A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


AFG‘ONISTON VA POKISTON 0 ‘RTASIDAGI



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

AFG‘ONISTON VA POKISTON 0 ‘RTASIDAGI
MUNOSABATLAR
Zamonaviy bosqichda Afg‘oniston va Pokiston Islom Res­
publikasi (PIR) o‘rtasidagi munosabatlar o‘ta muhim ahamiyatga 
egadir. Pokiston tomoni azaldan afg‘on rasmiy hukumati bilan iliq 
munosabatlar o‘matishga harakat qilib kelgan. 2001-yil 11-sentabr 
voqealaridan keyin Pokistonning “afg‘on siyosati” o‘zgardi va 
xalqaro hamjamiyat tomonidan Afg‘onistonda amalga oshirilgan 
aksilterror operatsiyasini qo‘llab-quvvatladi va unda ishtirok etdi.
Bugungi kunda Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi munosa­
batlar imzolangan bir qator ikki tomonlama hujjatlarga asoslangan 
holda olib borilmoqda. Xususan, AIR va PIR hamkorligi mintaqada 
tinchlik, xavfsizlik va rivojlanishni ta’minlash yuzasidan imzolangan 
“Yaxshi qo‘shnichilik to‘g‘risida”gi Qobul deklaratsiyasi (2002-yil), 
“Pokiston Islom Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi 
o‘rtasida tranzit qatnovi to‘g‘risida”gi kelishuv (2005-yil), “AIR 
va PIR terrorizmga qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risida”gi 
memorandum, “Pokiston Islom Respublikasi va Afg‘oniston Islom 
Respublikasi o‘rtasida ishonchni mustahkamlash choralarini amal­
ga oshirish uchun ishchi guruhini tuzish to‘g‘risida”gi shartnoma 
(2007-yil), “Ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 
qo‘shma deklaratsiya (2009-yil), “Islomobod deklaratsiyasi” (2009- 
yil 13-14-may kunlari Islomobodda bo‘lib o‘tgan xalqaro konfe- 
rensiyasi yakunlari bo‘yicha imzolangan), “Afg‘oniston - Pokiston 
savdo-tranzit kelishuvi to‘g‘risida”gi shartnoma (2010-yil oktabr) 
shular jumlasidandir.
Ikkala davlat o‘rtasidagi munosabatlar tarixiga e’tibor beradi- 
gan bo‘lsak, Pokiston doimo Afg‘onistonda beqaror vaziyat mavjud 
bo‘lishidan manfaatdor bo‘lib kelgan.


Afg‘oniston o‘z qo‘shnilari orasidan Pokiston bilan eng uzun 
chegaraga ega bo‘lib, mazkur chegaraning ikkala tomonida ham 
bir xil millat, ya’ni pushtunlar va balujlar yashaydi. Pokistonda 
ayni paytga kelib 30 mln. nafarga yaqin pushtunlar (vaholanki 
Afg‘oniston hududida 15 mln. nafar atrofida pushtun millatiga 
mansub aholi yashaydi) va 8 mln. nafarga yaqin balujlar (Balujiston 
viloyatida) yashayotganligi va ular orasida separatistik harakat- 
laming mavjudligi rasmiy Islomobodning doimiy xavotiriga sabab 
bo‘lmoqda. Shu sababli, ikkala davlat ham o ‘z tashqi siyosiy strate- 
giyasini ishlab chiqishda pushtunlar masalasiga alohida e’tibor 
qaratishi bejiz emas.
Ikki davlatda yashovchi pushtunlami birlashtiruvchi yago­
na “Buyuk Pushtuniston” davlatini barpo etishga intilishlar ham 
Pokiston va Afg‘oniston o‘zaro munosabatlarining rivojlanishiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Afg‘oniston va Pokis­
ton munosabatlarida davlat chegaralarining qonuniyligi va uni 
delimitatsiya hamda demarkatsiya qilish bo‘yicha ham muammolar 
mavjud. Tarixda Buyuk Britaniyaning Hindistondagi ma’muriyati 
va Afg‘oniston o‘rtasida o‘matilgan “Dyurand chizig‘i” ayni 
paytda Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida chegara sifatida belgilab 
qo‘yilgan. Ammo, ushbu chegaraning qonuniyligi shu choqqa 
qadar birorta ham afg‘on davlati rahbari yoki afg‘on hukumati tan 
olmagan. Shu sababli bugungi kunda ham Afg'oniston va Pokiston 
chegaralarining qonuniyligi masalasi tomonlaming tortishuviga sa­
bab bo‘lib kelmoqda.
2003-yil iyulida chegara tumanlarida Afg‘oniston va Pokiston 
xavfsizlik kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu- 
ning natijasidagi tushunmovchiliklar tufayli ish Kobuldagi Pokiston 
elchixonasida tintuv o‘tkazilishigacha yetib bordi.
2007-yil may oyida Islomobodninig Afg‘oniston chegarasida 
to‘siq tizimini o‘matish va mina maydonini barpo etishga hara­
kati ikki tomon chegara kuchlarining qurolli to‘qnashuviga hamda 
muammoning keskinlashishiga sabab bo‘ldi. Pokiston tomoni ikki 
davlat o‘rtasidagi chegarada to‘siq barpo etishni transchegaraviy


terrorizmni to‘xtatish va “Tolibon” jangarilari harakatini bartaraf 
etishga yordam beradi deya umid bildirdi.
0 ‘z navbatida AIR Prezidenti H.Karzay esa rasmiy Islomo- 
bodning ushbu tashabbusiga qarshi chiqib, ikki davlat o‘rtasidagi 
chegarada to‘siq o‘matilishi muammoni hal qilmasligini, balki 
chegara hududlarida istiqomat qiluvchi bir-biriga yaqin qabilalar 
hamda oilalaming ajratilib qo‘yilishiga, buning natijasida Pokiston 
hududida hukumatga qarshi chiqishlaming yuzaga kelishi mumkin- 
ligini ta’kidlab o‘tdi.
PIR hududida ko‘p sonli afg‘on qochoqlarining mavjudligi, mam­
lakat ichki xavfsizligiga, ayniqsa Federal boshqaruvdagi qabilalar 
hududi (FBQH)dagi ichki vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.
2006-yil oktabridan 2007-yil apreliga qadar Pokistonda o‘tkazilgan 
aholini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, PIRda hali-hamon 2 mln. 
nafardan ziyod afg‘on qochoqlari borligi ma’lum bo‘ldi.
Qochoqlarga Pokiston hukumati budjetidan muayyan miqdorda 
qo‘shimcha sarf-xarajat qilib kelinmoqda. Shu bilan birga, ilgari 
qochoqlar ishlari bo‘yicha BMT Oliy Boshqamv komissarligi va 
donor davlatlar Pokistonga qochoqlami ta’minlab turish uchun turli 
ko‘mak berib kelgan bo‘lishsa, ayni paytda ushbu yordam miqdori 
ancha qisqardi. Jumladan, 1980-yillar boshida Pokistonga afg‘on 
qochoqlarini ta’minlash uchun chetdan keladigan ko‘mak yiliga 
o‘rtacha 100 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, 2005-yilda 
ushbu ko‘mak atigi 4 mln. AQSH dollariga teng bo‘ldi147. Bunday 
holat o‘z navbatida afg‘on qochoqlari orasida kontrabanda, ish- 
sizlikning oshishi va boshqa iqtisodiy-ijtimoiy muammolaming 
yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Pokiston hududidagi 80%dan ortiq afg‘on qochoqlari o‘z 
Vatanlariga qaytishni xohlashmaydi. Chunki ular o‘zlari moslash- 
gan joyni tashlab, yashash sharoiti qiyin bo‘lgan tarixiy Vatanlariga 
qaytishdan ko‘ra, PIRda qolishni afzal ko‘radilar.
147 
UNHCR. Searching for solutions: 25 Years of UNHCR - Pakistan 
cooperation on Afghan Refugees. - Islamabad. June 2005.; Afghan refugees 
not responsibility o f Pakistan alone: Fehmida. 24.07.2008.http://dailymailnews. 
com/200807/24/news/dmcitypage07.html


Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar terrorizmga qarshi 
kurash yo‘nalishida ham olib borilayotganligini ko‘rish mumkin.
2006-yil 7-sentabrda Pokiston Prezidenti P.Musharrafning 
Afg‘onistonga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi 
chegaradosh hududlarda xavfsizlikni ta’minlash uchun “Tolibon” 
harakati, “Al-Qoida” va boshqa terroristik tashkilotlarga qarshi 
Pokiston tomoni kurashni hamda boshqa chora-tadbirlami yuqori 
darajada amalga oshirishni davom ettirajagini ma’lum qildi.
2006-yil sentabrda Afg‘oniston va Pokiston davlat rahbarlari- 
ning Vashingtonga rasmiy tashrifi chog‘ida, mintaqada barqarorlik 
va tinchlikni ta’minlash masalasini ikki davlat hududida istiqomat 
qiluvchi pushtun qabilalari oqsoqollarining Katta Jirgesida muho­
kama qilish tashabbusi ilgari surildi. Ushbu kelishuvga muvofiq,
2007-yilning 9-11-avgust kunlari Kobulda Afg‘oniston-Pokis- 
ton Tinchlik Jirgesi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Afg'oniston 
Prezidenti H.Karzay va Pokiston Bosh vaziri Shavkat Aziz, shu­
ningdek, ikki davlat chegara hududlarida istiqomat qiluvchi push­
tun qabilalarining 600 ga yaqin yetakchilari ishtirok etdi. Qabila 
boshlig‘i va oqsoqollami chaqirishdan maqsad o‘zaro murosaga 
kelish yo‘llarini topish edi. Bundan tashqari, Jirgeda xavfsizlik va 
barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chi- 
qildi. Biroq, ushbu Jirge ishini Federal boshqaruvdagi qabilalar 
hududidagi aksariyat pushtun qabila yetakchilari inkor etganligi 
ushbu yig‘ilishning natijasiz xotima topishiga sabab bo‘ldi.
Ushbu yig‘ilishning yopilish marosimiga yetib kelgan Pokis­
ton Prezidenti P.Musharraf rasmiy Islomobod tomonidan “Tolibon” 
harakati qo‘llab-quwatlab kelinganligini tan oldi hamda toliblar 
bilan bo‘ladigan har qanday muzokara faqat Pokiston orqali amalga 
oshirilishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Afg‘oniston hukumati terrorizmga qarshi kurashda rasmiy Is­
lomobod bilan hamkorlik qilishga ishonchsizlik bilan qarab, uni 
tez-tez terrorchilami qo‘llab-quvvatlashda ayblab keladi. Rasmiy 
Kobul Afg‘oniston hududiga kirib kelayotgan jangarilar PIR 
maxsus xizmatlari tomonidan qo‘llab-quwatlanayotganligini


ta’kidlab, undan o‘z hududidagi jangari guruhlarga nisbatan tegishli 
choralar ko‘rishni talab qilib kelmoqda. 0 ‘z navbatida, Pokiston 
tomoni toliblar hamda terrorchilaming afg‘on zaminidagi qurolli 
faolligini Afg‘oniston hukumatining o‘z mamlakatida tartib o‘mata 
olmayotganligida deb hisoblaydi.
Afg‘on tomoni Federal boshqaruvdagi qabilalar hududidagi ter- 
roristik guruhlar va ekstremistlar bilan rasmiy Islomobod o‘rtasida 
tinchlik kelushuviga erishilishiga hamisha qarshi bo‘lib keldi. Bu 
borada AIR Tashqi ishlar vaziri R.Spanta 2008-yil 5-iyunida PIR 
Tashqi ishlar vaziri M.Qureyshiy bilan uchrashuvida rasmiy Is- 
lomobodning toliblar bilan kelishuvidan afg‘on hukumati norozi 
ekanligini ma’lum qildi.
2007-yilning aprelida Turkiyaning Anqara shahrida Pokiston 
Prezidenti P.Musharraf va Afg‘oniston Prezidenti H.Karzayning 
navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va Turkiy a ishtirokida uch 
tomonlama ishchi guruhini tuzish, Afg‘oniston Islom Respublikasi 
va Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida ishonchni mustahkamlash 
chora-tadbirlari bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Shuningdek, ikki 
tomon ham har qanday qo‘poruvchilik va terroristik aktlarini oldini 
olish majburiyati qayd etilgan “Anqara deklaratsiyasi”ni imzoladilar.
2010-yiI 
4-5-dekabr 
kunlari 
Pokiston 
Bosh 
vaziri 
Yu.G‘iloniyning Afg‘onistonga qilgan rasmiy tashrifi davomida
2011-yilning yanvar oyidan boshlab, Pokiston orqali olib kirilgan 
tovarlar uchun bojsiz savdo qilish va olingan daromadlami soliqqa 
tortmaslik tizimini joriy etish, marmar, yarim qimmatbaho toshlar, 
oziq-ovqat mahsulotlari, avtotransport vositalari kontrabandasiga 
chek qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 2011-yil 10—11- 
iyun kunlari Afg‘oniston Prezidenti H.Karzayning Pokistonga 
qilgan rasmiy tashrifi davomida 2010-yil oktabrda imzolangan 
“Afg‘oniston-Pokiston savdo-tranzit kelishuvi to‘g‘risida”gi shart- 
nomada ko‘zda tutilgan masalalami amalga oshirish bo‘yicha 
aniq to‘xtamga kelindi. Mazkur shartnomaning kuchga kiritilishi 
natijasida tranzit yuklarini tashishga bank kafolatlarini berish bandi 
shartnomadan chiqarib tashlandi va bojxona tariflarini belgilash


hamda sug‘urta kompaniyalari tomonidan tranzit yuklari uchun 
sug‘urta kafolatlarining ta’minlanishi yuzasidan kelishib olindi.
“Afg‘oniston-Pokiston savdo-tranzit kelishuvi to‘g ‘risida”gi 
shartnomada 
ikki 
tomonlama 
tranzit 
yuklarini 
tashishga 
mo‘ljallangan yangi transport yo‘nalishlarini ishga tushirish, Pokis- 
tonning Markaziy Osiyo davlatlariga eksport salohiyatini oshi- 
rish hamda Afg‘onistonning PIR dengiz portlaridan foydalanish 
imkoniyatlarini kengaytirish uchun ham huquqiy asoslar belgilab 
qo‘yildi. XXI asr dastlabki o‘n yilligi va ikkinchi o‘n yillik 
boshlarida Afg‘oniston-Pokiston savdo aloqalarining rivojlanishi 
natijasida ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi ham oshib 
bordi. Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi 2008-yilda 1,3 
mlrd. AQSH dollari, 2009-yilda 1,4 mlrd. AQSH dollari, 2010-yilda 
1,5 mlrd. AQSH dollari va 2011-yil yakunlariga ko‘ra esa 2,5 mlrd. 
AQSH dollarini tashkil etdi. PIRning 2009-yilgi umumiy eksport 
hajmidagi Afg‘oniston ulushi 3%, 2010-yilda esa 8,5%ga yetgan 
bo‘lsa, Pokiston importidagi afg‘on ulushi 2009-yilda 0,8%,
2010-yilda esa 1,3% ga teng bo‘ldi.
Afg‘onistonga Pokistondan asosan tibbiyot uskunalari, 
to‘qimachilik (paxta tolasi, ip gazlama, tayyor mahsulotlar) va 
oziq-ovqat mahsulotlari (un, guruch, baliq) eksport qilinsa, Pokis­
ton Afg‘onistondan quritilgan meva, jun, paxta, mo‘yna va teri, 
qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, afg‘on gilami kabi 
mahsulotlami import qiladi.
2010-yil oktabrda imzolangan “Afg‘oniston-Pokiston savdo- 
tranzit kelishuvi to‘g‘risida”gi shartnomaga binoan yigirilgan ip va 
sintetik shtapel matolar, elektr jihozlari, sintetik ipak tolasi, mexanik 
asbob-uskunalar, qog‘oz va kartonlar, hayvon va o‘simlik yog‘i, 
kofe va choy, rezina mahsulotlari, shakar va qandolat mahsulotlari, 
avtomobil ehtiyot qismlari kabi 10 turdagi mahsulotlar AIRning 
asosiy import tovarlari sifatida ro‘yxatga olinib, ushbu tovarlaming 
erkin savdo qilinishi belgilab olindi.
2011-yilning 19-iyul kuni PIR Prezidenti A.A.Zardoriy 
Afg‘onistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Mazkur tashrif davomida


tomonlar ikki o‘rtadagi savdo-iqtisodiy aloqalaming rivojlanishi- 
ga chegara hududlarida yuzaga kelayotgan beqaror vaziyat 
salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini muhokama qildilar. Pokiston 
Afg‘onistonni qayta tiklash ishlarida ham ishtirok etib kelmoqda 
va bu borada muhim donor davlat ham hisoblanadi. 2006-yilda 
Pokiston Afg‘onistonning ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy qurilishi 
va boshqa ijtimoiy sohalami rivojlantirish maqsadidagi jami 20 ta 
loyihani amalga oshirish uchun 200 mln. AQSH dollari miqdorida 
moddiy yordam ko‘rsatdi.
2012-yil 16-17-yanvar Islomobod shahrida Afg‘oniston- 
Pokiston qo‘shma iqtisodiy komissiyasining navbatdagi 8-yig‘ilishi 
bo‘lib o‘tdi. Unda Pokiston Moliya vaziri Hafiz Shayx va 
Afg‘oniston Moliya vaziri Hazrat Omar Zahelval boshchiligidagi 
ikki tomon vakillari o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilib,
2015-yilgacha ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash 
miqdorini ikki barovar oshirishga kelishib oldilar. Komissiya 
yig‘ilishida Pokiston tomonidan ajratilgan 300 mln. AQSH dollari 
miqdoridagi grantlar doirasida amalga oshirilgan loyihalar natijalari 
ham tahlil qilindi.
Pokistonning “Oil and Gas Development Company Limi­
ted” milliy kompaniyasi afg‘on gazini uzatish tarmog‘ini 
rivojlantirishga yordam berib kelmoqda. Pokiston tomonidan 
Afg‘onistonga ajratilayotgan iqtisodiy ko‘mak asosan aeroportlar 
hamda avtomobil yo‘llariga yo‘naltirilmoqda va bu ikki tomonlama 
savdo aloqalarini yanada kengaytirishga yordam beradi. 2010-yil 
ma’lumotlariga ko‘ra, 60 mingdan ortiq pokistonlik Afg‘oniston 
xalq xo‘jaligining turli sohalarida faoliyat olib bordi. Shuningdek, 
ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlami tartibga solish, qochoqlarga 
yordam berish, kambag‘allikni tugatish, mintaqaviy xavfsizlikni 
ta’minlash va ta’lim sohasidagi muammolami hal qilish, iqtisodiy 
aloqalami rivojlantirish uchun Afg‘oniston va Pokiston xalqlar 
do‘stligi Assosiatsiyasi ham samarali faoliyat olib bormoqda.
Afg'oniston va Pokiston o‘zaro munosabatlami o‘zaro ishonch 
hamda do‘stlik tamoyillari asosida olib borishga intilishsa-da,


chegara hududlarida xavfsizlikning ta’minlanmaganligi oqibatida 
o‘zaro qurolli to‘qnashuvlaming sodir bo‘lishi kuzatilmoqda. 
Xususan, 2011-yil davomida ikki davlat chegara hududlarida bir 
qator o‘zaro to‘qnashuvlar ro‘y berdi. 2011-yil 28-aprel kuni Pokis- 
tonning Angur-Ada shahri yaqinida ikki davlat harbiylari o‘rtasida 
to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu to‘qnashuvda 12 nafar afg‘on askari, 
1 nafar Pokiston chegarachisi halok bo‘ldi hamda 3 nafar pokiston- 
lik chegarachi va 8 nafar tinch aholi vakillari jarohatlandi.
2011-yilning 
20-iyul 
kuni 
afg‘on 
askarlari 
Janubiy 
Vaziristondagi Pokiston vakolatxonasiga hujum uyushtirishdi. 
Buning oqibatida 4 nafar pokistonlik askar halok bo‘lib, 2 nafari 
jarohat oldi. 2011-yilning 27-avgust kuni 300 nafar afg‘on jangari- 
lari shimoli-g‘arbiy Pokiston hududidagi politsiya nazorat punktiga 
hujum uyushtirishi natijasida 25 nafar pokistonlik askar va 20 nafar 
jangari halok bo‘ldi. 2011-yilning 10-oktabr kuni 200 nafarga 
yaqin afg‘on jangarilarining Pokiston chegarasini kesib o‘tishga 
urinishi oqibatida 1 nafar pokistonlik chegarachi va 30 nafar afg‘on 
jangarisi halok bo‘ldi.
Shu bilan birga, Afg‘oniston rasmiylari chegara hududlar Pokis­
ton harbiylari tomonidan o‘qqa tutilib kelinayotganligi va buning 
natijasida o‘nlab tinch aholi vakillari qurbon bo‘layotganligini 
ta’kidlab kelmoqda. AIR va PIRning ikki tomonlama o‘zaro 
hamkorligi muammolari asosan Federal boshqaruvdagi qabilalar 
hududi bilan bog‘liqligini, shuningdek, o‘zaro chegaraning de- 
limitatsiya va demarkatsiya qilish yuzasidagi muammolar, katta 
miqdordagi afg‘on qochoqlari turmush tarzidagi iqtisodiy, siyosiy 
va ijtimoiy muammolar, bundan tashqari ushbu hududda terroris- 
tik guruhlaming faoliyati tez-tez ikki davlat o‘rtasidagi munosa- 
batlarda keskinlik holatlari yuzaga kelishiga hamda tortishuvning 
kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.



Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish