A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


DURRONIYLAR DAVLATINING BARPO ETILISHI



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

DURRONIYLAR DAVLATINING BARPO ETILISHI
Qandahor va Hirotda mustaqil afg‘on davlatlarining vujudga 
kelishi bevosita mazkur mintaqadagi siyosiy jarayonlar bilan 
bog‘liqligini ta ’kidlab o ‘tish o ‘rinli. Xususan, mazkur davrda 
bir tomondan Afg‘onistonning janubiy va janubiy-sharqiy 
hududlarini o ‘z nazoratida ushlab kelgan Hindistondagi Boburiylar 
davlati kuchsizlana boshlagan b o ‘Isa, ikkinchi tomondan hozirgi 
A fg‘onistonning g‘arbiy hududlarini o ‘z tarkibiga qo‘shib olgan


Erondagi Safaviylar davlati inqirozga yuz tutgan edi. Boburiylar 
saltanati 1707-yilda Avrangzebning o ‘limidan so‘ng, o ‘zining 
shimoliy-g‘arbiy hududlaridagi afg‘on qabilalarini nazoratda 
ushlab turish uchun kuch topa olmay qoldi va keyinchalik ush­
bu hududlarda tez-tez ro ‘y beradigan afg‘on qabilalarining 
qo‘zg‘olonlarini bostira olmay qoldi22. Safaviylar davlati ham siyo­
siy va iqtisodiy inqirozga duchor bo‘lib, bo‘ysundirilgan xalqlar, 
shu jumladan afg‘on qabilalari orasida norozilik kayfiyati kuchaya 
boshladi.
Shunday tarixiy sharoitda afg‘on (pushtun)laming iqtisodiy 
jihatdan kuchli bo ‘lgan abdaliy va g ‘ilzoy qabilalari maydonga 
chiqa boshladi. Abdaliy qabilasi 55-60 ming oila (300-350 ming 
nafar aholi) atrofida bo ‘lsa, g ‘ilzoy qabilasi 50 ming oila (250 
ming nafar aholi)ni tashkil etgan23. Safaviy hukmdori shoh Husayn 
(1694-1722) hukmronligi davrida ayniqsa, g‘ilzoy va abdaliy 
qabilalariga nisbatan zulm kuchaydi. G ‘ilzoy qabila istiqomat 
qiladigan Qandahor viloyatiga Safaviylar tomonidan dastlab 
Abdullaxon (1698-1704)ning, so‘ngra esa Gurgenxon (1704-1709) 
ning beklarbegi etib tayinlanishi hamda ular tomonidan ta ’magirlik, 
g‘ilzoylar mulkiga ko‘z olaytirish va siquvlaming kuchayishi 
g‘ilzoylaming Mir Vaysxon boshchiligidagi xalq qo‘zg‘oloni 
boshlanishiga olib keldi.
1709-yil aprelida Mir Vaysxon yetakchiligida g ‘ilzoylar va 
ularga qo‘shilgan alikozoy, nurzoy, kokar, tarin kabi qabilalarning 
birlashgan qo‘shini Qandahor shahrida qo‘zg‘olon ko‘tardi va 
shahami egalladi. Safaviylar beklarbegisi Gurgenxon o‘ldirildi24. 
Safaviy shohining Qandahorda o‘z hokimiyatini qayta tiklash 
uchun jo ‘natgan qo‘shini muvaffaqiyatga erisha olmaydi va shu 
tariqa Qandahorda Mir Vaysxon boshchiligida mustaqil afg‘on

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish