A muxitdinov, O. K. Qosimov


partiyasi bitta avtomobil yoki avtopoezda tashiladigan hajmi bilan



Download 4,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/108
Sana04.06.2022
Hajmi4,84 Mb.
#637164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
1-2063


partiyasi bitta avtomobil yoki avtopoezda tashiladigan hajmi bilan 
belgilanadi. Tashish masofasi yuk yetkazilishi kerak bo‘lgan masofasi 
bo‘lib, mahalliy (50 km gacha) va uzoq (50 kmdan ko‘p) bo‘lishi 
mumkin. Tashishni tashkil etish deb avtomobilni ishda qancha vaqt 
boiishi (soat yoki sutkada), bir sutka yurgan masofasi (kilomertda), bir 
yilda necha kun ishda boiishi, bir yilda bosib o‘tgan masofasi (kmda), 
yuk tashishni bir maromda tashkil etilishi (sutkaning soatlarida, hafta- 
ning kunlarida, yilning oylarida), haydovchilaming ishini tashkil etishga 
aytiladi. Yukni ortishtushirish q o id a bajarilishi yoki mexanizatsiya- 
lashgan boiishi mumkin.
Avtomobil m aium yuklami tashishga moijallangan boiishi 
kerak, mas: suyuq yuklar uchun sistemalar, sochiluvchi yuklar uchun 
samosvallar ishlatiladi. Yuklarning partiyasi avtomobilning yuk ko‘ta- 
rish qobiliyatini belgilaydi.
Mahaliy tashishlarda buriluvchanligi yuqori va ortish-tushirish 
ishlari mexanizatsiyalangan avtomobillar ishlatish maqsadga muvofiq.
Passajir avtomobillarining transport sharoiti passajir tashish bilan 
bogiiq. Avtobuslar shahar ichida, shahar chetiga, shaharlararo, ma­
halliy, ekskursion, turistik va boshqa boiishi mumkin. Yengil avtomo­
billar taksi, xizmat, shaxsiy va ijara boiishi mumkin.
Shahar ichida ishlatiladigan avtobuslaming pol sathi past, 
eshiklari keng va ko‘p, o‘rindiqlar soni kam boiishi kerak. Shaharlararo 
qatnaydigan va turist avtobuslarda komfortabellik, yaxshi ko‘rinuv- 
chanlik, yuqori tezlik va katta yukxonalar boiishi kerak. Mahaliy 
avtobuslarda o‘tag‘onlik muhim hisoblanadi.
Yo‘I sharoiti y o i qoplamasining tekisligi va mustahkamligi, y o i 
joylashgan muhit, yoining elementlari, avtomobillar harakatining 
tig‘izligi va yoining barqarorligi bilan belgilanadi.
Y o i qoplamasining tekisligi y o i notekisliklari ordinatasining 
o‘rtacha kvadratik qiymati bilan baholanadi. Y o i qoplamasining 
mustahkamligi (ayniqsa ko‘prik va y o i inshootlarida) avtomobilning 
to ia massasi va o ‘qlarga taqsimlangan massa bilan aniqlanadi. Y o i 
joylashgan muhit tekis, tepaliklar yoki togiiklar boiishi mumkin. 
Y oining elementlari deb bo‘ylama yo‘nalishda tepaga yoki pastga
7


yoMning og‘ishi, ularning takrorlanishi va uzunligi, yo‘lning bir to‘g‘ri 
chiziqda yotmasligi, yo‘lning eni va yo‘ldagi qatorlar soniga aytiladi. 
Avtomobil harakatining tig‘izligi vaqt birligida (soat, sutka, yil) yo‘ldan 
o‘tadigan avtomobillaming soni bilan belgilanadi. Shuningdek harakat 
tigMzligining barqarorligi kunning soatlarida, haftaning kunlarida va 
yilning oylarida o‘zgarishi mumkin. YoMning barqarorligi deb, yoMning
Yo‘ 1 qoplamasiga qarab yoMlar 4 ta tilrga bo‘ linadi:
• sementobeton yoki asfaltobeton (I-IV kategoriyadagi yoMlar)
• asfaltobeton yoki degtobeton (III-IV kategoriyadagi yo‘ liar)
• graviy va shag‘al (IV-V kategoriyadagi yoMlar)
• tuproq (V kategoriyadagi yoMlar )
Yo‘l qoplamasining mustahkamligiga qarab, avtomobil o‘qiga 
tushayotgan massaning ruxsat etilgani 100 kN dan (I-IV kategoriya) 60 
kN gacha (V kategoriya) boMishi mumkin.
Avtomobilning ekspuatatsion xususiyat ko‘rsatkichlariga yoM 
sharoitining ta’siri katta. Avtomobil notekis yoMlardan harakatlanganda 
detal va uzellaming ishlash muddati qisqaradi, avtomobilga texnik 
xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash hajmi oshadi, avtomobilning o‘rtacha 
tezligi pasayadi, yonilgM sarfx ortadi. Bulaming hammasi yuk tashish 
tannarxining oshishiga va ish unumdorligining pasayishiga olib keladi. 
Agar yoM notekis boMsa avtomobilning yurish ravonligini yaxshilash 
hisobiga, agar yoM tekis boMsa avtomobilning tortish - tezlik, turg‘unlik, 
boshqaruvchanlik avtomobilning va tormoz xususiyatlarini yaxshilash 
hisobiga avtomobilning unumdorligini oshirish mumkin. Avtomobilning 
tezligi yoMdagi ko‘rinuvchanlik, yoMning eni, burilish radiuslari va 
yoMning past-balandligiga bogMiq.
Ob-havo sharoiti yer shari bir nechta iqlim rayonlarga boMingan. 
Masalan: sovuq, issiq, mo‘tadil va togMik rayonlar boMadi. Sovuq 
rayonlarda yilning 200-300 kunida havo harorati -40° - -60°C boMadi. 
Issiq rayonlarda qisli bor-yo‘gM 10-20 kun davom etadi, yozda esa 
harorat +45...+50°C .dan oshib ketadi.va havo juda quruq boMadi.
Ob-havo sharoitiga qarab yoMning holati (nam, qor bosgan, muz- 
lagan) va ko‘rinuvchanlik (yomgMr, qor, tuman) o‘zgaradi. havoning 
harorati avtomobilning issiqlik rejimiga agregatlaming ish sharoitiga 
ta’sir qiladi (yonilgM va moylarining zichligi, akkumulyatorlarning 
sigMmi o ‘zgaradi). Harorat o‘rtacha 20° С boMganda dvigateldagi moy 
va sovutuvchi suyuqlikning harorati 80-100° С boMishi kerak. Agar 
havo harorati 10° С ga ko‘tarilsa dvigatel quw ati 2-3% ga pasayadi, 
yoqilgM sarfl 1,5% ga ortadi. Shuningdek, havo harorati transmissi-


yaning foydali ish koeffitsientiga va g‘ildiraklarning qarshiligiga ta’sir 
qiladi.
Agar avtomobil tog‘ sharoitida ishlasa, havoning siyraklanishi 
tufayli dvigatelning quvvati pasayadi, shuning uchun yuk avtomo­
billarida o‘rtacha tezlik 40 - 50% ga kamayadi va yonilg‘i sarfi 10 -
15% ga ortadi.
Sovuq sharoitda ishlashga moijallangan avtomobillarda dvigatelni 
ishga tushirishni yengillashtiruvchi tizim, shuningdek kuzov, kabina, 
yoqilgi baki va akkumulyatorlami isitish tizimlari o‘matiladi. Y oqilgi, 
moy, texnik suyuqliklaming qishki sortlari ishlatiladi, materiallaming 
sovuqqa chidamli turlaridan foydalaniladi.
Issiq sharoitda ishlashga mo‘ljallangan avtomobillarda dvigatelni 
sovutishning samarali tizimlari, moy radiatorlari, havoni changdan 
yaxshilab tozalash tizimlari ishlatiladi. Kuzov va kabinada havoni 
tozalash va sovutish tizimlari boiishi kerak.
Avtomobilda ishlatiladigan hamma ekspluatatsion materiallar 
(rezina, polimer, yoqilgi moy, tormoz suyuqligi va boshqalar) issiq 
haroratda ishonchli ishlashi kerak. Avtomobilning rangi och rangda 
boigani maqsadga muvofiq, chunki och ranglar quyosh radiatsiyasiga 
chidamli boiadi. 0 ‘rindiqlarga yengil chexollar kiygiziladi.
1.3. Avtomobil konstruksiyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar
Avtomobil konstruksiyasiga qo‘yiladigan talablami 4 guruhga 
boiish mumkin, ya’ni ijtimoiy va huquqiy, ishlab chiqarish, 
ekspluatatsiya va raqobatbardoshlik talablari.
• iitimoiv va huquqiy talablarga konstruksiyaning xavfsizligi; 
yuqori ergonomik va ekologik ko‘rsatkichlar, mamlakatimiz va xalqaro 
tashkilotlaming me’yori hujjatlariga mosligi kiradi.
• ishlab chiqarish talablariga material, mehnat sarfftiing kamligi 
va avtomobil tannarxining pastligi; agregat, uzel va detallar unifikatsiya 
darajasining yuqoriligi; aw al ishlatilgan konstruksiya va texnolo- 
giyalardan foydalanish mumkinligi; ishlab chiqarish koiam i va 
mablag‘ga avtomobil konstruksiyasining mosligi kiradi.
• ekspluatatsiya talablariga avtomobilning yuk ko‘tarishdan to ia
foydalanish; yuqori o‘rtacha tezlik; yuqori yonilgi tejamkorligi; 
ishonchlilik; tashish vaqtida yuklaming saqlanishi; avtomobilning ob- 
havo sharoitiga moslashganligi kiradi.
9


• 
raqobatbardoshlik talablariga zamonaviy talablarga javob 
beradigan yuqori sifat; patent tarafdan toza; xalqaro tan olinishi; eksport 
qilinishi mo‘ ljallanayotgan davlatlaming maxsus talablarga javob berishi 
kiradi.
Yuqorida sanab o ‘tilgan barcha talablarni bir vaqtda qondirib 
bo‘lmaydi, chunki ba’zi talablar bir-biriga qarshi bo‘lishi mumkin. 
Shuning uchun avtomobilning vazifasi va ishlatilish sohasiga qarab 
avtomobilni loyihalash chog‘ida o ‘rtacha (kompromiss)yechim qabul 
qilinadi.

Download 4,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish