2. Kimyo o’quv-laboratoriya xonasi mas’ul o’qituvchisi va laborantga qo’yilgan talablar: 2.1. Ta’lim muassasalarining rahbarlari buyrug’i bilan kimyo o’quv-laboratoriya xonasi uchun olingan mebel, jihoz va o’quv laboratoriya asbob-uskunalarini saqlanishi, soz holda tutilishi va ulardan samarali foydalanish uchun javobgar shaxslar tayinlanadi.
2.2. Kimyo o’quv-laboratoriya xonasi bo’yicha belgilangan me’yoriy hujjatlarga asosan umumta’lim maktabiga (ro’yxatlarda) yetkazib berilgan hamda mavjud jihozlar va o’quv-laboratoriya asbob-uskunalarini maktabning ichki buyrug’i bilan 1-shakldagi kirim-chiqim dalolatnomasi asosida qabul qilib oladi:
1-shakl
Dalolatnoma namunasi
T/r
Mahsulot nomi
Qayd raqami
Izoh
2.3. Ta’lim muassasining buyrug’i bilan dalolatnoma (1-shakl)ga asosan qabul qilib olgan o’qituvchi va laborant kimyo fani bo’yicha belgilangan mazkur o’quv-laboratoriya xonasini to’g’ri jihozlanishi, ularni saqlash hamda samarali foydalanish va hisob-kitobini olib borish, o’rnini qayta to’ldirish uchun mas’uldir (mazkur belgilangan talablar asosida).
2.4. Kimyo o’quv-laboratoriya xonasiga ajratilgan barcha mebel, jihozlar va laboratoriya asbob-uskunalarni tartib bilan raqamlanishini (inventar raqami) ta’minlaydi.
2.5. O’qituvchi va laborant kimyo o’quv-laboratoriya xonasi uchun ajratilgan o’quv-laboratoriya asbob-uskunalarini texnik pasporti asosida doimiy ishchi holatiga keltirish uchun mas’uldirlar.
2.6. O’qituvchi va o’quvchilar amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish jarayonida oq yoki havo rangdagi xalatda bo’lishlari talab etiladi.
2.7. O’qituvchi va laborant tomonidan amaliy laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish uchun kimyo laboratoriya xonasida oq yoki ko’k rangdagi xalat doimiy ravishda tayyor bo’lishi lozim.
2.8. Laborantning kimyo fan xonasida xalatsiz yurishi va o’qituvchining amaliy mashg’ulotlarni xalatsiz o’tkazishi qatiyan man etiladi.
2.9. Jihozlar, o’quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kimyoviy moddalar nomlari yozilgan ma’lumotlar daftari tutadi va unga sinf xonasidagi barcha jihozlarning nomlarini inventar raqamlari bilan mos holda tartib asosida yozadi hamda shu ro’yxat asosida nazorat olib boradi.
2.10. Daftar uch qismdan iborat bo’ladi:
1-qism: Mebel va jihozlar (plakatlar, ko’rgazmali va proyeksion materiallar, barelyef modullari va boshqalar);
2-qism: o’quv laboratoriya asbob-uskunalari;
3- qism kimyoviy moddalar;
3-qism 2-shakldagi jadval asosida olib boriladi.
2-shakl