transafg‘on transport yo‘nalishining
qurilishi ham istiqbolli
yo‘nalishlardan biridir. Ushbu yo‘nalish Markaziy Osiyo davlatlarini
Fors qo‘ltig‘i bilan bogTashi ko‘zda tutilgan bo‘lib, loyihaga mu
vofiq Termizdan Mozori Sharif va Hirot shaharlari orqali Erondagi
Bandarabbos va Choxbahor portlariga chiqish moTjallangan.
Shuningdek, Termiz-Xayraton-Mozori Sharif temir yo‘lining
hamda TRASEKA loyihasini qo‘shni davlatlar bilan birgalikda,
donor-davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar homiyligida
amalga oshirilishi ushbu loyihalaming barcha ishtirokchilari
uchun, shu jumladan 0 ‘zbekiston va Afg‘oniston uchun ham keng
imkoniyatlami yaratadi.
2001-yildan keyingi davrda Afg‘oniston yoqilg‘i-energetika
tizimining ahvoliga nazar tashlanadigan bo‘Isa, mavjud elektr ener-
giyasi ishlab chiqaruvchi issiqlik va gidroelektr stansiyalari ayni
vaqtdagi mamlakat ehtiyojining qariyb 40%ini qondirayotganligi
ma’lum bo‘ladi. Bir necha yillik urush natijasida elektr
stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr tokining hajmi bir necha
barobarga qisqarib ketdi va bu inshootlar ham jiddiy zarar ko‘rdi.
Chunonchi, 2001-yil holatiga ko‘ra mavjud 100 ga yaqin elektr
stansiyalaridan faqat 22 tasi qisman faoliyat yuritgan hamda elektr
uzatish liniyalarining 80%i yo‘q qilingan.
Ayni paytda Afg‘onistonda mavjud 3 ta yirik (Naglu, Mahishar
- Kobul daryosining o‘rta oqimida va Mozori Sharifdagi stansiyalar)
hamda 10 dan ortiq kichik quwatli elektr stansiyalari mamlakat
energetika tizimining asosini tashkil etadi. Ammo, ushbu inshootlami
XX asr ikkinchi yarmida barpo etish davomida kelajakda mamlakat
doirasida yagona energetika tizimini yaratish, ya’ni barcha elektr
energiyasi ishlab chiqaruvchi stansiyalami bir tizim doirasida
birlashtirishdan iborat muhim maqsad va vazifalar qo‘yilmaganligi
tufayli Afg‘onistonda energetika sohasining rivoji sust kechdi va bu
sohadagi hozirgi holatga ham salbiy ta’sir o‘tkazmoqda.
2002-2005-yillar davomida Afg‘onistonda elektr ta’minoti va
elektr uzatish liniyalarini qayta tiklash hamda yangilarini qurish
borasida Jahon Banki bir necha loyihalami to‘la moliyalashtirdi.
Ammo, ayni damda mamlakat elektr energiyasi ishlab chiqarish
quvvatining pastligi va elektr energiyasiga bo‘lgan talabning
oshib borishi hisobga olinadigan b o ‘Isa, Afg‘oniston yaqin
kelajakda qo‘shni davlatlar ( 0 ‘zbekiston, Eron, Turkmaniston)ning
ko‘magiga muhtoj bo‘lib qoladi.
Afg‘onistonda sanoat maqsadlarida foydalanish mumkin
bo‘lgan bir qator xomashyo (bir necha metallaming rudalari,
qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar)ning yetarli darajadagi
zaxiralari mavjud. Jumladan, Kobuldan 40 km uzoqlikda joylashgan
Aynak mis konidagi rudaning zaxirasi 11 mln. t ni tashkil etadi va
mis rudasi yeming ustki qismida joylashgan bo‘lib, qazib olish
jarayonida ortiqcha xarajatlar talab qilmaydi.
2007-yilda “Aynak” mis konini tasarruf etish bo‘yicha
o‘tkazilgan xalqaro tenderda AQSH, Kanada, Rossiya, Qozog‘iston
va Xitoy davlatlarining 9 ta kompaniyasi ishtirok etdi va unda Xitoy-
ning “China Metallurgical Group Corporation” kompaniyasi g‘olib
bo‘ldi. Ushbu kompaniya “Aynak” konini o‘zlashtirish loyihasiga
2,9 mlrd. AQSH dollari miqdorida mablag1 kiritishga tayyorligini
bildirdi. Tenderda g‘olib chiqqan “China Metallurgical Group Cor
poration” rudani qazib olish va qayta ishlashni 2012-yil boshiga
belgilagan bo‘lsa-da, o‘tgan vaqt mobaynida ushbu loyihaning
amaliyotga tatbiq etilmayotganiga sabab sifatida Afg‘onistonda
hukumatga qarshi davom etayotgan qurolli harakatlami ko‘rsatish
mumkin.
Afg‘onistondagi temirga boy (ruda tarkibida temiming miqdori
62%ni tashkil etadi) Xojikeg temir konida esa ruda zaxirasi 500
mln. t ni tashkil etadi. Tahliliy tekshiruvlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich
2 mlrd. tonnagacha yetishi mumkin. Shuningdek, Kobul shahridan
sharqdagi hududlarda bir qator nodir metallaming zaxiralari mavjud.
Panjsher va Badaxshon vohalaridagi qimmatbaho toshlaming
zaxiralari esa chet ellik tadbirkorlarda katta qiziqish uyg‘otib
kelmoqda.
Saripul provinsiyasida joylashgan Angot neft konida kichik
hajmda neft qazib chiqariladi (neft zaxiralari 11,6 mln. t ni tashkil
etadi). Ayni damda uni qazib olishda eskirgan texnologiyalardan
foydalanilayotganligi sabab uning foydali ish koeffisiyenti ancha
past. Qazib olingan neftning oz qismi Shibirg‘onda qayta ishlanadi.
Bundan tashqari, Afg‘onistonning Hirot viloyatida joylashgan
ko‘mir havzasi 1,5 mlrd. tonna zaxirasi bilan alohida ahamiyatga
ega. Shuningdek, Saripul (Juzjon viloyati) va Daraisuf (Samangon
viloyati) ko‘mir konlari ham mamlakatning eng katta ko‘mir
havzalari hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda, mamlakat shimolida muhim Afg‘on-
janubiy turkman neft va gaz havzasi mavjud. Bu konlar Juzjon, Balx
va Foryob viloyatlari hududida joylashgan. Umuman, Afg‘onistonda
yirik 5 ta neft konlari mavjudligi ta’kidlanadi. Misol uchun, Qunduz
viloyatida joylashgan Tirpul neft va gaz koni umumiy ravishda 1,6
mlrd. barrel xomashyoga egaligi ma’lum qilingan.
2004-2007-yillar davomida AQSH geologlari tomonidan
olib borilgan tadqiqotlar yakuniga ko‘ra, Afg‘onistonning hali
foydalanilmay kelayotgan katta miqdordagi uglevodorod resurslarga
egaligi, ya’ni qiymati 3 trln. AQSH dollariga baholangan 219 mln.
tonna neft, 444 mlrd. kub metr gaz va 77 mln. tonna gaz kondensati
mavjudligi m a’lum qilindi.
2015-yilning dekabr oyida AQSHning “Yunokal” Trans-
milliy kompaniyasi loyihasi asosida Turkmanistondan boshlanib
Afg‘oniston orqali Pokiston va Hindistongacha borishi rejalash-
tirilgan Transafg‘on gaz quvurining qurilishi boshlandi. Uzunli-
gi qariyb 1700 km ni va yillik gaz o ‘tkazish imkoniyati 30 mlrd.
kub metr gacha yetuvchi ushbu loyihaning qiymati 4 mlrd. AQSH
dollarini tashkil etadi hamda ushbu loyiha amalga oshiriladigan
bo‘lsa, Afg‘oniston gaz tranzitidan yiliga 400 mln. AQSH dollari
miqdorida foyda ko‘rishi hamda 12 ming nafardan ortiq ishchi
o‘rinlari yaratilishi imkoniyati paydo bo‘ladi.
Afg‘onistonda tabiiy gaz, temir, mis va qimmatbaho toshlaming
o‘zlashtirilmagan katta konlari mavjud. Biroq, beqaror siyosiy
vaziyat hamda markaziy hokimiyatning kuchsizligi bu sohaga
qiziqayotgan chet el sarmoyadorlari shashtini yo‘qqa chiqarmoqda.
Natijada chet ellik xususiy sarmoyadorlar afg‘on hukumati bilan
hozirgi paytgacha atigi 400 mln. AQSH dollari miqdorida sarmoya
kiritish borasida shartnoma imzolashgan va bu kelishuvlaming
asosiy qismi qog‘ozda bo‘lib hali amalga oshirilgani yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |