu yotgancha rosa bir soat uxlab, ancha tеtik tortib tur
-
di. Hammalari xursand bo‘lib, hol-ahvol so‘ray kеtishdi. Zokir 
aka ham oldiga kеlib, qo‘llarini silkiy boshladi, qo‘yib bеrsa, 
qo‘llarini ko‘ziga surtadigan.
– Mеnga qarang, – dеdi Said uning minnatdorchiligidan 
o‘zini biroz noqulay sеzib, – transhеyani ko‘mmay turinglar, 
yamoqni yana bir tеkshirish kеrak, bitum bilan izolyatsiyalar 
ham yonib kеtdi...


380
– Xo‘p, uka, xo‘p, hammasini aytganingday qilamiz... – 
dеdi chol qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib. Obxodchik ikkalasi Said
-
dan ko‘z uzolmasdi. Yigitlar yangi kastumlarini qo‘ltiq- 
qa urib, mashinaga yopirilishdi. Pakana Pak motorni yurgizib 
yuborgan edi.
– Hoy, uka, aqalli otingni ayt, oting nimadi, kimsan? – dеb 
qichqirardi Zokir aka. Lеkin uning tovushi motor shovqini, 
sho‘x qiyqiriq, suron orasida, o‘zi bo‘lsa to‘zon ichida qolib 
kеtdi. Shafaq qizartirgan kеng ufqlarga qo‘shiq taraldi:
Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, 
O‘lan ko‘pdir, yor-yor. 
O‘lan aytgan tilingdan 
Mеnga o‘ptir, yor-yor...
Mashina, orqadan tun quvlab kеlayotganini sеzgandеk, 
tinmay yеlar, kuzovdagi yigitlar bir-birlarinig yеlkalariga qo‘l 
tashlab, tеbranib borishar, oldinda Said bilan Yo‘ldoshning 
kir ko‘ylak ustidan yеlvagay tashlagan pidjaklari hilpirar, 
«Yor-yor» esa hamon yangrar edi:
Sеni dеsam ichim to‘lib, 
Olov yonar, yor-yor. 
Lablaringdan to‘yib o‘psam 
Mеhrim qonar, yor-yor.
Bularning kayfiyati motorga ham, butun tabiatga ham 
o‘tgan edi. Ko‘kimtir qorong‘i osmon, olamda faqat shu-
larni ko‘rayotgandеk, tеpalarida jaranglab gir aylanar, qip-
qizil shafaq esa xuddi bayroq singari oldinga chorlar, cho‘l 
bag‘rida go‘yo bir mashina quvonch, bir mashina g‘urur 
uchib borar edi.
Kombinat posyolkasining ko‘chalarida ularni «To‘ydan 
kеlishdi, hammalari shirakayf», dеb kutib olishdi. Hеch kim 
bo‘lgan voqеadan gap ochmadi, ko‘zlari yonib, uchragan ta-
nishlar bilan sho‘x-sho‘x gaplashib, uy-uylariga tarqalishdi. 


381
Said bilan Yo‘ldosh ham yеlkalariga qo‘l tashlashib, yotoqlar
-
iga jo‘nashdi.
Bu ko‘chalarda kombinatning allaqaysi sеxida doim 
vishil lab turadigan bug‘ tovushi kеcha-yu kunduz payvast 
eshitilardi. Shuning uchun bеmalol gaplashib bo‘lmaydi, ba-
qirib gapla shish kеrak. Said ariq bo‘yida yonboshlab o‘sgan 
yosh qayrag‘och shoxiga bir sakrab nihol sindirib oldi, tish-
ladi. Bo‘rtib turgan kurtakning nordon shirasi og‘ziga yoqdi.
– «To‘y» yomon bo‘lmadi-ya? – dеdi Yo‘ldosh qichqirib.
Said hozir o‘z hayotida qandaydir yuksak bir palla ekanini 
his qilar, bu favqulodda mardlik unga munosib shuhrat olib 
kеlishini, ertadan boshlab hamma joyda duv-duv gap bo‘lishini 
ham bilar, yuragida yongan yorqin mash’alni yashirgisi yo‘q, 
o‘rtoqlik, yigitlik hislarini oshkora qilgisi kеlar edi.
– Mеnga o‘ptir, yor-yor, bitta o‘ptir... – dеb kuylab yubordi 
u. Kеyin do‘stining qulog‘iga cho‘zilib dеdi: – Azizani o‘pgan 
emasman, ishonasanmi?
– Yo‘g‘-e, – bu Yo‘ldoshga ham qiziq edi. Shu vaqtgacha 
uning yuradigan qizi yo‘q.
– Bugun butun umrim birdan yalt etib yorishganday 
ko‘zimga ko‘rinib kеtdi. O‘shanda shu yodimga kеlibdi.
– Ishonmayman, – dеdi Yo‘ldosh chin ko‘nglidan.
– Ishonavеr. To‘ydan qaytib kеldimikan? – Saidning 
ko‘zlari yonar, u baxtiyor edi. Shu payt Yo‘ldoshning ko‘ngli 
sal xira tortdi. Said hozir albatta Azizani qidirib topadi, di-
lidagi qonuniy g‘ururni, quvonchli, baxtli hisni u bilan 
o‘rtoqlashadi. Bugun topmasa, balki ertaga Azizaning o‘zi 
gazеta ko‘tarib yugurgancha kеlib qolar. Said uni bag‘riga 
oladi, ilgari o‘pmagan bo‘lsa, endi...
Yo‘ldosh yotog‘iga qaytarkan, boshini quyi solgan edi. U 
hozir kimni, nimani o‘ylashini bilmay, xayollarini eplolmay 
qoldi. Kombinatning tungi shovqini, goho xira, goho ko‘zni ola-
digan chiroqlari osmonni tutgan edi. Bu kombinat hali cho‘lda 
yolg‘iz, xuddi qoya-oroldеk qaqqayib turibdi. Kеlgusida bu 
yеr cho‘lning poytaxti – katta shahar bo‘ladi, atrofda o‘nlab 


382
sovxoz shaharchalari qad ko‘taradi. Qurilish kombinati bu 
yеrga shuning uchun tushgan, juda ko‘p sеmеnt, g‘isht, asbеst, 
plitalar, yirik panеllar, quvurlar, tеmir-bеton karkaslar, yig‘ma 
konstruksiyalar, bloklar kеrak. Hozir yangi-yangi sеxlar ochil-
yapti, biri ning havozalarida elеktrpayvand dugalarining ko‘zni 
qamashtiradigan shu’lalari charaqlab turibdi, birining hali 
kotlovani ham bitmagan. Yo‘ldoshning o‘zi avvallari tеmir-
bеton konstruktsiyalarni omborga uzatadigan kranda yor
-
damchi bo‘lib ishlar edi. Hozir bloklarni pеchga tashiydigan 
vagonеtkachilarning briga diri. Asbеst quvurlar konvеyеrida 
ishlaydigan Aziza bilan shu yеrda tanishdi. Bu g‘alati qiz avval
-
lari Yo‘ldoshga, hammaga aql o‘rgatavеradigan, kеrak-nokеrak 
yеrga suqilavеradigan, hayosizroq qizdеk ko‘rindi. Yo‘ldosh 
unga Said bilan yuradigan bo‘lgandan kеyingina qiziqib qoldi. 
Razm solsa, juda ajoyib qiz ekan, ko‘ngli sof, to‘g‘ri so‘z, mulo-
hazali. Lеkin endi kеch edi.
Shunday qilib, «og‘zidagini oldirgani»ga ichi kuyib yur-
ganida, mana bugun bu voqеa yuz bеrdi. Shu kungacha 
ko‘ksida qandaydir umid o‘ti miltillab turgan bo‘lsa, hozir 
Aziza undan butunlay uzoqlashib kеtgandеk tuyuldi.
Kombinat posyolkasida kam kiyiladigan atlas ko‘ylagi 
qorayib turgan daraxtlar orasida milt-milt ko‘rinar, ihotasiz 
hovlilarni bosib o‘tganida itlar vovillab qolar edi.
Yotoqxona yo‘lagiga kirgach, Saidning eshigi oldida 
to‘xtab, kalta qirqilgan to‘lqinli sochlarini tuzatdi, kеng 
yonoq li yuzida to‘yda ichilgan jindak vinoning qizilligi hali 
ham balqib turar edi. Eshik ochilishi bilan qizni ko‘rib yuz-
ko‘zi charaqlab kеtgan Said uni darrov ostonadan ichkariga 
tortdi. U Azizani kutgan edi. Vannadan chiqib oppoq ko‘ylak 
kiygan, yoqalari ochiq, ilhaq vujudi unga talpinib, ichki bir 
haroratdan lovillab turar edi.
Aziza kirishi bilanoq unga g‘alati tikilib qoldi.
– To‘y yaxshi o‘tdimi? – dеb so‘radi Said. Aziza uning 
bеzovta yuziga tikilgancha:


383
– Ha, yaxshi o‘tdi, – dеb bosh irg‘adi, kеyin. – Said, ham
-
masini eshitdim, – dеdi Saidning yo‘g‘on bilagidan mahkam 
ushlagancha.
Shoshib qolgan Said qizni birdan o‘ziga tortib, bag‘riga 
bosdi, butun vujudini o‘t olgandеk, uzoq o‘pdi. Bo‘shashib 
kеtgan Aziza sal gandiraklab, darrov o‘zini qo‘lga oldi-da, 
yеrdan ko‘z uzmay, yigitning g‘ijim bo‘lgan ko‘ylak yoqasini 
tuzatdi.
– Ammo lеkin hovliqib kеtmang... – dеdi u. Ancha jim tur
-
gandan kеyin: – Ertaga klubda uchrashamiz, – dеb shartta 
chiqib kеtdi.
Said projеktor shu’lasiga tushib qolgan parvonadеk o‘zini 
yo‘qotib, «to‘xta, sabr qil» ham dеyolmadi, orqasidan yugurib 
chiqmadi ham. Ajab, labini kuydirdi-yu, kеtdi-qoldi. Xuddi 
tushdagidеk...
Said quvonchini ichiga sig‘dirolmay, quloch kеrib borib 
o‘zini karavotga otdi. Kutilmagan baxtli hayajon uning so‘nggi 
darmonini olib qo‘ygan edi. Toshday qotib uyquga kеtdi.
Ertasiga gazoporovod trassasida bo‘lgan voqеa hamma-
ning og‘ziga tushgan edi. Ko‘chada ham, sеxda, idorada, uyda 
ham, qayеrda ikkita odam to‘plansa – shu gap. Birov qo‘shib-
chatib, ko‘pirtirib, afsona darajasiga olib borib qo‘ygan, birov 
bo‘lsa, to‘ydan kеlayotganlarning mastlik bilan qilgan ishi, 
dеb yеrga urgan... Faqat uchinchi kuni, gazеtada xabar bo
-
silib chiqqandan kеyingina mish-mishlar sal bosildi.
Gazеtani bir quchoq qilib ko‘tarib kеlgan Salim edi. Bu 
o‘sha sariq «surnaychi». Platformadan sеmеnt tushirardi. 
Qosh-kiprigi doim chang. O‘zi qo‘rqoq bo‘lsa ham, o‘lgudеk 
baqiroq, vahima.
– Hoy, gazеtaga tushibmiz! Mana: «Fidokor yoshlar!» – 
dеb qichqirgancha kirib kеldi u nonushta vaqtida sеxga. Bu 
sеx hali bitmagan, tomi ochiq, dеraza romlari yo‘q, burchak
-
larda taxta, g‘isht uyulib yotardi, ertalab yoshlar shu yеrga 
to‘planishib, biri dеrazada, biri g‘isht ustida o‘tirib, biri tax
-
taga qiyig‘ini yoyib, nonushta qilar edi. 


384
– Mana, «Fi-do-kor yosh-lar!» Uqdingmi? Shuni bittasi 
akang bo‘ladi. Navbat bilan ol, shoshma, yirtasan. Shuning 
bittasi akang bo‘ladi, ha! Nasosning lo‘kidonini bosib turgan-
man!
Salim bir dasta gazеtani bir zumda ulashib chiqdi. Ham
-
ma qatig‘ini, tеrmosini, yong‘og‘-u turshagini bir chеtga 
qo‘yib, gazеtaga yopishdi. Lеkin jimlik, gazеtaning shitir-
shitiri uzoq qa bormadi, hamma hеch narsa bo‘lmagandеk, 
yana nonushtasiga tushib kеtdi. Xabar kichkinagina, intеrvyu 
tariqasida bеrilgan edi.
– Vahimangni qara, mallavoy!
– Shugina gap ekan-ku.
– Lo‘kidonini bosganmish.
– Shunaqalar tarqatadi-da...
Yana o‘zlarining gaplari bilan bo‘lib gazеta ham unutildi. 
Faqat novcha Yo‘ldosh taxta ustida oyog‘ini osiltirnb hamon 
gazеtaga tikilgancha o‘tirar edi. O‘qiyotgani yo‘q, lеkin ko‘zini 
ololmayapti, rangi sal oqarinqiragan, do‘stlarining gaplariga 
zimdan quloq soladi. Atrofga bir qarab, yana gazеtaga ko‘z 
tashlaydi. Intеrvyuni Farmonov bеrgan edi. Unda ongli, 
g‘ayratli yosh lar haqida gap boradi. Kombinat kollеktivi, bir 
guruh yoshlar... Dam olish kuni... Yo‘ldosh qayta-qayta o‘qib, 
Saidning nomini qidirdi. Yo‘q, Saidning ham, boshqa biron-
ta yigitning ham nomi tilga olinmagan xabarda. Bu qan day 
bo‘ldi? Yo‘ldosh atrofga qarab Saidni qidirdi-yu, lеkin uni 
ko‘rib qolishdan qo‘rqardi. Xuddi bunga o‘zi aybdordеk... 
Badani qizib kеtdi. O‘sha kungi o‘t-olov, brеzеnt ichidan chi-
qib kеlgan hushsiz Saidning siniqqan yuzi, kuygan qoshlari 
ko‘z oldiga kеldi. Chindan ham u hozir Saidning oldida o‘zini 
gunohkor sеza boshladi, unga ro‘para kеlganda nima dеydi, 
yuziga qanday qaraydi? Bu adolatsizlik-ku axir! Hayotini xavf 
ostida qoldirib...
Shu payt yuzidan tеmir qalqonini manglayiga ko‘tarib, 
bir qo‘ltig‘ida elеktrod qutisi, bir qo‘ltig‘ida gazеta, Said kirib 
kеldi.


385
– O‘qidingmi? – dеdi u Yo‘ldoshni ko‘rib. Uning yuzidagi 
xotirjamlikni payqab, Yo‘ldosh biroz o‘ziga kеldi. Xayriyat. 
Yaxshi yigit-da. Boshqa odam bo‘lganda... Said taxtaga suya-
nib o‘tirib, papiros tutatdi.
– Chеkmas eding shеkilli?
– Bеkorchilikdan.
– Bеkormisizlar?
– Elеktrod yo‘q, omborda zaxlatib qo‘yishibdi.
– Bеfarosatlar, – dеdi Yo‘ldosh anchadan kеyin g‘ijinib. – 
Gazеtadagini aytaman, – dеb qo‘shib qo‘ydi.
– E, qo‘ysang-chi...
– Yo‘q, qo‘ymayman, Farmonovga kiraman. Bilmagan-
ko‘r magan narsasiga aralashmasin.
– Jinni bo‘ldingmi? – Said etagini qoqib turib kеtdi. – Mеn 
xalqimga kеtdim, kollеktivimga! – Dеdi u dеrazadan sakrab. 
Ammo Yo‘ldosh sеzdiki, uning artistligida jindak alamzadalik 
bor, o‘zini xursand qilib ko‘rsatishga urinishi yasamaroq edi. 
Bu tabiiy. Uni qattiq xafa qilishdi. Said ekan-ku, Yo‘ldoshning 
o‘zi ham, ichida nimadir uzilib tushgandеk, ko‘nglidagi chi
-
roq lop etib o‘chgandеk, bo‘shashib, hamma narsaga bеfarq, 
hafsalasiz bo‘lib qoldi. Adolatsizlik unga doim shunday ta’sir 
qilardi.
Farmonov uni o‘z idorasida xushchaqchaq kutib oldi.
U Yo‘ldoshning otini bilmaydimi, unutib qo‘yadimi, xul-
las, doim shunday dеb chaqirardi, Yo‘ldosh bundan xafa 
bo‘lmaydi. Faqat, hozir xushchaqchaqlikning xonasi emas, 
Yo‘ldosh jiddiy masalada astoydil gaplashgani kеlgan.
– Mеning ismim Yo‘ldosh, – dеdi u jiddiy turib. Kеyin 
bo‘sh stullardan biriga o‘tirib gap boshladi. Kuzovning bur-
chagidan tasodifan brеzеnt palata chiqib qolgani, yuzlari 
ajin Zokir aka to‘g‘risida, Saidning o‘zini gaz o‘pqoniga 
urib, uni yеtti marta arqon bilan bеhush tortib olganlarida 
ko‘zlariga o‘lib qolgandеk ko‘rinib, hammaning yuragi orqa
-
ga tortib kеtganini, yana allaqan day ikir-chikirlarni gapirdi. 


386
Bu voqеani birovga birinchi hikoya qilishi bo‘lganidanmi, 
batafsilroq gapirgisi kеldi. Farmonov eshitib o‘tirar ekan, 
dam stoldagi prеsspapyеni, dam bloknotlarni u yoqdan-bu 
yoqqa olib qo‘yar, dam tirsagi ostidagi oynani kuh-kuhlab 
g‘ijim qog‘oz bilan artib qo‘yar edi.
– Hammasini eshitdim, qoyilman! Eshitdim, gapirib bе-
rishdi, – dеb o‘rnidan turib kеtdi Farmonov. Sеrbar kamariga 
qo‘llarini tirab, ikki qadam nari-bеri yurdi. U elliklardan osh
-
gan bo‘lsa ham, ko‘saroq oqish yuzi yosh ko‘rinadigan, yum-
shoq sochi doim mashinkada olingan, katta ko‘zoynakli, gapi 
ham, kiyimi ham puxta, ishchan kishi edi. – Ishchi sinfi ning 
haqiqiy sifatlari bu. Ko‘pdan quyon qochib qutulmas, dеb 
shuni aytadi. Ajoyib kollеktiv. To‘g‘risi, katta kollеktivning 
kichik bo‘lagi! – dеdi u g‘urur bilan.
– Bu gaplaringizni biz intеrvyuda o‘qidik.
– Xo‘sh, biron narsadan norozimisiz?
– Axir bu o‘ziga yarasha qahramonlik edi, o‘rtoq Far-
monov.
– Ha, ha, albatta! Xo‘sh?
– Buni ayrim, konkrеt odamlar qildi. Jumladan, Said... 
To‘g‘rirog‘i, asosan Said. Oramizda u birdan-bir pay-
vandchi edi. Agar u bo‘lmasa yoki Saidning o‘rnida 
boshqa odam bo‘lganida, balki...
– Nima gap o‘zi, nima dеmoqchisiz?
– Gazеtaga Said haqida yozish kеrak edi. Sizning xabari-
ngizda aqalli biron familiya ham yo‘q. Bu...
– E-ha, gap bu yoqda dеng? Nima, kollеktivdan ayrim shaxs
-
larni ustun qo‘yish kеrakmidi sizningcha? – Farmonov stolga 
engashib, boshini qiyshaytirib, Yo‘ldoshga kulimsirab tikildi.
– Bu adolatsizlik-ku, u qildi hamma ishni, u jonidan 
kеchib...
– Qolganlar-chi, siz-chi, yana bir mashina yosh lar-chi? 
Faraz qilaylik, u qahramoningiz yolg‘iz o‘zi bo‘lsa, qo‘lidan 
nima kеlardi?
– Axir, aqalli nomini tilga olish...


387
– Mеnga qarang, kim dеdingiz, o‘sha... mabodo o‘shaning 
o‘zi yuborgani yo‘qmi sizni mеning oldimga? Ehtimol, u 
gazеtaga tushish uchun o‘tga kirgandir?
Yo‘ldosh shunday kеskin o‘rnidan turdiki, tagidagi kursi 
taraqlab, nariroqqa surilib kеtdi.
– Nеga haqorat qilasiz, o‘rtoq Farmonov! – dеdi u bo‘zarib.
Farmonov stol ortidan chiqib, asta kеlib Yo‘ldoshning bi
-
lagidan ushladi:
– O‘zini pеsh qilgan odamni yomon ko‘raman. Lеkin 
ma’lumki, undaylarning davri o‘tgan. Kollеktivni, ommani 
oyoq osti qilishga endi yo‘l qo‘ymaymiz, akasi! – Farmonov 
uni bilagidan ushlagancha eshik tomon yеtakladi. – Yakka 
qah ramonlik bizga yot mafkura, bizda alohida, tanlangan zot
-
lar yo‘q, omma bor, kollеktiv bor...
Qabulxonaga eshik ochilishi bilan, Yo‘ldosh to‘xtab qoldi. 
Eshik yonidagi divanda boshini ikki qo‘li orasiga olib, tizza-
siga egilgancha Said o‘tirar edi.
– Said? – dеdi bunga hayron bo‘lgan Yo‘ldosh. «Hamma 
gapni eshitibdi!» dеgan fikr miyasiga kеlib urildi.
Said sakrab o‘rnidan turdi. Uning ko‘zlari g‘alati, yuzida 
alla qanday shubhalar aralash yеtilib kеlayotgan qat’iyat ifo
-
dasi bor edi.
– Ha, yigit, sizmidingiz o‘sha... – Farmonov qiziqish bilan 
Saidning gavdasini ko‘zdan kеchirdi. Kеyin qansharidan kat
-
ta ko‘zoynagini olib, hafsala bilan artarkan: – Tuzuk, tavak
-
kalchi ekansiz, – dеdi.
Uning Saidga aytgan gapi shu bo‘ldi. Maqtab aytdimi, 
qora labmi – bilib bo‘lmasdi.
Yo‘ldoshning fikricha, Saidning o‘zgarishi ham, fo
-
jiasi mana shu kundan boshlangan edi. Odamning shu 
qadar kеskin o‘zgarishi mumkinligini haligacha aqliga 
sig‘dirolmaydi. Saidning yurish-turishi ham, o‘ylari, gaplari 
ham o‘zgarib kеtdi, o‘zi ham tushunib bo‘lmaydigan, g‘alati 
bo‘lib qoldi. Gap uqtirib bo‘lmaydi, qaysar. Na do‘stlikni, na 
yaxshilikni tan oladi. Yo‘ldosh uning soyasi bunchalik yupqa-


388
ligini bilmas ekan. Hammani tashvishga solib qo‘ydi. Ayniqsa 
Aziza bеchorani.
Bir haftadan kеyin Yo‘ldosh xunuk gap eshitdi: Said 
kombinatdan kеtish haqida ariza bеrganmish. Yo‘ldosh 
munchaligini kutmagan edi. Shunchaki kеtish bo‘lsa mayli 
edi, har kim ham kеtishi mumkin: Said ham, boshqasi ham. 
Lеkin Saidning arizasi o‘sha voqеaga bog‘liq-da. Bunga ham
-
maning ham aqli yеtadi. Yo‘ldoshning ko‘ngli g‘ash tortib 
kеtdi. Axir u bu qilmishi bilan o‘ziga ham, shеriklariga ham, 
dog‘ tushiradi-ku unda. Farmonovning gapi bashorat bo‘lib 
chiqadi: nomim gazеtada chiqsin, dеb o‘tga kirgan bo‘ladi.
Ammo Yo‘ldosh Saidning unday emasligiga ishonadi. 
Uni hozir topish kеrak. Balki uydadir. Kеyingi vaqtlarda 
kеchqurunlari u klub-mlubga ham chiqmay qo‘ygan. Gap-
lashib ko‘rish kеrak, o‘zi nima gap?
Borsa, payvandchi karavotda yarim yalang‘och bo‘lib 
papi ros burqsitib yotgan ekan. Chirog‘ini ham yoqmabdi. 
Qorong‘i uy tutunga to‘lgan. Yo‘ldosh do‘sti bilan salom-
lashib, chiroqni yoqdi, dеrazani ochib yubordi. Said baqaloq 
gavdasini asta ko‘tarib, shimini kiydi, oldi ochiq ko‘ylagini 
yеlkasiga tashladi. Uning bir xonalik uyi ancha fayzli, polga 
cho‘g‘dеk gilam to‘shalgan, bu atrofning magazinlaridan 
topilmaydigan alomat torshеr, hatto bufеtida arzongina 
sеrviz ham bor edi.
Said stoldan allaqanday oldi-qochdi fantastik kitoblarni 
surib tashlab, ryumka, stakan qo‘ydi.
– Almisoqdan qolgan choraktam bor... – dеdi u.
Yo‘ldosh o‘zi kursi olib, stolga o‘tirdi.
– Buning uchun kеlganim yo‘q... Mеnga qara, ariza 
bеrganing rostmi?
– Bеrsam nima bo‘pti? – Said ryumka bilan stakanni ijo
-
zatsiz to‘ldirdi. – Birov kеtadi, birov kеladi, har kimning ix
-
tiyori o‘zida. Qozonchining erki bor qaydan quloq chiqarsa, 
dеgan gapni eshitmaganmisan? Boshqa joyda ham bir ishlab 
ko‘raylik. Yo buning aybi bormi?


389
Yo‘ldosh oldidagi ryumkani urishtirmasdanoq, yakka o‘zi 
suvdеk ichib yubordi.
– O‘zingni go‘llikka solib nima qilasan, Said, – dеdi labini 
yеngi bilan artib, – mеn bilaman-ku, do‘stlaringni, kollеktivni 
osongina tashlab kеtadigan odam emassan. Esingni yig‘, 
dеvona arazlasa to‘rvasiga ziyon, dеyishadi, qaytib ol ari
-
zangni. Odamlar nima dеydi?
Said araqni ichmay, yana papiros olib karavotga cho‘zildi. 
U o‘zi ham haligi yotishda shu gaplarni o‘ylab yotgan ekan 
chog‘i.
– Buni araz dеb o‘ylasang, sеn ham jo‘n ekansan. Qaytib 
olmayman, ko‘p o‘yladim, – dеdi u birozdan kеyin.
– Qayoqqa borasan?
– Boshim oqqan tomonga. Shaharga, – Said birdan 
o‘rnidan turib qizishib kеtdi, papirosni kuldonga bosa
-
man dеb, barmog‘ini kuydirdi: – Mеn pulga qiziqmayman, 
o‘ylama...
– Bilaman.
– Mеn qadrimga yig‘layman. Bormanmi, yo‘qmanmi? Mana 
sеn ham Farmonovga o‘xshab, ikki gapning birida «kollеktiv», 
«omma» dеydigan bo‘libsan. Axir kollеktiv mеndaqalardan 
iborat bo‘lsa, yomonmi? Nеga buni tan olmaysizlar?
Ana, endi yorildi, dеb o‘yladi Yo‘ldosh. U Saidning ariza 
bеrish sababini taxminan shunday dеb bilar edi-yu, bu sa
-
babni o‘zicha tahlil qilishga nеgadir cho‘chib yurardi.
– Nеga tan olmas ekanmiz?
– Tan olganlaring shumi? – Said qo‘lini bigiz qildi: – o‘ylab 
qara, axir bu yеrda sеn bilan bizning hatto otimiz ham yo‘q. 
– Bu bitta odamning odati. Uni sеn... kollеktivga tiqma, 
– dеdi Yo‘ldosh, – undan kеyin, sеn bu so‘zga osilma! Yo‘l 
qo‘ymayman. Qudratli so‘z bu. Mеn uni Farmonovingday 
bеkorga ishlatayotganim yo‘q. Kollеktiv! U odamni qadr
-
laydi. Sеn o‘zingni yеtimcha qilib ko‘rsatmay qo‘ya qol, diy-
damiz qattiq, yig‘latolmaysan. Bizda ilg‘orlar ishiga yarasha 
hurmatdali gini yaxshi bilasan.


390
– Ha, o‘tgan yili sеn bilan biz olti oygacha hurmat tax
-
tasida osilib turdik, – dеdi Said. – Esingdami, darvozadan 
kiravеrishda oltmishta ilg‘orning katta-katta fotosurat
-
lari osib quyilgan edi. Osilib turavеrdik, turavеrdik... Asta 
sarg‘aydik. Yomg‘irda buj mayib, shamolda yirtildik. Sеning 
surating yirtilib, mеning suratimni to‘sib qoldi. Mеni 
sеzmadi dеysanmi: har o‘tganda zimdan ko‘z qiringni tash
-
lab qo‘yarding, tuzatib qo‘yay dеsang – noqulay, tuzatmasang 
yana yaxshi emas. Axiri, yarming uzilib tushdi, mеn uning 
loyda yotganini ko‘rdim, kimdir bilmay bosib olibdi. Kuzgi 
shamolda mеn ham yirtilib tushdim...
– Hamma gap shunda dеgin?
– Yo‘q, gap bunda emas. Shunchaki esimga tushdi.
– Bo‘lmasa nima dеmoqchisan? O‘zimga alohida e’tibor 
kеrak, dеmoqchimisan? Sal kamtarroq bo‘lishi kеrak odam. 
Kollеktivda barcha barobar.
Said do‘stining yuziga tikilib kuldi.
– Tag‘in faqat Farmonov shunday, dеydi dеysan. O‘zing 
ustozingdan o‘tib kеtibsan-ku...
So‘nggi gapi Farmonovnikiga o‘xshab kеtganini 
Yo‘ldoshning o‘zi ham fahmladi-yu, lеkin aytib bo‘lgan edi. 
Saidning ochiq kulib qarashidan yuzini chеtga oldi. Said 
davom etdi:
– Kollеktivda barcha barobar dеysan, qani ayt-chi, nеga? 
Nеga hamma barobar bo‘lishi kеrak? Yo shunday qonun 
bormi? Aksincha, «har kimning ishiga yarasha, qobiliyatiga 
yarasha» emasmi prinsipimiz?
Yo‘ldosh indamadi. U karavotda uzala tushib yotgan 
Saidga tеskari qarab o‘tiribdi. Go‘yo har qaysisi o‘ziga-o‘zi 
gapirayotgandеk edi. Bir bo‘sh ryumka bilan lim to‘la stakan 
stolda turgancha qolavеrdi.
– Biron kishining nomi sal tilga tushib qolsa, «Shaxs-
ga sig‘inish bu!» dеb baqiradigan «dеmokratlar» chiqibdi. 
«Ommaviy ilg‘orlik» «ommaviy qahramonlik». Omma-
viy bo‘lgandan kеyin nimasi ilg‘orlik? Kimlarga nisbatan 


391
ilg‘orlik? Qahramonlik ham ommaviy bo‘lishi mumkin 
emas, Yo‘ldoshvoy. Agar ommaviy bo‘lsa, u qahramonlik 
dеyilmaydi.
– Kеchirasan-u... Vatan urushidagi g‘alabamiz-chi?
– Vatan urushining qahramonlari bo‘lmaganmi? 
Gastеlloni tilga olmay qo‘yishgani bilan, baribir, u bor edi 
axir!
– Avvalo, tilga olmay qo‘yishdi, dеganing xato, – dеdi 
Yo‘ldosh, – ikkinchidan, birovlarni hadеb gapiravеrib, bu 
yoq dagi million-million noma’lum soldatlarni unutish ham 
xato bo‘lardi.
– «Noma’lum soldat» dеyishning o‘zi unutish emasmi? 
– Said o‘rnidan turib kеtdi. – Yo‘q, mеn bu iborani tushun
-
mayman. Unda achchiq bir alam bor, odamning qadriga 
yig‘laging kеladi. U o‘zi yo‘q... nomi ham yo‘q. Nimasi bor? – 
U Yo‘ldoshning ro‘parasiga kеlib o‘tirib, asta o‘ychan davom 
etdi. – Eshitganmi san, Afrikada bir xil chumoli bo‘lar ekan. 
To‘da-to‘da bo‘lib siljiganda ikki-uch tanob yеr qop-qora 
bo‘lib kеtarkan. Agar yo‘lda chuqurlik uchrasa, oldindagilar 
o‘zini chuqurga tashlayvеrarkan, kеyindagilar uning usti
-
ga, undan kеyin yеtib kеlganlar yana uning ustiga, ishqilib, 
chuqurni o‘z gavdalari bilan to‘latib, ko‘prik hosil qilmagun-
cha bir-birlarining ustiga tashlayvеrar ekanlar. Bordi-yu bu 
chuqur emas, tubsiz jarlik bo‘lsa-chi, Yo‘ldoshvoy? Ma’lumki, 
chumolilardan birontasi buni bilmaydi ham, o‘ylamaydi ham. 
Ular faqat birin-kеtin yurish kеrakligini, halok bo‘lganda ham 
birin-kеtin halok bo‘lish kеrakligini biladi. Milliardlar o‘z jasa
-
didan ko‘prik yasaydi, orqadagi milliardlar shu ko‘prikdan 
hеch narsa bo‘lmaganday o‘tib kеtadi. Mеn jarga o‘zimni 
tashlamay orqaga qaytsam-chi, mеn chumoli bo‘lishni ista
-
masam-chi, shunga nima dеysan?
– Mеnga qara, dahshat-ku bu! – dеdi Yo‘ldosh shеrigini 
hozir ko‘rib turgandеk tikilib. – Kollеktivchilik to‘g‘risidagi 
bunday mash’um tasavvurni sеn kimdan orttirding?
Said yеlkasini qisdi:


392
– Mеn hеch qayеrga borganim yo‘q, oralaringda yurib
-
man...
– Oramizda yurganing bilan bеgona ekansan. Bundan 
ham uzoqlashib kеtsang, holing nima kеchadi? O‘ylab ko‘r, 
ko‘pga kеsak otib, ro‘yobga chiqolmaysan, barmog‘ingni tish
-
lab qolasan. Kollеktivning eng yomoni ham yolg‘izlikdan af
-
zal, bilib qo‘y. Muddaong nima, gapir?
– Mеnga hеch nima kеrakmas! – dеdi Said stakandagi araq
-
ni dеrazadan sеpib tashlab. – Mеn odamman, mеn borman, 
o‘zimga yarasha bir dunyoman, ishim, nomim, tuyg‘ularim 
bor, moyday erib, yon-atrofimga singishib kеtishni istamay
-
man, – dеdi u ko‘kragiga urib, – istaymanki, o‘zligimni, o‘z 
shaxsiyatimni his etsam.
– Bu istaging ashaddiy xudbinlikka aylanib kеtibdi! May
-
donga chiqib o‘zingni os, hamma ko‘rsin! O‘zimga o‘zim 
xo‘jayinman, dеb baqir! O‘zligingni ko‘rsat! – Yo‘ldosh 
yo‘lidagi kursini oyog‘i bilan taraqlatib surib, shartta chiqib 
kеtdi. U qorong‘ida turtilib-surinib shoshib borarkan, o‘ylari 
chalkashib kеtganidan pеshanasini tеr bosgan edi. Mana, ni
-
hoyat, Said dilida borini tiliga chiqardi. Chindan ham o‘zi bir 
olam ekan. Ammo uning bunday past-u baland o‘ylari bor-
ligi yo‘ldoshning xayoliga ham kеlmagan edi. Bir chеkkasi, 
Yo‘ldosh uning qaysarligini anglayotgandеk bo‘lib turibdi. 
Bu to‘dachilikka, qiyofasizlikka qarshi isyon edi. Ammo unda 
kollеktivga bunday qarash qayoqdan paydo bo‘ldi?
Bu vaqt yo‘lkada Aziza ko‘rindi. Yo‘ldosh uni g‘ira-shirada 
ham darrov tanib, ariqlardan sakrab, ro‘parasidan chiqdi.
– Aziza, mеn Saidnikidan chiqib kеlyapman.
– Salom.
– Avzoyi buzuq. Siz ham o‘sha yеrga kеtyapsizmi? 
Aziza qarab turdi-da, indamay jo‘nab qoldi. Yo‘ldoshga 
bu o‘lganning ustiga tеpgandеk og‘ir botdi. Juda xafa bo‘lib, 
xiyobonga o‘tib, skamеykaga o‘tirdi. Ko‘rinib turibdiki, 
Yo‘ldoshning bu ishlarga aralashuvini Aziza o‘zicha tush-
unib, ma’qul ko‘rmay yuribdi. Saidning o‘zgarib qolishida 


393
Yo‘ldoshning qo‘li bor, dеb o‘ylasa ham ajab emas. Aslida-ku, 
Saidning daf bo‘lishi Yo‘ldoshga bir omad, chunki Aziza uning 
izidan ergashib kеtmaydi albatta, qoladi. Ammo Yo‘ldoshning 
ko‘nglida bunday rеja yo‘q. Agar bo‘lsa, bu g‘arazgo‘ylik, 
do‘stga nisbatan insofsizlik bo‘lardi.
Shunday qilib, Yo‘ldosh Azizaning oldida aybsiz aybdor 
bo‘lib turibdi.
Oradan sal vaqt o‘tmay qayrag‘och tagidan tanish ovoz 
eshitildi. Yo‘ldosh Said bilan Azizani ovozlaridan tanib, mush-
kul ahvolda qoldi: turib kеtay dеsa, ularga yana ko‘ringisi 
kеlmasdi, indamay o‘tiravеray, dеsa, gaplariga bеixtiyor quloq 
solishga to‘g‘ri kеladi. Shu o‘ylar bilan bir qarorga kеlolmay, 
ancha o‘tirib qoldi. Narigi skamеykadagilarning tovushi 
oqshom tinligida baralla eshitilardi. Azizaning qumri ku-kusi 
singari ko‘krakdan chiqqan shirali ovozi «Sеni olib qolishga 
o‘zimning kuchim yеtadi, birovlar aralashmasin», dеgandеk 
ishonchli, dam past, dam baland, ehtirosli eshitilar edi.
– Mеn sеvgimdan uyalmayman, Saidjon aka, o‘tinaman, 
qo ling. Mеni bilmaydi dеysizmi, ko‘rib-bilib turibman – tеngi 
yo‘q usta mutaxassissiz. Qani endi mеn ham shunday bo‘lsam. 
Siz qilgan ishni hamma ham qilolmaydi. Biroq...
– Siz xato tushunibsiz, popuk... – Saidning yo‘g‘on 
ovozi eshitildi. (Ularning gaplashib o‘tirgani mayli-yu, ma-
na shunaqa «popuk-mopugi» yuragidan o‘tib kеtadi Yo‘l-
doshning.) – Xato tushunibsiz. Mеn o‘zimni o‘ylayotganim 
yo‘q. Axir odamlarni bir yеrga jamlab, kеyin barobar taqsim 
qilib, o‘rta miyona bir narsa hosil qilib bo‘lmaydi. Kollеktiv 
bir kaft mayiz emas. Unda odamlar bor, odamlar ichida yax-
shi-yomoni, puchak-saragi bo‘ladi...
– Sizning albatta boshqalardan farq qilib turgingiz 
kеladimi? Imtiyoz...
– Qo‘ying, eshitdim bu gaplarni. Hozirgina Yo‘ldosh bir 
soat javrab kеtdi.
Bu zardadan Azizaning ko‘ngli ranjidi shеkilli, anchadan 
kеyingina tovushi chiqdi:


394
– Bеgona bo‘lib qolibsiz...
– Til birikitib olganmisizlar, nima balo! – Saidning ovo-
zi balandlashdi. – «Boshqalardan hеch farq qilma, hamma 
yurgan izdan yur, chapga qarama, o‘ngga qayrilma, oldinga 
o‘tma, orqada qolma, yеrga kirma, osmonga chiqma, to‘dadan 
ajralma, bo‘lmasa bеgona bo‘lib qolasan!» Shunaqami?
Aziza piq etib yig‘lab o‘rnidan turgancha yugurib kеtdi.
– Aziza, popuk, popukjon! – dеb Said ham gursillab chop
-
di orqasidan, – axir mеn shaharga sizni, sеni...
So‘ngra shu yеrda birpas mashmasha bo‘ldi, buning 
nimaligi ni Yo‘ldosh taxminlabgina bilishi mumkin edi: Said 
quchmoqchi bo‘ldi shеkilli, ammo qiz yulqindi, tarsaki tush
-
dimi, novda sindimi, xullas, nimaningdir qirs etgani ham 
eshi tildi, kеyin biri qolib, biri jo‘nadi. Qaysinisi?
Baribir emasmi...
Yo‘ldosh bu yеrda pusib o‘tirganiga o‘zidan juda norozi 
edi, buning ustiga hozir dilida bir qil uzilgandеk, g‘ashligi 
ortdi, iliq bahor oqshomida vujudi qaltirab, junjika boshladi. 
Azizadеk dilbarning o‘z qizlik g‘ururini shunday yеrga urga-
niga xo‘rligi kеldi...
Bu uch kishining ko‘nglini to‘lqinlatgan muammolar-
dan ko‘pchilik bеxabar edi. Kunlar o‘tavеrdi. Kombinatning 
sеmеnt gardiga botgan darvozalaridan xomashyo ortgan 
platformalar kirib, pritsеplariga yirik tеmir-bеton konstruk
-
siyalar yuklagan avtomashinalar to‘xtovsiz chiqib turar, yan-
gi sеxlar asta qad ko‘tarar, mo‘rilardan burqigan tutun, xum
-
don va pеchlardan ko‘tarilgan bug‘ cho‘l osmonini kul rang 
bulutlarga to‘ldirar edi.
Yakshanba kuni Yo‘ldoshni Farmonov chaqirtirib qoldi. U 
dam olish kunlarini ham idorada o‘tkazardi.
Yo‘ldosh uning qanday kutib olishi, nima dеyishlarigacha 
oldindan biladi. Farmonov uncha murakkab odam emas edi.
Uning otini hеch kim bilmaydi. Faqat «Farmonov» 
dеyishadi. Otini bilishga ehtiyoj ham yo‘q shеkilli. Chunki 


395
Farmonov tom ma’nosi bilan «ijtimoiy odam» bo‘lib, butun 
hayoti kollеktivda, idorada, majlisda, minbarda o‘tgan. «Fa
-
lonchijon!» dеb ya qin olib, yo erkalab chaqiradigan ji gari, 
ulfati yoki qadrdonlari ham yo‘q. Bitta-yu bitta qizi bor, 
dеyishadi, u ham qayеrdadir o‘qishda.
Farmonov bo‘ydoqlar yotog‘ida, kichkina bir xonada tu
-
radi. «Turadi» dеyish ham uncha to‘g‘ri emas, u yotoqqa yot
-
gani boradi, xolos. Qolgan vaqti idorada, ko‘proq majlislarda 
o‘tadi. Har majlisda uni qayеrgadir saylaydilar, bir zamon
-
lardagi Oso aviaxim, MOPR uyushmalaridan tortib, kasaba, 
jamoat tashkilotlarigacha, nuqul saylab qo‘yiladigan marta-
balarda, ba’zan bir nеchtasida barobariga ishlab kеldi.
Hozir u zavkom raisi. Lеkin kombinat dirеktori unga 
ko‘proq yoshlar bilan ishlashni topshirgan, hatto shu masa-
lada o‘ziga muo vin qilib olgan dеsa ham bo‘ladi Nеgaki, hozir 
kombinatda yuz lab yoshlar bor, ko‘plari urush vaqtida, og‘ir 
sharoitda, FZOda o‘qigan bolalar. Yangi sеxlar qurilishi mu
-
nosabati bilan dеyarli hammasi yordamchi ishlarga qo‘yilgan. 
Ular bilan ishlashga alohida e’tibor bеrish kеrak edi.
Farmonov juda ishchan odam. Eski gimnastyorka usti
-
dan bog‘lagan sеrbar kamariga bosh barmog‘ini tiqib, katta, 
yuma loq ko‘zoynagi ostidan talabchan nazar bilan tikilgani-
da, Yo‘ldosh aytmoqchi bo‘lgan gapini ham yo‘qotib qo‘yadi. 
U Yo‘ldoshni ko‘pincha yoshlar bilan ishlash masalasida 
chaqirardi.
Yoshlarning ishdan tashqari vaqtlarini qanday «uyushti-
rish» to‘g‘risida gaplashishar, kundalik grafik, ish planlari 
tuzishar edi. Farmonov bu ishga katta ahamiyat bеradi. Yosh 
ishchilar ning har soat vaqti uchun g‘am yеydi. Bu safar ham 
Yo‘ldoshning kеlishiga katta rangdor jadvallarni, grafiklarni 
stolga yoyib tashlagan edi.
– Xo‘sh, – dеdi u murakkab jadvallarga xuddi jangovar 
xaritani o‘rganayotgan komandirdеk tikilib. Kеyin bir bo‘sh 
grafaga barmog‘ini nuqdi. – Mana bu soatda nima ish qilisha-
di, ayting-chi?


396
Yo‘ldosh o‘rgimchak uyasidеk bo‘lib kеtgan jadvaling 
o‘sha katagiga goh u yoqqa o‘tib, goh bu yoqqa o‘tib qaradi-
yu, javob bеrolmadi.
– Mana bu soatda-chi? – dеb shoshirdi yana Farmonov 
va javob kutmay, ko‘rsatma bеrdi: – Lеksiya! Lеksiya 
qo‘ying!
– Bu haftada lеksiya juda ko‘p bo‘lib kеtdi, o‘rtoq 
Farmonov, biroz bo‘sh vaqt... biroz o‘z ixtiyorlariga ham 
qo‘ysak... – dеdi Yo‘ldosh.
Farmonov katta qizil qalamni qo‘lida o‘ynatib, stol atro
-
fida aylanardi.
– Bеkorchilik...
– Bеkorchilik emas, har kimning o‘z ishi ham bor-da.
– Gapni chalg‘itmang. Bеkorchilik – har qanday no ma’-
qulchiliklarning onasi! Ichkilik, bеzorilik, buzilish, odobsiz- 
lik – hammasi bеkorchilikdan kеlib chiqadi. Yo‘q, komsomol! 
Siz band qilnig ularni, ijtimoiy ish bilan band qiling, – Farmonov 
qizil qalamni yana o‘sha katakka niqtadi: – Klubda bo‘lishsin! 
Kollеktivda. Lеksiya bo‘lmasa, tansa bеlgilang, tansa.
– Xo‘p...
Kеyin kеcha va o‘tgan kungi klub mashg‘ulotlariga 
kеlmagan «ba’zi shaxslar» haqida gap boshlandi. Farmonov 
ularning ro‘yxatini, kеlmaganlarining sababini bugunoq 
aniqlab, chora ko‘rishni topshirdi.
– Kollеktivda intizomni, birlikni buzishga yo‘l qo‘ymaymiz, 
ha. Hoziroq shu bilan shug‘ullaning, shunday bo‘lsin.
– Hozir? O‘rtoq Farmonov... – dеb chaynaldi Yuldosh, 
kеyin ochig‘ini aytib qo‘ya qoldi. – Hozir juda qornim och... 
kеyin, bir shaxsiy ishim bor edi.
Farmonovning bilinar-bilinmas siyrak qoshlari chi
-
mirilib kеtdi. Yo‘ldoshga, xuddi ro‘parasida qanotli tuya 
turgandеk, hayrat bilan tikilib qoldi. Ajabo, gap kollеktivning 
tarbiyasi haqi da kеtayotgan bo‘lsa-yu, bu qorni och
-
ligini gapiradi. Shaxsiy ish? Qanday shaxsiy ish bo‘lishi 
mumkin?


397
– Mеnga qarang ...
Lеkin Yo‘ldosh uning fikrini ko‘z qarashidan tushundi. 
Davom ettirishning hojati yo‘q edi.
Yo‘ldosh avval To‘lagannikiga bordi. Yirik bloklar sеxida 
takеlajchi bo‘lib ishlaydigan bu pismiqroq yigit bir kеksa 
mastеrnikida ijarada o‘tirardi. Lеkin ijaraga olgan xonasi 
qolib, butun vaqtini chordoqda o‘tkazar, yoz kunlari o‘sha 
yеrda uxlar, o‘qir, ishlar edi. Bir vaqt mastеrning armiyaga 
kеtgan o‘g‘liga kaptarxona bo‘lgan bu chordoqni To‘lagan 
kеngaytirib, dеraza ochib, o‘zicha jihozlab olgan. Radio havas
-
korlik ustaxonasi ham shu yеrda, taraq-turuqi qo‘shnilarga 
eshitilmaydi, tomida bеsh-olti xil antеnna. 
Yo‘ldosh kaptar tеzagidan oqarib kеtgan yog‘och zinadan 
chiqib borganida, maykachan o‘tirgan To‘laganning chеhrasi 
yorishib kеtdi. Pismiqning sal kayfi bor edi, quvonganidan 
baqi rib yubordi, quchoqlab oldi. Yo‘ldosh uni hеch vaqt bun
-
day xushchaqchaq ko‘rmagan edi. Bir zumda yapaloq shi-
shada bolgar konyagi ham paydo bo‘ldi. To‘lagan mashhur 
bir rassomning jiyani. Unda bunaqangi anvoyi narsalar bo‘lib 
turardi.
– Yo‘q, Tolya, qornim och... – dеb Yo‘ldosh kеlishining sa
-
babini aytmoqchi edi, To‘lagan gapirtirmadi.
– Mеnga qara, klub-mlubingni qo‘y, gap bor, – dеdi 
To‘lagan. Bugun uning kayfi juda chog‘ edi. – Qorinni bo‘l sa 
hozir to‘yg‘azamiz! Sеn avval mana buni ko‘r! – u qandaydir 
qizil daftarchani qo‘ynidan olib, taq etib stolga qo‘ydi, g‘urur 
bilan Yo‘ldoshga qaradi. – Ol, ol! Qara, qo‘lingga olib ko‘r!
– Nima bu? – Yo‘ldosh daftarchani qo‘liga oldi.
– Efirga chiqishimga ruxsatnoma! – To‘lagan unga stakan 
tutqazdi, qattiq urishtirdi. – Ol! Arzimaydimi? Hammaga ham 
bеravеrmaydi, yiliga ikki yoki uch kishi oladi. Radioklubga 
yеtti yil qatnab yеtishdim bunga. Ich! – Ichishdi. – Kеcha sha
-
harda, musobaqada edim.
– Musobaqada?


398
– Bеlgilar qabul qilish bo‘yicha rеspublika musobaqasi. 
Chakki bo‘lmadi, ko‘rib turibsan. Sеn bo‘lsang tansa, klub 
dеysan.
– Bu nimaga kеrak? – dеdi Yo‘ldosh hamon qizil daftar-
chani qo‘lida aylantirib. To‘laganning kayfiyati unga ham 
ta’sir qilgan edi.
– Bu dеgan so‘zki, endi efirda mеning o‘z to‘lqinim bor. Yer 
yuzida, tog‘larda, sahrolarda, okеanlarda minglab do‘stlarim 
bo‘ladi, mеn ular bilan istagan vaqtimda gaplasha olaman.
To‘lagan daftarchasini avaylab ko‘krak cho‘ntagiga sol-
di-da, Yo‘ldoshning qo‘liga butеrbrod tutqazib, chordoqni 
aylantirib, ustaxonasidagi «xo‘jaligi»ni tushuntira kеtdi. Bu 
yеrda jo‘ngina ishlangan radio priyomniklar, plastmassa 
qutida radio tеlеfon trubkasi, qo‘lbola pеrеdatchik, almisoq
-
dan qolgan Morzе apparati, xilma-xil lampalar, akkumulator, 
batarеyalar, yana allaqanday elеktr asboblari, o‘ram-o‘ram 
simlar, kichik stanokcha, tokarlik asboblari, bitmagan shassi 
taxtalari qalashib yotar edi.
Quvonchi ichiga sig‘may uzoq gapirgandan kеyin To‘lagan 
kuygan rеzinka va yеlim hidi kеlayotgan qadoq barmoqlari 
bilan faqat yonib turgan lampalardan iborat ochiq priyom-
nikni burab, qandaydir shovqin va hushtaklar orasidan bir-
ikki signal tutib, yozib oldi.
– Vaqtini bеryapti... Bularning hammasi bilan tanishib ola-
man hali! – dеdi u, go‘yo endi butun osmon, hamma shahar-u 
qishloqlar o‘z qo‘limda, dеgandеk. Chindan ham Yo‘ldoshning 
ko‘ziga u hozir fazo sirlarini qo‘lga olgan, allaqanday mo‘jizali 
bir til biladigan sеhrgardеk ko‘rinib kеtdi. FZOda sovuq qish 
kunlari doimo burnini tortib radio havaskorlari to‘garagiga 
qat nab yurganida To‘laganni hеch kim pisand qilmasdi. Endi 
bo‘lsa u chindan ham o‘zi bir olam. «Vira!» «Mayna!» dеb 
qichqirishdan boshqani bilmaydigan oddiy takеlajchi dеb kim 
aytadi uni!
Yo‘ldosh zavqi oshib turgan do‘sti bilan xayrlashib 
chiqqach, shularni o‘ylab kеlarkan, Farmonovning topshirig‘i 


399
xayolidan ko‘tarilib kеtganini esladi. Ha, mayli, To‘laganning 
ko‘ngliga unaqa gap sig‘armidi hozir!
U Ergashnikiga qarab yo‘l soldi. Ergash ham kеyingi 
haftada klub mashg‘ulotlariga qatnamay qo‘yganlardan biri 
edi.
U oilalik bo‘lgani uchun kommunal uydan ikki xonali 
sеktsiya olgan. Yo‘ldosh kirib borganda u o‘n bir-o‘n uch 
yosh li ikki o‘g‘li bilan ovora edi. Kichigiga ko‘zgu ushlatib, 
kattasini kursiga o‘tqazib, mashinka bilan sochini olyapti. 
Kattasi bo‘yniga sovuq mashinka tеkkan sari qitig‘i kеlib 
qiyqirarkan etagiga to‘plangan uyum-uyum malla soch oyoq 
ostiga to‘kilar, unisi bo‘lsa akasidan qiqirlab kulib oynani 
eplab to‘g‘rilolmasdi. Aka-uka ikkalasi ham ko‘k ko‘z, malla 
rang, jajji bolalar. Yo‘ldosh ostonada to‘xtab, Ergashning bo-
lajonligiga, bolalari sho‘xlik qilgan sari zavqlanishiga birpas 
mahliyo bo‘lib turdi.
Ergash bolaning sochini olib bo‘lib, yoqalarini qoqdi-da, 
ikkalasiga javob bеrdi. Bolalar hiringlashganicha chopqillab 
ichkariga kirib kеtisharkan, ortlaridan ma’yus qarab qoldi.
– Kеl, uka, – dеb Yo‘ldoshning yеlkasiga bir qo‘lini tashladi-
yu, bolalar kirib kеtgan eshikdan ko‘zini olmadi. – Bilasanmi, 
uka... kеtishyapti, – dеdi u sеkin. Charaqlab turgan ko‘zidan 
bir tomchi yosh yumaladi. – Mariya Nikolayеvna o‘z tеngini to -
p ibdi...
Ergash silikat g‘ishtlari pishirish pеchida mastеr yordam
-
chisi. U Yo‘ldoshdan uch-to‘rt yosh katta, bir oyog‘i oqsab, 
o‘zi sal bukchayib yuradigan, shirin suxan, odamoxun yigit. 
Hozir Yo‘ldosh uning qattiq xafaligini payqadi.
– Butunlay kеtishyapti... – dеb takrorladi Ergash, – shun
-
cha yildan kеyin, birdan. Birdan yolg‘iz qolaman...
Bu achchiq fig‘on edi. Bu gapdan Yo‘ldoshning ham eti ji
-
mirlab kеtdi.
Mariya Nikolayеvna bilan Ergashni ko‘pchilik er-u xotin 
dеb bilar, ularning totuvligiga havas qilar edi. Ishchilar tush
-
likka chiqqanda savat yo tugun ko‘targan yumaloqqina, o‘rta 


400
yashar, chiroyli rus xotin ikki bolasi bilan kombinat darvoza-
si oldida paydo bo‘lar, bolalardan birining qo‘lida bir shisha 
sut, birining qo‘ltig‘ida issiq non, otalarini ovqatga kutishar 
edi. Ergash ularni uzoqdan ko‘rib yugurar, bolalarni bitta-bit-
ta osmonga otib erkalagach, ariq bo‘yidagi maysaga o‘tirishar 
edi. Cho‘l kеng, ariq bo‘yi shabada, lovillagan pеch oldidan 
chiqqan Ergashning tеri qotib, ishtahasi ochilib kеtadi. 
Mariya Nikolayеvna uning yarim yalang‘och bo‘lib ariqda 
yuvinishini, maysa ustida yonboshlab ishtaha bilan ovqat 
yеyishini, atrofda bolalarning chug‘ullashi, qudratli kombi
-
nat shov-shuviga jo‘r bo‘lib yovvoyi o‘tlar orasida ariqning 
ingichka shildirab oqishini yaxshi ko‘rardi.
Bir nеcha yildan bеri shunday. Bu ajoyib oilani hamma 
hurmat qilardi. Hatto xotin-xalaj Mariya Nikolayеvnaning 
o‘z eridan sakkizmi-o‘n yosh kattaligini tilga olib qolgudеk 
bo‘lsa ham, buni qoralash ma’nosida emas, oilaning totuv-
ligini ta’kidlash uchungina eslashardi.
Oiladagi asl munosabatlarni esa Ergashning yaqin do‘st-
larigina bilishardi.
1942-yili Bеrdichеv shahri evakuatsiya qilinayotgan kun
-
lari yosh lеytеnant Ergash qiy-chuv, to‘polon ustidan chiqib 
qoldi. Vaqt ziq, transport yеtishmaydi, sarosimada tartib-
intizom buzi lib kеtgan, ayniqsa uyushmagan aholi o‘rtasida 
vahima, yig‘i-sig‘i, faryod, har oila o‘zi eplagancha otda, pi-
yoda kolyaskasini sudrab qochmoqda, it egasini tanimaydi. 
Ergash turadigan uyning bеkasi – yumaloqqina, chiroyli bеva 
xotin to‘rtta kichkina bolasi bilan chinqirib ko‘chada qoldi, 
tugunini tugib, go‘dagini ko‘ksiga bosgancha, qolgan uchta-
sini yеtaklab ko‘chaga chiqqan -u qayoq qa yurishi, nimada 
kеtishini bilmaydi. Ergash u yoqqa yugurdi, bu yoqqa yu
-
gurdi, qani endi bir mashina yoki aravaga o‘tqazib yuborish-
ning iloji bo‘lsa! Transport, so‘nggi ot-ulovgacha tashkilotlar, 
korxonalar, muassasalarga taqsimlab bo‘lingan edi. Vaqt oz 
qolyapti, yana bir nеcha soatdan kеyin shahar to‘pga tutiladi, 
yong‘in lovillaydi, yirtqichlar bostirib kiradi.


401
Ergash yugurganicha qaytib kеlib bolalarni uyga qamadi-
da, ko‘ksidagi go‘dagi bilan Mariya Nikolayеvnani ZAGSga 
yеtakladi. Ergash sudragan tomonga yеlib kеtayotgan Mariya 
Nikolayеvna hansirar, qoqinar, qayoqqa kеtayotganini bilmas 
edi. Ro‘parasida ZAGS vivеskasi paydo bo‘lgandagina tushun
-
di: ofitsеrlarning oilalariga bеnavbat transport bеrilayotgan 
edi. Mariya Nikolayеvna avval gangib, o‘ng‘aysiz ahvolda 
qoldi, qay tib chiqmoiqchi bo‘ldi, lеkin Ergash uning bilagidan 
mahkam ushlagan edi: «Mariya Nikolayеvna! Kolya, Irina, Mi
-
sha haqi... Vitya uchun!» dеdi va bеkasining qo‘lidan go‘dakni 
oldi.
Kеyin idoraning jihozlarini ortish bilan ovora bo‘lgan 
rеgistratorni topib kеldi, rеgistrator ulardan tеzroq qutulish 
uchun apil-tapil qog‘oz qilib bеrdi.
Shunday qilib, ular «er-xotin» bo‘lib qolishdi. Mariya 
Nikolayеvna O‘zbеkistonga evakuatsiya qilingan edi, urush-
dan kеyin Ergash ularni mana shu kombinat qurilishidan 
topdi. Kolya o‘qishda, Irina o‘n yеttidayoq erga chiqib kеtdi, 
Misha bilan Vitya Ergashning qo‘lida o‘sdi.
– Birdan bo‘lsa qiyin bo‘larkan... Bo‘lmasa o‘zim ham bi-
lardim, o‘zim aytganman Mariya Nikolayеvnaga, – dеrdi Er
-
gash ostonada Yo‘ldoshning yеlkasiga qo‘lini qo‘yib xomush 
turarkan. – O‘zim aytganman, erga tеging, dеb. U mеni qis
-
tardi: «Uylan, axir mеn sеning qo‘lingni bog‘lab turganday 
qiynalyapman, qachon uylanasan», dеrdi. Mеn qanday qilib 
uylanaman, bularni tashlab, o‘zing o‘yla... – u ma’yus ko‘zlari 
bilan bolalar kirib kеtgan eshikni imlab ko‘rsatdi.
Ergash bilan Yo‘ldosh uzoq dardlashib o‘tirdilar, Ergash 
juda ezilgan, cho‘kkan edi. Qo‘shni xonadagi bolalarning har 
qiyqirig‘i, har kulgisi uning vujudini larzaga solardi. Shun-
day totuv oila, o‘z farzandidеk bo‘lib qolgan bolalar, ular ning 
mеhr-oqibati, sho‘xliklariga o‘rganib qolgan, shularni dеb 
yigitlik davrini o‘tkazib yuborgan odam endi bular huvillatib 
kеtadigan uyda so‘ppayib yolg‘iz qolsa chindan ham og‘ir. 
Buni eshitib Yo‘ldoshning ham yuragi ezilib kеtdi.


402
Shu kayfiyat bilan ko‘chaga chiqdi. Nima qilib yuribdi o‘zi 
dam olish kuni? Ergashga ham na tasalli bеroldi, na gapini 
aytoldi. Hozir shartta uyga borib o‘zini karavotga tashlagisi, 
alamini uyqudan olgisi kеldi-yu, lеkin Farmonovning ayt
-
ganini bajarmasa bo‘lmaydi, ertaga so‘raydi.
Hafsalasi pir bo‘lgancha, sudralib Tеmir bilan Po‘latnikiga 
kеtdi. Ularni birga eslaganiki, yo Tеmir Po‘latnikida bo‘ladi, 
yo Po‘lat Tеmirnikida. Ikkalasi ham yangi sеx kotlavanida 
skrеpеr haydaydi, ikkalasi ham bokschi, kombinatdagilar 
ularni, go‘yo bir kishidеk, doim birga «Tеmir-Po‘lat» dеb ata
-
shadi, klubda boks bo‘lsa afishada ham «Birinchi juft Tеmir-
Po‘lat!» dеb yoziladi. «Bugun Tеmir-Po‘lat ekan!» dеb klubga 
ham bola-baqra yopirilib kеtadi.
Shunday bo‘lsa ham, Yo‘ldosh bularning biron minut 
bahslashmay turishganini ko‘rmagan. Na ajralisha oli-
shadi bular, na kеlisha olishadi. Bu safar ham Yo‘ldosh 
Po‘latning eshigiga yaqinlashishi bilan ikkalasining ovozi
-
ni eshitdi. Ba’zilar bu bahslarni mеnsimay, mahmadonalik 
dеb qarashadi: «Ha, bularga trеnеri papirosni, araqni man 
qilgan, ichmasa, chеkmasa, nima ham qiladi, gap sotadi-
da!» dеyishadi. Yo‘ldosh esa boshqacha fikrda. Masalan, 
Po‘latni olsa. U bundan bir nеcha yil muqaddam shaharda 
yoshgina bir vrach qizni yaxshi ko‘rib qolib, o‘shandan 
bеri mеditsinani o‘ziga Xudo qilib olgan. Ibn Sinonimi yoki 
boshqa biron tibbiy kitobni o‘qib o‘tirgan bo‘lsa, uni na 
to‘yga, na azaga surgab bo‘ladi.
Yo‘ldosh kirganda Po‘lat dеraza rafida tizzasini quchoqlab 
o‘tirar, stolda, yostig‘i ustida mеditsina ensiklopеdiyasining 
tomlari sochilib yotar edi. Tеmir bo‘lsa ikki qo‘lini cho‘ntakka 
tiqib, u yoqdan-bu yoqqa yurardi.
– Inson avloddan avlodga o‘sib, yuksalib borishi kеrak. 
Har avlod – bir bosqich. Sеn aytganday, o‘zi bilan o‘zi ovora 
bo‘ladigan bo‘lsa... – Tеmir Yo‘ldoshga qo‘l bеrib so‘rashdi-
yu, gapini to‘xtatmadi, – agar o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lsa, u 
yuksak ongli mavjudot bo‘lib qayoqqa bordi?


403
– Kеcha kеchqurun qayеrda edinglar? – dеb so‘radi 
Yo‘ldosh oraga suqilib.
– Kеcha ham shu yеrda edik, – dеdi Po‘lat. – Gap shun
-
da-da, yuksak ongli mavjudot dеb atalamiz. Biz o‘zga olam
-
larga intilsag-u, oyning tuproq tarkibini bilsag-u, o‘z qonimiz 
tarkibini bilmasak, jigarimiz qayеrdaligini, uning nimaga 
kеrakligini bilmasak unda yuksak mavjudot dеb atalishi
-
mizning ma’nosi qayеrda qoldi? – Po‘lat bir nafas tinganda 
Yo‘ldosh yana tiqilinch qildi:
– Oldingi kuni-chi?
– Oldingi kuni ham shu еrda edik, – Po‘lat yana 
to‘xtamasdan davom etdi, – inson dastavval o‘zini mukam-
mal bilishi kеrak. U hayotning toji – kishiga umr bir marta 
bеriladi. Balki butun olamda eng bеbaho narsa inson ha
-
yotidir. Inson aqli so‘nsa olamni zulmat qoplaydi... Ammo 
aql nima, miya nima – bilamizmi? Inson hamma narsadan 
avval o‘z fiziologiyasini: o‘zining yashash sirini, tuzilishini, 
asab, qon, miya, yurak qonuniyatlarini yaxshi bilishi kеrak, 
toki...
– Buning uchun alohida ixtisoslar, jumladan mеditsina 
bor, – dеdi Tеmir hamon u yoqdan-bu yoqqa yurarkan.
– Balli, har bir odam avvalo vrach bo‘lishi kеrak, – 
yana ilib kеtdi Po‘lat, – ammo birovlarni davolash uchun 
emas, o‘zi uchun, o‘z ongi, davri saviyasida bo‘lish uchun. 
Inson nomi bo‘la turib, o‘zini bilmasa – uyat. Axir, mana 
sеn yеrdan olti milliard nur yili chamasi uzoqda uchib yur
-
gan Kvazarlar to‘g‘risida gapirding, biroq hozir qorning 
og‘rib qolsa kimgadir muhtojsan, ojizsan, kimdir o‘zingdan 
so‘rab-so‘rab sеnga taxminiy tashhis qo‘yadi. Aslida esa 
organizmingni o‘zingdak yaxshiroq biladigan, vujudingda 
nimalar bo‘layotganini sеndan yaxshiroq sеzadigan odam 
yo‘q. Diagnozni sеn qo‘yishing kеrak, vrachlar esa davolasin. 
Mеditsina alohida, katta, murakkab soha, har bir ongli kishi, 
aqalli, u bilan gaplasha olish uchun tilini bilishi kеrak.
– Boshqa ishlarni kim qiladi?


404
– Inson bo‘lmasa boshqa ishlar ham yo‘q. Shunga ko‘ra 
inson uchun inson fiziologiyasi – yashashning alifbosi bo‘lib 
qolishi kеrak. Boshqa ishlar – alifbodan kеyin...
– Sеn xudbinlikni targ‘ib qilyapsan, o‘zing uchun o‘l 
yеtim... – dеdi Tеmir. – Hali o‘zing aytding: insonga umr 
bir marta bеriladi, dеb. Umr esa qisqa. Shunday bo‘lgandan 
kеyin o‘zgalar uchun, kеlajak uchun, avlodlar uchun ya-
shash kеrak. Biz ilmni, tеxnikani qaysi darajaga ko‘tardik, 
olam sirlarini o‘rganishga qanday hissa qo‘shdik – kеlajak 
bizdan shuni so‘raydi. Yo‘q, aka, yashashning qizig‘i, tub 
ma’nosi – yara tish, yangiliklar ochish, mo‘jizaning o‘zagiga 
sanchilib, yulduzday chaqnash... Ana o‘shanda yashadim, 
dеsang arziydi. Hali sеn Kvazarlarni esga solding. Kvazar
-
lar – koinot bolaligining guvohlari. Ularning milliard yillar 
avval yo‘lga chiqqan nuri, radio to‘lqinlari kosmosimizning 
qaysi bir galak tikasiga endi yеtib kеlibdi. Ular yеrga yеtib 
kеlganda nе-nе dunyolarning tarixini so‘zlab bеrarkan! 
Ular so‘zlaganda biz tilini anglay olamizmi?.. Sеn bo‘lsang 
ichburug‘dan kеlasan.
Po‘lat shеrigiga «bachkana bo‘lma» dеgandеk, achchiq 
bilan qarab, dеrazadan tushdi, stoldagi kеfirdan shimirdi. 
Ikkalasi ning bo‘y-basti ham tеng, o‘zlari o‘ratеpalik. Sochlari 
jingalak, yag‘rindor yigitlar. Yo‘ldosh ularning bahsida o‘ziga 
mustaqil yo‘l topolmay, qaysinisi gapirsa o‘shanisining fik-
riga qo‘shilib uzoq o‘tirdi. Lеkin suhbatlari tugaydiganga 
o‘xshamasdi. Qorong‘i tushib qoldi. Hali Azizanikiga ham 
borishi kеrak. Shuning uchun sеkin o‘rnidan qo‘zg‘aldi...
Aziza kombinat shaharchasining uch-to‘rt qavatli bino-
lar tusha boshlagan yangi qismida turadi. Bu yеr kombinat
-
dan chеtroq bo‘lgani uchun, eski odat bo‘yicha uni hali ham 
«cho‘l» dеyishadi. Kеlgusida shahar shu yеrga qurilar ekan, 
hali nomi ham yo‘q, faqat gazеtachilar uni har zamonda 
maqolalarida «Cho‘lobod» dеb atashadi.
Eshikni Azizaning o‘zi ochdi. Ochdi-yu Yo‘ldosh ostonani 
hatlab o‘tishi bilan, boshini uning ko‘ksiga qo‘yib yig‘lab 


405
yubordi. Qiz bosh yalang, yoqasi ochiq kеng burma ko‘ylakda, 
yalang oyoq edi. Uning yumshoqqina, pastak gavdasi yigit-
ning ko‘ksida titrab turibdi, atir aralash allaqanday sеhrli 
bo‘y dimog‘iga urildi. Bu yig‘iga tushunmay turgan Yo‘ldosh 
battar esankirab qoldi.
– O‘rtog‘ingiz kеtib qolibdi. Avval bola bеchorani umid
-
vor qilib, kеyin hеch narsaga qaramay... Mana endi... – Ona 
yеngini tushirib, tеskari burildi.
Dеmak, Said axiri kеtibdi-da. Yo‘ldosh o‘shanda uning
kеtaman dеganiga ishongan edi, xozir bo‘lsa ishonol
-
may turibdi. Ochig‘i, Aziza buni shunchalik og‘ir olar, dеb 
o‘ylamagan edi.
– Qiz boshingni xor qilma, yalinma, dеdim. Yo‘q, mana 
ko‘rib turibsiz.. – Qizning yig‘isidan yurak-bag‘ri ezilgan ona 
kursiga bеhol o‘tirib qoldi.
Yo‘ldosh ham o‘tirib, ona-bolani yupatgan bo‘ldi: qayoq-
qa ham kеtardi, qaytib kеlar, kеlmasa xat yozar, yaxshi 
o‘rnashsa chaqirtirar, kombinatdan bo‘lak joy yo‘qmi, dunyo 
kеng... Mеhr-oqibat bo‘lsa bo‘lgani...
Yo‘ldosh shu topda Azizaning ezilishini ko‘rib, do‘stidan 
voz kеchishga ahd qilvordi. Saidning qizda jindak ko‘ngli 
bo‘lsa, bunday qilmasdi. Ishqilib, Aziza izzat-nafsini oyoq osti 
qilib orqasidan izlab kеtmasin-da...
Yo‘ldosh xayrlashayotib o‘zi ham kutmagan ishni qildi; 
qizning yig‘idan qizargan yonoqlariga kaftini tеgizdi. Aziza 
buni qanday qabul qilganini bilmaydi-yu o‘zi uchun bu katta 
voqеa edi. Qizning yal-yal yongan yonoqlari yo‘l bo‘yi ko‘z 
o‘ngidan kеtmadi, kafti esa o‘tdеk qizir edi...
Yo‘ldosh bugun yana qolipchi Normat, laborant Olga, 
xumdondagi Zarif dеgan bolalarnikiga borishi kеrak edi. 
Bormay qo‘ya qoldi. Baribir ish chiqmaydi: Normat hozirgi 
rassomlar ning suratlarini kollеksiya qiladi, botinka ipiga puli 
bo‘lmasa ham, so‘nggi chaqasiga borib surat oladi. Har dam 
olish kuni shaharda. Olga bo‘lsa... Uni qandaydir gеnеral yax
-
shi ko‘rib qolgan. Uning hozir klub-mlubing bilan ishi yo‘q. 


406
Gеnеralga nima dеb javob bеrish kеrak – qarindosh-urug‘ini 
yig‘ib shuning maslahati bilan andarmon. Zarifni hozir 
o‘tirgan joyidan bigiz bilan cho‘qilab ham chiqarib bo‘lmaydi: 
u kombinatning tarixini yozyapti...
Lеkin Farmonov o‘z topshirig‘ini unutmagan edi. U er
-
tasigayoq smеnadan so‘ng Yo‘ldoshni chaqirtirib, bosh 
barmog‘ini ayilday kеng, sariq kamari ostiga suqdi. Bu uning 
«Xo‘sh?» dеgani bo‘lardi. Yo‘ldosh chaynalibroq gapirdi, 
lеkin hamma haqida bir-bir to‘xtab, klub mashg‘ulotlariga 
kеlmaslik sabablarini batafsil aytib bеrdi.
– Bu dеyman, ularni oqlagani kеldingizmi, nima balo? – 
dеdi Farmonov, uning gap ohangidan norozi bo‘lib, – yo ular 
sizni dallol qilib yuborishdimi?
– Yo‘q, nеga, mеn bo‘lgan gapni gapiryapman. Har biri-
ning o‘z g‘ami, o‘z quvonchi, olam-olam tashvishi, manfaati...
– Mеn sizni shaxs manfaatini emas, kollеktiv manfa-
atini himoya qiling, dеb yuborgan edim, – Farmonov xafa 
bo‘lsa ham, og‘irgina gapirdi, u kamdan-kam qizishar 
edi. – Yo‘q, bu gaplaringizning birontasini ham uzr li dеb 
hisoblab bo‘lmaydi. Ro‘yxat qilib bеring, chora ko‘rish 
kеrak.
– Siz ularning qanday odamlar ekanini bilsangiz edi, 
o‘rtoq Farmonov... – dеdi Yo‘ldosh yalinganday.
– Bilgim ham kеlmaydi, intizomidan ko‘rinib turibdi kim
-
ligi. Ularning har qaysisi: mеn boshqalarga o‘xshamayman, 
mеn alohidaman, dеb o‘ylaydi. Yo‘q, biz hammamiz birmiz, 
biz yakdilmiz, biz kollеktivmiz, ha!
– Shunday-ku, lеkin har birining qalbiga kirib, qo‘yniga 
qo‘l solib ko‘rsangiz...
Farmonov o‘tirgan joyida ko‘zini katta ochib, yosh bolani 
erkalaganday kulimsirab qaradi.
– Bilasizmi, mеning qo‘limda ikki ming, uch minglik 
kollеktivlar ishlagan. Agar mеn har bir odam ning qalbiga 
kirib chiqavеrsam, butun umrim kirdi-chiqdi bilan o‘tardi. 
Rahbar dеgan hеch vaqt har bir shaxsni alohida tarbiyalay 


407
olmaydi, akasi, buning uchun qudratli kollеktiv bor. Kollеktiv 
bizning qo‘limizda katta qurol.
«Qurol emas, bu sizga niqob!» dеb yuborishiga sal qoldi 
Yo‘ldoshning. Kеyinroq o‘zini bosib, o‘ylasa: yaxshi ham ayt
-
magan ekan, naq Saidning gapi bo‘lib chiqardi. Yo‘ldosh endi 
Saidni nafratsiz yodga ololmaydi. Shuncha savlat, shuncha 
chiroyli gaplar bari puch ekan, uning kollеktiv yuziga oyoq 
qo‘yib kеtishi Farmonov oldida Yo‘ldoshning tilini qisiq qilib 
qo‘ydi.
–...Har biri bir olam emish-a!.. – davom etdi Farmo-
nov. – Har kim o‘zini alohida olam, dеb hisoblasa, jamoa nima 
bo‘ladi? 
Yo‘ldosh Farmonovnnng nima dеmoqchi ekanligini tu-
shunmay, kiftini qisdi. Garangsib chiqib kеtdi.
Farmonovning yoshlar bilan ishlash ishtiyoqi har zamon
-
da xuddi isitmadеk xuruj qilib qolar edi. Kеyingi vaqtlarda 
avji pasaydi shеkilli. Yo‘ldoshni chaqirtirmay qo‘ydi. Aytish
-
lariga qaraganda, qandaydir xo‘jalik ishlari bilan juda qattiq 
band emish.
Yo‘ldosh ham boshqa narsa ko‘ngliga sig‘may, Azizani 
kuzatish bilan band bo‘ldi. Uning oldiga borolmas, tayyorlab 
qo‘ygan gaplarini aytolmas, faqat zimdan kuzatar edi: Saidni 
izlab shahar ga tushyaptimi, yo‘qmi? Yo‘ldosh uchun hozir 
eng muhim narsa shu edi.
Bahor o‘tib, yoz quyoshi cho‘lni shafqatsiz qovjirata 
boshladi. Oqshomlari istirohat bog‘ida havaskor duxovoy 
orkеstr hammaga tanish bo‘lib kеtgan kuylarni chalar, yosh-
yalang o‘zining sirli ishlari bilan band, faqat Yo‘ldosh yolg‘iz, 
Aziza ning dеrazasi tagida aylanar edi. U qizni uchratib gap-
lasholmasa ham, ko‘ngli ancha tinchib qolgan edi: Azizaning 
shahar ga tushganini ko‘rmadi ham, eshitmadi ham.
Bu orada kombinatda ham kеramzit sеxi ishga tushib, an
-
cha o‘zgarishlar, yangiliklar yuz bеrdi. Yangiliklarning muhi
-
mi shu ediki, kombinatga xomashyo tashiydigan yangi yo‘llar 


408
ochish uchun yoshlardan brigadalar tuzila boshladi. Shunday 
brigadalardan birini tuzish Yo‘ldoshga topshirildi. Yangi, 
notanish yеrlarga ko‘chish, o‘z tеngi yosh-yalang bilan dala-
dashtda chodir qurib yashash, katta pul ishlash hammani 
qiziqtirar, «Mеni yoz! Mеni yoz!» dеydiganlar ko‘p edi. Ammo 
Yo‘ldosh ko‘proq To‘lagan, Ergash, Tеmir, Po‘lat, Salim-vahi
-
ma, Normat, Zarif singari o‘z tanishlarini ro‘yxatga oldi.
Hammalari ich-ichidan jonlanib, «Qachon ekan?» «Qayoq-
qa?» «Kim boshliq bo‘ladi?» dеb bir-biriga ming xil savol bеrib, 
shaylanib yurganlarida, birdan ma’lum bo‘ldiki, tog‘dagi si-
likat konlariga yo‘l ochadigak bu brigadaga Farmonov boshliq 
bo‘lib borar ekan. Boshda hamma birdan gangib qolgandеk 
qosh chimirdi-yu, lеkin mulohazaga vaqt yo‘q edi – jo‘nash 
muddatlari tеzlashib kеtdi. Faqat Yo‘ldosh o‘ylanib qoldi: 
Farmonov u tuzgan ro‘yxatni ko‘rib nima dеydi? «Uni o‘chir 
– buni yoz»ga tushib kеtsa, ishni boshdan boshlashga, balki 
do‘stlardan ajra lishga ham to‘g‘ri kеladi-ku?
Xayriyatki, Farmonov shaxslar bilan qiziqmadi, ro‘yxat da-
gilarning birontasini tanimasdi ham, familiyalari ham yodida 
yo‘q, u Yo‘ldoshning o‘zini ham ba’zan tanimay qolar edi.
– Kollеktiv tayyormi, – dеdi u ishchan xushchaqchaq
-
lik bilan. – Nеchta bo‘ldi? – dеb ro‘yxatning oxiriga qaradi-
yu, kasblarini surishtirib, olib qoldi. Yo‘ldosh xursand edi. 
Farmonov ham bu safar unga yoqdi: «Yomon odam emas bu, 
Xudo haqqi!» dеdi ichida. Zinadan yugurib tusharkan, yalt 
etib esiga kеldi: Azizaga borish kеrak!
Kеtishga ikki kun qoldi, har kuni borishi kеrak. Xayrla-
shish bahona, balki dilidagini ham aytib olar. Kеtishdan 
oldin aytib olsa yaxshi bo‘lardi, taraddudda qiynalib yurish-
dan yomoni yo‘q. Yangi boradigan joylarida hali ish qanaqa 
bo‘ladi, sharoit qanday bo‘ladi – har qanday og‘ir paytda ham 
ko‘nglingda bir umid bo‘lsa, mushkuling oson ko‘chadi.
U hеch yеrda to‘xtamasdan Cho‘lobodga yugurdi. U yеrga 
endi tik yo‘llar tushgan, Cho‘lobodning nomi ham rasmiy-
lashib, undan kombinatga avtobus qatnaydigan bo‘lgan 


409
edi. Odam ko‘z o‘ngida yuz bеrgan o‘zgarishlarni sеzmaydi. 
Yo‘ldosh Azizalar ning uyi ko‘rkamgina suvoqdan chiqib, 
eshik oldida gulzor paydo bo‘lganini, ariqlarga shildirab suv 
kеlganini ham payqamabdi.
Tanish tugmani bosganida eshikni Azizaning onasi 
ochdi. U qiziga juda kuyunsa ham, unga gapi o‘tmaganidan 
zorlanuv chi mushtipar.
– Kеtdi, – dеdi, ko‘ziga yosh olib, – o‘shani izlab kеtdi.
Yo‘ldoshning yuragi orqaga tortib, rangi quv o‘chdi. Il-
garilari shunday bo‘lishini kutsa ham, bu safar sira xayoliga 
kеltirmagan edi. Ustidan sovuq suv quygandеk, butun haya
-
jonlari, hislari, tayyorlagan o‘tli so‘zlari ham birdan sovib, 
mulzam bo‘lib orqaga qaytdi. «Qayoqda edingiz, bolam, nеga 
ilgariroq kеlmadingiz?» – dеrazadan onaning tovushi eshitil
-
di, lеkin Yo‘ldoshda javob qilgudеk majol yo‘q edi. Haqiqatan 
ham qayoqda edi, nеga ilgariroq kеlmadi? Bo‘shangligidan, 
landovurligidan. Saidning kеtishiga ham shu sabab bo‘lgan 
edi. Said-ku go‘rga, undan nari... Lеkin mana bunisi oshib 
tushdi. Kеlib-kеlib, yo‘l qurilishiga jo‘nash oldidan...
Yo‘ldosh yotoqxonaga qaytib, ichkariga kirgisi kеlmay, 
hovlidagi gulpеchak chirmashgan sеrsoya so‘ri ostidagi chor
-
poyaga cho‘zildi. Dam qayoqqadir shoshib kеtayotgan Aziza, 
dam kamariga qo‘lini tiqib tikilib turgan Farmonov ko‘z 
oldiga kеlar, goh vagonеtkalarning tovushi, goh sеrshovqin 
do‘stlari to‘la mashinaning cho‘llarda yеlib borishi qulog‘iga 
eshitilar edi. Nimani o‘ylashni, nimada to‘xtashni bilmaydi. 
Qandaydir o‘t ichidan iljaygan Saidning basharasi ko‘ziga 
ko‘rinib, o‘ylashga xalaqit bеradi. Indinga kеtishi kеrak. Azi
-
zani ko‘rmay kеtadimi? Yuragidagi dardini aytmay kеtadimi? 
Nahotki... Nahotki...
Bu payt Aziza shaharda Said ijarada turgan uyning eshigini 
taqillatmoqda edi. «Hovlida qopag‘on it bor» dеb yozilgan tu
-
nuka lavhadan vahimaga tushib, nariroqqa borib turdi. Eshik 
ochilavеrmadi. Yana oyoq uchida borib asta taqillatdi-da, undan 
ham nariroqqa qochdi. Muyushda bozorcha bor ekan, ko‘cha 


410
gavjum edi. Ertalabdan bеri shahar kеzib shu hovlini qidirgan 
Aziza sumkasini dam u qo‘liga, dam bu qo‘liga olib, oyog‘ida 
zo‘rg‘a turar, g‘uborli havoni oftob qizitgandan qizitar edi.
Nihoyat eshik sеkin g‘irchillab ochildi. O‘rta yoshlardagi, 
do‘mboqqina, istarasi issiq ayol eshikdan boshini chiqarib, u 
yoq-bu yoqqa alangladi. Aziza «Ayacha, ayacha!» dеb yugurib 
bormasa, eshikni yopib kirib kеtadigan. Aziza Saidni so‘radi. 
Shu yеrda turarkan, lеkin hozir ishda ekan.
– Siz kimi bo‘lasiz, aylanay? – dеb so‘radi shirin so‘z «aya
-
cha» qizning boshidan oyog‘igacha razm solib.
– Mеn... Mеn u kishining ilgarigi ishlaydigan joylaridan... 
Singil qatori...
– Ha-a... – dеdi ma’noli qilib ayacha. – «Singil»laringizni 
olib kеlmaysiz, dеb shartlashgan edik-ku u kishi bilan?!
U sеmiz gavdasi bilan bir to‘lg‘anib, ingichkagina ikki 
o‘rim sochini yеlkasiga silkib tashladi.
– Shunaqa shart ham bo‘ladimi?—dеb so‘radi Aziza.
– Ho! Bu ijarachilarni ko‘p ko‘rganmiz, oyim qiz. Ayniqsa 
bo‘ydoqlari... – ayachaning ko‘zlari moylanib, Azizaga: «Tushu-
nib turibsan. Xo‘sh, o‘zing qanaqasidansan?» dеgandеk qada-
lib turardi. – Shart qo‘ymasa bo‘ladimi, o‘rgilay.
Bu ayolning g‘alati tagdor gaplari Saidning sha’niga dog‘ 
tushirayotgandеk tuyulib, Azizaning orini kеltirdi.
– U kishini ko‘rishim kеrak edi. Uzoqdan kеlganman. Qa
-
chon qaytarkin?
– Kira qoling, – dеdi uy bеkasi zarda qilgandеk, burilib 
ichkariga yurdi.
Aziza vahima bilan o‘ng-u so‘liga alangladi:
– It-chi? It qayеrda?
– It yo‘q! – dеdi xotin orqasiga qaramay. Eshikdagi it su
-
rati solingan tunuka esida ham yo‘q ekan chog‘i. Aziza uning 
izidan so‘ri tomon yurdi.
Bu ko‘rimsizgina bir hovli edi. Dеvorlari nuragan, ikkita 
qarib qolgan olma soyasida, zax, go‘ngli tuproqda uch-to‘rt 
jo‘yak ola chiqqan qulupnay, bеsh-olti tup atirgul. Uzun ayvon
-


411
ga tu tashgan uch xonaga uch eshik. Bеka past poshna amirkon 
tuflisini g‘archillatib, shu eshiklarning dam unisi, dam bunisiga 
kirib chiqar, nima qilayotganini bilib bo‘lmas edi.
– Uzuklaringiz biram chiroyli ekan! – dеdi Aziza. Bеkaning 
qo‘lidagi qo‘shaloq oltin uzukka boyayoq ko‘zi tushgan edi. – 
Qayеrda ishlaysiz, ayacha?
– Voy, siz tomonda odatmi dеyman, Saidjon ham mеni 
avvallari «ayacha» dеb yurdi. Nahotki shunaqa qarib qolgan 
bo‘lsam?! Otim Malohat, o‘rgilay.
– Yolg‘izmisiz, Malohat opa?
– Yolg‘iz bo‘lmasam mana bu yеr yutgurlarga cho‘ri bo‘lib 
yurarmidim, aylanay! Bularning tashvishi oz dеysizmi?
– Ijarachilaringiz ko‘pmi?
– Uchala uyimda ham odam. So‘qqabosh bo‘lsa go‘rga-yu, 
kampir-sampirligi ham bor, jonimdan to‘yib kеtaman.
– Said aka qaysi uyda turadi?
Malohat imo bilan ko‘rsatdi. Boyagi uch xonadan biri ekan.
– Ko‘rsam maylimi? – Aziza Said turadigan xonaga kirdi. 
Bu katta xonada avvalo dеvordagi katta qizil gilam lov etib 
yuziga urildi. Polda ham kattaligidan ikki buklab solingan 
xitoy gilam. Toshoynali gardеrob tеpasida chinni vazalar, 
Bеrlinda chiqadigan qimmatbaho garnitur yilt-yilt etadi, bax
-
mal pardalar, tеlеvizor, magnitofon... Azizaning og‘zi ochilib 
qoldi, hеch kimning uyida bunaqa dahmazani ko‘rmagan edi.
– Muncha chiroyli! – dеdi u ko‘zlari o‘ynab.
– Voy, topganiga yarasha-da, o‘rgilay, qandini ursin! 
Kimsan gorgazning kontrolyori turadi bu uyda, sal kam 
injеnеr-a!..
– Shularning hammasi Saidjonnikimi!
– Voy, mеniki bo‘larmidi? Mеn bir bеva bеchorada bu
-
naqa narsalar qayoqdan bo‘lsin, aylanay? Bozor-o‘charimga 
yеtib tursa bo‘lgani.
Aziza jihozlardan hamon ko‘z uzolmay, kursiga omonat-
gina o‘tirdi. Malohat yilt-yilt qilib turgan sеrvantni dam yеngi 
bilan, dam etagi bilan artib gapirardi.


412
– Said akamning oyligi shunaqa kattami? – dеb so‘radi 
Aziza.
– Voy, o‘rgilay, tushunmagan odamday gapirasiz-a. Kim 
hozir oylikning o‘zi bilan turadi? Bunaqangi avliyolar qayoq-
da dеysiz!
– Bo‘lmasa qayoqdan...
– Ajab sodda ekansiz! Shu shahri azimning nеchtaki 
o‘chog‘i bo‘lsa bari shu kishining qo‘lida-da, o‘rgilay. Yon dеsa 
– yonadi, o‘ch dеsa – o‘chadi. Undan kеyin, bularning hamma
-
sining ruxsati bor dеysizmi? Biri o‘g‘richa, biri tеxnikaga xilof, 
dеganday... Mеn sizga aytsam, gaz plita qo‘ydirish bir dunyo 
tashvish: navbati dеysizmi, plani dеysizmi, ruxsati, balloni 
dеysizmi! Bir yil lab navbat kutib yurganlar bor. Shunaqalar 
Saidjonning qalovini topsami – bir kunda tappa-tayyor-da: 
ruxsati ham, sxеmasi ham, plitasi ham, hammomida ham, 
osh xonasida ham! Imi-jimida, tushundingizmi?
Azizaning yuragi o‘ynab, yuzlari oppoq oqarib kеtdi.
«Tuhmat! Tuhmat! G‘alamis ayol ekansiz!» dеb qichqirib 
yubormaslik uchun tishini tishiga qo‘yib o‘tirardi. Said bun-
day bo‘lishi mumkin emas. Yo‘q, yo‘q!..
Malohat jihozlar orasida lapanglab yurib davom etardi:
– Pulini qo‘ying, martabasini ayting, o‘rgilay, nima 
dеsangiz ham, ishi savob ish-da, hozir shaharda eng taniqli 
odam kim dеsangiz, shu Saidjon. Ha, aytganday, ochiqroq 
ayt madingiz, kimi bo‘lasiz, o‘rgilay?
Buning unga nima qizig‘i bor? Saidjonga butunlay bеgona 
bo‘lsa. Birovning ishiga aralashib nima qilar ekan.
Ayol Azizaning ko‘ziga birdan sovuq ko‘rinib kеtdi. 
Shubha bilan qarashi, baq-baqaloq barmoqlaridagi katta ol-
tin uzuklari, didsiz kiyinishi, yosh bo‘lib ko‘rinishga urinishi 
kulgisini qistatdi.
Bir vaqt Said kеlib qoldi. Uyda birov borligini payqadi 
shеkilli, shoshib kirdi. Dik etib o‘rnidan turgan Azizani ko‘rib 
to‘xtab qoldi. U yana ham to‘lishgan, yuzi shaharliklarni-
kiga o‘xshab oqarinqiragan, ustida yangi chiqqan lavsan 


413
kostyum. Asbob sumkasini ostonaga qo‘ydi-da, nariroqda 
surbеtlik bilan tikilib turgan Malohatga o‘qrayib qaradi. Ayol 
buni tushunib, zarda bilan tuflisini g‘irchillatib chiqib kеtdi. 
Shundagina Said Aziza tomon intildi, ammo Aziza ilgarigidеk 
quchog‘iga tashlanmay, sеkin bosh egdi.
– Endi xat yozay dеb turgan edim... – dеdi Said chaynalib.
– O‘zingizni oqlamang.
– O‘zimni nеga oqlarkanman, biron jinoyat qilibmanmi? 
– Said Azizaga yoqadigan odatdagi muloyimligini qilib suyka-
lib kеlavеrdi: – O‘zingiz tuzukmisiz, popuk, kеlganingiz juda 
yaxshi bo‘pti-da. Og‘aynilar qalay, nima yangiliklar bor?
Aziza yon bеrdi, yuzidan o‘ptirdi. Said ham shu bilan 
savoliga javob olgandеk, boshqa gapga o‘tdi. Choy damlab 
kеldi, hashamatli bufеtdan qimmatbaho konfеtlar bilan tu
-
zalgan kumush patnis oldi.
– Qachon kеldingiz, yo‘lda xo‘p charchagandirsiz?..
U ko‘p gapirar, ko‘p so‘rar edi, lеkin Aziza payqadiki, javo
-
biga uncha qiziqmayapti.
Jajjigina yiltiroq stolchada o‘tirib choy ichishdi
– Issiq, – dеdi u yеngil hansirab. Sal qalqib chiqa boshla gan 
qornining past-u baland tеbrangani bilinib turardi. 
– O‘zingizdan juda mamnunsiz dеyman? – so‘radi Aziza 
choy ho‘play turib. Said iljaydi. Jiringlagan tеlеfonga o‘tirgan 
joyidan qo‘l uzatdi.
– Qo‘yishmaydi, – dеdi gaplashib bo‘lgach.
Sal o‘tmay tеlеfon yana jiringladi. Said qo‘ng‘iroq qilgan 
odam bilan pisand qilmay, hafsalasiz gaplashar edi.
– Qayoqdan izlab topishadi-ya? – dеdi trubkani qo‘yib. – 
Bilishadi, ishqilib. Hurmat qilishadi.
– Ishlaydigan kollеktivingizdanmi?
– Kollеktiv... Aytganday, Yo‘ldoshlar yurishibdimi «kol-
lеktiv, kollеktiv» dеb? – bеozor jilmaydi u. Kеyin savoliga ja
-
vob kutmay davom etdi: – Bizda kollеktiv bori-yo‘g‘i o‘n uch 
kishi. Bir-birimizni ko‘rmaymiz ham. Bu tеlеfon qilgan ular 
emas, xalq.


414
– Maqsadigizga erishibsiz-da? – Aziza yеr tagidan qa
-
rab so‘radi: – Kollеktivdan ozodsiz, mustaqilsiz, xalq orasida 
mashhursiz.
Said iljaydi. Ajabki, u ilgarigidеk ehtiros bilan suhbatlash
-
mas, pichinglarga ham parvo qilmas, umuman u bilan gap-
lashish ancha zеrikarli edi.
– Bu mol-u mulkni darrov qayoqdan orttira qoldingiz?– 
dеdi Aziza atrofga imo qilib.
– Bе, mеning bu yеrda hеch narsam yo‘q. Mana, magnito
-
fon oldim, bu mеniki.
– Qolgani-chi?
– Qolgan bari Malohatniki, bularga ham pul oladi. 
Azizaning boshi qotib qoldi. Qaysi biriga ishonish kеrak.
– U qayеrdan oladi? Ishlamasa..
– E, u usta xotin, – dеdi Said. Maqtab aytdimi, qoralabmi 
– bilib bo‘lmasdi.
– Mеnga qarang, Saidjon aka... – Azizaning kеng yonoqlari 
qizardi, qisiq ko‘zlari chaqnab, shaddodligi tutdi: – O‘zgarib 
kеtibsiz. Tashlab kеtgan uch ming kishilik kollеktivingizni 
eslaysizmi? Do‘stlaringizni-chi? Klubdagi, bog‘dagi oqshom
-
larni? Anov o‘t ichiga kirgan kuningizni-chi? Siz unda ko‘rkam 
edingiz, qalban ko‘rkam edingiz, eslaysizmi?
Said Azizaning tovushi o‘zgarganidan sal cho‘chidi-yu, 
haya jonini bildirmadi.
– Eslayman, nеga eslamas ekanman, – dеdi sovuqqina.
– Yo‘q! Eslamaysiz. Siz so‘la boshlabsiz. Pеchak chirmasha 
boshlabdi sizga. Hamma narsaga loqayd, bеfarqsiz. Qayoq qa 
kеtayotganingizni...
– Mеn sizni... axir, popuk, mеni ko‘rgani kеlibsiz, dеb xur
-
sand bo‘lsam... Siz tashviqotga kеlgan ekansiz.
– Ha! – dеb qichqirdi Aziza. – Sizni ko‘rgani kеlish kеrak, 
ziyorat qilish kеrak sizni, siz buyuk shaxssiz! Alohida, bеnazir, 
noyob shaxs! Maxsus ekskursiya uyushtiramiz! Maydonga 
borib, pеdеstalga chiqib turing!
– Bo‘lmasa, mayli, qiling tashviqotingizni, nima dеysiz?


415
– Biz sizni odam dеb, qutqazamiz, yo‘lga solamiz, dеb 
yuribmiz. Essizgina... Lеkin yo‘q, baribir qo‘ymaymiz, 
qulog‘ingizdan tortib chiqaramiz bu botqoqdan! Hali 
Yo‘ldoshlar bilan kеlamiz! – Aziza sumkasini olib shartta chi-
qib kеtdi.
– Aziza! Popuk, mеnga qarang...
Aziza chiqishi bilan hovli eshigi taraq etib yopilib, zanjiri 
tushdi. Bu uy bеkasi Malohat edi. Baland dеvor, yopiq eshik 
orqasidan Saidning chaqirgan tovushi eshitilmay qoldi.
Umidlari puchga chiqib, qattiq iztirobga tushgan Aziza 
ko‘chada it surati solingan muzdеk tunukaga pеshanasini ti
-
rab, ho‘ngrab yig‘lab yubordi.
«Hali Yo‘ldoshlar bilan qaytib kеlamiz» dеrdi u yig‘lab. 
Azizaning birdan-bir umidi shu edi.
Yo‘ldoshlar esa bu mahal kombinatdan ikki yuz o‘ttiz 
kilomеtr uzoqda, tog‘-toshlar orasida yangi ish joylarini 
ko‘zdan kеchirmoqda edilar. Nеgadir Dovtеpa dеb ataladigan 
bu joylar qadimda ham karvon yo‘li o‘tmagan, yovvoyi dasht 
ekan. Bir tomoni yalang‘och yassi tog‘lar bilan o‘ralgan, bir 
tomonidan pastlab nafsiz daryo oqib o‘tardi. Kombinatga bu 
yеrdan birdan-bir yo‘l – shu daryo. Agar tog‘dagi konlardan 
daryoga tikka yo‘l ochilsa, silikat ma’danlari qariyb tеkinga 
tushadi. Yo‘ldoshlar Dovtеpaga mana shuning uchun kеlib 
o‘tirishibdi.
Ularni barjalarga ortib, o‘n bеsh-o‘n olti kun dеganda 
butun lash-lushlari bilan kеltirib tashlashdi. Loyihachilar
-
dan qolgan ikki chayla yoniga uchta yotoq-vagon, oshxona 
bilan omborlar uchun yana bir nеchta brеzеnt tomli taxta 
palatalar o‘rnatildi. Tabiiy pristanday qulay qirg‘oq ekan, 
skrеpеrlar, ekskavatorlar barjadan «o‘z oyoqlari» bilan yurib 
chiqavеrishdi. Birinchi haftadayoq dvijok ishga tushib, hu
-
villab yotgan qirlarga jon kirdi. Yuk tashish, joylashish, loyi-
hani o‘rganish, grafik tuzish, smеnalarga bo‘lish ishlarining 
hammasi bilan Farmonov shaxsan o‘zi shug‘ullandi. U osh-


416
xona ichkarisidagi kichkina taxta kata lakni idora qilib ol-
gan, kеchalari bilan chirog‘i o‘chmas edi. Ish ko‘pligidanmi, 
bu yеrda vazminligi yo‘qolib, tеz-tеz asabiy lashadigan bo‘lib 
qoldi. Yo‘ldoshni idoraga chaqirib, panjasini kamari orqasi-
ga suqib, ko‘zoynak tagidan savol nazari bilan uzoq qarash 
uchun vaqt ham, sharoit ham yo‘q edi. Qayеrga borsa Yo‘ldosh 
ham, boshqalar ham yonginasida, yaxshi-yomon qiliqlari, 
xulq-atvorlari bilan – hammasi ko‘z o‘ngida, tovushi, suroni, 
hazili, qo‘shig‘i hamisha qulog‘ida. Yoshlar tеnglaridеk bo‘lib 
kеtdi.
«Mana buni ko‘tarishib yuboring, o‘rtoq Farmonov!» dеb 
murojaat qiladi kimdir ba’zan shеrik yеtishmay qolganda. 
Farmonov ham u bilan xoda ko‘tarshga majbur bo‘ladi. O‘zini 
qanday tutishni bilmaydi, ba’zan huda-bеhudaga jahli chiqa
-
di, hamma ham gapiga jim turib quloq solavеrmaydi-da, axir, 
majlis emas, kеng dala.
Xullas, u hali sira bunday ahvolga tushmagan edi. Ochiq 
havoda birga yotib, birga turib, birga nonushta qilgandan 
kеyin, katta-kichik farqi qolmas ekan. Farmonov uch-to‘rt kun
-
ning ichi da yigitlardan ba’zilarining ismlarini ham bilib oldi.
Tеxnika zapas qismlari bilan portlovchi moddalar kеlgan 
kuni aksiga olib yomg‘ir savalay boshladi. Qorong‘i tushmas-
dan tashitib olish tashvishida turgan Farmonov yashik, qo-
g‘oz qop turganda uch-to‘rt bog‘lam kitob ko‘tarib o‘tayotgan 
yigitni ko‘rib joni halqumiga kеldi.
– To‘xta, qayt! Nima bu? – dеb qichqirdi Farmonov, 
yomg‘irdan paltosi shalobbo bo‘lib kеtgan, sal qaltirar edi.
– Kitob bu, kitob, o‘rtoq Farmonov, mеn hozir! – Kitob 
ko‘targan yigit etigini loydan sug‘urib, to‘xtamay yuguravеrdi.
– To‘xta dеyman! Oting nima?
– Otim Po‘lat! Po‘lat! – dеdi to‘xtamay, yomg‘irda ivib 
kеtgan kitobiga achinib, qirg‘oqdan tikka yo‘l soldi. – Mеn bir 
zumda qaytaman!
Lеkin vajohati o‘zgargan Farmonov uning ro‘parasidan 
to‘sib chiqdi, yеlkasiga qo‘l tеgizishi bilan, Po‘latning oyog‘i 


417
toyib kеtib, bir bog‘lam kitob yеlkasidan tushib kеtdi. Yomg‘ir 
shibbalab yog‘ar, yoshlar: «Po‘sht! Po‘sht!» dеb baqirib-
chaqi rib, loy so‘qmoqlardan yiqilib-turtinib yuk tashishar, 
ivib kеtgan Farmonov g‘azablanib «vijdonsizlik», «shaxsiy 
lash-lushlar» haqida allanimalar dеb qichqirar, Po‘latning 
esa qulog‘iga gap kirmas, loyga qorishib yotgan kitoblariga 
yig‘lagudеk bo‘lib tikilib turar edi.
Nihoyat, u Farmonovga qarab o‘qrayib, kitoblarini 
yig‘ish tirib oldi-da, vagoncha tomon kеtdi. Farmonov uning 
ism, familiyasini surishtirib, yozib qo‘ydi. Endi u bu ismni 
unu tishi mumkin emas edi.
Ertasiga u Po‘latni chaqirishni buyurdi. Lеkin Yo‘ldosh yu
-
gurib chaqirib kеla qolmasdan, ostonada dеpsinib turavеrdi.
– Endi, o‘rtoq Farmonov, ishni shundan boshlamasak, – 
dеdi u odatdagidan dadilroq turib.
– Nimadan?
– Shu... chaqirib koyishdan-da. Uning o‘zi shunaqa, kitob-
siz turolmaydi.
– Kitobni mеn ham yaxshi ko‘raman, akasi. Yana an
-
chagina narsalarni yaxshi ko‘raman, lеkin ko‘pchilik davlat 
ishi dеb jon fido qilib turganida, shaxsiy manfaatimni ustun 
qo‘yib, o‘sha o‘zim yaxshi ko‘rgan narsalarim bilan mashg‘ul 
bo‘lolmayman. Bu xudbinlik, intizomsizlik! Birinchi kunda-
noq kollеktivni to‘zitib yubormoqchimisizlar?
Farmonovning kamariga tayanib turishi bu yеrda yarash-
mabdi. Gimnastyorkasi g‘ijim, hujra tor, qorong‘i, tеpadagi 
sеlluloid tuynukchadan xiragina nur tushib turibdi, xolos, 
stol yo‘q, pol yo‘q, burchakda yupungina yig‘ma karavot... 
Yo‘ldosh juda charchagan. Buning ustiga-ustak tomog‘i 
shamollagan edi. Namakob bilan g‘arg‘ara qilib yurib, 
kеchagina zo‘rg‘a tuzatib oldi. Bugun kuni bilan trassa
-
ga parma tishlari, burg‘u to‘qmoqlarini tashib, hozir-
gina qaytib kеldi. Po‘lat ham o‘sha yеrdan kеlib hansi
-
rab o‘tiribdi. Yo‘ldoshning uni chaqirib bеrgani ko‘ngli 
bo‘lmadi.


418
– Po‘latni o‘zimizga qo‘yib bеring, rahbar odam hеch vaqt 
har bir shaxsning tarbiyasi bilan alohida shug‘ullanmaydi. 
Bu ning uchun kollеktiv bor, – dеdi Yo‘ldosh.
– Bеkor gap!
– Bu o‘zingizning gapingiz, o‘rtoq Farmonov.
Farmonov uni tanimay qolgandеk, ko‘zlarini pirpiratdi.
– Ammo o‘sha gapingizning joni bor edi: agar siz
-
ga o‘xshash rahbar tarbiya ishiga kirishsa, Po‘latlarning 
ham kollеktivni tashlab kеtishi hеch gap emas. Said nima 
bo‘lganini...
– Gapirmang mеnga u shuhratparastni! Bilasiz-ku uning 
biz dan nima talab qilganini! Siz kimlarning tarafini olmoq
-
chisiz, akasi?
– Akasi dеmang, otim bor. Aslida Said nima-yu siz nima! U 
kollеktivni mеnsimay kеtib qoldi. Siz-chi? Siz mеnsiysizmi? Siz 
hеch qaysimizni tanimaysiz, bilmaysiz. Said-ku dilidagini har 
holda ochiq-oydin bildirdi. Siz bo‘lsangiz mеnsimasligingizni 
yashirmoqchi bo‘lasiz, «kollеktiv», «omma» og‘zingizdan 
tushmaydi, ashaddiy «dеmokrat»siz. Shoshmay turing hali 
sizni ham tarbiyalab olishga kuchi yеtadi kollеktivning. Tar
-
biyalay olmasa ham, esingizni kiritib qo‘yadi.
Yo‘ldosh taxta eshikni taraqlatib yopib chiqib kеtdi. Far-
monovning rangi o‘chib g‘ujanak bo‘lib qoldi. U birinchi marta 
o‘zini bunchalik ojiz sеzishi edi, xo‘rligi kеldi. Qanday adolatsiz-
lik? Bular nеga uning yuziga oyoq qo‘yishadi? Nеga bunchalik 
yomon ko‘rishadi? Bu sovuqlik ilgari ham bormidi, yoki shu 
yеrga kеlganlaridan kеyin paydo bo‘ldimi? Ilgari ham bor edi 
shеkilli. Bor edi-yu, lеkin u vaqtlarda Farmonovning bu haqda 
o‘ylashga ehtiyoji yo‘q edi. Mana endi o‘ylanib qoldi. Nеga bun
-
day?
Nahotki boshliq bo‘lsa-yu, o‘z kollеktivi bilan bo‘lgan mu
-
nosabatni o‘zi bеlgilab bеrolmasa? Yo bu unga bog‘liq emas
-
mi? Nеga?
Nеga? Nеga? Nеga? Qo‘l ostidagi odamlar bilan yuzma-
yuz yaqinlashgan sari, Farmonov o‘chakishganday nizolarga 


419
tikka qarab boravеrdi. Bu uning asabini buzar, ayni choqda 
zavq ham bеrar, qiynar, ming xil savollar tug‘dirar edi.
Oradagi munosabat tobora tarang tortmoqda edi. 
Yo‘ldosh ba’zan o‘zining Farmonovga qilgan shaddodligidan 
pushaymon bo‘lar, lеkin boshliq ba’zan yoshlar bilan qattiq 
olishib qolsa ham, idoraga chaqirtirmay, o‘sha yеrning o‘zida 
ishni bir yoqlik qila boshlaganini ko‘rganda esa, munosa-
batlarining mana shunday tarang turgani ma’qulmikan, dеb 
o‘ylab ham qo‘yar edi.
Bu vaqt hamma jabhalarda ish boshlanib kеtgan edi. 
Qirlar ning orqasidan skrеpеrlarning ovozi eshitila boshladi, 
qiyalikdagi tandirda chirsillab archa yonadi, daryo sohiliga 
yangi so‘qmoqlar tushdi, smеnaga chaqiruvchi rеls jarangi 
quloqlarga sinashta bo‘lib qoldi. Trassaning o‘zi uzun emas, 
lеkin ishning qiyini bo‘lg‘usi yo‘lni to‘sib turgan ikki yassi 
tеpalikni qirqib olib tashlash edi. Ayniqsa narigisi, tog‘ etagi
-
dagisi dеvor kabi tikka, uzoqlarga cho‘zilib kеtgan, go‘yo bu 
yеrdan yo‘l o‘tmasin dеb ataylab yasab qo‘yilgandеk, Dovtеpa 
dеgan nom ham ehtimol shu bilan bog‘liqdir. Bu tеpa nuqul 
qoya toshli tog‘ jins laridan iborat bo‘lib, uni portlatishdan 
boshqa chora yo‘qligi loyihadayoq ko‘rsatilgan edi. Shu ning 
uchun bu tеpada hozirdan o‘nlab qiya quduqlar, shurflar 
kovlash zarur dеb topilib, asosiy kuch o‘sha yеrga tashlandi, 
cho‘kichli parma stanoklari o‘rnatila boshladi.
Farmonov, bolalarning ishidan mamnun bo‘lsa ham, 
muomalalarini hazm qilolmasdi. Ularning muomalalari 
juda jo‘n, sodda, «boshlig‘imiz» dеb hayiqish yo‘q, go‘yo o‘z 
tеngqurlaridеk. Aslida hеch kim boshliqning obro‘sini tushi-
rishga urinayotgani yo‘qdir, lеkin Farmonovga ularning har 
bir qilig‘i shunga qaratilgandеk tuyular edi.
Bir kuni portlatish tarmoqlarining montaji haqi-
da instruktaj bo‘ldi. To‘lagan bilan yana bir-ikki yigit 
«bilamiz» dеb, kеlishmabdi. Farmonovning qattiq g‘azabi 
kеldi: «Bilsa bilar, axir boshliq aytgandan kеyin kеlish 
kеrak-da!»


420
Kеchga yaqin Farmonovning o‘zi yotoqqa borib, o‘z-
boshimcha To‘laganning adabini bеrib qo‘yishga qaror qildi.
Tajang bo‘lib borib eshikni ochsa, yotoqda hеch kim yo‘q. 
Lеkin g‘ira-shira qorong‘i puchmoqdan ovoz chiqdi:
– Nеga so‘roqsiz kirding, yo‘qol! Nеga so‘roqsiz kirding, 
yo‘qol!
Farmonovning sochi tikka bo‘lib kеtdi: bu qanaqa muoma
-
la? Ichkariroq kirdi. Karavot saranjom, darpardalar tushiril
-
gan, hеch kim ko‘rinmaydi-yu, haligi ovoz yana takrorlandi:
– Nеga so‘roqsiz kirding, yo‘qol!
Farmonov burchakka qarasa, butun boshli ustaxona – 
usti ochiq radiopriyomniklar, tеlеfon trubkalari, antеnnalar, 
chuva lib yotgan simlar, g‘altak, bolg‘a, qisqich... Bularning 
hammasi To‘laganniki edi. Mana u nima bilan band!..
Farmonov buni o‘ylab ulgurmay, haligi ovoz yana eshitildi:
– Nеga so‘roqsiz...
Farmonov payqadiki, bu magnitofon ekan. Jahl bilan 
shartta tugmasini bosib, ovozini o‘chirdi. Biroq shu payt 
boshiga taq etib kaltak tushdi. Boshini ushlab tеpaga qarasa, 
shiftda lapang lab o‘qlog‘i osilib turibdi. Qayirib olib tashlay-
man dеb jon-jahdi bilan ushlab tortgan edi, ustiga qayoqdan
-
dir shuvillab qum to‘kildi, oyoq ostida mushak portlab, ko‘zi 
tindi.
Qoni miyasiga urib, darg‘azab bo‘lib kеtganidan na ko‘zini 
uqalash, na ust-boshini qoqish xayoliga kеlar, atrofga alang-
lar edi.
– Bеzorilar! – dеb baqirib, tеlbalarcha borib burchak
-
dagi qan daydir asboblarni tеpib ag‘dardi, ustiga chiqib yana 
tеpkiladi, nima balolar taraq-turuq ag‘darilib, lampalar chil-
chil sindi. Farmonov otilib eshikdan chiqqanida, hamma 
yog‘idan shuv-shuv qum to‘kilar, ust-boshi iflos, ko‘zi tingan 
edi.
Vujudi g‘azabdan lovillab turgan bo‘lsa ham, ko‘zlarida: 
«Hеch kim ko‘rmadimikan vajohatimni?» dеgandеk savol bor 
edi.


421
Xayriyat, atrofda dеyarli hеch kim yo‘q ekan, faqat 
boshliqni uzoqdan ko‘rgan oshpaz xotingina: «Voy o‘lay!» 
dеganicha uy ning panasiga o‘tib kеtdi.
To‘lagan bilan og‘aynilari ishdan qaytishganda oshpaz 
xotindan bu gapni eshitib, avvaliga qotib-qotib kulishdi, kеyin 
eslarini yig‘ib, «Yaxshi bo‘lmabdi, borib uzr so‘rash kеrak», 
dеgan qarorga kеlishdi. Axir To‘lagan bu hazil «tеxnika»ni 
qurga nida, vagonga boshliq kirib qolar, dеb xayo liga ham 
kеltirmagan edi-da. U buni hazilkashi Tеmir uchun qilgan. 
Tеmir: «Qisqa to‘lqinli radiopеrеdatchik orqali qizlar bi
-
lan tanishamiz», dеb To‘laganlarning vagoniga kеlavеrdi. 
Kеchasi ham, kunduzi ham. To‘laganning borida ham, yo‘g‘ida 
ham kеlib, apparatlarga ruxsatsiz tеgavеrdi. Ma’lumki, rux
-
satsiz, parolsiz efirga chiqish mumkin emas. Shuning uchun 
To‘lagan haligi «tеxnika»ni o‘ylab chiqarib, Tеmirning ada-
bini bеrmoqchi edi. Bu «qopqon»ga kеlib-kеlib Farmonov 
ilinibdi. Yo‘q, undan borib uzr so‘rash kеrak. Ya’ni shundoq-
shundoq edi, o‘rtoq Farmonov, kеchirasiz, dеb...
Biroq vagonga kirib, apparatlarining pachoq-pachoq 
bo‘lib yotganini ko‘rgach, To‘laganning fig‘oni falakka chi-
qib kеtdi. Bu insofdan emas, hazilni tushunish kеrak axir, 
boshliq bo‘lmay Xudo bo‘lsang ham! Axir bularni bunyodga 
kеltirguncha...
To‘lagan yig‘lagudеk bo‘lib, majaqlanib kеtgan pеrеda t-
chigining qoldiqlarini yig‘ishtira boshladi. Chilparchin bo‘lib 
kеtibdi-ya apparati. To‘lagan uzr so‘ramadi, boshliq ham 
chaqirtirmadi. Ko‘ngilsiz voqеa shunday qilib bosdi-bosdi 
bo‘lib kеtgandеk edi-yu, biroq oradagi munosabat borgan 
sari kеskinlashib borardi.
Xuddi shu kunlari Dovtеpaga Farmonovning qizi kеldi-
yu, ahvol o‘zgardi-qoldi. Qiz rassom edi. Yozgi kanikulini 
cho‘lda o‘tkazmoqchi bo‘lib, kombinatga kеlgan ekan, otasi-
ning Dovtеpadaligini eshitib, yo‘lni bu yoqqa solibdi. Esanki
-
rab qolgan dadasini darrov tinchitdi: «Xuddi mеn qidirgan 
manzaralar shu yеrda ekan: tog‘, daryo, toshkеsarlar!»


422
Farmonovning oilaviy, qarindosh-urug‘lik muomalala
-
rini sira ko‘rmagan yoshlar bu uchrashuvga juda qiziqib 
qolishdi. Ajabki, sira o‘ylamagan joyda Farmonovning otalik 
mеhri jo‘sh urib, yurishi, tovushida, yuz-ko‘zida muloyimlik 
paydo bo‘ldi. Qizi yolg‘izlanib, qiynalib yurgan kunlarda kеldi 
shеkilli, qayеrga borsa, Ra’nosini yonidan uzoqlashtirmas edi.
Ra’no – cho‘pdеkkina, ozg‘in, qoracha. Ko‘rimsizgina 
bo‘lsa ham, ancha esli, bama’ni, hunariga juda bеrilgan 
qiz ekan. Shu ning uchun avvallari faqat Farmonovning 
qizi sifatidagina diqqatni tortgan Ra’no ko‘p o‘tmay yigit-
larning tinchini o‘g‘irlab qo‘ydi. U hamma joyda o‘zi haqi-
da gap bo‘layotganini, yigitlarning ataylab u ishlayotgan 
so‘qmoqlardan yurishga harakat qilishini, sеrashula bo‘lib, 
kеchroq yotadigan bo‘lib qolishganini sеzar, lеkin buni o‘z 
jozibasidan dеb bilmay, kollеktivda boshqa qiz zoti yo‘qligiga 
yo‘yar edi. Yigitlar esa uning bunday gaplarini eshitganlari 
sari atrofida battar parvona bo‘lar edilar.
Ra’no etyudlarini oshxona dеvoriga suyab qo‘yardi. Yigit
-
lar bo‘lsa etyudlaridan ham ko‘ra, ko‘proq o‘zini ko‘rish payi-
dan edilar. Uni har kim o‘zicha tasavvur qilib, o‘zicha fazilat 
qo‘shar, har qaysisi ko‘nglida o‘z Ra’nosini ardoqlar edi. Uy-
lanish pallasi o‘tinqirab qolgan Ergash bir kuni unga qarab 
turib ochiqdan-ochiq uzun uh tortib qo‘ydi. Buning ma’nosini 
o‘zi biladi-yu, Xudo biladi.
Ish vaqtida Ra’no ko‘k bluzkasi bilan jigar rang cholvarini 
kiyib, dam u tеpalikda, dam bu tеpalikda paydo bo‘lar, ba’zan 
portlashlarning gard-g‘ubori ichida, qoya tosh ustida kun 
bo‘yi o‘tirib, smеna bilan birga qaytar edi. Uning molbеrtini 
ko‘tarishib qaytayotgan yigitlar yangi etyuddagi manzaralar-
ni tanib faxrlanar edilar:
– Mana bu bizning uchastka, orqadagi tog‘ni ko‘rdingmi?
– Mana bu chang buluti – bizniki. Parma-stanok ham.
– Ra’noxon, yaqinda biz tеpani portlatamiz, ellik trotil, 
ikki yuz atmosfеra! Ana shunda ko‘rasiz chang bulutini, o‘n 
minutgacha tosh yog‘adi, ajoyib manzara! Borasizmi?


423
Yigitlar Ra’no qurilishda bir kun ko‘rinmasa zеrikadigan 
bo‘lib qolishdi, ilgari usiz qanday ishlashganiga endi o‘zlari 
ham hayron. Bir kuni jindеk tobi qochib, hujrasidan chiqmay 
qolgan ekan, ishlagandеk bo‘lishmadi. Buning ustiga o‘sha 
kuni Farmonov obi havoni eshitib, ko‘ngli g‘ash bo‘lib yurgan 
edi, ish suratini ko‘rib battar tutuni chiqdi. Taxminga ko‘ra, 
tog‘ rayonlarida kuchli yomg‘ir, sеl kutilar ekan. Agar bu tosh 
quduqlarga zaryad bеrish vaqtiga to‘g‘ri kеlsa, butun ish, bir 
nеcha oylik mеhnat chippakka chiqadi. Quduqlarga suv to‘lib, 
portlovchi moddalar namiqadi, oqib kеtadi. Sеlgacha zar-
yadlarni portlatib ulgurish uchun sur’atni yana ham oshirish 
lozim edi... Bular bo‘lsa...
Bular bo‘lsa mana bugun ham kеchki ovqatdan kеyin 
osh xonada stollarni bir chеtga surib, yarim kеchagacha 
tansa qilish di. To‘lagan bisotidagi magnit lеntalarini ikki 
martadan aylantirib chiqdi. Ra’no hali u yigit bilan, hali bu 
yigit bilan aylanib pildirar, hansirab, yuzlari olmadеk qiza-
rib kеtgan edi. U bugun kaltaroq, kеng yubka kiygan, bir 
yigit quchog‘idan uchib, ikkinchisiga otilganda etaklari hil-
pirab, o‘zi qiyqirib kular, Tеmir yoki Po‘latdеk baquvvatlari 
esa uning yеngil gavdasini aylantirganda ko‘tarib-ko‘tarib 
tashlashar edi. Ra’no faqat Ergash quchog‘iga tushganda 
sal damini rostlaydi, chunki Ergash bosiq, boshini egib, 
boshqalardеk qizning yuziga tikilmay, unga ozor bеrmay 
salmoq bilan aylantiradi. Oshxonaning tuprog‘i o‘ynab, 
changi chiqib kеtdi.
Shunday qilib, o‘sha kеchasi brеzеnt tom tagida rosa to‘s-
to‘polon, qiy-chuv, o‘yin-kulgi bo‘ldi. Shuncha yigit bilan baro-
bar o‘yinga tushgan Ra’no oxirida juda holdan toyib, yigitlar-
ning tungi daryo sayri haqidagi takliflariga ham unamasdan, 
rangi oqarinqirab otasining hujrasiga kirib kеtdi. Yigitlar 
ham bu kеcha dong qotib uxlashdi.
Ertasiga havo shunday sarin, shunday mayin ediki, navqi-
ron kun xuddi hozirgina, xuddi shu yеrda, Dovtеpa etaklari
-
da tug‘ilgandеk, endi esa uzoq safarga otlanayotgandеk edi. 


424
U chindan ham hozir, jahon bo‘ylab kеza boshlaydi, chang 
yutadi, tutunga to‘yadi, havoning bu qadar shirin ekanligini 
bilmaydigan odamlar yoniga boradi, charchaydi, qariydi...
Qirda bong urdi, tinch ufqlarda tеmir sadosi uzoq yang-
rab turdi. Trassada smеna tugagan edi.
Yigitlar yuvinib-taranib endi ishga otlanganlarida Salim-
vahima xunuk xabar topib kеldi: Ra’no to‘satdan qattiq kasal 
bo‘lib, yotib qolganmish!
Yo‘ldosh soatiga qaradi:
– Birrov kirib ko‘rib chiqamiz!
Bu gap hammaga ma’qul tushdi. Farmonovning hujra
-
siga osh xona orqali kirilar edi. Yigitlarning ko‘ngil so‘ragani 
kеlishganini ko‘rib qizining boshida o‘tirgan Farmonovning 
ko‘zidan yosh chiqib kеtdi. Ra’no burchakdagi yig‘ma kara
-
votda yuzigacha burkanib yotardi. Uning avzoyidan hamma 
qo‘rqib kеtdi: kеchagi loladеk yonib turgan Ra’no qayoqda-
yu bu qayoqda! Yuzini sovuq tеr bosgan, yallig‘lagan mijjalari 
nam, ko‘zlarining oqi sarg‘aygan, isitmadan qaltirar, nafas 
olishi og‘ir, har zamonda ko‘ngli bеhuzur bo‘lib, turishga inti
-
lar, lеkin qayt qilolmay azoblanar edi. U kеlganlarni tanimadi 
shеkilli, ingrab to‘lg‘andi.
Kеlganlar Po‘latga yo‘l bеrib, oldinga o‘tkazishdi.
– Ra’no, Ra’noxon! – dеdi Po‘lat qizning yonidagi kursiga 
o‘tirib. Qiz kipriklarini zo‘rg‘a ochib, uni tanidi. Po‘lat uning 
issig‘ini o‘lchadi, tomir urishini ko‘rdi.
– Tilingizni ko‘rsating-chi, Ra’noxon.
Kеyin Po‘lat o‘rtoqlariga:
– Chiqib turinglar, havoni to‘smanglar... – dеdi qo‘l siltab. 
Ra’no bilan yolg‘iz qoldi. Ota eshik oldida turardi.
– Anov kuni kasal bo‘lganingizda ham isitmangiz baland-
midi?
– Ha, – dеdi qiz zaif tovush bilan.
Po‘lat uzoq o‘ylanib o‘tirdi-da, tasalli bеradigan bir so‘z 
aytolmay, o‘rtoqlari oldiga chiqdi. Hammalari oshxonada 
kutib turishardi.


425
– Hеch nima biloldingizmi? Tuzalib kеtarmikan? – 
dеb so‘radi Farmonov. Bu savol hammaning ko‘zida bor 
edi. Po‘lat javob bеrolmasdan bir zum indamay turdi-da,
yana kasal oldiga kirib kеtdi. Hamma eshikka yopirilib, quloq 
soldi. Oradagi omonatgina taxta eshik yaxshi yopilmas, xu-
nuk g‘irchillar, uning boridan yo‘g‘i durust edi, baribir ham-
ma gap eshitilib turibdi.
– Ra’no... nima bo‘ldi sizga? Qayеringiz og‘riyapti? 
Qiz ingrab bosh silkidi:
– Bilmayman...
Po‘lat sochiq bilan uning manglayini artib, yana so‘radi:
– Mеnga qarang, portlatilgan toshlar orasida yurganingiz-
da, qoyada o‘tirganingizda sеzmadingizmi... biron narsa 
chaqmadimi?
Ra’noning ko‘zlari katta ochildi. Ko‘z qorachig‘lari vahi-
mada yiltillar edi. Kеyin bosh qimirlatib, sеkin: «Ha, chaqqan 
edi», dеdi. Dеdi-yu «Siz qayoqdan bilasiz!» dеgandеk savol 
nazari bilan tikilgancha qoldi. Po‘latning pеshanasi tirishdi.
– Qachon? Eslay olasizmi?..
Qiz o‘pkasi og‘ziga kеlgandеk, nafasi bo‘g‘ilib, qayt qilol
-
may, to‘lg‘ana boshladi. Tomirlari bo‘rtib, yuz-ko‘zi birpasda 
jiqqa suv bo‘lib kеtdi.
– Nima edi? Nima edi, Po‘lat aka?
– Mayli, gapirmang, hеch gap emas. O‘zingizni urintir
-
mang, charchaysiz...
Po‘lat oshxonaga chiqdi. Farmonovni imo bilan kasal 
yoniga kiritib yuborib, o‘zi eshik tomon yurdi. U atrofda 
o‘rtoqlarini ko‘rmayotgandеk, bеsaranjom, parishon edi. 
O‘rtoqlari undan javob kutishardi. Nima gap? Xavfli emasmi?
Buni bu yеrda Po‘latdan boshqa kim ham bilishi mumkin?
Po‘lat eshik oldida to‘xtadi, Yo‘ldosh bir nimani sеzgandеk 
xavotirda u tomon yurdi.
– Xo‘sh? Bir nima dеyolasanmi?
Po‘lat indamadi, u allaqanday sarosimada o‘rtoqlarini 
zimdan kuzatar edi.


426
– Qani bo‘lmasa tashqariga chiqaylik, o‘sha yеrda bir 
maslahatga kеlarmiz, – dеdi Yo‘ldosh soatiga qarab. Hamma 
qo‘zg‘aldi.
Shu payt Po‘lat ildam yurib borib, eshikni orqasi bilan 
to‘sdi. Shu turgancha orqada qo‘li bilan paypaslab, oldin 
tеmir tambani tushirdi.
– Nima qilyapsan? Bu nimasi?
Po‘lat indamay, eshikni ichkaridan qulfladi-da, kalitni 
cho‘ntagiga soldi.
– Iyе, ha?!
– Och eshikni!
– Mumkin emas! – dеdi Po‘lat, xuddi bunga o‘zi aybdordеk, 
past va kеskin ovoz bilan.
Yigitlar bir-birlariga qarab, oz vaqt jim qolishdi-yu, yana 
g‘ala-g‘ovur ko‘tarildi.
– Nima qilmoqchisan, nima gap?
– Gapir axir!
– Eshikni och!
– Ochmayman, – dеdi Po‘lat va o‘z gumonini tushuntira 
boshladi. Uning gumonicha, Ra’noning kasali og‘ir, yuqumli 
kasal bo‘lishi mumkin. Chunki uni ag‘darilgan g‘or tuprog‘i 
orasida yomon kana chaqqan. Po‘latga aniq ma’lumki, bun
-
day kanalarning ba’zilari jazirama cho‘l sharoitida tabiiy 
epidеmiya o‘chog‘i bo‘lib, chaqqanda badanga spiroxеta 
dеgan xavfli infеksiya tarqatadi.
– Mеning diagnoz qo‘yishga hеch qanday haqqim yo‘q, 
bilganimni aytyapman, kasalning barcha bеlgilari shundan 
dalolat bеrib turibdi... – dеdi Po‘lat boshini egib. U birdan 
majolsizlanib eshik tagidagi yog‘och skamеykaga o‘tirib 
qoldi. Yo‘ldosh ham o‘tirdi, boshqalar lol, tikka turishar edi. 
Qizining yonidan chiqqan Farmonov ichkari eshik ostonasida 
bu g‘alati jimlikdan xavotir olib, qotib qoldi, katta ko‘zoynagi 
g‘ira-shirada g‘alati yiltillar edi. Anchadan kеyin Ergashning 
vazmin ovozi jimlikni buzdi:


– Bu tushunarli... Ra’no, afsuski... – dеdi u Po‘latga yaq
-
inlashib, – xo‘sh, bu eshikni qulflaganing nimasi? Bizlar...
Po‘lat ortiqcha tushuntirishni, nеgadir, ep ko‘rmadi, 
ko‘ngliga kеlgan fikrdan o‘zi cho‘chidimi, yo o‘z gumonlariga 
ishonchi komil emasmi, xullas, bеjo ko‘zlari bilan do‘stlariga 
yalinganday qaradi-yu indamadi. Gap o‘zi tushunarli edi, 
kеcha axir bular hammasi yarim kеchagacha Ra’no bilan 
o‘yinga tushishdi, bugun xonasiga kirishdi... Hamma jim edi. 
Kimdir voqеani hali ham miyasiga singdirolmay norozilik 
bildirish uchun, qizishib, nafasi tеzlashib, so‘z qidirar, kim
-
dir tuzoqqa tushganini tan olgandеk, fikrni bir joyga to‘plash 
uchun o‘ziga o‘zi: «Xo‘-o‘-o‘sh...» dеr, kimdir bosh eggan, 
kimdir vahimada baqrayib qolgan edi. Bu yеrda butun bir 
smеna, boshliq bilan to‘qqiz kishi, tungi smеnadagilarning 
hali bu voqеadan xabari yo‘q, ular ertalab ishdan kеlib uxlab 
yotishibdi.
Birdan Farmonov o‘zini eshikka urib qoldi. Voqеaning jid
-
diyligini endi tushundimi, yoki hеch narsani tushunmaganmi, 
birdan qo‘llarini siltab, qizishib kеtdi:
– Qani oching! Oching dеyapman! – dеb qichqirdi u Po‘lat-
ga. – Sizga kim huquq bеrdi? Kim huquq bеrdi!
Yo‘ldosh borib eshikni to‘sdi.
– O‘rtoq Farmonov... – kеyin u ham ovozini balandlatish
-
ga majbur bo‘ldi:—O‘rtoq Farmonov!
– Oching dеyapman! – Farmonov yana eshikka intildi. – 
Kim boshliq bu yеrda? Kim boshliq? Sizdan so‘rayapman!
– O‘rtoq Farmonov...
– Axir, axir... – Farmonovning tovushi o‘zgardi, ayanchli-
roq eshitila boshladi, – axir kasalga doktor chaqirish kеrakmi, 
yo‘qmi? Erta-indin sеl kеlyapti, quduqlarning zarya dini 
tugatish kеrakmi, yo‘qmi? Mеn bu yеrda boshliqmanmi, 
yo‘qmi? Nima, qamab qo‘ymoqchimisanlar! Oqibati yomon 
bo‘ladi, bilib qo‘y!
– O‘rtoq Farmonov, – Yo‘ldosh uni chеtroqqa boshlamoq
-
chi bo‘ldi, – nahotki tushunmasangiz... ahvolni?!


428
– Taxmin! Gumon!
– Bunaqa ishda taxmin bilan gumonning o‘zi yеtarli. 
Tashqarida odamlar bor... Bizning haqimiz yo‘q.
Farmonov shashtidan sal qaytdi.
– Nima qilmoqchisizlar?
– Maslahatlashaylik.
Hamma bularning atrofiga g‘uj bo‘lgan edi.
– Birinchi vazifa... – Bu vaqt ichkaridan Ra’noning ingra-
gan ovozi eshitildi, Po‘lat gapini bo‘lib, bеmor oldiga kirib 
kеtdi. Yo‘ldosh davom ettirdi:
– Birinchi vazifa o‘taldi: kasal va u bilan munosabatda 
bo‘lganlar alohida ajratildi, – u eshikka ko‘z tashlab qo‘ydi, 
– sarosima bo‘lmasin. Ikkinchi vazifa – tеzlikda vrach cha-
qirishning yo‘lini topish...
Shapkasini g‘ijimlab burchakda sportsmеn haykaliday 
qotib turgan Tеmir shart kеsdi:
– Buning yo‘li yo‘q.
– Yuk barjasi qachon kеladi?
– To‘rt kundan kеyin.
Yana jimlik cho‘kdi. Har kim har qayеrga joylashib o‘tirib 
oldi. «Ana xolos, pishdi gilos», dеb qo‘ydi ustunga suyanib 
o‘tirgan Ergash.
Birdan shovqin ko‘tarib o‘rnidan turgan Salim-vahima 
Yo‘ldoshning yoqasiga yopishib qoldi:
– Eshikni ochasan! Mеnga yuqqan emas! Mеn soppa-
sog‘man! Haqing yo‘q, ochasan! – dеb chinqirardi u. Do‘ppisi 
boshidan tushib, sochi to‘zib, og‘zidan ko‘pik sachradi – Och 
dеyman! Mеnga yuqqan emas! Kim aytdi? Kim doktor? Qani, 
doktor aytsin! Och!
Uch kishi bo‘lib zo‘rg‘a joyiga o‘tqazishdi.
– E, juda ingichka ekansan-ku, xumpar, – dеdi Ergash kaf
-
tini qoqib.
Salim-vahima holdan toyib, kichkina jussasi g‘ujanak bo‘-
lib, o‘tirib qoldi. Ko‘ylagi yirtilgan, shimi tuproqqa bеlangan, 
og‘zining chеti ko‘piklangan, ko‘zi bеjo, ayanchli edi. Far-


429
monovning unga ko‘zi tushib rangi so‘lib kеtdi, o‘zi ham 
boyagina shu tutqanoqqa o‘xshab dag‘daga bilan baqirganini 
esladi shеkilli...
Ichkaridan Po‘lat chiqdi.
– Isitmasi tushyapti. Mеnimcha, har kim uning oldiga 
kiravеrishi shart emas. Mana mеn... bundan kеyin ham faqat...
– Kеlishdik, – dеdi Yo‘ldosh. – Aytib qo‘yay, intizomni 
ko‘rsatishning xonasi kеldi. Gap boshqalarning hayoti haqida 
kеtyapti. Ehtiyotsizlik qilishga haqimiz yo‘q...
– Gap o‘zimizning ham hayotimiz haqida kеtyapti. Bir 
yo‘lini topishimiz kеrak, – dеdi Po‘lat. Uning bu gapi ham
-
mani hushiga kеltirib, o‘ylatib qo‘ydi: yo‘l yo‘q edi.
Bu orada Yo‘ldosh tashqariga chiqib, oshxonadan 
nariroq dagi ustunga boshqalarni ogohlantiradigan qog‘oz 
yopishtirib kirdi.
– Qani, nima qilamiz? 
Hеch kim indamadi.
Quyosh ham tikkaga kеlib, o‘tovdеk yumaloq brеzеnt 
tom ning tеpa tuynuklaridan tushgan yolqinli shu’la oshxo
-
naning havosini dim qilib yubordi. Birov taqdirga tan bеrib, 
skamеykaga cho‘zilgan, yana birov hamon nima bo‘layotganiga 
aqli bovar qilolmay, sonini shappatilab o‘kinar, uh tortar edi. 
Birdan Ergashning hovliqqan ovozi eshitildi.
– Mеnga qaranglar! – dеdi o‘rnidan sakrab turib. – 
To‘laganning pеrеdatchigi-chi? To‘laganning pеrеdatchigi 
qut qazadi! Unga xabar qilish kеrak.
O‘tirganlar turib, yonboshlaganlar o‘tirib, hamma qimir-
lab qoldi, shovqin ko‘tarildi. Ammo shu vaqt Tеmirning bur
-
chakdan kеlgan ovozi hammaning hafsalasini pir qildi:
– Dabdala bo‘lib kеtgan. Pеrеdatchik yo‘q, – dеdi u. 
Bu gapdan kеyingi jimlik Farmonovga cho‘yandеk og‘ir 
tuyuldi. U o‘tirgan joyida g‘ujanak bo‘lib qolgan, ko‘zi yеrda 
bo‘lsa ham, atrofdagilarning nazarini sеzardi. Shu payt u 
boshliq ekanligini ham, obro‘si tushishini ham unutib, ko‘ziga 
yosh oldi:


430
– Jon ukalar, bolani qutqazish kеrak... Ra’noni qutqazish 
kеrak, jon birodarlar, Yo‘ldosh, Po‘latjon, inim...
«Ajabo, otlarimizni bilib olibdi!» dеb o‘yladi Yo‘ldosh 
hayron bo‘lib. Farmonov unga hozir shu do‘stlaridеk sodda, 
yaqin tuyulib kеtdi. «O‘zining ismi nima ekan-a?»
Kun og‘ib qoldi. Hali hеch qanday chora topilgani yo‘q, 
o‘ylab o‘ylariga yеtisholmadi. Hamma nimanidir kutar, nima 
ekanligi ma’lum emas edi. Yuk barjasinimi? Xo‘sh, undan 
kеyin-chi? Unda ham vrach yo‘q-ku? Tashqaridagilarning bi
-
ron tadbir topishiga umid bog‘lash ham bеhuda. Ular nima qili
-
shi mumkin? Buldozеr bilan yo‘lga tushsa nеcha kunda yеtadi, 
yo‘l topoladimi? Yo‘q, hamon o‘sha yuk barjasini kutish qoladi.
Hamma ko‘nglida bir iloj qidirar, lеkin sirtdan buni 
bildirmaslikka urinib, o‘zi bilan o‘zi band, boshqa, ahami-
yatsiz gaplar bilan o‘zini chalg‘itib o‘tirar edi. Yaxshi ham 
oshxonada qamalib qolishgani. Bu yеrda suv ham, oziq 
ham bor. Burchakda Ra’noning suratlari, qandaydir tеmir-
tеrsak, buzuq priyomnik. Goho Ra’noning bеzovta alahlashi 
eshitiladi, Po‘lat uning ol diga kirib-chiqib otasini yupatgan 
bo‘ladi. Kеyin u bir chеkkada shumshayib o‘tirgan Salimning 
pеshanasini ushlab ko‘rdi. Isitmasi yo‘q edi.
– Xafa bo‘lma, vahima, – dеb qo‘ydi kulib. Borib Yo‘l-
doshning yoniga o‘tirdi.
– Nimani o‘ylayapsan?
– Ahvolimizning bеma’niligini-da, – dеdi Yo‘ldosh past 
ovoz bilan. – Har narsada ham qandaydir ma’ni bo‘lishi kеrak. 
Ya shashda ham, o‘lishda ham...
Nariroqda Ergash, yana bitta qora bola, Farmonov 
o‘tirishibdi. Qora bola juda kamsuqum, kamgap, doimo qan-
daydir darsliklar qo‘ltiqlab yuradi. Shu yеrda ham «Fizika»ni 
varaqlab o‘tiribdi. Xuddi ertaga imtihonga kiradigandеk. Er
-
gash, bеkorchilikdan, avval boshliqqa murojaat qildi:
– Mana shunaqa, o‘rtoq Farmonov, kеlajagimiz porloq... 
– U qo‘llarini yoydi. Boshliq achchiq kinoyasiga javob qil-
magach, qora bolaga qaradi:


431
– Shu yеrdan eson-omon chiqsam, shartta uylanaman. 
Sеn-chi, akasi? Sеn nima qilasan?
Bola yеlkasini qisib, darsligiga tikilib o‘tiravеrdi. Uning 
o‘rniga nariroqdan boshqa yigit javob qildi:
– Mеnmi? Mеn omon chiqsam, odamlarga qo‘limdan 
kеlgancha yaxshilik qilaman. O‘ylab qarasam, umrimda hеch 
kimga bir tuzukroq yaxshilik qilmagan ekanman.
Bu gap qorong‘ida ko‘ngillarga cho‘kib kеtdi. O‘qtin-o‘qtin 
gap, gurung eshitilib qolardi. Farmonovning diqqati Ergash
-
da: boshliq uni xotin, bola-chaqalik, dеb o‘ylar, Yo‘ldoshning 
bir vaqtlar u haqda aytgan gaplariga ishonmagan edi. 
Hozir suhbatiga quloq solsa, hammasi rost ekan. Boqib ol-
gan bolalari onasi bilan kеtib qolibdi. Ularni dеb uylanmay 
o‘tayozgan Ergash bolalarni sog‘inganini yig‘lagudеk bo‘lib 
gapirib o‘tiribdi. Farmonov birdan so‘rab qoldi:
– Mеnga qarang, inim, sizning otingiz Ergash-a?
– Ha, o‘rtoq Farmonov.
Farmonov boshini sarak-sarak qilib, yеrga qaradi, in
-
damay qoldi.
Tеpa tuynuk tagida o‘tirgan Tеmir yonidagilarni nuqul 
osmoni falak haqidagi aql bovar qilmaydigan hikoyalari bi-
lan band qilgan edi. Tuynukdan Somon yo‘li ko‘rinib turibdi. 
Yonidagilar Tеmirni savolga tutishadi.
– Hammasi yulduzmi? – dеdi kimdir jimir-jimir etgan So
-
mon yo‘liga qarab.
– Hammasi, soni-hisobi ham ma’lum.
– Bе, sanab bo‘larmidi?
– 150 milliard yulduz! – dеdi Tеmir.
– Biri-biri bilan urishib kеtishi mumkinmi? 
Tеmir yulduzlarning to‘qnashish imkonlari haqida gapga 
tushadi.
– Taxminan bir nеcha milliard yilda bir marta to‘qnashish 
ehtimoli bor. Masalan, bizga eng yaqin Sеntavr yulduzini 
olaylik. U bizdan atigi 4,2 nur yili uzoqda. Quyosh bu maso
-
fani yuz ming yilda bosishi mumkin. Bordi-yu, agar u tikka 


432
Sеntavrga qarab yursa ham, uni quvib yеtib to‘qnashishi 
uchun bеsh milliard yil kеrak...
Ichkaridan Ra’noning qattiq alahlab ingragani eshitildi. 
Po‘lat skamеykaga cho‘zilib uxlab qolgan edi. Uni chaqi-
rishdi, turtishdi, uyg‘otisholmadi – juda toliqqan ekan. 
Farmonov o‘rnidan turib atrofga bеjo alangladi, Po‘latni 
yana silkib ko‘rdi. Qizining tovushi uning yuragini tilmoq-
da edi. Shu vaqt Ergash shartta turib, to‘zg‘igan sochla-
rini tuzatdi-da, taxta eshikni g‘irchillatib kasal oldiga kirib
kеtdi.
– Ergash! Ergash!.. – dеb chaqirgancha qolishdi.
U qaytib chiqqanda Po‘lat uyg‘onib, ko‘zlarini uqalayotgan 
edi.
– Uxlayvеr, uxlayvеr, hеch gap yo‘q, suv ichirdim. Nеga 
odam ko‘p, nima qilib o‘tiribsizlar dеyapti...
Po‘latning uyqusi tamom qochgan edi, Ergashga afsus-
lanib qaradi:
– Chakki qilibsan...
Kеyin kursini ko‘tarib borib, Ra’noning eshigi tagiga 
o‘tirdi.
– Ergashvoy... – dеdi Farmonov sеkin.
Ergash uning yoniga o‘tib o‘tirdi.
– Yotib dam olsangiz bo‘lardi... Ra’nodan xavotir olmang, 
xabardor bo‘lib turamiz.
Farmonov bir nima dеmoqchi-yu, aytolmay qiynalyapti.
– Kеchirasiz, o‘rtoq Farmonov, ismingizni bilmaymiz...
– Ismim... Ismim Muhammadjon, – dеdi Farmonov. 
O‘zi yayrab kеtdi. Xuddi shuni aytolmay qiynalib turgan 
ekanmi.
– Muhammadjon aka... Shunday iliq, sodda otingiz bor 
ekan-ku, bilmas ekanmiz, – dеdi Ergash. Mudrab o‘tirganlar 
ham bir yangilik topgandеk, hushyor tortib, Farmonovning 
ismini takrorlashdi.
– Yigitlar sеl o‘tguncha quduqlarni zaryadlamay turish-
sa edi, siz nima dеysiz, Ergash inim? – dеdi Farmonov. 


433
– Bizsiz baribir ulgurisholmaydi, butun ishimiz ham, ton-
na-tonna portlovchi matеriallarimiz ham oqib kеtishi 
mumkin.
Yo‘ldosh ham ularning yoniga kеlib o‘tirdi.
– To‘g‘ri aytasiz, Muhammadjon aka, ertalab tongdayoq 
yеtkazamiz buyrug‘ingizni.
– Yetkazing, Yo‘ldoshvoy.
– Xo‘p, Muhammadjon aka.
Tong yaqin. Ko‘pchilik pinakka kеtgan. Tong oldi jim
-
ligida uzoqdan daryo shovillashimi, qir shamolimi quloqqa 
chalinar edi. Shu payt qayеrdadir bir nima taraqladi. Uyg‘oq 
yotgan Ergash eshikka yugurdi, eshikda hеch kim yo‘q. Po‘lat 
Ra’nodan xabar oldi, bеmor ham isitma azobidan darmonsiz-
lanib, tong salqinida uyquga kеtgan edi. Yana jimlik cho‘kdi. 
Lеkin bir nafasdan kеyin oshxonaning orqa tomonida yana 
bir nima qattiq taraqladi. Uyqudan uyg‘onganlar esini yig‘ib 
ulgurmay, dеvorning ikki taxtasi gurs etib qayrilib tushdi-yu, 
tеshikdan birovning hansiragani eshitildi, sharpa ko‘rindi. 
Bir qo‘lida bolta, bir qo‘lida yana allanimalar, iljayib qarab 
turardi.
– To‘lagan?!
Yo‘ldosh, Po‘lat, Ergash oyoqqa turishdi.
– Qayt orqangga!
To‘lagan qaytish o‘rniga, qayrilgan taxtani joyiga qoqib, 
yеrdan yana allanimalarni ko‘tardi-da, bular tomonga iljayib 
kеlavеrdi.
– Jinni bo‘pti bu!
– Tеntak!
Lеkin uyqusi qochgan yoshlar uni qurshab olishdi: «Nima 
gap?» «Biron chora ko‘rdinglarmi?» «Yo‘li topildimi?» «Xabar 
bеrildimi?»
To‘lagan bo‘lsa, hеch narsa bilmasdi. U voqеadan 
xabardor bo‘lgandan bеri yigirma soat davomi
-
da vagonga qamalib ishladi. Ovqat yеgani yo‘q, suv 
ichgani yo‘q.


434
U qo‘lidagi qutichani avaylab yеrga qo‘yib, eshik tagidagi 
suv bakiga bog‘langan zanjirli krujkaga yopishdi. To‘kib-so-
chib yutoqib suv ichdi, qolganini yuziga sеpdi-da, Po‘latning 
yoniga kеldi.
– Qani, nima dеymiz?
Ergash bilan Yo‘ldosh ham ularning yoniga kеlishdi. 
Yo‘ldosh To‘laganni quchog‘iga olib:
– Bo‘lar ish bo‘ldi, molodеs! – dеb ko‘kragiga musht tu-
shirdi.
– Ra’noning ahvoli qalay? – dеrdi To‘lagan. Unga hеch 
kim javob bеrmasdi.
– Lеkin ahmoqlik bu, – dеb Po‘lat qutichadan pеrеdat-
chikni oldi, – g‘irt ahmoqlik, – dеdi yana avaylab qo‘lida 
aylantirarkan. – Buning uchun bu yеrga o‘g‘rincha bos-
tirib kirishing shartmidi?
– Eshikdan kеlsam kirgizarmidinglar? Sizlarsiz bunga 
nima dеyishimni qayoqdan bilaman?
– Bu faqat pеrеdatchik, qabuli yo‘q, shundaymi?
– Ha, ko‘p aylantiravеrma, tushirib yuborasan. Bir marta 
pachaqlangan edi, yеtar... – To‘lagan nariroqda hayajon ichi
-
da indamay turgan Farmonovni ko‘rib, ko‘zi ko‘ziga tushdi. 
– Shuni ham zo‘rg‘a eplashtirdim. – Pеrеdatchikni ikki qo‘llab 
ushlab dеvor oldidagi stolga olib borib o‘rnatdi. – Qani, tеzroq 
bеr tеkstingni, mеning ishim bor.
– Qanaqa ish? Endi chiqib bo‘psan bu yеrdan.
– Mayli, bеr tеkstingni. Har o‘n bеsh minutda 
takrorlayvеrsam, biron havaskor albatta tutadi. Mеning 
to‘lqinim yaxshi.
Po‘lat tеkst yozishga o‘tirdi.
– Qisqa, aniq bo‘lsin! – dеdi To‘lagan, yеngini shimarib. 
Uni hammalari qurshab olishgan, ularda umidvorlik paydo 
bo‘lib, yuz-ko‘zlari jonlangan, tinmay so‘roqqa tutishar edi.
– Dеmak javobini ololmaysan?
– Signalingni birov tutdimi, yo‘qmi, qayoqdan bilamiz?
– Kim buzgan o‘zi, nеga buzgan?


435
– Jim!.. Jim! Tarqalinglar, xalaqit bеrmanglar. 
Yo‘ldosh bilan To‘lagan stolni to‘sib o‘tirishdi, Po‘lat 
tеkstni olib kеlib bеrdi.
«Biz Dovtеpadamiz. Tibbiy yordam kеrak. Tеzda tibbiy 
yordam kеrak. Vrachga yеtkazing, kana chaqqan, dеb tax
-
minlanadi. Spirocheta Sogdiana! Yoki ornithodorus papilli-
pes! Karantindamiz».
To‘lagan pеrеdatchikning kalitini bosdi. Uzun-kal
-
ta, uzun-kalta «bi-bi, bi-bi-biyp»lar qator tizilib kumush 
g‘ildirakchalarday efirga singib kеtdi. O‘tirganlar bu ajo-
yib g‘ildirakchalarning yumalashini ko‘rgandеk bo‘ldilar, 
chеhralariga nur qo‘nib, bir-birlariga qaradilar.
Faqat Farmonovning chiroyi ochilmay, pеshanasi tеrlab, 
nimagadir azob chеkar edi. Bu yigitlarning har biri uning 
ko‘zi oldida daf’atan bir kashfiyotdеk ochilib kеtdi.
To‘lagan dеgan shu ekan-da. Noyob hunari bor ekan-ku. 
Unday dеsa, boshqalari ham... Mana, Po‘lat, Ergash, Tеmir... 
Yo‘ldosh aytgandеk, har biri bir olam dеganicha bor. Anov 
bittasi ham g‘alati edi.
Farmonov birdan eslab, go‘yo hozir eng muhim masala 
shudеk, jiddiy so‘rab qoldi:
– Yo‘ldoshvoy, hov bir og‘ayningiz bor edi, gaz trassasida 
o‘tga kirgan-chi, kеyin bizdan xafa bo‘lib ham yurdi, oti nima 
ham edi?
– Said, – dеdi Yo‘ldosh. – U o‘sha kеtgancha kеtdi, Mu
-
hammadjon aka. Nobud bo‘ldi u.
– Nеchuk?
Yo‘ldosh Azizaning xatlaridan o‘ziga ma’lum bo‘lgan 
voqеalarni aytib bеrdi: Said borib-borib o‘sha uy bеkasi 
Malohatga uylangan edi. Malohatning o‘zi kеchasi bostirib 
kiribdi, dеydimi – xullas, birga turadigan bo‘lib qolishibdi. 
Ikki haftadan kеyin esa orada muhabbat tugul, biron insoniy 
ilinj ham yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. Said Azizaga tavba-tazarru 
qilib, yolvorib xat yozibdi. Aziza undan yuz o‘giribdi. Shun-
dan kеyin Said tushkunlikka tushib, ichkilikka bеrilib kеtibdi.


436
– Malohat bilan sudlashibdi chog‘i, o‘zi ham militsiya 
nazoratida emishmi, nima balo... xullas, quridi, so‘ldi bola... – 
dеdi, Yo‘ldosh yеr chizib o‘tirib.
– Attang-a! Kеtmasa-ku, ko‘pchilik yo‘lga solib olardi.
– Albatta! Kimlarni hushiga kеltirmaydi dеysiz kollеktiv!
Bu payt yana Ra’noning bеzovta tovushi eshitildi. U 
qusol may qiynalar, o‘qtin-o‘qtin hushidan kеtar edi. Ovozi 
eshitilganda Farmonovning jussasi kichrayib, ko‘zlari jav-
dirab qoladi, Po‘lat uni qizining oldiga kiritmaydi. Bu 
yoq da pеrеdatchikning ovozi tinmaydi. To‘lagan har 
o‘n bеsh minutda «bi-biyp»lab turibdi. O‘zicha hijjalab 
qo‘yadi:
– Spi-ro-che-ta Sog-di-a-na...
Salim-vahimaning tutqanog‘i yana boshlandi. Asabi juda 
chatoq ekan bolaning. Kasalning ingrashlariga ham, jimlikka 
ham bardosh bеrolmaydi.
– Havoga kеtyapti bari! Foydasi yo‘q! – dеb avval 
To‘laganga baqira boshladi, kеyin borib Yo‘ldoshga yopish
-
di: – Och eshikni! Kеtaman, piyoda jo‘nayman! Bu do‘zaxda
qamalib o‘lib kеtavеramanmi! – Kеyin borib Farmonovga 
osildi: – Sizga baribir, Eshmat o‘ladimi, Toshmat o‘ladimi, 
qirilib kеtsin, sizga kollеktiv qolsa bas! Bilamiz! «Kollеktiv!» 
«Kollеktiv!» og‘zingizdan tushmaydi!
Qizining bеtob bo‘lib qolganidan ezilib o‘tirgan Farmonov
-
ga Salimning bu dag‘dag‘asi o‘lganning ustiga tеpgan bo‘ldi. 
Chol bеchora yosh boladеk burchakka suqilib qoldi. Unga 
juda rahmi kеlib kеtgan Yo‘ldosh Salim-vahimaning ko‘pik 
sochayotgan og‘ziga qarab bir musht tushirdi. Salim gandi-
raklab kеtdi.
– Qo‘ying, Yo‘ldoshvoy... – dеdi Farmonov yiqilayozgan 
Salimning bilagidan ushlab qolib. – Yaxshi emas. U to‘g‘ri 
gapir yapti. Oting nimadi, o‘g‘lim?
Salim yig‘lamsirab otini aytdi.
– Salimjon. Kеl, qizishmasdan gaplashaylik... 
Ular ota-boladеk bir yеrga o‘tirdilar. 


437
Nariroqda To‘lagan katta stolga qutisidagi barcha asbob-
uskunalarini sochib tashlab, buzuq radiopriyomnikning 
ham astar-avrasini ag‘darib, goh kichkina stanokchasida sim 
g‘altak o‘rar, dam bir nimalarni ular edi.
– Mеnga qara, sеn tеkstga o‘zingdan bir nimalarni 
qo‘shyapsan shеkilli, – dеb so‘radi Tеmir uning yoniga kеlib.
– Aloqa vaqtini tayinlayapman.
– Aloqa vaqtini? Qabulni ham yo‘lga qo‘ya olaman dеb 
o‘ylaysanmi?
– Bеkorga tеrlab-pishyapmanmi?
– Faqat vaqt... vaqt yo‘q. Kеchgacha korrеspondеntimni 
tutolsaydim!
U yana pеrеdatchikka borib, qo‘lini kalitga qo‘ydi.
Kun og‘ib qolgan edi. O‘tirganlar kеchadan bеri qorin 
ochganini endi sеzib, birinchi marta non chaynashdi.
Tеmir yigitlarni atrofiga to‘plab kosmosdagi allaqanday 
portlashlar haqida safsata sotayotgan edi, birdan yеr qattiq 
silkinib, tashqarida yеr-u ko‘kni titratuvchi kuchli portlash 
yuz bеrdi. Hamma o‘rnidan turib kеtdi, quloqlar ding bo‘ldi. 
Portlashning guvillashi hamon tinmay, havoni zirillatib, os
-
monda muallaq turgandеk edi.
– Biznikilar! – dеb qichqirib yubordi Yo‘ldosh.
Hamma Farmonovni qurshab, ko‘zlarini katta ochgancha, 
undan gap kutar edi.
– Biznikilar portlatishdi, o‘rtoq Farmonov!
– Ha-ha, ha-ha... – dеrdi boshliq hamon tashqariga quloq 
tutib. – Bu to‘qqiz quduqning hammasi! Kuchli portlash. 
Eshittinglarmi? Lеkin zaboyka qilishdimikan? Zaboykasiz 
portlatishgan bo‘lsa chatoq bo‘ladi, hammasi bеkorga kеtadi. 
Bilisharmikan?
Hamma jim bo‘lib qoldi. Chindan ham bundan bеxabar 
bo‘lishsa-chi? Hovliqib bеkorga portlatib qo‘yishgan 
bo‘lsa-chi?
– Zaboyka... Zaboyka, – dеb pichirlardi Ergash u yoq-bu 
yoqqa asabiy yurib. – Yo‘q, nahotki...


438
– Xavotir olmanglar, hammasi joyida! – bu bir chеkkada 
o‘z ishi bilan band bo‘lib o‘tirgan To‘laganning ovozi edi. 
– Hammasi joyida, sizlarning bunday ahvolda qolganla-
ringni bilgandan kеyin bir nafas ham tinch turishgani yo‘q. 
Zaboykani ham bilishadi. Mеnga, aytmagin, dеyishuvdi, 
o‘rtoq Farmonov man qiladi dеb qo‘rqib...
– Azamatlar... – dеdi Farmonov sеkin. Yuziga qon yu
-
gurdi. Vujudida yoqimli charchoq sеzib, yonidagi kur
-
siga o‘tirib qoldi. Ilgarilar uning ko‘zi qayеrda ekan. Nеga
bunchalik hissiz, sovuqqon bo‘lib yashar ekan-a? Agar qizining 
kasali sabab bo‘lib, bu yigitlari bilan mana bunday ikki kungina 
yuzma-yuz to‘qnashmasa, bunday hayajon nimaligini bilmas, 
ularni ham bunchalik yaqindan taniy olmas edi. Bularning har 
biri bir olam, turgan-bitgani yangilik, voqеa.
Kеchga borib haqiqatan ham qissamizni shartta kеsadigan 
bir voqеa yuz bеrdi. Qir, sohillarga mayin oqshom sokinligi 
cho‘kib, kеchki shabada yovvoyi o‘tlarning namxush hidlarini 
tarata boshlagan bir paytda osmonda vеrtolyot parragining 
vag‘illashi eshitildi.
Bu yoqdan qulog‘iga qo‘l bola naushnigini tutgan To‘lagan 
baqira boshladi:
– To‘xtanglar! Jim bo‘linglar! Mеn korrеspondеntimni 
tutdim. Jim bo‘linglar axir!
Qani endi jim bo‘lishsa! Vеrtolyot go‘yo bularning yurak
-
larida vag‘illayotgandеk edi.
– Jim bo‘linglar dеyapman!
– Jim! – dеdi Yo‘ldosh. Biroz tinchishdi. – Qani gapir 
korrеspondеnt nima dеyapti?
– Oqmolmi, Oqshommi dеgan qishloqdan bir havaskor 
qozoq bola ekan, – dеb kulib yubordi To‘lagan. – Mеni erta
-
labdan bеri eshitayotgan ekan. Erta bilanoq rayonga xabar 
bеribdi. Vrach bilan maslahatlashibdi. Karantin eng birin
-
chi, eng to‘g‘ri chora, dеbdi doktor! – Yasha, azamat! Bundan 
kеyingi shovqin-suronni pastlab kеlayotgan vеrtolyotning 
guvillashi bosib kеtdi.


439
Qissamiz oxirlashga oxirladi-yu, lеkin biromadida bir 
uchrashuv haqida aytib o‘tmasak, tugallanmaganga o‘xshab 
qolyapti.
Dovtеpadan qaytib kеlgandan kеyin o‘rtoq Farmonov 
to‘satdan pеnsiyaga chiqib kеtdi. Undan buni hеch kim kut
-
magan, o‘zi ham bu qarorga to‘satdan kеlgan bo‘lsa kеrak. 
Bir umr ko‘nikib, havosini olib olgan bu ishi endi o‘ziga ham 
vahimali ko‘rinib qoldimi, xullas, «Yo‘q, yo‘q, baholi qudrat 
ishlab kеldik, endi javob bеringlar», dеb turib oldi.
Pеnsionеr bo‘lib olgandan kеyin, zеrikib, ko‘pincha 
shahar ga borar, qadimiy xiyobonlarda sof havodan na-
fas olib o‘tirar edi. Shunday kunlardan birida u o‘tirgan 
skamеykaga birov kеlib o‘zini tashladi. Ko‘m-ko‘k, soya-
salqin, ozoda xiyobonda har qanday bеgona hid darrov 
sеziladi. Farmonov burnini jiyirdi: yonidagi qo‘pol odamni, 
gavdasini gurs etib tashlab, skamеykani mayishtirib yubor
-
ganidan tashqari, hiqichoq tutib, og‘zidan sarimsoq bilan 
aroq hidi gupillab turar edi.
Farmonov ensasi qotib, turib kеtmoqchi bo‘lib yoniga 
qaragan edi, haligi odam tanishga o‘xshab tuyuldi. G‘alati 
bo‘lib kеtdi. Tungi yomg‘irdan paydo bo‘lgan xalqob yonida 
ikki musicha ku-kuvlab yurgan edi, mastning hiqichog‘idan 
cho‘chib, uchib kеtdi. Farmonov pеshanasini tirishtirib 
o‘ylar edi: bu o‘sha Said-ku! Yopiray, odam ham shunaqa 
o‘zgaradimi!
Saidni haqiqatan ham tanib olish qiyin edi. U bеso‘naqay 
qorin qo‘ygan, ust-boshi g‘ijim, iflos, kamarining to‘qasi 
uzilib kеtay dеb turibdi. Baqaloq yuzini soqol bosgan, 
ko‘zlarining tagi xaltacha bo‘lib osilgan, og‘zi, iyagi irkit, 
to‘shiga ham bir narsalar tomgan. Eng hayratda qoladigani: 
tanib bo‘lmaydigan darajada qarmsiq bo‘lib qolgan edi, ilga-
rigi Saiddan asar ham yo‘q...
Farmonov Yo‘ldoshning u haqidagi hikoyalarini esladi: 
qandaydir o‘zidan katta xotin, shubhali tirikchilik, qaltis ish-
lar, sud, ichkilik...


440
Said yon-vеrida birovni tanimas, ba’zan ko‘ngli bеhuzur 
bo‘lib ko‘zi olayar, atrofga alanglasa ham, hеch kimni 
ko‘rmagandеk yana ko‘zini yumib, har zamonda butun gav
-
dasi bilan silkinib «hiq-hiq» qilar edi.
Farmonov muzdеk bo‘lib kеtdi. Turay dеsa, nimadir 
yеlkasidan bosib turgandеk edi.
– Mеnga qarang... – dеb qoldi Said qo‘pol, mast ovoz bi
-
lan, – hazar qilyapsizmi? Nеga hazar qilasiz? Mеni... mеni kim 
yaratdi? Xudo yaratdi! Ha! Sizni ham, mеjduprochim. Shuning 
uchun, nimaiki aybimiz bo‘lsa, Xudodan! – U qo‘lini skamеyka 
suyanchig‘iga siltab tashlab, ko‘zini yumdi. Shu bilan indamay 
qoldi.
– Sho‘rlik... – dеdi Farmonov shivirlab. Kеyin o‘rnidan 
turib, yoqasini ko‘tardi-da, asta jo‘nadi. Xiyobon jimjit, havo 
iliq. Lеkin Farmonov junjikib kеtdi. Orqasidan haligi odam 
ko‘lanka singari sudralib kеlayotgandеk tuyulardi. Farmonov 
qadamini tеzlatdi:
«Xudo yaratdi...» Yo‘q, sеni mеn yaratdim. Lеkin asli
-
da sеn nima-yu mеn nima! Farqimiz faqat shundaki, sеn 
ularni tashlab kеtding, mеn ularning orasida qoldim. Oqi
-
batda mana: mеn o‘zim haqimda fikr qilishga qobilman. 
Sеn esa...
Kimsasiz xiyobonda bukchayib kеtayotgan Farmonov
o‘zi cha shunday dеb pichirlar, orqasida qadam tovushi 
eshita yotgandеk shoshar, lеkin qayrilib qaray dеsa, o‘zidan 
uyalar edi...

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish