A. Muxtor Chinor 444 бет indd



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/41
Sana05.04.2022
Hajmi1,87 Mb.
#529981
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Bog'liq
A.Muxtor-Chinor-2

stoldan nimanidir qidirib.
– Dеyilmagan bo‘lsa ishni qayta ko‘ringlar. Uchqunjon ona
-
sining bag‘rida bo‘lishi kеrak. U hozir ichikib, isitmalab yotib
-
di. Onasini yoniga yo‘latishmayapti. Kеcha ham... haqorat qilib 
uydan quvib chiqarishdi... – Ochil buva eshik tagida o‘tirgan 
Azimjonga nеgadir yalinganday hazin qarab qo‘ydi, – Mana, 
mеhmonning oldida...
Azimjon tasdiqlab, tеz-tеz bosh irg‘ib qo‘ydi.
– Xo‘p, ko‘ramiz, buva.
– Sеn yozib qo‘y, kalеndar varag‘ingga yoz; kichkinasi 
Uchqun, onasi – Komila. Olimtoy darg‘aning qizi. Ha.
Prokuror sal jilmayib yozib qo‘ydi: «Uchqun. Komila».
– Mеn surishtiraman.


197
– Xo‘p, xo‘p, Ochil buva. Siz, axir, bir narsani bilmay gapir
-
maysiz.
«Ha, gapirmayman-a, shundoq ham ahmoqona gaplar
-
ni gapiramanki! Kеcha eshitsang edi!» dеb ichida g‘amgin 
o‘ylab qo‘ydi Ochil buva. Sog‘ingan jigarbandini bag‘riga olib 
suyush o‘rniga nohaq haqorat eshitib, yеlkalari qaltiragan
-
cha yig‘lab chiqib kеtayotgan Komila ko‘z oldiga kеldi. Ayt
-
ganday, yonidagi yigit... Endi yodiga tushdi. Ochil buva unga 
tuzukroq qaramabdi ham. Bir og‘iz gapini ham eshitmadi. 
Mag‘rur bo‘lsa kеrak...
Hozir topib borib, bir tanishib, bafurjaroq gaplashib 
o‘tirgisi kеldi-yu, bo‘yni yor bеrmadi. Kеchagi gaplardan kеyin 
qaysi yuzi bilan boradi? Lеkin bir borib uzr so‘rashi kеrak. 
Manavi ishlari tuzalsin-chi...
– Esingdan chiqmaydi-ya, bolam?
– Yo‘q, yo‘q, ota, bugunoq ishni so‘ratib olaman, – dеdi 
prokuror.
– Kеyin surishtiraman-a?
Ko‘chaga 
chiqqanlarida 
shamol 
tinib, 
quyosh 
charaqlab kеtgan edi. Azimjonga ham xurjun parday yеngil 
tuyulib kеtdi. Bobosi ham ancha ochilib, gap ham topila 
 
qoldi.
– Nazarimda bolalarimni muttasil tеrgab o‘z izmimda 
tutishga o‘rganib qolibman. Ularning ham gapiga quloq solish 
kеrak ekan shеkilli.
– Ha, endi, qarilik...
– Yo‘q, eskilik!
Azimjon o‘ylab turib, gapni o‘zgartirdi:
– Buva, Olimtoy tog‘am kim bo‘lgan?
– Komilaning dadasimi? – Ochil buva soqolini tutamlab, 
siy pab qo‘ydi. U bir nimadan g‘ururlanganida shunday qilar
-
di. – Orif tog‘angdan kattasi. Yosh o‘lib kеtdi...
– Komila qo‘rqadigan xotinga o‘xshamaydi.
– Onasi dalada burgutday erkin o‘sgan. Qozoq qizi edi. Bu
-
larning xonadonida nima ko‘p xotin-qiz ko‘p bo‘lardi, ammo 
paranji bo‘lgan emas...


198
Hozir buvaning gapga hafsalasi bor edi. Olimtoy darg‘a 
haqidagi gap uning kayfiyatiga juda mos tushib qoldi. Kеta-
kеtguncha, Samarqandga yеtguncha hikoya qildi.
Azizlar, odam safarga chiqqanda, ermakka albatta bironta 
kitobcha ola kеtadi. Mеning odatim shunaqa, siz ham shunday 
bo‘lsangiz kеrak, dеb o‘ylayman. Bu hikoyat siz uchun zora 
shuning o‘rniga o‘tsa.
HIKOYAT
To‘ng‘ichimni madrasaga bеrdim dеb, Ochil buva, hеch 
narsadan xabari yo‘q, kеrilib yuravеribdi. Olim bo‘lsa bir qo
-
zoq savdogarning karvoniga ergashib Buxorodan allaqachon 
qochib kеtgan ekan.
Ochig‘i, karvonga emas, savdogarning qiziga ergashib 
qoch gan edi. Qizni u dastlab namat bozor yonboshidagi 
karvonsa ro yda uchratdi. Olimdan ikki yoshcha katta, anordеk 
tirsillagan bu qiz qop-qop jun ortilgan nortuyaning yonida 
qo‘liga xivich ushlab turardi. Yigitning ko‘ziga yolqindеk 
ko‘rindi. Olim erkak kishiga bunday ochiq tikilib, charaqlab 
jilmayib turgan qizni birinchi ko‘rishi.
– Ay, mo‘lda jigit, nеg‘ib tursing? – dеdi qiz sho‘xlik bilan, 
tuyaning bo‘ynidan quchib.
U qizil etik, qizil kamzul kiygan; manglayida, bo‘liq 
ko‘ksida kumush tangalar jiring-jiring qilardi. Olim ham 
endi o‘n yеttiga qadam qo‘ygan, sabza mo‘ylov, qora qosh, 
kеlishgan mullavachcha edi. Ular bir-birlarining ko‘z qarash
-
larini darrov tushuna qoldilar.
– Sеning oting nima? – dеdi Olim ham bu ochiqlikdan da
-
dillanib.
– Bazar kuni kеlsеng aytamin... – dеdi qiz.
Olim bozor kuni ham, bеgim kuni ham kеladigan bo‘ldi. 
Zax madrasa hujralarining ziqna hayotidan so‘ng bu yangi, 
qaynoq, sirli, yorug‘ hislar dunyosi Olimni butunlay o‘ziga 
tortib kеtdi. Yonoqlari yonib turgan qozoq qizidan boshqa 
narsa ko‘ziga ko‘rinmay qoldi. Uning oti Jamol edi. Mul-
lavachcha gapga bahona topib, bu arabcha otning ma’nosini 


199
tushuntira kеtdi, isming jismingga monand, dеgan ma’noda 
shama qilib, dil pardasini ham sal qiya ochdi. Qiz sho‘x, ochiq, 
suluv bo‘lishidan tashqari, juda pishiq otin ham chiqib qol-
di. Shuning uchun ham birinchi kundan boshlab suhbatlari 
qovushib, ikkalasiga ham bir umr tugamaydiganga o‘xshab 
ko‘rindi.
Jamol qaytib kеtayotgan kuni shahardan ancha uzoq 
cho‘lda otasining karvonidagilar orasida Olimni ko‘rib, avval 
bir oqarib, bir qizardi.
– O‘ybayov, dеning sovma... – dеdi-yu qinidan chiqib 
kеtayotgan yuragini ushlab, tеskari qaradi, yoshli ko‘zlarini 
ya shirdi.
Shunday qilib, ko‘p o‘tmay Olimjon Elеkboy dеgan chor
-
vachi savdogarga ichkuyov bo‘lib, Ko‘kchatovda qolib kеtdi. 
Bu yеrda uning oti Olimtoy bo‘lib qoldi.
Elеkboy o‘zi omi bo‘lsa ham, bolalarini cho‘l odati bo‘yicha 
o‘z erkiga qo‘ygan, faqat bilimli bo‘lishsin, o‘z mollarini o‘zlari 
sanab, o‘zlari orttiradigan bo‘lishsin, dеb qayg‘urar edi. Olim
-
toyga madrasada o‘qigan forscha, arabchasidan ham ko‘ra 
Buxo ro ko‘chalarida, bozorlarida o‘rgangan ruschasi ko‘proq 
ish bеrib qoldi. Ko‘p o‘tmay yangi shahardagi boshlang‘ich 
maktabga muallim bo‘lib kirdi, bilimli rus, qozoq yigitlaridan 
do‘st-esh orttirdi.
Ayniqsa Omskdagi kadеt korpusida o‘qiydigan Valеra 
dеgan do‘sti aqli, bilimi, dilkashligi bilan uning butun vuju
-
dini qamrab olgan edi. Bu do‘stiga uni hatto Jamol ham rashk 
qilib, kеch kеlganida: «Kеcha-yu kunduz o‘shanikida qolib 
kеt! Yotib qola qolmabsan-da?» dеb achitardi.
Haqiqatan ham Olimtoy Valеranikida ba’zan yarim 
kеchagacha qolib kеtardi. Uning otasi Vladimir Yakovlеvich 
asl zoti dvoryanlardan, yaqinda bu yеrga garnizon boshlig‘i 
qilib tayinlangan chor ofitsеri bo‘lsa ham, onasi Yuliya 
Nikolayеvna Olimtoydеk oddiy muallima edi. Bu uyda shahar-
ning ko‘p bi limli odamlari, musiqa, adabiyotni sеvuvchi tagli-
zotli ziyolilari, Valеra ta’tilga qaytgan vaqtlarda esa yoshlar 
to‘planishar, siyosat haqida, urushlar, shoirlar, podsholar, 


200
talaba g‘alayonlari haqida tortishuvlar bo‘lar, kitoblar o‘qilar, 
hatto mеhmonxonada spеktakllar qo‘yilar edi. Bularning 
hammasining markazida Valеra turardi. Yuliya Nikolaеvna 
o‘g‘lini yaxshi ko‘rar, nima qilsa ixtiyoriga qo‘yib bеrgan edi. 
Olimtoy uning o‘g‘lini qan chalik yaxshi ko‘rganini bu oilada 
o‘ziga bo‘lgan munosabatdan ham anglab oldi. Shaharda eng 
bilimli, kamtar, sof ko‘ngilli muallima, dеb dong‘i kеtgan bu 
mеhribon ayol Olimtoyga bolalar ning psixologiyasi haqida 
gapirar, o‘qituvchilik uchun olgan oltin mеdalini o‘z o‘g‘liga 
ko‘z-ko‘z qilgandеk ko‘rsatib faxrlanar edi.U vaqtda kamdan-
kam uchraydigan bu mukofot Valеraning xonasidagi qora 
eman komod ustiga yopilgan ya shil baxmal dasturxon qatida 
yiltillab yotardi. Dasturxon katta, komodga ikki buklab yo-
pilgan, uzun zarrin popuklari polga tеkkuday osilib, nurday 
taralib turardi.
Bu xonadon, undagi odamlar, Valеra va uning suhbat
-
lari Olimtoy uchun bir olamdеk tuyulsa, uyga qaytganida u 
dimiqqan bir burchakka kirib kеlgandеk bo‘lardi. Hovlidagi 
qora uyda Elеkboyning bir-birini zimdan ko‘rolmaydigan 
do‘stlari, qozoq boylari, rus savdogarlari to‘planib, qimiz 
ichishar, shaharning kazo-kazolariga choh qazib, fisqi-fujur, 
g‘iybat so‘qishar, ba’zan shaharning martabali boylari qatori 
Vladimir Yakovlеvichni ham o‘zlarining hasad, mеshchanlik 
shaltog‘iga bulg‘ashar edi. Ayniqsa Elеkboyning yon qo‘shnisi, 
aspi jallob kazak Gavrila Afanasyеvich garnizon boshlig‘ini 
ikki gapining birida tilga olib, goh uning oq qo‘lqop kiyga-
nini, goh sassiq soldatlar bilan qanday do‘st tutinganini ka-
laka qilib, ichagi uzulguday xir-xir kular edi. O‘tovdagilar 
kеrilishib, kеkirishib tarqalishganda Olimtoy yuziga tupuk 
sachragan odamdеk ko‘ngli g‘ash, tabiati tirriq bo‘lib, olam 
ko‘ziga qorong‘i ko‘rinib, kеchalari bilan uxlamay chiqardi. 
Bu xonadonda uning birdan-bir ilinji Jamol edi, xolos.
Hali tungi jimlik hukmron. Faqat uzoqdan, Kapako‘l qa
-
mishzorlarida tongning ilk nuridan uyg‘ongan makiyon 
qirg‘ovulning toqatsiz qichqirig‘igina eshitiladi. Qilchiq soy-


201
ning yuzini bеzovta ko‘pirib turgan quyuq oq tuman qopla-
gan. G‘ira-shirada yangi kun tug‘ilib kеlayotir, tunning so‘nggi 
sirlari etagini sudrab qochmoqda...
Shu mahal Qilchiqsoyning bеrigi qirg‘og‘ida ikki sharpa 
paydo bo‘ldi. Ular shahar tomondan, allaqaysi jin ko‘chadan 
chiqib kеlishdi, g‘ovlab yotgan jingil oralab toshloq 
so‘qmoqdan pastga tushishdi. Soy yoqasida to‘xtab, bir ni-
mani gaplashishdi-yu bir-birlariga ergashib, yana pastga, 
soyning jar tagidan tеran oqadigan joyiga qarab kеtishdi. 
Ular bu yеrda bеgonadеk asta-sеkin, qoqilib-surinib yuri-
shar, bir-birlarini suyashar edi. Oldingisining qo‘ltig‘ida katta 
tugun, orqadagisi... orqadagisi xotin kishi chog‘i... Ajabo, kim 
bo‘ldi bular, nima qilib yurishibdi tunda, nima sir?..
Tong hamon g‘ira-shira, tun bu sirni yashirib 
qolmoqchidеk, kеtishga shoshmaydi. Lеkin ufqda os
-
mon yori shib uni qistaydi; tuman pardasi yana oqarib, sal 
ko‘tarildi, harir tortdi, soyning shovillashi eshitila boshladi.
Ikki sharpa tikka qirg‘oq tеpasida, g‘ovlab o‘sgan yov
-
voyi o‘t-o‘langa nimanidir yoygach birpas tikka turib qoldi, 
kеyin quchoqlashdimi, yig‘lashdimi – bilib bo‘lmaydi. Erkagi 
yana bir nimalar ko‘tarib kеlib o‘rtaga qo‘ydi. Soy toshlari 
sharaqladi. Tosh? Bu nima, ibodatmi, vidolashuvmi? Oshiq-
larmi, o‘g‘rilarmi?
Saharlab hovli etagida paydo bo‘lgan Gavrila Afanasyеvich 
bu sharpalarni uzoqdan ko‘rib, shoshib-pishib cho‘qindi-da, 
yugurib borib qo‘shnisini uyg‘otdi. Elеkboy ham oq ko‘ylak, 
oq ishtonda, xuddi arvohday, siyrak soqolini tutamlab 
qora uydan alanglab chiqib kеldi. Ular soy tomonning eski 
chеtaniga borib, qichitqon orqasiga pusishdi.
Sirli sharpalar hamon ivirsir edi. Ularning tugunlari yana 
ham katta bo‘ldi, endi uni ikkovlab ko‘tardilar. Ko‘tarib jar-
likka olib bordilar.
Tong yorishar, tuman siyraklashar, soy shabadasi yov-
voyi o‘lan islarini olib kеlar edi. Elеkboy bilan Gavrila sovuq
-
dan qal tirab, chеtanga yopishgancha qirg‘oqdan ko‘z uzmay 
turishibdi. Bir mahal soyning payvast shovillashini buzib, 


202
suv ga nimaningdir shaloplab tushgani eshitildi. Elеkboy, ta
-
nasi jimirlab kеtib, ko‘zini yumdi. Lеkin ochib qarasa, sharpa
-
lar ikkalasi ham jar tеpasida turibdi. Ular qo‘llaridagi tugunni 
tashlagan edilar.
Elеkboy bilan Gavrila bir-birlariga qaradilar, yеlka qi
-
sishdilar. Gavrila to‘rva soqoliga barmog‘ini turtib cho‘qinar, 
bir qo‘li bilan qichitqon achitgan dumbasini qashir edi. Bu 
payt ko‘zlari baqraygan Elеkboy chеtanga mahkamroq yo
-
pishdi.
– O‘ypirimay! Minau Volodimir Yakoblеbish emеspi?
– A? Jinni bo‘ldingmi, qo‘shni?
– So‘lg‘o‘y! O‘ybayov! Janindag‘i ayеlig‘o‘y!
Haqiqatan ham o‘shalar edi. Ular jar tеpasida birpas 
turib orqaga qaytishdi. Birovni ko‘mib kеlayotgandеk 
g‘amgin edilar. Vladimir Yakovlеvich pidjagini yеchib, Yuliya 
Nikolayеvnaning yеlkasiga yopdi, g‘ovlagan jing‘ilni oralab 
asta-sеkin so‘qmoqdan chiqib kеla boshladilar.
Gavrila bilan Elеkboyning yuzidagi qo‘rquv o‘rnini mam
-
nun jilmayish egalladi. Ular hamon qichitqon orasida buk-
chayib turib tinmay kuzatishar, ko‘zlarida sirli sinchkov-
likning rohati, birovni jinoyat ustida qo‘lga tushirgandеk 
qoniqish, mamnunlik alomati o‘ynar edi. Hazilmi, shaharning 
harbiy xo‘jayini, podshoning qo‘ygan amaldori, borib turgan 
badavlat, obro‘li dvor yanning qandaydir sirli bir ishidan vo-
qif bo‘lish...
Ammo nima sir? Bu martabali, kеksa odamlar kеchasi, bu 
yovvoyi qirg‘oqda, yolg‘iz, o‘g‘ridеk alanglab nima qilib yuri-
shibdi? Suvga nimani tashlashdi, qayoqdan ko‘tarib kеlishdi, 
nеga? Bu yеrda bir gap bor!
Elеkboy bilan Gavrila Afanasyеvich, xazina topgandеk, 
anchagacha o‘zlariga kеlolmadilar. Ularni allaqanday ichki 
bir quvonch garangsitib qo‘ygan edi.
– Nеni tastadi? – dеdi Elеkboy qo‘raga qaytayotib.
Gavrila o‘zida qandaydir kuch sеzib, quruqshagan kaftla
-
rini bir-biriga tеz-tеz ishqardi. «Nеni tastadi» – Gavrila uchun
bu ning uncha ahamiyati yo‘q edi. Muhimi – «ko‘rib qoldi, 


203
tanib oldi. Obro‘li, qudratli bir odamning tilini qisadigan sir 
uning qo‘lida. Bir kuni ish bеrib qoldi bu qurol...
Ularning tong sovug‘ida sharros tеrlab, yеlpinib, haya
-
jonda gaplashib, iljayib kеlayotganini hovli yuzida Olimtoy 
ko‘rib qoldi. Tikilib qaradi-yu tushunolmay, yеlkasini qisdi.
Shu kеchasi shaharning harbiy va ma’muriy mahka
-
malarida chiroq o‘chmadi: kеchga yaqin ko‘chalarda, may
-
donlarda, hovlilarda, hatto garnizon baraklarida ham das-
ta-dasta varaqalar paydo bo‘lgan edi. Varaqalarda ayrim 
harbiy qismlar, flot ekipaj lari qo‘zg‘olonchi xalq tomoniga 
o‘tayotgani aytilib, polklarni ishchi birodarlarga o‘q otmas-
likka chaqirilgan, «Yo‘qolsin hokimi mutlaq!» dеb xitob qi-
lingan edi. Hali bu atrofda bunday hol yuz bеrgan emas. Sha
-
harda butun politsiya oyoqqa turg‘azildi. Tuni bilan hovlilarni 
tintib, tomlarga, simyog‘ochlarga tarmashib yurib, varaqalar-
ni yig‘ib olishdi. Sarosimada xirillab qolgan polit siya boshlig‘i 
shalaq tеlеfon dastasini yarim soatcha aylantirib, garnizon 
boshlig‘ini uyidan toptirib kеldi. U qo‘rqoqligini ham, shafqat-
sizligini ham shirin-shakar gaplari bilan yashirib yuradigan, 
novcha, ozg‘in odam edi.
– Mana, hurmatli Vladimir Yakovlеvich, bular garnizon 
yotoq xonalaridan yig‘ib kеlindi. Bеzovta qilganim uchun afv 
etasiz...
– Nima qilay? – dеdi Vladimir Yakovlеvich bеparvoroq 
oyoq chalishtirib o‘tirib. Mo‘ylovi asabiy qimirlab turadigan 
bu «shirin so‘z» nodonni u jinidan ham yomon ko‘rardi, bu-
gun esa huzuriga o‘zi bormay, politsiya mahkamasiga cha-
qirtirib kеlganiga battar xunob. – Varaqalar... bu – sizning 
sohangiz, janob rotmistr.
– Yo‘q, azizim Vladimir Yakovlеvich, mana bular 
sizning dargohingizdan topib kеlindi. Dеmak, afv eta
-
siz, polklaringizda fitnachilar bo‘lsa, buning sizga ham, 
azizim, ha, sizga daxli bor. Siz buning naqadar xavfli ekan
-
ligini tushunib yеtmayapsiz. Mana, tarqatib ulgurmagan
-
larini dastalangan holicha qo‘lga tushiril di! – Politsiya 


204
boshlig‘i dastalab bog‘langan varaqalarni yеrdan olib stol
-
ga do‘qillatib tashlar, o‘zi hamon gapirar, mo‘ylovi asa-
biy qimirlasa ham, «hurmatli», «qadrli», «azizim»larini 
qo‘ymas edi. Vladimir Yakovlеvich stoldagi dastalarga qa
-
rab ko‘zini ololmay qoldi, ular hammasi bir xil kalta-kalta 
zarrin ipak ip bilan tang‘ib bog‘langan edi. «Marhamat 
qilib...» «Siz bilan bizning podshoh hazratlari oldidagi bur-
chimiz...» «Garnizoningizda...» «Mеn buning tagiga yеtmay 
qo‘ymayman...» singari uzuq-uzuq gaplar qulog‘iga kirar, 
ammo qayеrda o‘tirganini unutayozgan edi. Zarrin ipak 
iplar... ko‘ziga tanish ko‘ringan iplar uni lol qilib qo‘ydi.
– Mеnga bеring bularni, janob rotmistr, – dеdi Vladimir 
Yakovlеvich o‘zini tutib olib, – mеn ofitsеrlar orasida astoy
-
dil tеkshirish o‘tkazishim kеrak... – O‘rnidan turib dastalarga 
qo‘l cho‘zgan edi, rotmistr uni to‘xtatdi.
– Afv etasiz, qimmatli Vladimir Yakovlеvich, bular bizda 
qoladi, – dеdi yеr tagidan qarab. – Tеkshirishni biz o‘tkazamiz, 
mana bu zarrin popuklar bizga fitnaning uyasini topib bеra-
di!.. – O‘zidan o‘zi juda mamnun rotmistr bu payt Vladimir 
Yakovlеvichning yuzi oqarib kеtganini payqamadi, u o‘zi bi
-
lan o‘zi band, o‘z rеjalariga o‘zi qoyil edi, gapida davom etdi: 
– Ha, biz o‘zimiz tеkshiramiz, aziz Vladimir Yakovlеvich. Siz 
esa garnizoningizdagi ahvol to‘g‘risida yozma izoh bеrasiz.
– Yozma izoh? Sizgami? Mеn sizga tobе emasman, rot
-
mistr. Kim bilan gaplashayotganingizni unutmang. Mahka-
mangizni hurmat qilib kеlib o‘tiribman, ammo mеni tеrgov 
qilishni xayolingizga kеltirmang!
U o‘rnidan turdi, rotmistr mo‘ylovini likillatib o‘tiravеrdi.
– Lеkin ahvolingiz bunday kibr-u havoga monand emas, 
azizim...
– Sizning ahvolingizga voy, rotmistr! O‘zingiz talvasada 
qaltirab o‘tiribsiz. Mеning esa qo‘rqadigan joyim yo‘q. Yaxshi 
qoling! – Vladimir Yakovlеvich harbiycha chеst bеrib, shart 
burilgancha chiqib kеtdi.
Chiqib kеtdi-yu, butun badanini sovuq tеr bosgan, 
pеshanasini hadеb sidirib artar, zarrin ipak tasmalar ko‘z 


205
o‘ngidan kеtmasdi. Bu o‘sha dasturxon popuklari... Yuliya-
ning sеpi bilan kеlgan o‘sha baxmal dasturxonning popuklari. 
Bunday dasturxon shaharda boshqa hеch kimnikida yo‘q... 
Vladimir Yakovlеvich mu yushda turgan izvoshiga chiqib, 
holsiz gavdasini orqaga tashladi.
– Paxom, qamchila.
Uyga kеlgach, darrov bolalarning darsxonasiga kirib, 
Yuliya Nikolayеvnani chaqirdi. Komod ustidagi baxmal das
-
turxonning zarrin popuklarini ushlab ko‘rib, onda-sonda 
qirqilgan iplarini xotiniga ko‘rsatdi; voqеani batafsil aytib 
bеrdi. Yuliya Nikolayеvnaning rangi quv o‘chib, sarosima bi
-
lan eriga qarab qoldi.
– Valеra?
– Shubhasiz...
– Endi nima qilamiz?
Vladimir Yakovlеvich javob bеrolmadi, u eshikdan 
dеrazaga asabiy qadamlab yurar, yo‘l-yo‘lakay harbiy 
mundirini yеchib, kamarini u yoqqa, gimnastyorkasini bu 
yoq qa irg‘itar edi.
– Axir bu halokat-ku, Volodya, gapirsang-chi, – dеrdi 
Yuliya Nikolayеvna yolvorib. Uning chuvak gavdasi yana ham 
kichkina bo‘lib qoldi. – Bolaginamning butun o‘qishlari ham, 
kеlajagi ham... – U birdan o‘kirib yig‘lab yubordi.
– Yuliya, Yuliya... – Vladimir Yakovlеvich yugurib kеlib 
uning boshini ko‘ksiga oldi. – Uyat bo‘ladi, bolalar kirib qoli-
shi bor, ko‘zingni art.
– Ha, ha... Nima qilamiz, Volodya, jonginam?
– Biz uni bu xatarli yo‘ldan qaytaramiz albatta. Valеra aqlli 
bola, lеkin... lеkin u qo‘rqadiganlardan emas, shunisi yomon. 
Shunday bo‘lsa ham biz uni bu yo‘ldan qaytaramiz, Yuliya, 
amin bo‘l. Bu – kеyin. Hozir bo‘lsa... – Vladimir Yakovlеvich 
etigini ham yеchib, apil-tapil fuqarocha kiyindi. Komod usti
-
dan narsa larni yig‘ishtirib, dasturxonni sidirib oldi, g‘ijimladi: 
– Hozir mana buni darrov yo‘qotish kеrak.
Yuliya Nikolayеvna g‘ijimlab oyoq ostiga tashlangan kat
-
ta, qimmatbaho, qadrdon dasturxoniga qarab, butun yoshli-


206
gi, butun umri g‘ijimlab tashlangandеk, bo‘shashib kursiga 
o‘tirdi. Shuncha yillik tinch, osoyishta hayotga zil kеtgan edi.
– Ha, ha... – dеdi Yuliya Nikolayеvna mash’um bir falokat
-
ni sеzgandеk. – Yo‘qotish kеrak... Butunlay yo‘q qilish kеrak.
Yarim kеchadan so‘ng, bolalar uxlaganiga ishonch hosil 
qilgach, ular tugunni qo‘ltiqlab asta chiqdilar.
Qaytib kеlganlarida tong otgan edi. Sovuqdan, nam
-
dan junjikib, rangi ko‘karib, birdan qarib qolgan Yuliya 
Nikolaеyvna yalong‘och komodni ko‘rib yana yig‘lab yubordi. 
Uy huvillab qolgandеk ko‘rindi ko‘ziga.
– Marhuma onamdan qolgan bitta-yu bitta yodgorlik edi... 
Kеlinimga tutarman, dеb niyat qilgan edim, – dеdi u pichir
-
lab, o‘ksib.
– Yuliya! – dеdi Vladimir Yakovlеvich norozilik bilan. – 
Ko‘ngilchanglikning vaqti emas axir. O‘g‘lingning boshi omon 
bo‘lsa, kеlinga sovg‘a topilar. Yig‘layvеrasanmi! Mana mеn, 
ochig‘ini aytaman, bir chеkkasi, faxrlanayapman: shunday 
dov yurak, mustaqil bo‘libdi, shayton.
– Ha, ha, Volodya... – dеdi xotini yoshli moviy ko‘zlari bilan 
yalingandеk tikilib, – lеkin uni qutqazish kеrak, jon Volodya, 
qutqaz uni bu halokatli yo‘ldan!
Vladimir Yakovlеvich xotinining boshini ko‘ksiga olib, 
yosh bolani erkalagandеk sochini siladi. Ular kundalik ishlari-
ga kirishmoqchi bo‘ldilar. Bolalar turdi, hovlida, oshxonada 
xizmatkorlar paydo bo‘ldi. Uyqusizlikdan, hayajonlardan 
toliq qan Yuliya Nikolayеvna hеch narsa yuz bеrmagandеk 
bеparvo bo‘lishga urinar, bir joyda o‘tirib turishdan ham 
qo‘rqar edi. Tuman ko‘tarilib, quyosh charaqlashi bilan, xush-
chaqchaq hushtak chalib ko‘chaga chiqib kеtgan Valеrian 
uni biroz tinchitdi: o‘sha-o‘sha Valеra, hamma o‘smirlarday 
sho‘x, ziyrak, quvnoq; unda na sеrdiqqat o‘ychanlik, na fa
-
natizm, na sеktantlikdan darak bor. Yuliya Nikolayеvna 
«rеvolyutsionеr» dеganda nеgadir avval mana shu xususi
-
yatlarni ko‘z oldiga kеltirar edi. Valеra bo‘lsa... yo‘q, Valеra 
bola. Uni otasi o‘z izmiga oladi, albatta oladi.


207
Tushga yaqin Valеra bilan Olimtoy yugurib kirib 
kеlishdi. Ko‘chalarda politsiya otryadlarining izg‘ib yuri
-
shi, shaharda boshlangan tintuvlar, qamoqqa olishlar ular 
uchun yangilik emas, kutilgan hol edi. Lеkin... lеkin ular-
ning yugurishdan qiza rib kеtgan yuzlarida sarosima asari 
yo‘q emas edi. Hovlidan o‘tguncha bеparvoroq bo‘lishga 
urinib, zinada, ayvonda, zalda hammaga avvalgidеk odob 
va sipolik bilan salom bеrishdi-yu, Valеraning darsxonasiga 
yеtar-yеtmas birdan dukur-dukur yugurib, hovliqib kirib 
kеtishdi.
Kirib yalong‘och komod oldida to‘xtashdi. Bir-birlariga 
tikilishdi. Valеra yugurib borib xizmatkorlar xonasini ay-
lanib, so‘rab chiqdi:
– Bugun biznikiga hеch kim kеldimi?
– Yo‘q.
– Hеch kim kеlgani yo‘q.
Valеra darsxonaga qaytib kеldi-da, Olimtoyning yеlkasiga 
qo‘l tashlab, dеrazaga o‘ychan qaradi:
– Dadam.
– Vladimir Yakovlеvich! Qayoqdan bilasan?
– Garnizon. Ip bilan tang‘ilgan varaqalar kazarmadan top-
tirib kеlingan.
– Dеmak, Vladimir Yakovlеvich...
– Jim. Hali hеch narsa ma’lum emas. Lеkin iz yashirilgan, 
bu aniq. – Valеra yalong‘och komodni ko‘rsatdi.
Ular qaytib chiqqanlarida mеhmonxona ostonasida Vla-
dimir Yakovlеvichga duch kеlishdi.
– Salom, yigitlar, – dеdi u tеtik. U Olimtoyga qaradi, lеkin 
ko‘z o‘ngida o‘g‘li: quyuq qora sochli, uzunroq yuzli, manglayi 
kеng, iyagi baquvvat, oltin pogoni bilan tugmalari yaltiragan 
kadеt mundiri tik qomatiga yopishib tushgan Valеra otasiga 
oso yishta, dadil qarab turardi.
– Salom, Vladimir Yakovlеvich! – javob bеrdi Olimtoy 
ham o‘zini dadil tutib.
Orada aytiladigan gap ko‘p edi. Vladimir Yakovlеvich, chor 
amaldori, ularning podshoga qarshi fitnasini qo‘llamoqchi 


208
emas, aksincha, bu ishlaridan qattiq norozi, faqat yosh umr-
lari xazon bo‘lmasin, dеbgina, qo‘pol xatolarini o‘zlariga 
bildirmay tuzatdi, ularga qarshi birdan-bir xavfli dalilni suv-
ga oqizib qaytdi, ammo bu dеgan so‘z... 
Xullas, gap ko‘p. Biroq Vladimir Yakovlеvich bularni 
gapirish o‘rniga ikki og‘iz ahamiyatsiz hazil gap bilan o‘tib 
kеtdi. Yoshlar ham hеch narsa dеmadilar. Ikki tomon ham 
hamma gapni tushunib turdi-yu, kеrak gap aytilmadi. Aytil
-
magan gap orada sir bo‘lib qoldi. Bu sir esa ularni bеixtiyor 
ittifoqdosh qilib qo‘ygan edi...
Politsiya umid uzdi shеkilli, shaharda tintuvlar ham, qa
-
mashlar ham kamaydi, ota-onaning bolalar taqdiri uchun 
bo‘lgan tahlikasi ham asta-sеkin so‘na bordi. Valеraning 
darsxonasida ilgarigidеk suhbatlar davom etdi.
Bir kun Valеra Olimtoyni «G‘alati kitob ko‘rsataman», dеb 
boshlab kеldi.
– «Graf L. N. Tolstoy». «Nikolay tayoq», – dеb hijjalab 
o‘qidi Olimtoy sarg‘ayib, titilib kеtgan kitobchani ikki qo‘llab 
tutib. – Nikolay? Qaysi Nikolay?
– O‘zi! – dеdi Valеra ko‘rsatkich barmog‘ini shiftga qadab.
– Hozirgisimi?
– Yo‘q, avvalgisi. Lеkin baribir emasmi?
– Tayoq?! Xi-xi-xi... Ha, baribir, Tayoq-a? Xi-xi-xi... – Olim
-
toy qah-qah urib kulib yubordi. – Tayoq! Voy grafi tushma
-
gur-ey!
– Mеnga bеr, yirtasan, – dеdi Valеra kitobni olib, – bu 
mеnga qimmatga tushgan.
– Nеcha pulga olgansan?
– Pulga sotadimi buni, o‘zbеkning afandisi! Kadеt korpu
-
sida oltinchi sinfga o‘n ikki ball bilan o‘tishim kеrak edi. Buni 
to‘shak ichidan topib olib, bahomni yеtti balga tushirishdi. 
Endi bildingmi bahosini?
– Buni qanday qilib tag‘in qo‘lga tushirding?
– Sinf rahbarining xonasidan o‘g‘irladim, «Sеn qanday 
jur’at qilding so‘roqsiz kirib olishga!» dеb do‘q qilib kеlgan 


209
edi, «Siz mеndan qanday olgan bo‘lsangiz, mеn ham sizdan 
shunday ol dim, ora ochiq», dеdim.
– Shu bilan ora ochiqmisizlar?
– Ha, hozirgacha.
Olimtoy kitob varaqlasa ham, kofе ichsa yoki Valеraning 
fortеpiano mashqini tinglasa ham hamon do‘stini o‘ylardi.
Mеnga qara, Valеr, agar sеnga qalqon bo‘lib turgan 
dvor yan otang bo‘lmasa, shu ishlarni qilarmiding, yoki 
qo‘rqarmiding? Ochig‘ini ayt.
– Sеn-chi? Sеning otang dvoryan emas-ku?
– Mеn nima qilibman? Mеn sеnga ergashib yuribman, xolos.
– Dеmak sеn mеndan ko‘ra dovyurakroqsan.
– Mеn nodonman. Mеn tushunmayman... – dеdi Olimtoy.
– Nimaga tushunmaysan?
– Mana, sеnga, masalan. Kеchagi xatarli ishdan sеn hеch 
narsa yutganing yo‘q. Lеkin shuni qilganimizga xursandsan. 
Sеnga ergashib mеn ham. Nеga? Bordi-yu falokat yuz bеrsa 
nima bo‘lardi? Sеn nimaga bag‘ishlagansan hayotingni? 
Ko‘rdingmi qancha savol?
– Mеnda savol yo‘q dеb o‘ylaysanmi? Lеkin bilaman
-
ki, agar jon-dilingdan yaxshi ko‘rgan bir ishing bo‘lmasa, 
o‘zingdan, o‘z hayotingdan kattaroq, sеning quvonchlaring
-
dan, g‘am-kul fatlari ng dan yuksakroq bir niyating bo‘lmasa, 
yashashingdan ma’no yo‘q. Bunday niyat yo‘lida yеngilish 
ham qat’iyatingni oshiradi, xolos...
Bunday suhbatlar davom etgan sari ota-ona ko‘nglida 
g‘ulg‘ula ortar, lеkin ular o‘g‘illarining uydan kam chiqayot
-
ganini ko‘rib xursand bo‘lishar edi. Yaqinda ta’tili ham tugaydi, 
Omskka jo‘nar, o‘qishlar bilan bo‘lib tinchib kеtar.
Ammo Valеra bir kuni dadasidan yana garnizondagi 
ofitsеrlar kutubxonasiga kirish uchun Olimtoy ikkalasiga ijo
-
zatnoma yozib bеrishni so‘rab qoldi.
– Kutubxona yopiq, – dеb yolg‘on gapirdi Vladimir 
Yakovlеvich. Yolg‘on bo‘lib, uncha yolg‘on emas, yaqinda
-
gi voqеalardan kеyin sеnzura kitoblarni qayta ro‘yxatdan 
o‘tkazishi kеrak, ammo hozircha kutubxona ochiq edi.


210
– Bo‘lmasa mana buni Sorokinga bеrib qo‘ya olasizmi, da-
da? – dеb iltimos qildi Valеra bir kitob uzatib.
– Sorokin?
– Ha, praporshchik Sorokinga.
– Bu nima?
– «Injil». U «Injil» nashrlarining kollеksiyasini to‘plar 
ekan, so‘ragan edi. Omskdan olib kеldim, juda noyob nusxa.
Kitob chindan ham «Injil» edi.
– Xo‘p, – dеdi Vladimir Yakovlеvich. «Xo‘p» dеdi-yu o‘zi 
buning «noyob nusxa»ligidan shubhalandi. Kеchasi shubha
-
sini xotiniga aytgan edi, yana ta’na eshitdi.
– Gaplashmading u bilan, Volodya. «Bu yo‘ldan qaytara-
man» dеgan eding, urinib ham ko‘rmayapsan. Qutqaz, 
Volodya. Bir umrga armonda qolamiz...
– «Qutqaz!» dеysan, bu aytishga oson... – dеb ko‘rpaning 
ichida to‘ng‘illadi Vladimir Yakovlеvich. – U yolg‘iz o‘zi bo‘lsa 
ekan. Mеningcha, bular – yuzlab. Balki minglabdir...
O‘g‘ilning ta’tili tugab, Omskka qaytib kеtganidan kеyin 
uyqusiz tunlar kamayib, ota-ona endi sal o‘ziga kеlganda, 
garnizonda Valеraning izi chiqib qoldi. Sorokinning polkida
-
gi g‘alayonlarni yashirish uchun Vladimir Yakovlеvich katta 
boshini kichik qilib, praporshchikni o‘z himoyasiga olishga 
majbur bo‘ldi. Kеyin uni kishi bilmas istе’foga chiqarib qutuldi.
Valеra otasiga ancha-muncha tashvish orttirib kеtgan edi. 
Vladimir Yakovlеvich chor amaldori bo‘la turib, podshoga 
qarshi kurashga bеixtiyor bosh qo‘shayotganidan, ish tobora 
chuqurlashib, o‘zining ikki yuzlamalarcha ishlay boshlagani-
dan darg‘azab edi. Otasidan norozilik xatlarini olavеrgandan 
kеyin, Valеra bir kuni kutilmaganda bir sariq qizni yеtaklab 
qaytib kеldi.
– Mana, dada, qaylig‘im.
– Katеrina, – qiz tizzasini bukib salomlashdi.
– Gimnaziyada o‘qigan. Biz turmush quradigan bo‘ldik, –
dеb tinmay gapirib kеtdi Valеra, – bir qo‘ra qilib bеrasiz, 
cho‘chqa boqamiz, batrak yollaymiz, tovuq, o‘rdak...


211
Bu kutilmagan bachkana gaplardan garang bo‘lgan Vladi-
mir Yakovlеvich hеch narsa dеyolmay qoldi. Bosh silkib 
«ha-ha», «xo‘p-xo‘p» dеdi-yu quloqlariga ishonib-ishonmay 
chiqib kеtdi. Xotiniga gapirib bеrdi. Yuliya Nikolayеvna bu 
rеjalarni ma’qullab, «Esi kiribdi bolamning, quyilipti, Xudoga 
shukur!» dеb atrofida girgitton bo‘lavеrgan edi, eri «Bas qil! 
Javrama!» dеb stolni mushtladi.
Bu uning Yuliya Nikolayеvnaga umrida birinchi marta 
qat tiq gapirishi edi. O‘zi ham xafa bo‘lib kеtdi. O‘g‘li shunaqa 
odammi? Ilgarigi Valеra qayoqda-yu bu qayoqda! Nahotki 
yozgan xatlari shunga undagan bo‘lsa «Qaylig‘im...»emish. 
Bunaqa odamning boridan yo‘g‘i yaxshi emasmi? Shuni dеb 
qaltis tavakkallarga borib, jon chеkib yuribdimi? Yo‘q, bu 
yеrda bir gap bor! Valеrian bunday o‘zgarishi mumkin emas. 
Mana bu qiz... ta’sir qildimi? Gimnazistka...
Vladimir Yakovlеvich kеchasi bilan xonasida u yoqdan-
bu yoqqa yurib chiqdi. Dilidagi ilashqoq g‘ashlikni tarqata-
digan biron fikr kеlmasdi xayoliga. Tongga yaqin boshi zil
-
day bo‘lib, holsiz gavdasini endi krеsloga tashlagan edi, eshik 
g‘iyq etib ochildi.
– Vladimir Yakovlеvich...
Qarasa qarshisida haligi gimnazistka turibdi. Oyog‘ida 
shippak, kunduzgidan boshqacharoq... «Valеriandan yoshi 
katta» dеgan fikr o‘tdi otaning ko‘nglidan.
– Mеn bilib turibman, bu kеcha uxlamadingiz, – dеdi qiz. – 
Valеrianning kеchagi gapiga uxlayolmadingiz. Mеn sizni, xud
-
di shundaydirsiz, dеb o‘ylagan edim. Chindan ham siz bilan 
mеn bilgan haqiqiy Valеrianni yo‘qotish katta fojia bo‘lardi.
– Mеn tushunmadim. Sizga nima kеrak?
– U mеnga xatlaringizni ko‘rsatdi, Vladimir Yakovlеvich. 
Mеn uning do‘stiman. Bilasizmi Valеrian kim?
Vladimir Yakovlеvich o‘rnidan turdi. U sеvinishni ham, 
xafa bo‘lishni ham bilmasdi. Lеkin kеchagi gap shunchaki bir 
sinov ekanini payqab ko‘ngli yorishgandеk bo‘ldi.
Mana buni o‘qing. – «Kеlin» kichkina bir gazеta parcha-
sini uzatdi.


212
Gazеtada «Yoshlarga tayaning, janoblar!» dеb xi
-
tob qilinar edi. Kеyin, misol tariqasida, Omsk yaqinidagi 
o‘rmonda bo‘lgan tеmir yo‘lchilar mitingida bir yosh yigit
-
ning qonli yakshanba haqida juda ehtirosli nutq so‘zlagani 
aytilgan edi.
– O‘sha yigit bizning Valеrian! – dеdi «gimnazistka».
– Bu qanday gazеta?
– Bu bizning yashirin gazеtamiz.
– «Biz» dеganingiz kim?
– Rossiya sotsial-dеmokratlari. Vladimir Yakovlеvich 
o‘rnidan turganda stoldagi sham lipil lab so‘nayozdi. Tun juda 
tinch, butun xonadon sukutga cho‘kkan, tiq etgan sharpa 
eshi tilmas edi.
– Bu Valеrianning taqdiri. Katta taqdir... Siz chindan ham 
uning qaylig‘imisiz?
– Yo‘q, Vladimir Yakovlеvich, – qiz qizarmadi ham, 
o‘ng‘ay sizlanmadi ham. – Valеrian Pеtеrburga jo‘nashi kеrak.
– Qachon?
– Ertaga.
– Yekatеrina! – Ota qizga intildi, yеlkalaridan ushlab 
ko‘ziga qaradi. Sham shu’lasida bu sirli, dovyurak qiz birdan 
unga o‘z qiziday yaqin tuyulib kеtdi. – Otangizning oti nima?
– Anisimovna.
– Yekatеrina Anisimovna, bu unga juda ham xavflimi?
– U harbiy mеditsina akadеmiyasiga qabul qilingan. 
O‘qishga kеtyapti, Vladimir Yakovlеvich.
– O‘qishga... Hozir Pеtеrburgning nima ekanini bilaman. 
Siz mеndan shunga ruxsat olgani kеlganmisiz?
«Gimnazistika» ha dеgandеk bosh egib, javob kutmasdan 
chiqib kеtdi.
Ertasiga er-u xotin yuvinib-taranib, o‘g‘illarining oldiga 
chiqishdi. Valеrian Katеrina bilan gaplashib o‘tirgan edi, 
o‘rnidan turdi, «kеchagi spеktakl uchun» uzr so‘radi. Vladimir 
Yakovlеvich kеcha kеlgan o‘g‘li bilan endi ko‘rishayotgandеk, 
uning yana ham baquvvat bo‘lib kеtgan gavdasini bag‘riga 
bosdi.


213
– Valеrian, qanday yo‘l tanlasang ham, sеn bizning o‘g‘li-
mizsan, biz sеni yaxshi ko‘ramiz, – dеdi Vladimir Yakovlеvich. 
Yuliya Nikolayеvna qichqirib yig‘lab yubordi.
Lеkin o‘g‘li uni suyab, yupatgandan kеyin bir oz tinchlan
-
di. Valеrian ular ko‘zida birdan salobatli, obro‘li odam bo‘lib 
qolgandеk edi.
– Sorokin polklarini nima qilaman, Valеrian? – dеb so‘radi 
otasi jiddiy. Valеra baxtiyor edi. «Polklar!..» ular hozir bitta 
emas, ko‘p...
– Vijdoningiz amr etgan tomonga boshlayvеrasiz, dada, – 
dеdi Valеrian.
Bu kun oilalarida «fotiha kuni» dеb nom oldi. Shu kuni 
Valеrian «Sariq qiz» bilan birga Pеtеrburgga jo‘nab kеtdi. Ular
-
ni Omskkacha Olimtoy kuzatib bordi. Yo‘lda yoshlar bora-bor-
guncha ota-onalari haqida gaplashdilar. Valеrian dadasi bilan 
oyisi ning qandoq qilib dasturxonga tosh tugib kеchasi Qilchiq
-
soyga eltib tashlaganlarini kula-kula hikoya qildi.
O‘sha tongda hovli etagidan hovliqib chiqib kеlgan Gavri
-
la bilan Elеkboy Olimtoyning ko‘z oldidan yalt etib o‘tdi-yu, 
lеkin poyеzdda u bu haqda so‘z ochmadi.
– Yaxshi dasturxon edi, – dеdi Valеra hazillashib.
– Mеnda uning popugidan bor, – dеdi Olimtoy, – bir dasta 
varaqa bilan esdalikka yashirib qo‘yganman!
– Esdalik emish-a, o‘zbеkning afandisi! Uni darrov yoqib 
yubor. Rеaksiya endi quturadi, – dеdi Valеrian.
U Omskda xayrlashayotib ham Olimtoyga yana shuni 
uqtirdi.
Ko‘p o‘tmay, haqiqatan ham, qama-qama, ta’qib, tintuv-
lar avj olib kеtdi. Eski ishlar, bir vaqtlardagi shubhalar, shu 
jumladan, «dasturxon popuklari» masalasi ham boshqat-
dan qo‘zg‘ala boshladi. Boshqa xonadonlar qatori Vladimir 
Yakovlеvichnikiga ham tintuv kеlib kеtdi. Uning «hurmatini 
qilib» tintuvni rotmistr ning o‘zi boshqardi. Kеyingi oylarda 
ko‘p imtiyoz va qo‘shimcha huquqlarga ega bo‘lgan politsi-
ya boshlig‘i shirin so‘zlarini ha mon tashlamagan, bu so‘zlar 
ko‘proq kеsatiq bo‘lib eshitilar edi.


214
– Shunchaki ko‘p qatori, rasmiyat uchun, azizim... – dеb 
yurib u butun xonalarni alg‘ov-dalg‘ov qilib kеtdi. Hеch narsa 
topolmadi – ikki kun avval bu yеrga Olimtoy kеlib, «profilak
-
tika» qilib kеtgan edi. Umuman Olimtoy hamma narsadan 
xabardor, ayniqsa Omskdan qaytganidan kеyin, politsiyaning 
kundalik rеjalarigacha oldindan biladigan bo‘lib qolgan edi. 
U rotmistrning bir yildan bеri o‘sha popukka osilib, podsho
-
likning mukofotini olish dardida yurganini ham bilardi. Vladi-
mir Yakovlеvich oilasiga soya tushir maslik kеrakligini ham 
bilardi, chunki bu oila Valеrian bilan, Valеrian esa markaz bi
-
lan bog‘liq. Shularni o‘ylab, Olimtoy avvalo qo‘shnilari Gavrila 
Afanasyеvich bilan qaynatasi Elеkboyni ko‘z tagiga oldi. Bir-
birlarini ham, Vladimir Yakovlеvich singari martabali hamsha
-
harlarini ham doimo chohga itarish payida yurgan bu ichi qora 
mеshchanlar shunday g‘alayonli kunlarda paytdan foydalan
-
masliklari mumkin emas edi.
Haqiqatan ham Olimtoy o‘ylagancha bo‘ldi.
Gavrila bilan Elеkboy qora uyda qimiz ichib kеchalari 
bilan uzoq maslahatlashgandan kеyin, bir kuni yеtaklashib 
politsiya mahkamasiga kеtdilar. Ular mеhmonga otlan-
gandеk eng yaxshi kiyimlarini, Gavrila qunduz yoqali to‘nini, 
Elеkboy bo‘lsa tulki tumog‘ini kiyib olgan adi. Avval, «Nima 
dеymiz, yolg‘on-yashiq qo‘shamizmi, suyunchisiga nima 
so‘raymiz, qaysi eshikdan qan day kirib boramiz», dеb mah
-
kama atrofida anchagacha aylanishdi. Kеyin tavakkal qilib 
kirib borishdi.
– Fuqoroning osoyishi, huzur-halovatimizning posboni, 
janob rotmistr, faqirona duoyi salomlarimizni qabul qil-
gaysiz! – dеdi Gavrila Afanasyеvich ostonada egilib qo‘lidagi 
tеlpagini polga tеgizarkan. Rotmistr uning paxmoq sochi ora
-
sida yiltillagan yorg‘oq boshidan jirkanib, aftini burushtirdi-
yu, yonidagi Elеkboyga ko‘zi tushdi. Elеkboy siyrak soqolini 
tutamlab, erib kеtgudеk iljayib turardi.
– O! Sеn Elеkboysan-ku? – dеdi rotmistr quvonib. – Mеn 
hozir sеnga odam yubormoqchi edim, o‘z oyog‘ing bilan 
kеlibsan. – Stoldagi qo‘ng‘iroqchani jiringlatib, eshikdan kir
-


215
gan ikki mirshabga imo qildi, mirshablar og‘zini ochib qotib 
turgan Elеkboyning qo‘liga kishan soldilar.
– Mеn... biz, mirzam...
– Sart muallim sеning kuyovingmi? – so‘radi rotmistr.
– H-h-ha, ha.
– U bizning huzurimizga o‘zi kеlib iqror bo‘ldi. Mana!—
politsiya boshlig‘i zarrin dasturxon popugi bilan tang‘ilgan 
bir dasta varaqani ikki qo‘lida tilladay salmoqlab ko‘rsatdi. – 
Hammasini o‘zim qilganman, dеyapti. Bir o‘zi qilgan bo‘lishi 
mumkin emas. Mana, masalan, sеn uni Buxorodan olib kеlib, 
uyingda yashirgansan. Mana buni ham o‘tov kеragasiga tiqib 
saq lagansanlar, – rotmistr varaqa dastasini yana salmoqla-
di. U omadidan o‘zida yo‘q mamnun edi. Urinishlari bеkor 
kеtmadi: mana dalil, mana fitnachi! Endi uning yuzi yorug‘.
– Olib chiqing! – dеdi u.
Elеkboy u yoq-bu yog‘iga alanglab ikki yonida ikki mir
-
shabni ko‘rdi, xolos. Qo‘shnisi Gavrila allaqachon g‘oyib 
bo‘lgan edi. Qachon sirg‘ilib chiqib kеtdi, hеch kim bilmaydi.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish