A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar


Kredit munosabatlarining xalqaro miqyosda, ya’ni, mamlakatlar oʻrtasida amalga oshirilishi xalqaro kreditni



Download 1,87 Mb.
bet49/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

6. Kredit munosabatlarining xalqaro miqyosda, ya’ni, mamlakatlar oʻrtasida amalga oshirilishi xalqaro kreditni yuzaga keltiradi. Xalqaro kreditning oʻziga xos xususiyatlaridan biri shuki, qarz beruvchilar va oluvchilar boshqa-boshqa mamlakatlarda faoliyat koʻrsatadilar. Qarz beruvchi va qarz oluvchilar sifatida davlatlar, davlat idoralari, banklar, kompaniyalar, firmalar, xalqaro va mintaqaviy moliya-kredit tashkilotlari qatnashadilar. Xalqaro kredit tovar va valyuta shaklida beriladi. Xalqaro kredit asosan, rivojlangan davlatlar, xalqaro moliya-kredit tashkilotlari, yirik kompaniyalar, firmalar va banklar tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarga beriladi.
Hozirda Oʻzbekiston iqtisodiyotida AQSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Isroil, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlar, Xalqaro valyuta fondi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporasiyasi kabi xalqaro moliya-kredit tashkilotlari tomonidan berilgan kreditlardan foydalanilmoqda. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlar hukumatlarining imtiyozli kredit liniyalari va grantlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`yektlarini moliyalashtirish maqsadlariga quyidagi hajmda jalb etilgan:
75 mln. doll. – 2011-yilda
90 mln. doll. – 2012-yilda
110 mln. doll. – 2013-yilda
130 mln. doll. – 2014-yilda
155 mln. doll. – 2015-yilda
168 mln.doll. – 2016-yilda
175 mln. doll. – 2017-yilda
7. Lombard krediti deganda oson va tez sotiladigan, qoʻzg’aluvchan mol-mulkni garovga olish orqali qisqa muddatga beriladigan kredit tushuniladi.
Lombard kreditini olish uchun qarz oluvchi oʻz mulkini lombard muassasasiga olib borib garovga qoʻyadi. Bunday mulklar qatoriga qimmatbaho metallar va toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari, idishlar, san’at asarlari, qadimiy va noyob qimmatbaho ashyolar, audio-video apparatura, qimmatbaho qog’ozlar va boshqalar kirishi mumkin. Garovga qoʻyilgan mulk qiymati mutaxassis tomonidan baholanadi. Qimmatbaho qog’ozlar qiymati esa birja kursi boʻyicha aniqlanadi. beriladigan kredit summasi garovga qoʻyilgan mulk qiymatining belgilangan qismini tashkil etadi. Masalan, qimmatbaho metallar va toshlar boʻyicha – 90 % gacha, boshqa mulklar boʻyicha – 75 % gacha, qiymatli qog’ozlar boʻyicha – 50 % dan 80 % gacha.
Lombard krediti 3-4 oygacha beriladi. Agar kredit oluvchi belgilangan muddatda kreditni qaytarsa, garovga qoʻyilgan mulk unga qaytarib beriladi. Agar kredit qaytarilmasa, mazkur mulk lombard mulkiga aylanadi.
Hozirda xorijiy mamlakatlarda lombard kreditidan keng foydalaniladi. Lombard muassasalari deyarli barcha shaharlarda faoliyat koʻrsatadi.
Oʻzbekistonda hozirda 58 ta lomdardlar boʻlib ular asosan Toshkent shahri va barcha viloyat markazlari hamda yirik shaharlarda faoliyat koʻrsatmoqda. Jumladan, Samarqand shahrida “Xazina xold” va “Malaxit” lombard tashkilotlarini misol keltirish mumkin.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish