II bob. Investitsion faoliyatni moliyalashtirish
2.1. lnvestitsion faoliyatning moliyalashtirish manbalarining ahamiyati
Bozor sharoitida investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish yo'nalishlari O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotni barqarorlashtirish korxonalar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun bir qancha tadbirlar hamda investitsiya dasturlari va loyihalarini ishlab chiqilmoqda. Ho zirgi paytda investitsiyalarning tashkil etish va moliyalashtirish inves titsiya siyosatining quydagi yo'nalishlariga asosan amalga oshiril moqda:
- tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish borasida aniq maqsadni ko'zlab siyosat o'tkazish, tovarlami eksport qilishda xorij investitsiyalari uchun o'z daromadlaridan foydalanishlarida biffi1:uncha imtiyozlar tartibini joriy etish;
xorijiy investitsiyalari asosan kapital manbalarini Respublika iqtisodiyotiga jalb etish uchun huquqiy, ijtimoiy, iqtisod iy shart sharoitlarini yanada takomillashtirish;
O'zbekistonga jahon talablari darajasidagi texnikalar olib kela digan iqtisodiyot tizimni rivojlantirishga yordam beradigan xorij in vestitsiyalariga nisbatan ochiq eshiklar siyosati o'tkazish.
Hozirgi sharoitda Respublikada investitsiya bazasini rivojlntirish va chuqurlashtirish islohotlar strategiyasining muhim sharti bo'lib qoldi. O'zbekiston Respublikasi bir qancha rivojlangan mamlakatlar bilan qo'shma korxonalar barpo etmoqda. Hamkorlikda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va tovarlar ichki bozorni ta'minlamoqda va eksport qilinmoqda.
Ma'lumki, investitsiyalar budjet tomonidan yoki budjetdan tash qari manbalar tomonidan moliyalashti rilishi mumkin. Budjet tomo nidan investitsiyalarni moliyalashtirilishiga umumdavlat va mahalliy budjetlaming loyihalami moliyalashtirish nazarda tutiladi.
Budjetdan tashqari manbalarga esa o'z moliyaviy mablag'lari, qarzga olgan mablag'lari, jal b qilingan moliyaviy mablag'lar,
23
budjetdan tashqari fondlarning mablag'lari va chet el investitsiyalari kiradi.
Hozirgi kunda o'z mablag'lari bilan loyihalarni moliyalashtirish
jahon amaliyotida keng tarqalgan. O'z mablag'lariga korxonaning foydasi, amortizatsiya ajratmalari, ichki xo'jalik rezervlari va bosh qalar kiradi. Korxona o'z loyihalarini o'zi moliyalashtiradi degani - bu korxona rivojlangan, moliyaviy mablag' yetarli korxona dega nidir.
Xullas, ikki guruhdan markazlashgan, ya'ni budjetdan tashqari ma nbalarning hissasi hozirgi kunda ortgani e'tirof qilinmoqda. ()uyidagi 4-jadvalda investitsion resurslar tarkibi ko'rib o'tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |