A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


AFG‘ONISTONNING XX ASR TARIXI



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

AFG‘ONISTONNING XX ASR TARIXI
Amir Abdurahmon o ‘zidan oldin o ‘tgan afg‘on hukmdorlari 
tomonidan davlat boshqaruvida qo‘llanilib kelingan an’anaviy 
tajriba, ya’ni o ‘g ‘il farzandlami mamlakatning turli viloyatlari va 
yirik shaharlariga hokim qilib jo ‘natish orqali amalda mamlakatni 
parokandalik va turli kichik mulklarga bo‘linib ketishiga qat’iy 
chek qo‘yishga harakat qiladi. Abdurahmon shuningdek, ilgarigi 
hukmdorlar davrida bo‘lganidek aniq bir vorisni e ’lon qilmaslik 
holati toju-taxt uchun hukmdor o ‘g‘illari orasida qirg‘inbaroturush- 
lami keltirib chiqarishi va bundan faqat va faqat davlat zarar ko‘ri- 
shi hamda oddiy xalq ziyon chekishi mumkinligini yaxshi anglar 
va shu boisdan, ilgarigi hukmdorlaming xatolarini takrorlamaslik- 
ka qaror qiladi. Chunki, afg‘on taxtini egallash jarayonida o ‘zi 
olib borgan kurashlar, taxtni qo‘lga kiritganidan so‘ng mamlakatni 
birlashtirish yo‘lida olib borilgan mashaqqatli kurash hamda o‘z 
sulolasi vakillari, y a’ni amakisi sobiq amir Sheralixon avlodlarining 
taxtga da’vo qilish harakatlarini cheklash kabi tadbirlardan so‘ng 
Abdurahmon tegishli xulosalar chiqargan edi.
Rasmiy taxt vorisidan tashqari o ‘z o ‘g ‘illari orasidan taxtga 
da’vo qiluvchilar chiqmasligi hamda o ‘g‘illarini turli afg‘on 
qabilalari yetakchilari yoki yirik amaldor hamda mahalliy 
hokimlar qoilab-quvvatlab taxtni egallashga da’vat etishlarining 
oldini olish maqsadida amir Abdurahmon barcha o ‘g‘illarini o ‘z


nazorati ostida poytaxt Kobulda bo‘lishlarini belgilab qo‘ygan 
edi. 0 ‘zidan oldin o ‘tgan afg‘on hukmdorlarining taxt vorisi va 
o‘g ‘il farzandlar tarbiyasi haqidagi yondashuvlarini yaxshi bilgan 
Abdurahmon, ayniqsa Temurshoh (1773-1793) hamda o‘z bo- 
bosi D o‘st Muhammadxon (1826-1838, 1842-1863) hukmronligi 
davrida hukmdoming o ‘g ‘il farzandlari orasida toju-taxt uchun 
kurash butun mamlakatni xarob qilganligini alohida yodda tutar 
edi. Amir Abdurahmon hukmronligining oxirgi yillarida og‘ir betob 
bo‘lib, harakatlanishga juda ham qiynalib qolgan edi. 0 ‘z o'lim i 
yaqinlashganini sezgani bois, davlat ishlarini yuritishda katta o ‘g ‘li 
Habibullaxonning ishtirok etishiga yo ‘l ochib bergan edi.
Rasman taxt vorisi etib e ’lon qilingan Habibullaxon 1872-yilda 
otasi Samarqand shahrida bo'lgan vaqtda dunyoga kelgan. Amir 
Abdurahmon o‘g ‘li Habibullaxonning tarbiyasiga alohida e ’tibor 
qaratadi hamda taxt vorisi bo‘lm isho‘g ‘lini yoshlikchog‘idan davlat 
boshqaruviga bevosita jalb etib, ba’zi bir vazirlik va tuzilmalami 
boshqarishni o ‘g ‘liga yuklaydi. Bu bilan amir Habibullaxonning 
davlat boshqaruvidagi amaliy tajribasi oshishi va uning har 
tomonlama malakaga ega boMishini istar edi. Shu bilan birga, amir 
Abdurahmon kichik o ‘g‘illarini ham davlat boshqaruv ishlariga jalb 
etar, ularning ham davlatning oliy yig‘ini bo'lgan - “durbar” yoki 
“durbar-e shohiy”da ishtirok etishlarini belgilab qo‘yadi.
Amir Abdurahmon 1901-yilning 1-oktabrida 57 yoshida Kobul 
shahrida vafot etdi62. Vafoti oldidan barcha yirik lavozimdagi dav­
lat amaldorlari, qarindosh-urug‘i hamda o ‘g‘illarini chaqirib katta 
o‘g‘li Habibullaxonni hukmdor sifatida tan olishlarini so‘raydi va 
barcha Abdurahmonning amriga so'zsiz bo‘ysunadi. 1901-yilning
3-oktabrida Habibullaxon (1901—1919)ning rasman taxtga o ‘tirishi 
marosimi bo‘lib o ‘tdi. Taxtga o ‘tirgan amir Habibulla davlat yax- 
litligini saqlashga, chet el bosqinchilaridan Afg‘onistonni himoya 
qilishga so‘z beradi. Shular qatorida otasi davrida avj olgan maxfiy 
xabarchi va ayg‘oqchilar xizmatini cheklashga hamda boshqa bir 
qator islohotlami amalga oshirishga va’da beradi.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish