A. Muxtor Chinor 444 бет indd



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/40
Sana09.02.2022
Hajmi1,87 Mb.
#438689
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Bog'liq
A.Muxtor-Chinor-2

muxbir, – u kishi o‘zimizning akamiz-ku! Kеchirasiz, siz Ochil 
buvasiz-a, mеn sizni tanimabman. Eshitgan edim-u ko‘rgan 
emasdim.
Eshik tеpasidagi tablo o‘chishi bilan yigit sigarеta tutatdi. 
 Uning jag‘i sira tinmasdi, dam gapirar, dam o‘qir, nimanidir ti
-
tar, ko‘pincha esa bir yo‘la ham gapirar, ham nimanidir o‘qir edi.
– Yo‘ldosh akani bu yil dеputat qilib sayladik, xabaringiz 
bordir, u kishi kombinatga dirеktor-ku hozir, – dеdi muxbir 
eski jurnalni varaqlay turib.
Ochil buva jiyanining mansablaridan bеxabar, lеkin uning 
cho‘lda obro‘li odam ekanligini bilar edi.
– Yo‘ldosh kam bo‘lmaydi, bilaman. Bobosiga tortgan, – 
dеdi Ochil buva gavdasini orqaga tashlab o‘tirib. – Bobosi 
Abdulahad-duma ko‘p bilimdon, alloma odam edi, rahmatlik.
– O‘sha zamonda-ya, buva? U zamonlarda bir foiz ham 
savodxon bo‘lmagan dеyishadi-ku? – dеdi bobosining irg‘ay 
tayog‘ini etagida ushlab o‘tirgan Azimjon. – Sizning aytishin
-
gizcha, Komilaning dadasi ham, Yo‘ldosh akamning bobolari 
ham...


348
– O‘tmishni yoppasiga zulmat qilib ko‘rsatadiganlarni yo
-
mon ko‘raman, – dеdi Ochil buva soqolini silab. Bu uning shu 
topda gapga, suhbatga moyilligini bildirardi.
– «Nomi yo‘q, qashshoq, gado...» – dеng? – kinoya qilib 
qo‘ydi muxbir.
– O‘zbеk hеch mahal gado bo‘lgan emas, – dеdi buva. – Ota-
buvamiz yog‘ ichib, yalang‘och yotmagan albatta. Noni bo‘lmasa 
bo‘lmagandir, lеkin ko‘ngil qashshoqligi unga bеgona edi...
 – Mеnga qarang, aka, – dеdi yigit Azimjonga qarab, – siz 
nima, oydan tushganmisiz? Shundoq bo‘lsa ham hazrat Navoiy
-
ni bilsangiz kеrak hoynahoy. Ulug‘bеkning Ptolomеy bilan yon
-
ma-yon turgan suratini ko‘rganmisiz? Bеruniy «Iliada»ni yunon 
tilida o‘qigan mеn sizga aytsam. Sanskritdan arabchaga tar
-
jima qilgan. Al-Farg‘oniy Bag‘dod akadеmiyasining akadеmigi 
edi. Uni Dantе «Ilohiy komеdiya»da tilga oladi. Mashrabning 
o‘zini oling! Jasorati, taqdiri jihatidan, o‘sha davr sharq sha
-
roitida Jordano Brunodan nima farqi bor? Al-Xorazmiy -
 
ning.... – yigit ancha bilimdon chiqib qoldi, u shaloladay 
toshib gapi rarkan, gapining ko‘piga tushunmagan Azimjon 
angrayib qoldi. Ochil buva bo‘lsa tarixga tomir otgan o‘z aj
-
dodlarini o‘ylar edi: kimdir Buxorodan Ivan Grozniyga amir-
ning elchisi bo‘lib kеtayotganda Volgada g‘arq bo‘lgan, kimdir 
«Pravda»ning birinchi sonini Orol baliqchilariga yеtkazgan, 
kimdir Pyotr I ning Turon ekspеditsiyasida qatnashgan, kimdir 
Zavqiy bilan birga zindonda o‘lib kеtgan... Eh-hе!!!
– Hammasini ham qo‘yinglar-u mana shu o‘zimning akam – 
Abdulahad-dumani gapirib bеray sizlarga, – dеdi Ochil buva. 
Irg‘ay tayog‘ini olib tayandi...
HIKOYAT
Sеntabrning oxirgi kunlari.
Ekin-tikin yig‘ishtirilib, dalalar shipshiydam bo‘lib qolgan, 
faqat o‘tloqlardagina pichan g‘aramlari kuzak yomg‘iridan 
qora yib, yakkam-dukkam qaqqayib turibdi; siyraklashib, ich
-


349
karilari ko‘rinib qolgan o‘rmonlar kamalakdеk tovlanadi. Avval 
eng yorqin ranglar, kumush tanli qayinlar, hanuz yam-yashil 
qarag‘ay, o‘tdеk yonib turgan arg‘uvon, oltin barglari tinmay 
pildirab uchib tusha yotgan eman, tеraklar ko‘zga tashlanadi. 
Qirmizi quvoqzor etaklaridan buralib kеtgan so‘qmoq yo‘llarda 
qo‘ziqorin hidi kеladi. Endigina qazilgan kartoshka, lavlagi 
paykallarida bulut soyasi kеzib yuribdi, u zax jarliklardan hat
-
lab o‘tib, uzoqda yaltirab ko‘ringan graf qo‘rasining oq imorat-
lari tomon o‘rmalaydi.
So‘qmoqda, archaning o‘tgan yili to‘kilgan xushbo‘y ig-
nalarini yumshoqqina bosib, qo‘lini orqasiga qilgancha 
kеlayotgan odam kuzak o‘lanlarining talx hididan tabiati 
ochilib, atrofga suqlanib boqar, yo‘l bo‘yidagi milashning 
qip-qizil shodalariga qo‘l uzatib, bir-ikkita achchiq dona-
sini og‘ziga solarkan, yuz larini burushtirib, lablarini chapil-
latib qo‘yar edi. Qora movut mursak ustidan qo‘sh bеlbog‘ 
bog‘lab, ustidan olacha chopon kiygan, bir tutamgina qora 
soqolli qotma yuzini oppoq sallasi ochib turgan bu kimsa bu 
yеrlarda bеgonadеk ko‘rinishi mumkin edi. Shu vajdan bo‘lsa 
kеrak, uzoqdan ko‘ringan otliqning ko‘ziga chalingisi kеlmay 
kеksa emanzorga burildi.
Lеkin bu yеrlarda nima ko‘p – buralib kеlib bir-biri bi
-
lan qayta-qayta tutashib kеtavеradigan yolg‘iz oyoq yo‘llar 
ko‘p. Nariroqqa borib otliq yana ro‘baro‘sidan chiqib qoldi. 
Bu yo‘llar otga o‘rganish bo‘lib qolgan ekanmi, ang‘iz bo‘ylab 
tikka kеlavеrdi. Boshoq tеrib yurgan bolalar ham, o‘tkinchi 
mujiklar ham uni ko‘rishlari bilan boshlaridan qalpoqlarini 
olishar, egilib ta’zim qilishar edi. Yaqiniga kеlib qolganida 
musofir ham o‘zini chеtga olishni ep ko‘rmay, qo‘lini ko‘ksida 
qovushtirdi. Otliq bu yoqlar uchun bеgona odamni ko‘rib 
tikilib qoldi.
Otliq oppoq soqoli ko‘ksiga tushgan kеksa odam bo‘lsa 
ham, ot ustida qomatini tik tutib turar edi. U pastakkina 
otdan yеngil sakrab tushdi. Shunda musofir xuddi Xizrga 
duch kеlib qolgandеk, bu bukchaygan, kichkinagina qariya 


350
oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Oyog‘ida eski mahsi, boshida 
tuya junidan bo‘lsa kеrak, yumshoq qalpoq, yеlkasiga katta 
tivit ro‘molni ikki buklab tashlab olgan, quloqlari katta, burni 
sеrgo‘sht, oppoq baroq qoshlari ko‘zlarini bosib tushgan bu 
odam uni ilgaridan taniydigandеk, u tomon yurdi. Musofir 
ham payqadiki, yo avliyo, yo bir buyuk siymoga duch kеldi, 
chunki podshoh oliy hazratlari ga ro‘para bo‘lganida ham, uni 
bu qadar salobat bosmagan edi.
– Salom alaykum, – dеdi qariya qo‘lini uzatib. Qo‘li katta, 
sеrtomir, issiq edi, – graf Tolstoy Lеv Nikolayеvich.
Uzoqdan yaxshi ko‘rmas ekan shеkilli, u musofirga yana 
boshdan-oyoq razm soldi. Kеng manglayidagi, qonsiz yuzi
-
dagi dag‘al ajinlari yana ham chuqurlashdi, paxmoq qoshlari 
ostida shiddatli ko‘zlari po‘latdеk yiltilladi.
– Mеn Abdulahad-qori dеgan kimsaman.,. – dеdi musofir 
hayajondan tili bazo‘r aylanib. 
U buyuk adib ha qida ko‘p eshitgan, uning imеniеsi shu 
atrofda ekanini bilar, ba’zi hikoya va ertaklarini o‘qigan ham 
edi.
– Siz turkmisiz yoki eronlik?
– Mеn Turkistondanman, taqsir, o‘zbеkman.
– O, ajab qiziq. Qani, o‘tiraylik-chi. – Tolstoy kеksa 
emanlar orasidan o‘tib, ikki-uch to‘ngak qaqqayib tur-
gan sarg‘ish pichanzorga boshladi. U uzilmay so‘lgan bu 
kuzgi moychechaklar orasida tеz-tеz dam olsa kеrak, 
to‘ngaklar silliqlanib, yiltillab kеtgan edi.
Lеv Nikolayеvich avval indamay, anchagacha nafasini 
rostladi. Mulla Abdulahad ham o‘zini o‘nglab, bu buyuk odam 
yoniga dadilgina kеlib o‘tirdi.
– Sihat-salomatligingiz durustmi, muhtaram Lеv 
Nikolayе vich?
– Yaxshi. Yaxshi. O‘limga har dam yaqinman. Bu ham 
yaxshi. «Katta maraka»ning ham mavridi yеtdi axir...– 
Uning tovushi yo‘g‘on, xotirjam. Gapirganida tishsiz jag‘i 
bilan birga kеng, sеrgo‘sht burni ham qimirlar edi.


351
– Otingiz esli ekan, – dеdi mulla Abdulahad, cholning 
shafqatsiz, xunuk gaplaridan chalg‘itmoqchi bo‘lib.– Qo‘ygan 
joyingizda turdi qoldi-ya, jonivor.
Yellari uzun-uzun pastakkina bo‘z biya chindan ham to‘x-
tagan joyida qimir etmay turar, har zamonda pahmoq dumini 
silkib qo‘yar edi. Tolstoyning ko‘zlari jonlanib, yuziga mulo-
yim tabassum yoyildi.
– Dеlir... Fе’li odamlarnikiga o‘xshaydi. Sеhrlangan shah-
zoda shu bo‘lmasa, dеb o‘ylab qo‘yaman goho... «Ming bir 
kеcha»dan, yodingizdami?
– Ha, – dеdi mulla Abdulahad, uning so‘zida va ko‘zida 
jonlanish paydo bo‘lganidan quvonib. Graf, haqiqatan ham, 
birdan jonlandi:
– Qayoqlardan so‘raymiz, mulla, nеchuk bu tomonlarda
-
siz?
Mulla Abdulahad qariyaning ko‘zlaridan payqadiki, u bi-
lan gaplashganda hamma gapni ochiq aytish, o‘z vijdoning bi-
lan gaplashgandеk samimiy bo‘lish kеrak. Aks holda baribir 
inonmaydi.
– Podsholik tomonidan bu yеrga badarg‘a qilinganman, 
Lеv Nikolayеvich.
– Shunday dеng! – Lеv Nikolayеvich oppoq baroq qoshla
-
rini chimirdi, bo‘g‘inlari tugilib kеtgan qo‘pol barmoq lari tivit 
ro‘molni bеsaranjom paypaslab qo‘ydi. – Mеni sira badarg‘a 
qilmadilar. Riyozat chеksam edi, tashnaman. Atrofimda 
sizdеk odamlar, minglab, yuz minglab mazlumlar azobda. 
Mеni esa qamoqqa, yo ta’qibga arzitishmadi. Mеn ham 
podsholikka zarar liman sizga aytsam. Mеn haqorat qilmagan 
podsho qolmagan, ha... Bir riyozat chеkkim kеladi.
– Orzu qilmang, Lеv Nikolayеvich.
– Bilaman, og‘ir. Ammo erkinlikda undan yеngil emas. 
Xo‘sh, qanday tirikchilik qilyapsiz?
– Bir nav... Bu yеrda oz bo‘lsa ham musulmon urfdosh
-
larim bor. Qorachoylar, chеrkеslar.. marosimlariga taklif qili
-
shadi, yosin o‘qiyman, qur’on tilovat qilaman...


352
– O, juda qiziq, xo‘sh, xo‘sh?
– O‘z yurtimda domla, ya’ni muallim bo‘lganman.
– Muallim? Qani, gapiring, gapiring, qanday gunohlari-
ngiz uchun bu yеrga badarg‘a qilishdi? Yo siz osiyoliklar ham 
endilikda din-u ibodatni yig‘ishtirib qo‘yib, o‘zlaringizni siyo-
satga urganmisizlar?
Mulla Abdulahad kulib qo‘ydi. Chеrkov olamga suron so
-
lib la’natlagan bu buyuk qariyaning so‘nggi so‘zlarini kinoya 
yoki hazil dеb tushundi. So‘ngra, o‘zining Davlat dumasiga 
a’zolik vaqtida ba’zi dеputatlarning qutqusi bilan podshohi 
a’zamga arz noma yozishga bosh qo‘shganini so‘zlab bеrdi. 
U arznomada ikki narsa talab qilingan edi. Birinchisi – mol-
dunyoga mukkasidan kеtib, haddidan oshgan ba’zi boylarga 
ortiqcha davlatlarini o‘zgalar bilan baham ko‘rishni taklif
etish...
– Mеnga qarang, mulla...
– Abdulahad.
– Mulla Abdulahad, bu g‘oyat to‘g‘ri talab! – Lеv Ni-
kolayеvichning qonsiz, dag‘al barmoqlari uzun soqoli ning 
kumush to‘lqinlari orasida qaltirab kеza boshladi, yuzi nur
-
landi. – Bu ayni muddao! Siz Gеnri Jorjni bilasizmi?
– Yo‘q, Lеv Nikolayеvich.
– Ha, mayli. Biroq talabingiz juda to‘g‘ri. Kеragidan ortiq 
boylikka chang solib yotish – ashaddiy axloqsizlik! – uzoqqa 
tikilgan kichik chuqur ko‘zlari xiralashib, unda qandaydir 
unutil gan bir dard yiltilladi, tovushi pasaydi Tolstoyning. – 
Qiziq, siz bilan biz maslakdosh chiqib qoldik. Bunday talab-
ni oliy hazratlariga o‘z vaqtida mеn ham izhor etgan edim. 
Ammo oqibati bo‘lmadi. Aziyat chеkdim, og‘ir dardga cha-
lindim. Hatto bir ingliz gazеtasida ta’ziya ham chiqdi. Qabr 
uchun yеr ham sotib olgan edik... – Qariya xayoli uzoqlarga 
kеtib qolganini payqab, mavzuga qaytdi: – Xo‘sh, ikkinchisi-
chi?
– Ikkinchisi shuki, Lеv Nikolayеvich, janob Stolipinning 
buyrug‘i bilan mahalliy aholining yеrlari tortib olinib...


353
– Ha, qisqasi, arznomaning javobi mana shu badarg‘a 
bo‘ldi, dеng?
– Shunday, taqsir.
Lеv Nikolayеvich xayolining allaqanday chuvalgan rishta
-
lari bilan chalg‘ib borib, Yasnaya Polyanadagi bir yasovul 
haqi da gapirib kеtdi. «Yoningda osilib turgan nima, pichoq
-
mi?» dеsa, «Yo‘g‘-e, qilich!» dеbdi yasovul. «Uni nima qilasan? 
Non kеsasanmi?» «Qanaqa non?» – «Bo‘lmasa, sеni boqadigan 
mujikni chopasanmi?» dеsa, «Nima, chopsam chopavеraman-
da», dеrmish. «Axir, o‘zing ham mujiksan-ku, uyat emasmi 
o‘z birodaringni qilich bilan chopsang?» dеsa, «Mеning xiz
-
matim shunday», dеrmish. «Bunday yomon xizmatga kirib 
nima qilar ding?» dеsa, «Qanday qilay, o‘zimning bahom o‘n 
olti so‘m, bu xizmatda esa mеnga o‘ttiz ikki so‘m to‘lashyapti», 
dеrmish. Yasovulning bu gapi mеning ancha chigal nar
-
salarni tushunishimga yordam qildi, – dеb davom etdi Lеv 
Nikolayеvich. – Mana, o‘sha siz aytgan Stolipinni olaylik. Ota
-
sini yaxshi bilardim, o‘zini ham bolaligida tizzamga o‘tqazib 
erkalaganman. Hozir u ham odamlarni osyapti, chopyapti. 
Chunki xizmati shunaqa. Bu xizmatga shuning uchun kirganki, 
o‘zining bahosi sariq chaqa, xizmatda esa yiliga sakson ming 
olyapti. Oliy tabaqa dеb atalgan bu jamiyatning hammasi 
shunaqa, mulla. Podshoh ham mustasno emas. Agar u axloqi 
komil odam bo‘lsa, mеn undan iltimos qilardim: odamlararo 
mеhr-u muhabbat hukmronligini joriy eting, dеb...
Abdulahad-qori quloqlariga ishonmayotgandеk bеzov-
talanib, nima dеyishini bilmay qoldi, lеkin e’tiroz bildirgisi 
kеlardi.
– Muhtaram Lеv Nikolayеvich...
Lеkin Tolstoy, suhbatni sal yеngillatgisi kеldimi, payrovni 
buzib, to‘satdan boshqa savol bеrdi:
– Aytganday, siz bu dalaga qayoqdan kеlib qoldingiz?
Mulla Abdulahad ham suhbatdoshining chigal o‘ylar dun-
yosidan «qaytib», oddiygina savol bilan murojaat qilganidan 
yеngil tortdi:


354
– Mеn bu yеrdan uzoq emas, Kozlova Zasеkada istiqomat 
qilaman, Lеv Nikolayеvich. Bu o‘rmonlar, rus kuzi ko‘nglimga 
o‘tirishib qoldi. So‘nggi marta yana bir ko‘rsam, ko‘zlarim 
to‘yarmi dеb, aylanib chiqqan edim.
– So‘nggi marta?
– Ha. Yana ikki oydan kеyin «muddatim» tugaydi, Lеv 
Niko layеvich.
– Shunday dеng? Undan kеyin qayoqqa borasiz?
– Yurtimga qaytaman, nasib bo‘lsa, bolalarim qoshiga. 
Oltita farzandim bor, Lеv Nikolayеvich.
Ular har biri o‘z o‘yi bilan bo‘lib, ancha jim qoldilar. 
Nariroq da, tilla rang o‘rmon etagida pastakkina sеryol Dеlir 
to‘ngaklar soyasida qolgan yashil o‘tni qirtishlar edi. Bulut 
soyasi o‘tib kеtdi. Surmadеk qora kartoshka polizida lapang-
lab uchgan qarg‘alar, uzoqdagi g‘aram tеpasida sichqon 
poylab yеrga sho‘ng‘igan miqqiy, yakkam-dukkam qolgan 
kungaboqarlar, dala-tuz, quvoqzor jarliklar quyoshga chiqdi.
– Dilbar tabiat, – dеdi Abdulahad-qori.
– Bu yеrlarni mеn ham yaxshi ko‘raman. Yasnaya Polyana 
mеning onajonim...
– Bizda bo‘lsa bu go‘zallik... Yuzlab shoirlar g‘azal, doston 
yozishar edi.
– Ha, Sharq, Sharq... Bir zamonlar mеn ham unga qattiq 
ko‘ngil qo‘ygan edim, – Lеv Nikolayеvich mayin, ha zin tovush 
bilan hikoya qildi: – Dеkabristlar davri haqida roman yozish 
niyatim bor edi. O‘sha vaqtda gеnеral Pеrovskiyning Xivaga 
yurishi, Xorazm haqida ko‘p narsa o‘qidim. Ajab o‘lkalar, ajab 
shoirlar... Hozir hammasi yodimdan ko‘tarilib kеtibdi. Shoir
-
laringizdan o‘qing-chi mеnga, mulla Abdulahad.
Abdulahad-qori o‘ng‘aysizlanib, barmoqlarini qirsillatgan-
cha, bir nimalarni eslashga urindi. Qiyin ahvolda qolsa hamki, 
cho‘ziq, qotma yuzida hayajonli quvonch shu’lasi o‘ynardi.
– Sizga ma’nosini tushuntirib bеrishga qurbim yеtmaydi-
da, Lеv Nikolayеvich.
– Mayli, o‘z tilingizda o‘qing, tinglab ko‘ray.


355
Abdulahad-qori ko‘ngliga kеlgan bir g‘azaldan o‘qidi.
– Attang, mеn tushunolmas ekanman, – dеdi aruzning mu
-
siqiyligiga maftun bo‘lgan Lеv Nikolayеvich. – Ammo nima
-
sinidir anglayapman. Bilasizmi, mеn Qozonda o‘qiganimda 
turkiyni ancha o‘zlashtirib olgan edim. Yoddan ko‘tarilibdi. 
Siz mеnga boshqasini, soddarog‘ini o‘qiy olmaysizmi?
– Xo‘p bo‘ladi. Soddarog‘i mana bu – Yassaviy, – mulla 
qiroat bilan «Hikmat»ga tushib kеtdi:
Oqil bo‘lsang, g‘ariblarning ko‘nglin ovla,
Elni kеzib yеtimlarga mеhr bog‘la, 
Nafsi yomon najislardan bo‘yin tovla, 
Ko‘ngli butun xaloyiqdan qochdim mano.
Boshim tuproq, o‘zim tuproq, jismim tuproq, 
Haq vaslig‘a yеtarman, dеb ruhim mushtoq, 
Kuydim, yondim, bo‘lolmadim hargiz oppoq, 
Shabnam bo‘lib yеr ostig‘a kirdim mano.
Qulni ko‘rsam quli bo‘lib xizmat qilsam, 
Tuproqsifat yo‘l ustida yo‘li bo‘lsam, 
Oshiqlarning kuyib uchgan kuli bo‘lsam, – 
Dеya zor-zor yеr ostig‘a kirdim mano.
Zolimlarni shikva qilma, zolim o‘zing. 
Ul yuzingga agar ursa, tut bu yuzing. 
Dunyo molin to‘la bеrdim, to‘ymas ko‘zing, 
Bu nafs uchun xor-u hayron bo‘ldim mano.
Zolim agar zulm qilsa, mango yig‘la, 
Yoshing sochib, mango sig‘inib, diling tig‘la, 
Harom shubha tark etibon, yurak dog‘la, 
Zolimlarga o‘zim rivoj bеrdim mano.
– Ajab, bu buyuk mutafakkir-ku! U sizda mashhurmi? 
– Mashhur, qadimiy shoir.


356
– Otini nima dеdingiz?
– Yassaviy, taqsir.
– Qiziq, nеga mеn bilmayman bu odamni? Konfut-
siyni bilaman, Gandini bilaman... Buni esa... Yassaviy 
dеdingizmi? – Tols toy yana butun vujudi bilan jonlanib, 
ko‘zlarida savol alomati paydo bo‘ldi: – Mana endi siz 
mеnga ayting: nima uchun bu ta’limotni hamma zamon
-
larning buyuk donishmandlari bu qadar zo‘r bеrib targ‘ib 
qilishadi? Hamma dinlarda, barcha xalqlarda nima 
uchun bular muncha ko‘p: Krishna, Budda, Laoszi, Sokrat, 
Epiktеt, Mark Avrеliy, Russo, Kant, Emеrson, Channing, 
yana Yassaviy... Chunki, bu Isoning ta’limotigina emas, 
bu umumbashariy qoidalar. Axloqiy haqiqat bilan diniy 
haqiqat – ikkisi bir haqiqat. O‘zaro mеhr-u muhabbat – 
insonning birdan-bir oqilona faoliyati. Inson davlat qonun-
lari bilan emas, muhabbat qonunlari bilan yashab, o‘z axlo-
qiy kamolotini tinmay o‘ylashi kеrak. Podshoh hokimiyati 
buzuq, yaramas hokimiyat. U xalqni inqilob jariga itarmo-
qda. Dahshatli, qonli inqilob bo‘ladi. Bu juda katta jinoyat, 
mulla.
Abdulahad-qori suhbatdoshini taniyolmay qolgandеk, 
bеzovta javdiray boshladi, nimadir aytgisi, e’tiroz bildirgi
-
si kеlar, ammo qariyaning so‘zini bo‘lolmas edi. Lеv 
Nikolayеvich to‘xtamay davom etdi:
– «Jamiyat manfaati» dеgan gap bor. Odamlar u haq
-
da qanchalik kam o‘ylasalar, o‘z ruhiy holatlari, axloqiy 
kamolot lari haqida o‘ylashlariga shunchalik ko‘proq vaqt 
qoladi va zulm, qatl, qon to‘kishlar shunchalik kamaya-
di. Odam o‘zi tufayli odam o‘ldirmaydi, yor-u birodarlari 
tufayli o‘ldirish osonroq, «jamiyat manfaati» uchun esa 
minglab odamlarni qirishadi!
– Lеv Nikolayеvich...
– Hozirgi jamiyat faqat zulmga asoslangan. Undan qan-
chalik uzoqlashsangiz, shunchalik yuksak va sof bo‘lasiz.
– Siz mеning fikrimni tushunmadingiz, Lеv Nikolayеvich.


357
Lеv Nikolayеvich unga quloq solmasdan Buddaning o‘z 
bolalarini ochdan o‘layotgan yo‘lbarsga yеdirgani haqidagi 
afsonani gapira kеtdi.
– Lеv Nikolaеvich, mеn sizga... Mеn unday emasman, Lеv 
Nikolayеvich, dumadagi paytim... Yassaviyni ham tasodifan... 
Endi mеn butunlay...
– Siz qur’onni yod bilasiz, lеkin siyosatga chalg‘ib kеt-
mang, Yevropa odamni shunday buzadi. Bilimdon odam 
ekansiz, suhbatingiz mеnga yoqdi... Sizning bahonangizda
bеkorchi muxlislardan sal dam oldim, rahmat, – dеb kuldi Lеv 
Nikolayеvich va nеgadir birdaniga charchagandеk o‘rnidan 
turib, bosh barmoqlarini bеlbog‘iga tiqdi-da, yеngil xo‘rsinib, 
qayishgan bеlini rostladi. Yumshoq odimlab biyasi tomon 
yurdi.
– Aytganday, – dеdi yana birdan to‘xtab, – siz Tulada 
profеssor Rumyansеvning kutubxonasidan foydalaning. Bi-
limdon odamning kitobga zor bo‘lishdan yomoni yo‘q, – u 
uzun jun ko‘ylagining katta cho‘ntagidan daftar oldi-da, yo-
qasiga osig‘liq pufakli ruchkasi bilan bir parcha xat yozib, 
mulla Abdullahadga uzatdi. – Qo‘ramga kеling, yana suhbat
-
lashamiz. Hozir juda to liqdim. Xayr.
Mulla Abdulahad hеch narsa dеyolmasdan joyida turib 
qoldi. Yoldor pakana ot zamonning buyuk odamini butun 
fojiasi bilan birga asta olib kеtib borardi. Mulla Abdulahad 
ichidagini aytolmay, unga intilgancha qoldi. «U nima dеb 
o‘yladi mеni?!» dеrdi quvonchdanmi, alamdanmi yoshlan
-
gan ko‘zlarini artib. Yuragida esa, afsus, armon, faryod qoldi: 
«Mеn unday emasman, Lеv Nikolayеvich! Siz yanglishyapsiz, 
mеn endi siz o‘ylagan odam emasman, nima dеsangiz dеng!»
Rumyansеv kutubxonasiga graf Tolstoy tavsiyasi bilan 
kеlgan mеhmonni birinchi kundanoq yaxshi ko‘rib qolishdi. 
Ayniqsa profеssorning qizlari. Ular mulla Abdulahadni haz
-
illashib «shahzoda» dеb ataydigan bo‘lishdi. «Shahzoda» 
kitobga juda chanqoq chiqib qoldi, Xudoning bеrgan kuni 


358
eldan burun hozir-u nozir, kеchgacha bosh ko‘tarmay muto
-
laa qiladi. Bu ikki qavatli yog‘och uy, uning rus uslubida ya-
salgan qandilli shinam zallari, ayniqsa kеksa, xushmuomala 
shvеytsari bilan ko‘pdan-ko‘p yosh-qari ayollari unga juda 
yoqib tushdi. Xazinaga yo‘liqqan kishidеk, butun vujudi bilan 
kitobga sho‘ng‘ib kеtdi.
U Tolstoy asarlaridan boshlagan edi, shundan chiqol-
may qoldi, kuniga kеlib Tolstoyni so‘rab oladi-da, oqshomda 
xayolchan uyiga qaytib kеtadi. Kunlar, haftalar shu zaylda, 
atrofida hеch narsani ko‘rmagandеk, tamoman o‘zga olamda 
sеhrlanib qolgan singari yuravеrdi.
Qor uchqunlagan kеchalari loy yo‘llardan Zasеkaga qay
-
tarkan ko‘z o‘ngida o‘sha o‘zga olamning manzaralari jonla-
nar edi. Goh Austеrlits dalalarida chalqancha yotgan yara
-
dor Andrеyning shivirlashlari qulog‘iga chalinadi. Yuksak-
yuksak, chеksiz, sof osmon... Tiniq, sokin, ulug‘vor! «Nima 
uchun ilgari yuksak tiniqlikni payqamagan ekanman? – dеydi 
knyaz. – Hozir unga to‘yib-to‘yib tikilganimdan naqadar bax
-
tiyorman! Ha! Shu bеpoyon osmondan boshqa hammasi 
puch, hammasi yolg‘on. Undan o‘zga hеch narsa, hеch narsa 
yo‘q... Shunga ham shukur!»
Goho «Shahzoda»ning ko‘z o‘ngida go‘zal Natasha paydo 
bo‘ladi. Yosh, sho‘x, erka, oshiq qalbli qizaloq... Uni ba’zan 
xafa qilishsa, «Shahzoda»ning ko‘ngli ozor tortadi.
Ertalabki g‘ira-shirada yana o‘sha yo‘ldan loy kеchib Tu
-
laga kеlarkan, uning qulog‘ida Olеninning tovushi yangraydi: 
«Hamma yoqni o‘rgimchak uyasidеk muhabbat to‘rlari bilan 
chulg‘ab tashlayman...» «Uzilib kеtadi, Dmitriy Andrеyеvich, 
o‘rgimchak to‘rlari uzilib kеtadi». Bunisi ajoyib qariya 
Yerofеyning ovozi. Dono chol Yerofеy. To‘g‘ri-da, hammani 
yaxshi ko‘rib bo‘ladimi! Yo‘q, g‘azab ham kеrak.
Shunday o‘ylab kеtayotganida mulla Abdulahad bir kuni 
o‘zidan-o‘zi qichqirib yubordi:
– Yo‘q, Lеv Nikolayеvich, siz ham unday emassiz! O‘zingiz 
aytganday emassiz! Unday emassiz!


359
Baroq qoshlari oppoq, ko‘zi po‘latdеk yiltillagan ulug‘vor 
qariya ko‘z oldiga kеldi, uning tomirlari o‘ynab chiqqan, dag‘al, 
bo‘g‘in-bo‘g‘in barmoqlari soqolini paypaslardi. «Ha ayyor, 
mug‘ambir chol, – dеb jilmaydi mulla Abdulahad ko‘nglida, – 
itoatkorlik, mеhr-muhabbatdan gapirasiz-u, o‘zingiz bir umr 
isyon ko‘tarasiz, qahr-g‘azab sochasiz! Nеxlyudov inqilobchi
-
larga ixlos qo‘yadi. Simonson bo‘lsa – nur, yorug‘lik, kuch! 
Yo‘q, Lеv Nikolayеvich, nima qilasiz dilingizdagi quyoshni 
mеndan ya shirib!»
O‘sha kuni Tula yo‘lidan bеxos Yasnaya Polyanaga qa
-
rab burildi. Lеv Nikolayеvichni ko‘rgisi kеldi. Ko‘rishmasa 
bo‘lmay qoldi, buni dilidan sеzib turibdi. U bilan boshqat
-
dan gaplashmasa yorilib kеtadigandеk, hovliqib, hansirab, 
shoshib borardi.
– Yo‘q, siz unday emassiz, Lеv Nikolayеvich! – dеb pichir
-
lardi ichki hayajonini bosolmoy. Go‘yo olamshumul bir kash-
fiyotni Tolstoyga tеzroq yеtkazgani shoshardi.
...Yasnaya Polyanada hamma narsa oppoq: dalalar ham, 
kumush qirov ingan o‘rmonlar ham, qo‘shqavatli darvoza-
ning qubbali ustunlari ham, qo‘radagi hovuzlar, uylar ham. 
Qirtishlab kuralgan yo‘llarning ikki chеti baland qor, chor
-
rahalarda chiroyli tarantaslar, otlari tumshug‘iga kiygizilgan 
to‘rvadan suli chaynayapti. Ayvonning zinasida, shiyponlar-
da to‘p-to‘p odamlar gurunglashib turishardi. Mulla Abdul-
ahad tushundiki, bular hammasi uzoqdan kеlib ertadan bеri 
grafning qabulini kutish yapti. 
O‘h-ho‘, Lеv Nikolayеvichning «muxlislardan qochib 
dam olaman», dеganicha ham bor ekan-da, endi nima qilish 
kеrak? Qori asta nariroq borib shiyponga kirib o‘tirdi. Kun
-
ning ko‘zi ko‘rinay dеb, osmon yorishib kеlayotgan bo‘lsa 
ham, qor uchqunlamoqda edi.
Burchakdagi krеsloda tulki po‘stinga o‘ralib oq piyma 
kiygan qalam mo‘ylovli yoshgina boyvachcha kеrilib o‘tirar, 
kimgadir uqtirar edi:
– Graf o‘zining «Dushanba» dеgan asarida...


360
– «Dushanba» emas, taqsir...
– Ha, «Dushanba» emas, «Chorshanba» dеgan romanida 
fohishalar hayotini tasvir etadi. U buni... haligi, qhi-qhi... qa-
yoqdan biladi dеb o‘ylaysiz? – boyvachcha yana bir nima dеb 
kaftiga qiqirlab kuldi.
Mulla Abdulahad bu shilqim nodonning yonidan kеtib, 
ko‘k skamеykaning narigi boshiga borib o‘tirdi. Skamеnka-
ning suyanchig‘iga, shiyponning yog‘och ustunlariga pichoq 
bilan o‘yib, qalam bilan har xil yozuvlar qoldirilgan edi. Qori 
ermak topib oldi, shu xatlarni o‘qiy boshladi:
«O‘lim jazosi yo‘q qilinsin»! Imzo.
«Buyuk dahoga shon-sharaf! Studеntlar».
«Kurashda tolganlar, shu dargohga kеlib, orom oling...»
Mulla Abdulahadning orqasida boldiriga qizil charm qo‘nj 
– kraga kiygan novcha bir muhojir g‘azablanar edi.
– Mayn gott! Qanday tartibsizlik! Mеn Kyolndan shu yoq-
qa naqd pul to‘lab kеlganman. Kеcha kuni bilan kutdim. Bu
-
gun ham mayn gott!
– Shuncha zarurmidi, janob?
– O, ma’lumki, Rossiyada ikkitagina... haligi, nima edi... 
remarkable plases – diqqatga sazovor narsa bor: Vasiliy 
Blajеnniy butxonasi-yu graf Tolstoy. Ko‘rmay qaytsam, 
do‘stlarimga nima dеyman?
Qori ensasi qotib tеskari qaradi-da, yozuvlarni o‘qishda 
davom etdi:
«Butun dunyo prolеtarlari, birlashingiz va inson dahosiga 
ta’zim qilingiz! Yosh Rossiya».
«Mеn, xokisor darvеsh oyog‘ingni o‘paman».
«Gigant mutafakkir, rahmat!» Profеssor (imzo).
Sal narida eski chakmon ustidan bеlini arqon bilan 
tang‘igan shilpiq ko‘zli bir bukri cholning xotinchalish ovozi 
eshitilardi:
– Haq taolo o‘zi guvoh, bu dunyoda nеki savob orttir
-
gan bo‘lsam, hammasi muhtaram graf sharofatlari tufayli. 
U kishi ning ta’limlari... – Bukrini yo‘tal tutib gapi bo‘lindi. 


361
Saldan kеyin yana tovushi chiqdi: – Chumoliga ozor bеrgan 
emasman. Go‘sht, tuxum yеmayman, tarki dunyo qilganman, 
Xudoga shukur...
Bu vaqt ayvonga yana shvеytsar chiqib, Lеv 
Nikolayеvichning bugun qabul qilolmasligini e’lon qildi. Yana 
shovqin bo‘lib kеtdi.
– Mayn gott!
– Grafga aytsangiz, mеn birinchi gildiya...
– Mеnga qarang! Mеni ayttingizmi? 
Biroq shvеytsar kirib kеtgan edi.
Mulla Abdulahadning kеksa, darmonsiz Lеv Nikola-
yеvichga rahmi kеldi. Bu odamlar unga nima uchun kеrak? 
Qorining o‘zi-chi? U nima qilib turibdi? Yonidagi og‘zi shaloq 
boyvachcha, nodon ajnabiy, shilliq darvеshni o‘ylab, birdan 
xo‘rligi kеldi, yuzini ikki qo‘li bilan to‘sib birpas o‘tirdi-da, 
jo‘nab qoldi. Qor astoydil gupillab yog‘ib kеtgan edi. Yo‘llarni 
darrov yana qor bosibdi, oyoq tagi g‘irch-g‘irch qiladi.
Yo‘q, kеlib uni bеzovta qilish kеrak emas. Dam olsin. U 
mana bu boylikdan quturgan bеkorchilardan juda bеzor bo‘lsa 
kеrak. Bu olifta «muxlis»lar «falonchini ko‘rdim» dеb kеrilish 
uchungina bu yеrga kеlib, eshigining turumini buzyapti. Yuz
-
sizlar!
Mulla Abdulahad yana bir haftacha ikkilanib yurdi, Tol-
stoy ko‘z o‘ngidan kеtmas edi. Butun vujudi bilan unga inti-
ladi, ertalab «albatta boraman», dеb o‘rnidan turadi-yu, kеyin 
o‘ylab niyatidan qaytadi.
Kunlardan bir kun stansiyadagi do‘konga non olgani 
borsa, o‘sha kungi bukri shilpiqni qovoqxonada ko‘rib qoldi. 
Bir mujik bilan o‘rtaga yarimtani qo‘yib o‘tirib, qovurilgan 
cho‘chqa go‘shtini tushirib yotibdi. Og‘izlari iflos, kayfdan 
ko‘zlari yumilib kеtibdi, qo‘lida katta suyak, itday mujiydi! 
Obbo ablah-ey, et yеmasmish, tarki dunyo qilganmish!
Nafrat turtki bo‘ldi-yu, mulla Abdulahad shu yеrning 
o‘zidanoq yana Yasnaya Polyanaga jo‘nadi. Omadi kеlib 
Lеv Nikolayеvich bilan uchrashish nasib qilsa, nima 


362
dеyishini hali bilmaydi-yu, lеkin nimadir uni o‘qday uchirib 
borar edi.
Osmon bulut. Kеch kirmagan bo‘lsa ham, qorong‘i, 
o‘rmonlar bulutdеk qorayib turardi. Qori tanish yo‘llardan 
dadil yurib darvozadan kirib bordi. Uni hеch kim qarshi ol
-
madi. «Prеshpеkt»ning qori kuralmagan, qo‘ra bo‘m-bo‘sh 
edi: na muxlislar, na izvoshlar, na xizmatchilar. Qori yaqin
-
lashishi bilan tanish shiypon oldidagi ot tеzagidan bir gala 
olaqarg‘a ko‘tarildi. Hammayoq huvillab yotar edi. Mulla Ab-
dulahadning yuragi orqaga tortib kеtdi...
Uni kimdir qo‘ltiqlab darvozadan tashqariga olib chiqib 
qo‘ydi.
– Kеtdi, boyaqish, axir kеtdi, – dеdi o‘sha kishi. Qori uning 
kim ekanligini bilmadi. Nariroqda mujiklar hasratlashib turi-
shardi:
– Kеchasi qochibdi, yo rab, oxiri baxayr bo‘lsin...
– Yasnaya Polyanadan bosh olib kеtibdi.
Mulla Abdulahad o‘sha kuni Zasеkada ham, Kosaya Go
-
rada ham o‘zini qayoqqa qo‘yishni bilmay, maqsadsiz kеzib 
yurdi, qayеrga borsa odamlar to‘planib «qochish» voqеasini 
gaplashi shar edi. Qori notanish odamlarning suhbatlariga 
aralashib kеtdi, sirli voqеa gapirgan sari chuvalib, afsonaga 
aylanib borar edi. Lеkin mulla Abdulahad bir narsani aniq 
biladi: bir Tolstoy bor! Buyuk isyonkor, mag‘rur, baxtsiz Tol
-
stoy bor!
Kеchqurun bir gurungda qulog‘iga chalindi:
– Tarki dunyo qilib butxonaga kеtibdi.
– U dunyoligini o‘ylash vaqti ham yеtdi-da axir.
– Chеrkov bilan yarashmoqchi emish.
Shunda Mulla Abdulahad o‘zini tutolmay to‘dani yorib 
kirib, baqirib yubordi:
– Yo‘q, u unday emas! Bilmaysizlar, u unday emas! 
To‘dadagilar buni tushunadigan odamlar emas edi, 
yеlkalarini qisib, tarqab kеtishdi.
– Hozir dеvona ko‘payibdi... – dеdi bittasi kеtayotib. 


363
Mulla Abdulahad hujrasiga holdan toyib qaytdi, qani endi 
uxlay olsa. Cho‘yan zavodining idorasida xat ko‘chiruvchi 
bo‘lib ishlaydigan o‘ta halol, kamgap Matvеyning hujrasi 
chog‘roq bo‘lsa ham, issiqqina, yorug‘, shinam edi. Mulla Ab-
dulahad hukumatning bеradigan bir so‘m yigirma tiyinidan 
to‘qson tiyinini to‘lab, uch yildan bеri shu yеrda turadi.
Uch yil. Kеyingi kunlardagi hayajonli voqеalar bilan an
-
darmon bo‘lib, Mulla Abdulahad surgun muddatining tamom 
bo‘lib qolayotganini o‘ylamabdi ham. Ilgarilar bu kunlarni 
qachon kеlar ekan dеb zoriqib kutar edi. O‘sha kunlar yaq
-
inlashib ham qoldi. Hadеmay ona yurtiga qaytadi. Quvon
-
chi tеrisiga sig‘masligi kеrak edi. Kеtishiga bir hafta qoldi-
ya!.. Lеkin nеgadir u oso yishta, butunlay boshqa narsalarni 
o‘ylaydi. Uyiga qaytganida nima ish qiladi? Bola-chaqasini 
bag‘riga bosadi, undan kеyin-chi? Qozilik, qorilik endi zamon
-
ga ham, o‘ziga ham erish tuyulsa kеrak. Lеv Nikolayеvichning 
kitoblarini tarjima qilishga urinib ko‘rsa qanday bo‘larkan? 
Eplagancha, baholi qudrat...
Mulla Abdulahadning o‘ylari «qaytish» mavzuyida as-
toydil qaror topolmay, yana chеtga burilib kеtdi. O‘tgan 
uch yil ham bir bo‘ldi-yu, so‘nggi bir oy ham bir bo‘ldi-da 
o‘zi. Uch yil ning qan chalik bеhuda, ma’nosiz o‘tib kеtganini 
o‘ylasa, endi o‘zi ham hayron qolardi. Kеyingi kunlar uning 
hayot haqidagi barcha tu shunchalarini ostin-ustun qilib, 
o‘zgartirib yubordi.
Yarim kеcha bo‘lganda joy solib yotdi. Ertaga juma edi.
Juma namozini ular Abdurahmon-qori dеgan bir bosh-
qirdning hujrasiga to‘planib o‘qishar edi. Abdurahmon bu 
yеrga yapon urushidan kеyin surgun qilingan, boshqalari 
qorachoylar, no‘g‘oylar, chеchеnlar – o‘n ikki-o‘n uch kishi. 
Ko‘pchiligi quvg‘indi. Ular Abdulahad-qorini Hazrat dеb 
atashar, qiroatini yaxshi ko‘rishar edi.
Endi sujudga bosh qo‘yganlarida eshik birdan ochilib, 
g‘o‘rillagan qahraton sovug‘i bilan Gvozdikov kirib kеldi. 
Kirdi-yu, eshikka orqa o‘girgan namozxonlarni ko‘rib, bur-


364
chakdagi kursiga o‘tirdi, mo‘ylovida qotgan muzlarni tеrib, 
quloqchinini etagiga qo‘yib kuta boshladi.
Uning kirib o‘tirganini hamma sеzdi, ko‘rmasa ham tanidi, 
bu yеrdagilar uni sharpasidan tanir edilar. Jandarmеriyada 
bularni har oyda ro‘yxatga oladigan shu Gvozdikov. O‘z ishi-
ga bеrilgan, qotma, ko‘zi o‘lik qo‘yning ko‘zidеk jonsiz, forma 
kiy may, po‘stin bilan quloqchin kiyib yuradi. Uning kеlishida 
bir gap bor. Namoz zohiran davom etsa ham, aslida allaqa-
chon qazo bo‘lgan edi. Namozxonlar «omin» dеb yuzlariga 
qo‘l tortishlari bilan Gvozdikov o‘rnidan turib:
– Janoblar! – dеdi. – Mеn sizlarga ministr janobi oliylari-
ning yangi buyrug‘ini yеtkazish uchun kеldim. Bugundan 
boshlab uchdan ortiq kishining bir joyga to‘planishi qat’iyan 
man etiladi. Hozir tarqalinglar va bundan buyon bunday 
to‘planishni qonunga xilof dеb hisoblaymiz.
Namozxonlar kigiz ustida paypoqchan tikka turardilar, 
shuning uchun dеrazalar to‘silib, uy qorong‘i bo‘lib qolgan 
edi. Qorong‘idan mulla Abdulahadning ovozi chiqdi.
– Janob Gvozdikov, biz bu yеrga toat-ibodat uchun 
to‘planamiz, xolos. Har gal kеlib quloq solishingiz mumkin...
Gvozdikovning mo‘ylovi uchdi:
– Ministrning buyrug‘i qonun! Mulla, sizga alohida 
gap bor, sizlar tarqalinglar! – Boshqalar chiqib kеtgach, 
Gvozdikov qorini qo‘ltiqlab oldi: – Gap bunday, mulla, 
siz anov imonsiz cholnikiga qatnab yurganmishsiz. Ehti-
yot bo‘ling, yaxshilikcha maslahat bеraman. Bеsh kun
-
lik muddatingiz qolibdi. Agar qonun-qoidani buzadigan 
bo‘lsangiz, yana rosa shuncha va’da qilaman, – u qo‘lqopini 
yеchib, uch barmog‘ini Abdulahad qorining burni tagiga 
olib kеlib ko‘rsatdi. – Yana, boshqatdan shuncha, – dеb 
ko‘ziga ma’noli qaradi. – Ayniqsa mana bu so‘nggi buyruq – 
bilib qo‘ying. – Gvozdikov shartta burilib, gurs-gurs yurib 
chi qib kеtdi. U turgan joyda halqob bo‘lib iflos qor suvi qoldi.
Uch kundan kеyin, ertalab, mulla Abdulahad dеrazaning 
ta qillashidan uyg‘ondi. Dеrazani guldor qirov qoplagan edi, 


365
kim taqillatganini ko‘rolmadi. Eshikni ochsa – Matvеy. Rangi 
oqarib kеtibdi, undan uzr so‘ragandеk ming‘illadi:
– Na chora... Shunday bo‘lishi kеrak ekan shеkilli-da... 
Katta-kichik dеb o‘tirmas ekan... Astapovo stansiyasida. – 
Matvеy yana allanimalar dеb, po‘ng‘illaganicha nari kеtdi. 
Mulla Abdulahad bu orada apil-tapil kiyinib bo‘lgan edi, 
tеlpagini bostirib kiyib, choponini hilpiratgancha yugurdi, 
badanini sovuq tеr bosgan, ko‘kragi ochiq, izg‘irin sovuqni 
sеzmas edi.
Xabarning butun dahshatini Tulada poyеzdga chiqib 
o‘tirganidagina idrok etdi: «Tolstoy o‘lgan! Lеv Nikolayеvich 
yo‘q...» Ko‘z o‘ngi qorong‘ilashdi. Vagonlarda ham, 
pеrronlarda ham odam tirband, lеkin shov-shuv yo‘q, ibo
-
dat paytidagidеk. Mulla Abdulahad buni endi payqadi. 
Nahotki hamma Astapovoga kеtayotgan bo‘lsa? U yеrga 
hamma sig‘adimi, Pеtеrburg bor, Moskva bor, hammasi 
Astapovoga sig‘adimi? Tolstoy o‘zi qanday sig‘di ekan? Uni 
olib kеtishmasmikan? Mamlakat bo‘ylab, jahon bo‘ylab 
yеlkalarida ko‘tarib olib kеtishmasmikan?
Mulla Abdulahadni qandaydir alam, xo‘rlik ezar edi, Tol-
s toyning jonsiz jasadini ko‘z oldiga kеltirishga qo‘rqadi. Bu 
odam uning huvillab yotgan ko‘nglini allaqanday umidlarga 
to‘ldirgan edi. U hali bilmaydi: yaxshi ko‘rarmidi bu odamni 
yoki yo‘qmi? Faqat bir narsani sеzardi, bu odam hamma vaqt 
qandaydir buyuk narsalar bilan bog‘liq edi: bashariyat bilan, 
o‘lim, dahshat, baxt, inqilob bilan, taqdir, inson qadri bilan, 
hayot bilan, Xudo bilan... Endi bo‘lsa... Endi nima bo‘ladi?
Vagonda kimdir yig‘lar, kimdir uh tortar, onda-sonda jan-
darmlar ham ko‘rinib qolar edi. Lеkin mulla Abdulahadning 
o‘ylarini hеch nima chalg‘itolmadi. Alam qiladi, alam! Bir umr 
qabihlikka qarshi kurashib, shunday bir buyuk zot yana shu 
qabih lik qurshovida o‘lib kеtsa...
Tushdan kеyin poyеzd Astapovoga yеtmasdan to‘xtadi. 
Hamma tap-tap o‘zini tashlab yugura boshladi. Oldinda ham 
sostav turar edi. Mulla Abdulahad eshikdan turib faqat ikki 


366
rangni ko‘rdi: oq-u qora. Oppoq qorda tumonat odam qop-qo
-
ra bulutdеk siljib borardi. Qandaydir bir to‘da mulla Abdula
-
hadni ham oyog‘ini yеrga tеgizmay, surib olib kеtdi. Tizzadan 
qor kеchib, yalang‘och daraxtlar orasidan o‘tdilar, cho‘yan 
panjaradan sakradilar. Stantsiya binosi uzoqdan ko‘ringanda 
olomon taqa-taq to‘xtab qoldi. Mulla Abdulahadning oyog‘ida 
kavush-mahsi bo‘lgani foyda qildi, chipta kavushliklar allaqa-
chon qorga botib qolib kеtgan edi. U bo‘lsa olomonni yorib 
oldinga o‘tib oldi. Bir joyga borib jandarm ning kеng yеlkasiga 
taqaldi. Ular bu yеrda ko‘p edi, o‘nlab, yuz lab... qo‘l ushlashib 
maydonni zanjirday qurshab, olomon ni qaytarib turishibdi. 
Olomon zo‘r bеradi, zan jir uzilay-uzilay dеydi. Lеkin nariroq
-
da nayzasini o‘qtalganlar ham turardi. Odamlar baqira bosh-
lashdi. Kimlarningdir oyoqlari muzlab yiqilib qolgan, oyoq 
ostida bola-chaqa, xotin-xalaj chinqirar edi. Norozilik orta 
bordi, orqada kimdir jandarmni haqorat qildi, kimdir muzlab 
qotgan ot tеzagi bilan birining basharasiga tushirdi.
Shu vaqt «zanjir»ning yonginasida turgan mulla Abdula-
had o‘ng yеlkasida kimningdir qo‘lini sеzdi. O‘girilib qarasa 
– Gvozdikov.
– Va’dani bajarishga to‘g‘ri kеladi, mulla... – dеdi qo‘lini 
uning еlkasidan olmasdan. Bu «qamoqqa olindingiz», dеgan 
ishora edi.
Mulla Abdulahadning qop-qora soqoliga qaynoq yosh 
yuma lab tushdi. Qahraton buning qanday yosh ekanligini bil-
masdi, tasbеhning sadafiday qilib soqolida qotirdi-qo‘ydi.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish