muxolifatiga to‘g‘ridan to ‘g‘ri yordam berish to ‘g‘risida”gi b i
rinchi rasmiy direktivani imzoladi. Endilikda Sovet hukumati
oldidagi eng muhim masalalardan biri - bu mamlakat chegara oldi
hududlarida AQSH tomonidan vujudga keltirilgan radikal islom
va separatistik guruhlarning kuchayib borishining oldini olish
edi. 1979-yilning
yozida Kobulga, juda ko‘p sonli sovet harbiy
mutaxassislari keldi. Mamlakatda sodir b o ‘layotgan o ‘zgarishlar va
mamlakat rahbariyati o ‘rtasidagi hokimiyat talashishdan Sovet Itti
foqi norozi edi va bu holat rasmiy Moskvani e’tiborsiz qoldirmadi.
Shu vaqtdan boshlab Sovet Ittifoqi Afg'onistonda mamlakat oliy
rahbariyatini o ‘zgartirish yo‘lida keng ko‘lamli tayyorgarlikni
boshlab yubordi.
1979-yilning 25-dekabr kuni Kobul va Bagrom aerodromiga
7700 kishilik sovet harbiy xizmatchilarining
birinchi guruhi kelib
tushdi. Jumladan, Sovet Armiyasining eng yaxshi bo‘linmasi
hisoblangan 103-havo-desant diviziyasi Kobulga yetib kelishi
bilan AXDP Markaziy Kengashi, Mudofaa vazirligi,
Ichki Ishlar
vazirligi va Aloqa vazirligi binolarini egalladi. Poytaxt butunlay
sovet qo‘shinlari nazoratiga o ‘tdi.
1979-yil 27-dekabrda sovet qo‘shinlarining maxsus “Alfa” gu
ruhi tomonidan H.Aminning rezidensiyasi Toj Bek saroyi hujum qilib
egallandi. H.Amin esa Sovet maxsus xizmatlari tomonidan AQSH
Markaziy Razvedka Boshqarmasi (MRB)ning agenti deb taxmin
qilinib kelinar edi va ushbu hujum chog‘ida H.Amin o‘ldirildi. Shu
kun kechki payt soat to ‘qqizda, 1978-yil aprel to‘ntarilishidan so‘ng
AXDP Bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida ishlagan hamda AXDPda
guruhlararo kurash natijasida keyinchalik
Chexoslovakiyaga elchi
bo ‘lib ketgan Babrak Kormal AXDP Markaziy Kengashi Bosh koti
bi va Inqilobiy Kengash raisi deb e ’lon qilindi. Shu paytning o ‘zida
Sovet qo‘shinlari Afg‘oniston hududiga bostirib kira boshladi va
shunday qilib Afg‘onistonni okkupatsiya qilish boshlandi. 1979-
yil dekabr to ‘ntarishi va Sovet qo‘shinlarining kiritilishidan so‘ng
A fg‘onistonda muxolifat harakati tez sur’atlarda o‘sib bordi.
Bunga 1978-yil aprel to ‘ntarishidan so‘ng olib borilgan noto‘g ‘ri
ichki siyosat ham turtki bo ‘ldi. Shunday qilib, afg‘on zaminida
beqaror vaziyatning avj olishi va AQSHning zimdan aralashuvi
bois 1979-yilning 25-dekabridan boshlab Sovet qo‘shinlarining
cheklangan kontingenti (SQChK) yoki
boshqacha qilib aytganda
40-armiyaning harbiy qism va b o ‘linmalari A fg‘onistonga kiritildi.
1980-yil 7-yanvarda BMT Xavfsizlik Kengashi Sovet
qo‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishini qattiq qoralab chiqdi
va Sovet hukumatidan o ‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan tezda olib
chiqib ketish lozimligi to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi hamda
Sovet Ittifoqini agressor davlat deb e ’lon qildi85. 0 ‘sha yil 14-
yanvarda BMT Bosh Assambleyasi hech bir shartlarsiz zudlik bilan
chet davlat qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketilishiga
chaqiruvchi qaror qabul qildi. Ushbu rezolyutsiyaning
qabul qili-
nishini yoqlab 104 ta davlat ovoz bergan b o ‘Isa, 18 ta sotsialistik
blokka kiruvchi davlatlar bunga qarshi chiqdi hamda Sovet
qo‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishini qo‘llab-quvvatladi86.
1980-yilning 27-29-yanvar kunlari 54 ta davlat a ’zo boTmish
Islom Konferensiyasi Tashkiloti (IKT)ning favqulodda chaqiril-
gan sessiyasida ham Sovet qo‘shinlarining A fg‘onistonga
bostirib
kirishi qoralandi va sho‘roparast ADR hukumatining ushbu
tashkilotdagi a ’zoligi to‘xtatildi hamda o ‘z faoliyatida islom dini
arkonlariga tayanuvchi mujohidlaming IKT yig‘ilishlarida ishtirok
etishiga kelishib olindi87.
1980-yil boshlaridan Sovet qo‘shinlari mamlakat ichidagi
harbiy harakatlarga aralasha boshladi, bu esa keyinchalik juda katta
salbiy oqibatlarga olib keldi. Chunki, Afg‘oniston
Demokratik
Respublikasi armiyasi jangovorlik ruhiyatini yo‘qotgan va armiya
saflaridan qochish (dezertirlik) juda yuqori darajada edi.
Do'stlaringiz bilan baham: