II.3. Texnik loyiha
Texnik loyihada avtomobil va
uning agregat va uzellarini
kompanovkasini to‘liq aks ettiradigan so‘nggi texnik qarov qabul
qilinadi va loyihalanayotgan avtomobilning texnik topshiriqqa muvo-
fiqligi tahlil qilinadi.
Texnik loyihaga talablar GOST 2.120-73 da ko‘rsatilgan. Texnik
loyihada quyidagi masalalar yechiladi:
1) avtomobilning hamma agregat va uzellarining
konstruksiyalari
ishlab chiqiladi, ularning texnik tasniflari, o‘lchamlari va massalari
aniqlashtiriladi;
2) avtomobilda agregat va uzellarni
joylashtirish imkoniyatlari
tekshiriladi;
3) avtomobil agregat va uzellari yuritmalarining konstruksiyalari
ishlab chiqiladi;
4) haydovchining o ‘mi, o ‘rindiqlar, pedallar, boshqarish richaglari
va asboblami joylashtirish aniqlashtiriladi;
5) avtomobil tizimlari (tormoz,
elektr jihozlari, gidravlik qurilma
va boshqalar) ning printsipial sxemalari ishlab chiqiladi va ulami
avtomobilda eng maqbul joylashtirish aniqlanadi;
6) avtomobil massasi va uning o ‘qlarga taqsimlanishi aniqlash
tiriladi.
Agar texnik loyihada agregat, uzel
va yuritmalaming eng maqbul
konstruktiv yechimi topilmasa, so‘nggi qaror har xil variantlammg
taqqosiy sinovlarda qabul qilinadi.Texnik loyihada avtomobilning
ko‘rsatkichlari texnik topshiriqning hamma boMimlari bo‘yicha
tahlil
qilinadi va baholanadi, ya’ni avtomobilning sifati baxolanadi.
Texnik loyihada avtomobilning umumiy ko‘rinish chizmalari,
asosiy agregat va uzellaming umumiy ko‘rinish chizmalari va izoh-
nomadan iborat.
Texnik loyihada agregat va uzellarning o ‘zaro joylashuvi, ularning
ko‘rsatkich va o ‘lchamlarining o‘zaro joylashuvi bo‘yicha so‘nggi qaror
qabul qilindi. Buning
uchun avtomobil shassisi, kuzovi bo‘yicha va
ulami bir-biriga bog‘lovchi sxemalar bo‘yicha plaz chizmalari chiziladi.
Ular 1:1 masshtabda shassi, kuzov yoki kabina uchun alohida chiziladi.
Plaz chizmalari yordamida hamma agregatlarning joylashishi, ular
orasidagi masofalar, hisob-kitoblarning to‘g‘riligi tekshiriladi.
16
Texnik loyihaning izohnomasida eskiz loyihaning izohnomasida
ko‘rsatilgan hamma ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Undan tashqari bu yerda
texnik topshiriqning bajarilmagan talablari va ulaming sabablari, texnik
topshiriqni va eskiz loyihani aniqlashtirish bo‘yicha takliflar, avtomo
bilni boshqa va chet el analoglari bilan solishtirish
va tahlil qilish kabi
ma’lumotlar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: