Xizmat interfeysi
Xizmat interfeysi SANT-D platasida ko‘zda tutilgan. Bu interfeysga ulanish ACU ning oldingi qismida joylashgan birik- tirgich orqali amalga oshiriladi.
Ichki interfeyslar IQ-interfeys
ADLT platasini SANT-D yoki ADSE-A platasi bilan biriktirish IQ shina orqali amalga oshiriladi.
Agar SANT-D platasi faqat bitta SDH STM1 interfeysiga ega bo‘lsa, u holda soni 144 tagacha yetadigan ADLT platalari va 11 ta ADSE-A platalarining ulanishi uchun faqat bitta IQ shina mavjud bo‘ladi. Barcha ADSE-A platalari uchun IQ shinaning mavjud o‘tkazish qobiliyatini (155 Mbit/s) birgalikda ishlatishga to‘g‘ri keladi.
SANT-D platada IQ shinaning ikkita holati mavjud, chunki bu platada istalgan vaqtda 2 STM1-bog‘lanishga o‘tishni ta’minlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |