kanallariga misol.
Ko‘rib chiqilgan keng polosali kanalni ortogonal chastotalar nimkanallariga bo‘lish usuli multiplekslashli ortogonal chastota bo‘yicha ajratish (Orthogonal Frequensy Division Multiplexing (OFDM)) deyiladi. Uning uzatish qurilmalarida ishlatilishi uchun Fure teskari tez o‘zgartirishi (Inverse Fast Fourier Transform (IFFT)) ishlatiladi, u oldindan n-kanallarga multiplekslangan signalni vaqt bo‘yicha berilishdan chastota bo‘yicha berilishga o‘tkazadi (2.2-rasm).
Har bir IFFT sanog‘i fazaviy (BPSK, QPSK) yoki kvadratu- rali-amplitudaviy (QAM16 yoki QAM64) modulatsiyalanadigan nimtashuvchi hisoblanadi, bu ma’lumotlarni uzatish axborot tezligini oshirishga imkon beradi. Bitli oqimlarni tashiydigan nimtashuvchi chastotalar guruhi OFDM simvol deyiladi. OFDM texnologiyasi nafaqat IEEE 802.16 protokolida, masalan, IEEE 802.11g protokolida ham qo‘llaniladi, lekin IEEE 802.11g protokoliga qaraganda IEEE 802.16 protokolida ma’lumotlarning uzatilishi uchun ishlatiladigan chastotalar polosasining tez mosla- shuvchan taqsimlanishi ko‘zda tutilgan.
Multipleksor
2.2-rasm. OFDM usulining ishlatilishi.
Ma’lumotlarni uzatishda xalaqitbardoshlikning oshirilishi uchun IEEE 802.16 protokolida Viterbi algoritmi bo‘yicha dekodlanadigan o‘rama kodlar va Rid-Solomon kodlari kabi an’anaviy texnologiyalar ishlatiladi.
Bundan tashqari, IEEE 802.16e-2005 standartida turbokodlash kabi zamonaviy kodlash usullaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. Yakunda IEEE 802.16 standartlarida signalni modulatsiyalash usuli bilan farqlanadigan uchta turdagi fizik bog‘lanishlar dara- jalari ajratilgan:
Wireless MAN-SC – bitta tashuvchi chastotali fizik daraja;
Wireless MAN-OFDM – multiplekslashli 256 kanallarga ortogonal chastotaviy bo‘lish. Ma’lumotlarni uzatish muhitiga ko‘p tomonlama ulanishning ishlatilishi vaqt bo‘yicha ajratish (Time Division Multiple Access – TDMA) texnologiyasi hisobiga bo‘lib o‘tadi;
Wireless MAN-OFDMA – kanallarni multiplekslashli ortogonal masshtablanadigan chastota bo‘yicha bo‘lish 2048 ta nimtashuvchi chastotalarga bo‘lish ishlatiladi. Ma’lumotlarni
uzatish muhitiga ko‘p tomonlama ulanish bir necha nimtashuvchi chastotalarni bitta uzatish kanaligan birlashtirish va uni aniq bir foydalanuvchiga ajratish (OFD Multiple Access – OFDMA) hisobiga amalga oshiriladi.
IEEE 802.16 oilasiga kiradigan standartlarning asosiy xarak- teristikalari 2.1-jadvalda keltirilgan.
2.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |