“Afg‘onistonni
qutqarish bo‘yicha birlashgan islomiy ittifoq”
(Jabha-ye
Muttahid-e Eslomi baroye Nejot-e Afg‘oneston) yoki ilmiy
manbalarda “Shimoliy Alyans” deb ataluvchi ittifoq tuzildi. Biroq,
ushbu ittifoq ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro ishonchning yo‘qligi
bois, ular umumiy dushmanga qarshi o‘z harakatlarini birlashtira
olmadilar va natijada 1998-yil oxiriga kelib A.Do‘stum qo‘l ostidagi
shimoliy hududlar, A.Xaliliy nazoratidagi hazoriylar istiqomat
qiladigan Bomiyon hududi toliblar qo‘liga o‘tdi104. Shunday qilib,
shimolga yurish oldidan “Tolibon” kuchlari mamlakatning 75%
hududini nazorat qilib turgan bo‘Isa, shimoliy hududlar zabt etilgach
Afg‘onistonning 90% hududi ulaming qo‘l ostiga o‘tdi105. Garchi
toliblar mamlakat shimolini egallagan bo‘lsalar ham, bu yerdagi
qarshilik harakatini butunlay bostira olmadilar.
104 Saikal, A. Modem Afghanistan. A History o f Struggle and Survival. -
N ew York: I.B.Tauris, 2004. - P. 229.
105 Runion, M.L. The History o f Afghanistan. - London: Greenwood Press,
2 0 0 7 .- P . 123.
Shu tariqa, 1998-yilga kelib toliblar mamlakatning markaziy
va shimoliy viloyatlarida nazorat o‘matdi hamda 1999-yil boshiga
kelib “Tolibon” harakati Afg‘oniston hududining deyarli 90 foizini,
shu jumladan, aholisining ko‘pchiligi o‘zbeklar va hazoriylar
bo‘lgan viloyatlami ham o‘z nazorati ostiga oldi. Jahon hamjami-
yati esa Afg‘oniston Islom Davlati Prezidenti B.Rabboniy bosh-
chiligidagi hukumatni hamon Afg‘onistondagi birdan-bir qonuniy
hukumat deb tan olar edi. BMT doirasidagi yig‘ilishlarda ham Rab-
boniy hukumatidan doimiy vakil ishtirok etar edi.
“Tolibon” harakati Afg‘onistonni musulmon qonunlari va
shariat ahkomlari orqali boshqardi. 1997-yil oktabr oyida mam
lakat rasmiy nomi o‘zgartirildi va “Afg‘oniston Islom Amirligi”
deb e’lon qilindi va uni faqat 3 ta davlat - ya’ni Pokiston, Saudi
ya Arabistoni va Quvayt tan oldi, xolos. Toliblar yetakchisi mulla
Muhammad Umar esa “Amir” - “mo‘min-musulmonlar yetakchisi”,
“musulmonlarga amr etuvchi” deb e’lon qilindi.
Toliblar o‘zboshqaruvi davrida Afg‘onistonni keng ko‘lamdagi
gumanitar halokat jari yoqasiga olib kelib qo‘yishdi va aholining
uchdan bir qismi mamlakatni tark etdi. Afg‘oniston giyohvand
moddalar ishlab chiqaradigan yirik hududga hamda xalqaro terro-
rizmni qo‘llab-quwatlovchi markazga aylanib qoldi. Mamlakatda
Usoma bin Laden yetakchiligidagi “Al-Qoida” xalqaro terroristik
tashkilotining hech bir qarshiliksiz faoliyat yuritishiga izn berish
bilan bir qatorda toliblar uyg‘ur separatchilaridan iborat “Sharqiy
Turkiston islom harakati” a’zolari hamda chechen jangarilari ham
yaqin aloqada bo‘lishdi.
“Tolibon” harakati o‘zining 1994-yildan to 2001-yilgacha
bo‘lgan yetti yillik hukmronligi davrida Afg‘onistonni siyosiy va
iqtisodiy boshboshdoqlik girdobiga tortib, ochlik hamda kasallik is-
kanjasida qoldirdi. Ulaming eng katta xatosi XXI asr boshida mam
lakatni o‘z siyosiy amallari orqali “Xulafo-ye Roshidin” davriga qay-
tarish, “asl” islom hukmron bo‘lgan davlat tuzish edi. Toliblaming
bu harakatlari jahon hamjamiyatining nafratini uyg‘otdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |